Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ishlab chiqarishni mafkuradan xoli qilish. Ikkinchi tamoyil


Download 11.53 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi11.53 Kb.

Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ishlab chiqarishni mafkuradan xoli qilish. Ikkinchi tamoyil davlatning bosh islohotchi ekani bilan izohlanadi. Shunday yo‘l tutilmasa, bo‘lmaydi. Chunki sotsializmda deyarli barcha mulk davlat qo‘lida bo‘lgan. Uni jamiyatga o‘tkazishni davlat o‘zi amalga oshirishi kerak. Shuning uchun davlat o‘zi bosh islohotchi sifatida islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi lozimdegan so‘zlar zamirida chuqur ma’no mujassam. Uchinchi tamoyil – jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligiga erishish. Chunki bir tuzumdan ikkinchisiga qonuniy asosda o‘tish lozim. Aks holda, mamlakatda boshboshdoqlik yuz beradi, adolatsizlik kelib chiqadi, biron-bir ezgu maqsadni oxirigacha amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Shu sabab Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish hamma uchun qat’iy qoida bo‘lib qoladi. To‘rtinchi tamoyil – aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Beshinchi tamoyil – bozor iqtisodiyotiga obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, puxta o‘ylab, tadrijiy asosda, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish.
Download 11.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling