Birinchi ko’rsatkich Brutto yuk aylanma o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 13,6 ga yoki 557873 tn\km ga ko’paygan


Download 17.31 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.31 Kb.
#1022038
Bog'liq
2 jadval tahlil


Birinchi ko’rsatkich Brutto yuk aylanma o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 13,6 % ga yoki 557873 tn\km ga ko’paygan. Shundan ko’rishimiz mumkinki, Bruto yuk aylanmaga mutanosib ravishda Netto yuk aylanmasi ham 14,1 % ga yoki 343079 tn/km ga oshgan. Yuqoridagi ko’rsatkichlarni tahlil qilish mobaynida ularning o‘sishini kuzatishimiz mumkin va albatta bu ijobiydir.
Ikkinchi ko’rsatkich lokomotivlarning chiziqli bosib o’tgan masofasi o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 17,9 %ga yoki 222802 kmga ko’paygan. Bu ko’rsatkichga mos ravishda poyezd boshida bosib o’tgan masofasi o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida qariyb 13,9% yoki 158720 kmga va yordamchi bosib o’tgan yo’lida esa 61,5% yoki 64082 kmga oshgan. Bu holat ham ijobiydir.
Uchinchi ko’rsatkich ishchi parkidagi vagonning bosib o’tgan yo’li o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 13,9 %ga yoki 9862 kmga ko’paygan. Bu ko’rsatkichga mos ravishda yukli bosib o’tgan masofasi o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida qariyb 14,8% yoki 8198 kmga oshgan Bu holat ham ijobiydir.
To’rtinchi ko’rsatkich Lokomotivning eksplatatsion parkiga ketkazgan vaqti o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 18,2%ga yoki 12917lok-soatga ko’paygan. Bu ko’rsatkichga mos ravishda uchastkadagi vaqti o’tgan davrga nisbatan hisobot avrida qariyb 15,8% yoki 5189 lok-soatga oshgan. Bu holat ham ijobiydir.
Beshinchi ko’rsatkich Yuk tashish operatsiyalarida o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida qariyb 5.4% yoki 107499vag-soatga va texnik operatsiyalarda esa 78.5% yoki 923682vag-soatga oshgan. Bu holat salbiydir.
Oltinchi ko’rsatkich Ishchi parkidagi vagonlar soni o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 55.5%ga yoki 93552 vagonga ko’paygan. Bu holat ham ijobiydir.
Yettinchi ko’rsatkich Ishdagi jami vagonlar soni o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 78.1%ga yoki 42407 vagonga ko`paygan. Bu holat ijobiydir.
Sakkizinchi ko’rsatkich Yuk tushirish o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida 9.4%ga yoki 3429 tnga ko’paygan. Bu holat ham ijobiydir.
To’qqizinchi ko’rsatkich Yuk ortish operatsiyalari o’tgan davrga nisbatan hisobot davrida qariyb 6.6 % yoki 3997 operatsiyalarga va Tranzit operatsiyalariesa 6.2% yoki 22117 lok-soatga oshgan. Bu holatdan ko’rinib turibdiki, yuk ortish operatsiyalari ko`paygan . Ammo tranzit operatsiyalar salmog’i oshgan.
Download 17.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling