Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatimizning, taraqqiyotimiz va farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo‘lishi shart, deb ta’kidlagan


Download 16.88 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi16.88 Kb.
#110172
Bog'liq
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatimizning


  1. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatimizning, taraqqiyotimiz va farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo‘lishi shart, deb ta’kidlagan.

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta`sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta`minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e`tiborga olish kerak: - tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e`tiborga olib ish ko`radi; - tadbirkor samaradorlikni ta`minlovchi sa`y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo`llarini qidiradi; - biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, oz biznesini erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi; - kichik korxonaning pirovard natijalari, ya`ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma`lum bo`ladi; - kichik biznes bilan shug`ullanuvchi tadbirkor o`z mablag`larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo`lishini aniq bilmaydi. Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir. Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi. Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.



Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.

Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.



Mulkdor — mulk subʼyekta; mulk obʼyektiga nisbatan egalik, foydalanish, tasarruf etish huquqiy tamo-yillari asosida mustahkamlangan huquqlarga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Oʻzbekistonda M.lar qatlamini shakllantirish mulkni davlat tasarrufidan chsharshi va xususiylashtirish jarayonlari orqali amalga oshirildi. 1991 — 94 yillarda kichik xususiylashtirish deb atalgan iqtisodiy islohotlarning 1-bosqichida aholi ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondlari tekin yoki imtiyozli tarzda xususiylashtirildi. Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari bevosita aholiga sotildi. Aksiyadorlar jami-yatita oʻtish, fermer va dehqon xoʻjaliklar, ijara korxonalarining tuzilishi ham bu borada muhim rol oʻynadi. Mamlakatimizda oʻrta mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga alohida eʼti-bor qaratilmoqda
Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling