Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi


Download 0.67 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#198146
Bog'liq
Nafisa opa



Surxondaryo viloyati

Denov tumanidagi 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Shodiyeva Nafisaning

Matematika fanidan tayyorlagan

BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI

Denov tumani

Fan: Matematika

Sinf: 3sinf

Mavzu: Sonli ifodalar

Darsning maqsadi:


  1. Ta’limiy maqsad:

a) arifmetik amallar, sonlarni qo’shish, ayirish, bo’lish, ko’paytirish haqida tushuncha berish;

b) amallarning bajarilish tartibini tushuntirish; ketma-ketlikni to’g’ri bajarishni o’rgatish;




  1. Tarbiyaviy maqsad:

a) sonly ifodalarni to’g’ri yecha bilish orqali o’quvchilarda tabiat va jamiyat hayotidagi, kishilar o’rtasidagi turli xil miqdoriy munosabatlarni o’rganish orqali vatanparvarlik, yuksak axloqiy sifatlarni shakllanishiga, komil inson bo’lib yetishiga erishish;

b) o’quvchilarni mantiqiy tafakkurlash, vaziyatlardan to’g’ri yo’l topa olish, topqirlik, o’tkir zehnlilik kabi shaxs sifatlarini shakllantirish;



3. Rivojlantirish:

O’quvchilarni turmushda, hayotda, oilaviy munosabatlarda, jamoatchilik o’rtasida o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalardan unumli maqsadaga muvofiq ijodiy foydalanish, ularni hayotga tadbiq qilishga o’rgatish, mustaqillik, o’z shaxsiy fikriga ega bo’lish xislatlarini yanada o’stirish;



Dars tipi: Yangi bilim berish, tushuncha hosil qilish, mustahkamlash;

Darsning uslubi: Og’zaki, amaliy;

Darsning usuli: Savol-javob darsi;

Darsning jihozi: Matematika darsligi (4-sinf 2007-yil); mavzuga doir masalalarga oid ko’rgazmalar, chizmalar; o’qituvchilar uchun uslubiy qo’llanmalar; test savollari, texnika vositalari.

Fanlararo bog’lanishi: matematika, iqtisod vatabiatshunoslik.



Sinf taxtasidagi yozuvlar:

Sana

Mavzu


Mavzuga doir chizmalar

Ko’rgazmaliqurollar

Mustaqil ish uchun misollar

Masala sharti


Test


Uy ishi

Tezkor savol-javoblar


  1. Tashkiliy qism:

Sinf va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, darsga jalb etish;
O’qituvchi o’quvchilarga: “Bugungi darsda nimalarni o’rganish nixohlaysizlar?”-deya savol beradi. O’quvchilar esa o’zlarini qiziqtirgan savollarni urug’ga o’xshatib qirqilgan qog’ozlarga yozadilar. O’qituvchi qog’ozlarni magnit doskasiga yopishtirib chiqadi. Savollardan dars davomida foydalanib javob berib boriladi. Dars yakunida o’qituvchi o’quvchilarga: “Bugungi darsda kim nimani o’rgandi?”-deya murojaat etadi. O’quvchilar mulohazalarini barg (yokigul, olma, nok, mevalar) shaklida qirqilgan rangli qog’ozlarga yozishadi. Javoblar daraxt shaklida yopishtiriladi.


Yangi mavzu juda keng yoritilishi kerak:


Sonlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish yoki bo’lish-bular arifmetik amallardir. Yozuvda ularni ifodalash uchun “+”, “―”, “ ∙ ”, “ : “ belgilari ishlatiladi.
Masalan, 8+7, 13-6, 3∙13, 24:4.
Sonlar va arifmetik amallar bajarilsa, ifodaning qiymati hosil bo’ladi.





1-misol.Og’zaki tez hisoblash misolari.

2-masala.Qisqa shartiga ko’ra yechish.


Ikkala mashinada nechta g’isht bor?

Yechish: ikkinchi mashinani topamiz.

3000-800=2200 ta (2-mashina)

3000+2200=5200 ta (hammasi)

Javob: Hamma g’isht 5200 ta.
3-misol. 0 sonini qo’shish-og’zaki.

Ketma-ketlikni tushuntirish;

375-240+15=135+15=150

Yangi mavzuga doir darsdan tashqari misollar:

80+56 : 8=80+7=87

90 : 3-15=30-15=15

4-tenglamani 4 o’quvchi yozuv taxtasida bajaradilar.

755+x=990-45 817-x=648+47

x-192=515-49 x+348=473+51

5-misol.Qo’shish-ayirish belgilarini to’g’ri qo’yish. Mustaqil ish.

217*583*686=114

932*864*427=495



6-masala.Tushuntirish yo’li bilan yechiladi. Yoshlar orasidagi farqlar aniqlanadi.

Dars davomida turli o’yinlardan foydalanish mumkin. Iqtisod faniga bog’lash uchun “Sotib ol” o’yini. Yasalgan shakldan olmalar sotib olish mumkin.

1 kg = 300 so’m

2 kg = ?


2,5 kg = ?

Savollar ham iqtisodga oid bo’ladi.

1. Bozor qanday joy?

2. Tovar nima?

3. Pul-chi?

Javoblardan sonly ifodalar tuzilib, darsga bog’lanadi.

2∙300+3∙300 = 600+900 = 1500 (so’m)

300+4∙300 = 300+1200 = 1500 (so’m)

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. Savollariga javob olgan o’quvchilar dars haqida, nimalarni o’rganganlari haqida so’zlashadi. Tezkor savol-javob o’tkazilib, xotirasi mustahkamlanadi.

Chiqish testi o’tkazish mumkin. Test yangi mavzu yuzasidan bo’lishi kerak.



Yakunlash, baholash, rag’batlantirish.
Uyga vazifa: 7-8-misol-masala tushuntiriladi.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling