Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon "h" tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya… Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan "h" undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda "h" undoshi "y"lashadi


Download 16.55 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi16.55 Kb.
#418671
Bog'liq
X vaH harflari
Далолатнома 2, 7-MA’RUZA, 000d3217-624f89f0, Dialnet-AnalysisAndPerspectivesOfTourismDevelopmentInUzbek-7386007, Chiziqli dasturlash masalasini echishning simpleks usuli, 8-mavzu savol, сетка, Копия Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус, Мусиқа НЎР, Ёрдамчи тарбиячи НЎР, Fuqarolik jamiyati faning maqsadi va vazifalari., 2-topshiriq Kasimov Akmal XM va JS, 1, BETLIK

Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya…

Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Sho­hista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida...

Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar.

Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six...

Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-ho­yat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo.

To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod...

Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi.

Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och...

Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivoj­lantiriladi.

Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan xoli bo‘lmaydi.

“Ha-, hi-, ho-” ta’limiy o‘yinida o‘quvchilar uch guruhga bo‘linib, ularga xa-, xo-, xi- bo‘g‘inlari bilan boshlanuv­chi so‘zlarni topib yozish vazifa qilib beriladi.

“Sinkveyn” usulida biror so‘z aytiladi. Unga tegishli 5 ta ma’lumot kelti­riladi. Misol uchun: hashorat so‘zi.

1. Nima? Hashorat. (Ot so‘z turkumiga kiradi).

2. Qanday hashorat? Zararkunanda, foydali.

3. Nima qiladi? Uchadi, o‘rmalaydi, sudraladi…

4. Hashoratlarning ba’zilari tabiat uchun juda foydali.

5. O‘rgimchak, ari, chumoli, qo‘n­g‘iz, shilliqqurt.

Ta’limiy diktant uchun ertak yozdiriladi. Bunda ikki bola: Xayrullo va Hakimjon haqida hikoya qilinadi. Xayrulloning uyida ham, fe’lida ham faqat x undoshi qatnashadigan narsa va xislatlar mavjud bo‘ladi. Hakimjonning hayotida esa faqat h undoshi qatnashgan so‘zlarni ko‘rish mumkin. Misol uchun:

IKKI DO‘ST

Hakimjon bilan Xayrullo juda yaqin do‘st. Lekin hech ham bir-biriga o‘xshamaydi. Hakimjon juda ha­zilkash, mehribon, halol yigit. Uning otasi hunarmand, onasi esa hamshira. Hakimjon kelajakda hisobchi bo‘lmoq­chi. Bu kasbda hushyorlik talab qili­nishini u yaxshi biladi. Xayrullo esa ozgina xayolparast. Uning otasi xirurg, onasi esa ximiya fanidan dars beradi. Ko‘pincha maktabdan qaytishda xiyobon oralab ketib, dam oluvchilarga xalal beradi. U bunday xunuk odatini tashlasa, onasi juda xursand bo‘lishini aytdi.

Topshiriq: h harfining tagiga bir chiziq, x harfiga esa ikki chiziq chizing.
Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling