Birlamchi tibbiyot bo’G’inlaridagi tibbiy texnikalar. Rahimov Bahtiyar Saidovich, tta urganch filiali


Download 24.26 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2022
Hajmi24.26 Kb.
#693622
  1   2
Bog'liq
Xusainov Shixnazar Tezis 1
Сувдвн Энергиясидан Фойдаланиш МАВЗУЛАР 2 КИСМ БЎЙИЧА, Таъсири узайтирилган дори турлари, Azeotrop eritmalarni haydash., «UCH BOSQICHLI» ARXITEKT, 1-mavzu, 2 ma`ruza. Menejmentning ilmiy maktablari, 13-mavzu, 237-Текст статьи-470-1-10-20201212 (1), 14-mavzu. Suniy intellekt

BIRLAMCHI TIBBIYOT BO’G’INLARIDAGI TIBBIY TEXNIKALAR.


Rahimov Bahtiyar Saidovich , TTA Urganch filiali,
Biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent
Xusainov Shixnazar Madaminovich, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali 1-bosqich magistranti
Annotatsiya.Maqolada birlamchi tibbiyot bo’g’ini o’zi nima, birlamchi tibbiyot bo’g’inidagi foydalaniladigan tibbiy texnikalar haqida ma’lumotlar haqida bo’ladi.
Kalit so'zlar: Birlamchi tibbiyot bo’g’ini , oilaviy poliklinika, QVP , EKG , UTT, rentgen
Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punkti o‘ziga biriktirilgan mahalla, qishloq, daha va boshqa joylardagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inlari bo‘lib hisoblanadi[1].
Oilaviy poliklinika – ko‘p tarmoqli yoki ixtisoslashgan tibbiy profilaktika muassasasi bo‘lib, bemorlarga tibbiy yordam, shu bilan bir qatorda maxsus tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, uy sharoitida kasalliklarni davolash va profilaktikasida kompleks tibbiy-profilaktika tadbirlari qo‘llaniladi.
QVP - kichik shahar tipidagi aholipunktlari, kichik sanoat korxonalari yoki qishloq xo‘jaligi o‘quv-uchastka aholisiga ambulator tibbiy yordam bilan ta‘minlash uchun mo‘ljallangan davolash va profilaktika muassasasi.
Qishloq joylarida ambulatoriya xizmatlari qishloq sog‘liqni saqlash tizimining asosiy tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan paramedik va akusherlik punktlari orqali ta‘minlanishi mumkin. Faoliyatning uchastka printsipi bemorlarni faol aniqlash, 12 ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni o‘rganish, profilaktik va sanitariya-oqartuv ishlarini amalga oshirish imkonini beradi. QVP da ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam cheklanganligi va xodimlarning oz sonliligi shuningdek, xizmat ko‘rsatadigan bemorlarning soni) bilan farqqiladi. Odatda, ambulatoriya qishloq atrofida joylashgan bo‘lib, unda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish eng kam mutaxassis 5 ta dan ko‘p bo‘lmagan xolatda) - terapevt, jarrox, akusher va pediatr bilan amalga oshiriladi[2].
UTT - ultratovushli tekshiruv. Ko'pchilik uni UZI nomi bilan yaxshi taniydi. Instrumental tashxislash vositasi, ichki a'zolar holatini tekshirish kabi holatlarda ishlatiladi. Ultratovush tekshiruvi bu - organlar va to’qimalarni ultratovush to’lqinlari yordamida tekshirishdir. Maxsus ultratovush qabul qiluvchi qurilma bu o’zgarishlarni grafik tasvirlarga aylantirib yozib boradi. Bu tasvirlar monitor yoki maxsus fotoqog’ozda aks etishi mumkin. UTTni bemorni kuzatishning bir necha oydan tortib yillargacha butun muddati davomida ko’p marta qo’llash mumkin. Bundan tashqari, agar klinik vaziyat taqozo qilsa tekshiruvni bir kun davomida bir necha marta amalga oshirish mumkin[3].
Ultratovush diagnostikasi tibbiyotda etakchi o'rinlardan birini egallaydi, chunki bu ko'plab kasalliklarni tashxislash muammolarini hal qilishga imkon beradi: yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, genitoüriner, qalqonsimon, sut bezlari va tuprik bezlari, nevrologiya, onkologiya, oftalmologiya va mushak-skelet tizimi. Ultratovush ginekologiyada, ayol jinsiy a'zolarining kasalliklarini tashxislashda va homilaning rivojlanish jarayonini baholashda akusherlik amaliyotida keng qo'llaniladi[4].
Elektrokardiogramma (elektro., kardio... va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. E. elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar ogʻir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma-ket qoʻzgʻalishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. EKG yordamida yurak ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi[5].
Rentgen apparati – rentgen nurlarit hosil qilish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma. Rentgen apparati rentgenodiagnostika, rentgenoterapiya va rentgen analizida ishlatiladigan turlarga boʻlinadi. Rentgen apparatining muqim (rentgen kabinetlarida, lab. va boshqa(lar) maxsus xonlarda ishlaydigan va boshqa(lar)) va koʻchma (koʻlda olib yuriladigan) xillari boʻladi. Rentgen apparati rentgen trubkasi, transformator va toʻgʻrilagichdan, rentgen apparatini boshqarish va nazorat qilish pulti, oʻrganiladigan obyekt va rentgen trubkasi oʻrnatiladigan shtativdan iborat. Rentgen trubkasi elektrovakuum asbob; unda rentgen nurlari hosil qilinadi. Asosiy qismlari: anod (rentgen nurlari manbai), katod (elektronlar manbai) va qobiq (kolba). Anodga yuqori kuchlanish brilganda anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir boʻladi. Hosil boʻlgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, koʻp qismi issiqlik energiyasiga aylanadi. R.A. ishlayotganda xavfsizlikni taʼminlash uchun yuqori kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qoʻyiladi, signalizatsiya tizimi boʻladi; Qurilmaning baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan xona blokirovka qilinadi, rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi. Tibbiyotda rentgen apparati yordamida aʼzolarni koʻrish, suratini olishdan tashqari, flyuorogrfiya oʻtkazish mumkin. Muqim R. a. ga aʼzolarni kavatma-kavat kuzatish (tomografiya), yurak va qon tomirlarini kontrast tekshirish (antiografiya) uchun alohida moslamalar oʻrnatiladi. Qurilmadagi elektron-optik oʻzgartirgich tekshirilayotgan obyektdagi eng mayda aʼzo va boshqa(lar)ni ham koʻrish, uni kinoga olish hamda televizion yoʻl bilan kuzatish imkonini beradi[6].
Xulosa qilib aytganda tibbiyotga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llanilishi bemorlarga tashxis aniqligini oshirishga, davolash jarayonlarini tezlashtirishga, davolash davrini qisqartirib yahshi natijalar olishga asos bo’ladi.

Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling