Bir qavatli epiteliy to’qimalari tayanch iboralar


Download 412.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2022
Hajmi412.11 Kb.
#651401
  1   2   3
Bog'liq
To\'qimalar klassifikatsiyasi
Лойиҳалаш жараёнларининг асосий принциплари, 10M Farmakognoziya mustaqil ish, 10M Farmakognoziya mustaqil ish, 10M Farmakognoziya mustaqil ish, 1505399363 66879, Downloadable C23 Communication technologies for effective leadership, Операционные столы, 2 5204400795289652582, 2 5204400795289652582, 2 5204400795289652582, 2 5204400795289652582, органическая химия для студентов химиков - бак, органическая химия для студентов химиков - бак, органическая химия для студентов химиков - бак, Harbiy nizom - Vikipediya (1)


TO’QIMALAR KLASSIFIKASIYASI. BIR QAVATLI EPITELIY 
TO’QIMALARI 
Tayanch iboralar: epiteliy, tayanch-trofik, mushak, muskul, nerv, differentsiallanish,
regeneratsiya, bazal membrana, bazal va apikal qutblar, mezoteliy, mikrovorsinkal, jiyak
Mashg‘ulot rejasi: 
1. Gistologiya predmeti va qismlari. 
2. Tо‘qimalar klassifikatsiyasi va regeneratsiyasi. 
3. Epiteliy tо‘qimasi va klassifikatsiyasi. 
4. Bir qavatli epiteliy tо‘qimalari 
Evolyusion taraqqiyot davomida tirik organizmlarning turli shakllari vujudga 
kelgan. Hayvon organizmining takomili, ularning evolyusiyasi yangi vazifalar va
shu vazifalarni bajarish uchun hosil bо‘lgan tuzilmalar rivojiga bog‘liq. 
Tо‘qimalar evolyusiyasini о‘rganuvchi fanga evolyusion gistologiya deyiladi. 
Evolyusion gistologiyaga Rossiyada I.I.Mechnikov asos solgan. Uning g‘oyalarini 
A.A. 3avarzin va N.G.Xlopin ilgari surdi, rivojlantirdi. Masalan, A.A.Zavarzin 
tо‘qimalar klassifikatsiyasiga hayot jarayonining asosiy tomonlarini ochib beruvchi 
funksional prinsiplarni asos qilib oldi. U tо‘qimalarni himoya funksiyasini о‘tovchi 
chegara tо‘qimaga, modda almashinuvi va tayanch-mexanik vazifani bajaruvchi 
ichki muhit tо‘qimasiga, qisqarishni ta’minlovchi muskul tо‘qimasiga va impuls 
о‘tkazuvchi nerv tо‘qimasiga bо‘ldi. 
Odatda, tо‘qimalarning takomili ularning organizmda bajaradigan vazifasi 
bilan belgilanadi. Turli hayvonlarda tо‘qimalar ba’zi belgilari bilan ajralib tursada, 
juda ham kо‘p mavjudotlarda muayyan tо‘qima turlarini ajratish mumkin. 
Binobarin, tо‘qima evolyusiyasi butun organizm evolyusiyasining xususiy 
kо‘rinishidir. 
Tо‘qima tarixiy (filogenetik) taraqqiyot jarayonida vujudga kelib umumiy 
tuzilishga ega bо‘lgan, ma’lum funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar va
hujayra bо‘lmagan tuzilmalar majmuasidan iborat. 
Tarixiy taraqqiyot natijasida 4 xil tо‘qima vujudga kelgan. 
1. Epiteliy tо‘qimasi. 2. Ichki muhit tо‘qimasi. 3. Muskul tо‘qimasi. 4. 
Nerv tо‘qimasi. 
Bulardan epiteliy va biriktiruvchi tо‘qima eng qadimiy hisoblanadi. 
Rivojlanishining sо‘nggi bosqichlarida hayvonlar tuzilishining murakkablashishi 
bilan birga muskul va nerv tо‘qimalari takomillashadi. Muskul tо‘qimasi harakat 
funksiyasini bajarishda ishtirok etsa, nerv tо‘qimasi hamma tо‘qimalarni о‘zaro 
bog‘lab turadi. Tо‘qimalarning hosil bо‘lish jarayoni gistogenez deb yuritiladi. 
Bu jarayon davomida har bir kurtakning hujayralari va hujayra shakliga ega 
bо‘lmagan strukturalari turli tomonga differensiallashadi, hamda bir tо‘qimaga xos 
bо‘lgan maxsus tuzilmalarni va xususiyatlarni о‘zida mujassamlashtiradi. 
Tо‘qimalar differensiallashishida 4 davr tafovut etiladi. 1) ootipik; 2) blastomer; 3) 
kurtak; 4) tо‘qima differensiallanish davrlari. 
Ootipik differensiallanish davrida bо‘lg‘usi kurtaklar prezumtiv (lat. 
presumptio – ehtimol) – ehtimoliy qismlar holida tuxum hujayra sitoplazmasida yoki 


zigotada о‘z ifodasini topadi. Masalan, amfibiylarda bо‘lg‘usi xordomezoderma 
tuxum hujayra sitoplazmasining kulrang о‘roqchasi qismida joylashadi. 
Blastomer differensiallanishda bо‘lg‘usi tо‘qima kurtaklari maydalanayotgan 
blastula hujayralarining shu tо‘qima rivojlanishini belgilaydigan blastomerlari 
differensiallanishi sifatida kо‘rinadi. Kо‘pchilik hayvonlarda maydalanishning ilk 
davridayoq bir-biridan farq qiladigan blastomerlar hosil bо‘ladi. Blastula davrida 
blastula tubi, tomi va qirg‘oq qismlari blastomerlari bir-biridan farqlanadi. 
Kurtak differensiallanishida bir xil bо‘lgan birlamchi homila varaqlarida 
alohida tuzilishga ega bо‘lgan chegaralangan qismlar hosil bо‘ladi. Chunonchi, 
ektodermadan nerv sistemasi kurtagi bо‘lgach nerv naychasining ajralib chiqishi 
bunga misol bо‘la oladi. 
Tо‘qima differensiallanish davrida tо‘qima kurtaklari tо‘qimaga aylanadi. 
Kurtakning tо‘qimaga aylanishi – gistogenez davrida har bir kurtakning hujayra va 
hujayra bо‘lmagan tuzilmalari turli yо‘nalishda ixtisoslashib, har bir tо‘qima uchun 
xos bо‘lgan tuzilmalarni, fiziologik va ximiyaviy xususiyatlarni hosil qiladi. 
Tо‘qima takomilining determinatsiyasi (lat. determinare – belgilash) asosan 
avloddan-avlodga о‘tuvchi irsiy belgilar bilan bog‘liqdir. Irsiy omillar organizm 
takomilining umumiy yо‘nalishini belgilaydi. Bu esa homila о‘sish davrida turli 
ta’sirlar natijasida (ichki va tashqi) yangi xususiyatlar hosil bо‘lishini inkor etmaydi. 
Davom etayotgan differensiallanish va о‘sish davrida hujayralararo ta’sirlar 
orta borib organizmning integratsiyasi (lat. integer – butun) vujudga keladi. 
Integratsiya iborasi organizm alohida qismlarining bir butunga birlashishini kо‘zda 
tutadi. Hamma a’zolar asosan 4 xil tо‘qimadan: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va 
nerv tо‘qimalaridan tashkil topgan. Parenximatoz a’zolarning asosi – biriktiruvchi 
tо‘qimadan, parenximasi (asosiy ishni bajaruvchi qismi) esa epiteliydan tashkil 
topgan. A’zo tarkibiga kirgan tо‘qimalarning faoliyati shu a’zoning umumiy yoki 
asosiy funksiyasini bajarishga qaratilgan. 
Tо‘qimalarning fiziologik va reparativ regeneratsiyasi. Tо‘qima va 
organlarda о‘layotgan hujayralar hamda hujayra shakliga ega bо‘lmagan tuzilmalar 
doim, butun hayot davomida qaytadan tiklanib turadi. Bu jarayon fiziologik 
regeneratsiya deb atalib, turli tо‘qimalarda turlicha kechadi. Mitoz bо‘linish 
xususiyatiga ega bо‘lgan, differensiallashgan hujayralarga boy tо‘qimalarda 
fiziologik regeneratsiya juda aniq kо‘rinadi. Masalan, teri va ichak epiteliysida, qon 
shaklli elementlari hosil bо‘lishida, biriktiruvchi tо‘qima hujayralarida, muskul 
tо‘qimasida fiziologik regeneratsiya ancha tez boradi. Nerv tо‘qimasida fiziologik 
regeneratsiya bо‘lish-bо‘lmasligi tо‘liq aniqlanmagan. Sо‘nggi yillardagi 
ma’lumotga kо‘ra nerv tо‘qimasida fiziologik regeneratsiya jarayoni kechsada, lekin 
muskul tо‘qimasidagiga nisbatan sustroq kechadi. Tо‘qimalarning shikastlangandan 
sо‘ng qaytadan tiklanishi reparativ regeneratsiya deyiladi. Reparativ regeneratsiya 
hamma tо‘qimalarga xos jarayondir. Reparativ regeneratsiya bir necha yо‘l bilan 
boradi. 
1. Regeneratsion gipertrofiY. Bu yо‘l bilan boruvchi regeneratsiyada a’zoning 
massasi hujayralarning bо‘linishi yoki ularning gipertrofiyasi (kattalanishi) 
natijasida qayta tiklanadi. Bu tipdagi regeneratsiya yuqori tabaqali hayvonlarning 
jigar, buyrak va ayrim boshqa a’zolariga xosdir. 


2. Hujayra proliferatsiyasi. Bu xil yо‘l bilan boradigan regeneratsiyada 
organning shikastlangan joyi hujayralar bо‘linishi hisobiga qayta tiklanadi. Masalan, 
me’da- ichak yо‘li epiteliysi bunga misol bо‘la oladi. 
3. Hujayra ichi regeneratsiyasi. Bu tipdagi regeneratsiyada hujayra 
organoidlarining hajmi va soni ortishi hisobiga hujayra hajmi ham ortadi va natijada 
organ yoki tо‘qimaning ham hajmi qayta tiklanadi. Masalan, yurakning muskul 
qavati, neyronlarda. 
Epiteliy, biriktiruvchi va silliq muskul tо‘qimalari juda tez qayta tiklanadi. 
Kо‘ndalang-targ‘il muskul tolalari esa ma’lum sharoitdagina qayta tiklanishi 
mumkin. Nerv tо‘qimasida qayta tiklanish juda ham sust boradi. 
Tо‘qimalarning о‘zgaruvchanligi. Har bir tо‘qima о‘ziga xos tuzilishga, 
xususiyatlarga ega va shu bilan boshqa tо‘qimalardan farq qiladi. Tо‘qimalarning 
о‘z xususiyatlarini saqlab turishi determinatsiya deb yuritiladi. Modda 
almashinishlarining о‘zgarishi tо‘qimalariing maxsus funksiyalarining va morfo- 
funksional xususiyatlarining о‘zgarishiga yoki patologik о‘zgaruvchanlikka olib 
keladi. Bu jarayonda tо‘qima о‘zining maxsus xususiyatlarini yо‘qotadi va shu 
tо‘qimaga xos bо‘lmagan tuzilmalar hosil bо‘ladi. Tо‘qimalardagi bunday 
о‘zgarishlar metaplaziya deyiladi. Metaplaziya turli patologik holatlarda va 
eksperimentlar ta’sirida paydo bо‘lishi mumkin. 

Download 412.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling