Birinchi bosqich talabasi Muxammadiyev Farruxjon Naximjon o’g’li
Download 206.88 Kb. Pdf ko'rish
|
2-маъруза
Birinchi bosqich talabasi Muxammadiyev Farruxjon Naximjon o’g’li 1. Materiya nima? Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi. Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman M." ham boʻlmaydi, balki M.ning anik, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obʼyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun M. tushunchasini qoʻllashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga M. sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushunilgan. M.ni R. Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan moddiy substansiya deb taʼriflagan va u 17— 18-asr materializ-mning asosi boʻlgan. M. dialektik materiayaizmyaint asosiy tushunchasidir. Materialist faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama boʻrttirib, borliq tushunchasi bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, koʻp substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan. Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi uzok, oʻtmishga borib taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoyda, Misr va Bobilda, qad. Oʻrta Osiyo va Yunonistonda faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki unsur yotadi deb hisoblashgan. Ularning baʼzilari bu unsurni olov, boshqalari — suv yoki havo, ayrimlari — tuproq deb bilishgan. Baʼzi falsafiy taʼlimotlarda esa olamning asosida 4 unsur — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar shu 4 ta unsurning birikishidan hosil boʻlgan, deb taʼkidlanadi. Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit olamning asosida eng kichik boʻlinmas unsurlar — atomlar yotadi, ular oʻzlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan birbiridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Shunday qilib, moddiy olamning asosida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, yaʼni ilk, azaliy M.ni, M.ning "bobokaloni"ni axtarish vujudga keldi. 20-asr boshlarida markschi faylasuflar M.ga sezgi aʼzolarimizga taʼsir etib, sezgi uygʻotuvchi obʼyektiv reallikdir deb taʼrif berishgan. Bu taʼrif aytilgan davrda M. tuzilishining murakkab shakllari haqidagi tasavvurlar u kadar rivojlanmagan edi. 20-asrning oʻrtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va re-lyativistik kosmologiya sohalaridagi ilmiy yutuklar kishilarning obʼyektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan oʻzgartirib yubordi. Natijada tabiat-shunos olimlar sezgilarimizga bevosita taʼsir etishning imkoni boʻlmaydigan realliklar haqida ham tadqiqot olib bora boshladilar. M. — dunyodagi cheksiz barcha obʼyekt va sistemalar boʻlib, har qanday xususi-yat, aloqa, munosabat va harakat shakllarining substrati (asosi)dir. M. tabiatda bevosita koʻz bilan koʻriladigan obʼyektlar va jismlarnigina emas, balki kuzatish vositalari va eksperi-mentning takomillashishi asosida kelgusida bilinishi mumkin boʻlgan narsalarni ham oʻz ichiga oladi. M. oʻzining xossalari, xususiyatlari orkali namoyon boʻladi. Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga koʻra, har qanday jism molekulalardan, molekulalar atomlardan, atomlar proton va neytronlardan tashkil topgan va h.k. Sifat jihatdan M. ikki: moddasimon va nomodda koʻrinishida uchraydi. Moddasimon koʻrinishi modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ular toʻqnashganda keskin sifat oʻzgarishi roʻy beradi, yaʼni modda nomoddiy koʻrinishga, nomodda esa moddiy koʻrinishga aylanadi. M.ning nomoddiy koʻrinishi ham ikki: maydon va nurlanish shaklida uchraydi. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda moddiy zarralarning hosil boʻlishiga imkon beradi. M.ning yuqorida qayd etilgan koʻrinishlaridan boshqacha koʻrinishdagi turlari ham boʻlishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga maʼlum emas. M. tuzilish darajalariga koʻra, mikrodunyo, makrodunyo va megadunyoga boʻlinadi. Mikrodunyo — molekuladan kichik zarralar (mas, atom, yadro, elementar zarra va boshqalar). Makrodunyo — molekuladan katta jismlar (mas, qum, tosh,
Yer, planeta, Quyosh, hayvon, odam va boshqalar). Megadu-nyo — Yerdan to Koinot miqyosigacha boʻlgan oʻlchovdagi dunyo. Bu uchala dunyo bir-biri bilan bogʻliq, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi mumkin. Har qanday obʼyektning oʻziga xos boʻlgan, uning shunday obʼyekt ekanligini ifodalovchi ajralmas xususiyat (atribut)lari boʻladi. M.ning ham bir qancha atributlari mavjud: harakat, fazo, vaqt, inʼikos, ong va h.k. Bu atributlar birbiri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, moddiy olamdagi eng umumiy va universal aloqadorliklarni ifodalaydi, M.ni jonlantiradi, namoyon qiladi, shakl beradi, oʻzgartiradi, rivojlantiradi.
Download 206.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling