Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya


Download 313 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2019
Hajmi313 Kb.

Birlashgan Qirollik

Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va

Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of



Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi

davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu

orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda

ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney,

Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika

okeani, sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya



mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb

ataladi. Maydoni 244,1 ming km

2

. Aholisi 63.23 mln 



[1]

 kishi


(2012-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va

milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya,

Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya)

dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud

hisoblanadi.

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol

(qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-yilgi Ulugʻ

Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi

Davlat tuzumi


Buyuk Britaniya va

Shimoliy Irlandiya

Birlashgan Qirolligi

United Kingdom of

Great Britain and

Nothern Ireland

1

 

Bayroq



Gerb

Shior: Dieu et mon droit

(Fransuzcha: Hudo va men

huquqim)


Madhiya: God Save the Qu

(de-facto)

Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq

vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng

muhim parlament hujjatlari hisoblanadi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol

(qirolicha) va parlament (u ikki palatadan

iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar

palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir

boshchiligidagi hukumat (vazirlar

mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh

vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi.

Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan

boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi

Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud


Poytaxt

London


Rasmiy til(lar) Ingliz tili

Hukumat

Hamdo‘st


 •  Qirolicha

  Yelizavet

 •  Bosh Vazir

  Theresa M



Mustaqillik

 

 • 



Angliya va

Shotlandiya

qirolliklar

birlashishi

 

26 mart


1707

tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga

ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy

muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol

(qirolicha) tayinlagan gubernator

boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda

Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan

mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi

Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi.

B. B.ning yer yuzasi asosan pastgekislik.

Angliyaning shimoli-gʻarbi toglikdan,

Tabiati


 • 

Buyuk Britaniya

va Irlandiya

birlashishi

 1 yanva

1801


Maydon

 

 • Butun



244,820 k

(78-)


 • Suv (%)

1.34


Aholi

 

 • 2002 roʻyxat



59,553,80

oʻrin)


 • Zichlik

243/km²


YaIM (XQT)

2005- yil

roʻyxati

 • Butun


AQSh$1,8

mil. (6-)

markazi va janubi-sharqi tekislik va

sertepa pasttekisliklardan,

Shotlandiyaning qirgʻogi egribugri, shim;

qismi tor va chuqur Glen-Mor

depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan

Shimoliy Shotlandiya togʻligidan iborat.

Bu ikkala qismning janubida (Grampian

togʻlari) mamlakatning eng baland

choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib

turadi. Grampian togʻlaridan janubida

Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda

Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842

m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda


 • Jon boshiga AQSh$31

Pul birligi

Pound


Sterling

( GBP )


Vaqt

Mintaqasi

(UTC+0)


 • Yoz (DST)

(UTC+1)


Qisqartma

UK

Internet



domen

.uk, .gb, .c



Telefon

prefiksi

+44


1

 -

Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m)



qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol

kengaya boradi; bu yerda — Uels yarim

orolning gʻarbida Kembriy toglari

(Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning

gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar

(Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va

janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shim.

Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend,

Xempshir), qator asimmetrik tepalar

(balandligi 200– 300 m) bor. Shimoliy

Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan


(Antrim, Sperriin, Morn va boshqalar)

iborat.


B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori

sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi

slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud.

Shimoliy dengizning B. B. qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.

B. B.da moʻʼtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin,

oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida

yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha.

Shimoli-gʻarbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va

quruq. Shimoliyda iyulning oʻrtacha temperaturasi 13°, janubi-

sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun



davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18°

gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va

kishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda

koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan

Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000–1500 mm, ayrim

joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600–750 mm

dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman

(Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp,

sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent,

Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz

va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan

kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning

aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan.


Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya

shim .da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq,

pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol

tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim

yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar

tarqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub,

oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol)

Usadi. Oʻrmonlar B. B. maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar

hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ

oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam.

Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har

xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar,



shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy

bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud.

Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %),

shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat

tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar,

uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy

tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar;

aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir.

Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari:

London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.

Tarixi


Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt

qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta

qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida

anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal

qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya,

Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari

birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42

yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.

1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan

soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni

tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda

hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar



paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va

sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo boʻlgan

Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini

oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya

bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—

1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi

vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381)

boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon

magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan

qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning

tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining

rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga

sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda


tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603)

qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning

koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi,

natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-

yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa

hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar

burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi —

17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini

yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi,

Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo

boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda

hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-asr oxiridan

boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi,


styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi

siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi

absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu

ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda

gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi

hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan

gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl

ochdi. 17-asr oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining

siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura

bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-

asrning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib,

hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr



oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar

partiyasi tashkil topdi.

17—18-asrlarda B. B. Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar

zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy

Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83)

natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka

erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-

asr boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik

Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi

boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan B. B. burjuaziyasi oʻz savdo-

sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda

foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq,



Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va

boshqa hududlar B. B.ga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash

hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga

sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin

tayyorlandi.

19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror

topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar

harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi

siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi

ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga

qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi

poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib,



Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660)

hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik

urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va

boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini

shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851

—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan

biri boʻldi. 1878 yil Kipr o.ni, 1882 yil Misr, 1898 yil Sharqiy

Sudanni, 1899—1902 yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha

hududlarni zabt etdi.

20-asr boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va

Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya

oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush



oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va

Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz

mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda B. B. Xitoyga

qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 yillardagi

jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.

1938 yil B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib,

Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939 yil 3

sentabrda B. B. Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush B. B.ning

iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon

urushidan soʻng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka

yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida B. B.ning deyarli barcha

mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan

keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51,


1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979

yildan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT aʼzosi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini

1992 yil 18 fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha

tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).

Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar

partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil

tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 yilda asos

solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 yilda tuzilgan;

Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 yilda tashkil etilgan; Britaniya

Kommunistax partiyasi, 1988 yilda B.B. Kommunistik


partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar

partiyasi, 1920 yil tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar

kongressi, 1868 yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi,

1897 yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 yil

tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 yil tashkil etilgan.

Xoʻjalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik

sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni

sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni

xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida

bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan

bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar



taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta

putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan

ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 %

kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan

boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy

izga ‘tushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi.

Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948 yilda B. B. ulushi 11,9 %

edi, 1968 yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon

urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir

Sanoati


boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati,

shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi

kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining

ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va

neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi.

Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil,

samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks

asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika

va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib

turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo

(plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit,

boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab

chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil


sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari

boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining

koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning

eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild

shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Janubiy

Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va

Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend,

Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari

Shim.

Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati



ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va

Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari



Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz

zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna

toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib

olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik

elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab

chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining

2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va

mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U

mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini

taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi —

chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5



mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin —

gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik,

bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika

okeanida baliq ovlanadi.

Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yoʻl

uzeli — London; undan 11 tomonga temir yoʻl ketgan. Birlashgan

Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin

2oʻrinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1oʻrinda.

368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-yillar oxirlari).

Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz

Transporti


savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz

portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem,

Liverpul, Manchester va boshqa

Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta

ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni

sanoat tarmogʻi beradi. B. B. chetga mashina va uskunalar,

transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft

mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi.

Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta,

turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi.

Tashki savdodagi asosiy mijozlari — Yevropa Ittifoqi


mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1

yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — funt sterling .

Tibbiy xizmatn. B. B. sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin

oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam

koʻrsatadi (1990-yillar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va

palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida

tayyorlanadi. B. B.da Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut,

Torki, Bat kabi kurortlar bor.

Maorifi va madaniy-maʼrifin muassasalari. B. B.da boshlangʻich

va toʻliqsiz oʻrta taʼlim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy.

Boshlangʻich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oʻqiladi.

Oʻrta maktablar asosan 3 turga: 5—7 yillik grammatik maktablar,



5 (baʼzan 7) y.lik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy

maktablarga boʻlinadi. Oʻquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin

taʼlimni kollej, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari va

markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 universitet, 40 ga yaqin

politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford (1167)

va Kembrij (1209) untlaridir.

Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi,

Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va

Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari:

Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi

(1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va boshqa


Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va

Kembrij (1209) universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662 yilda

London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat B. B. fanini,

ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga

ega boʻldi. 1675 yil Grinvichda B. B.ning astronomiya sohasidagi

asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945

yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil

oʻrtalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot

ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma

tadqiqot ishlarining yarmidan koʻpini bajaradi. Koʻp firmalarda

(500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i.

Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda

ikki baravardan koʻproq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va


markazlari ham mavjud. 1954 yilda yadro fizikasi va energetika

muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari

tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi,

radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib

boradigan ilmiy markazlar tuzildi. B. B.ning yirik ilmiy

muassasalari: Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish boʻyicha

London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanʼat

akademiyasi, Britaniya akademiyasi, B. B. Klrollik instituti,

Angliya va ingliz tili toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish boʻyicha

Britaniya kengashi (hammasi London shahrida), Edinburg qirollik

jamiyati.


Matbuoti, radnoeshnttirishi va telekoʻrsatuvi. B.B.da juda koʻp

gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“

(„Posbon“, kundalik gazeta, 1821 yildan), „Deyli meyl“ („Kundalik

pochta“, kundalik gazeta, 1896 yildan), „Deyli star“ („Kundalik

yulduz“, kundalik gazeta, 1978 yildan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik

gazeta, 1785 yildan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli

haftanoma, 1932 yildan) va boshqa B. B.da Press Assoshieyshn

(ichki axborot toʻplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan

yetakchi axborot agentligi, 1868 yilda asos solingan), Reyter

(xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik

axborot agentliklaridan biri, 1851 yilda tashkil etilgan; asoschisi

Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor.



B. B.da radioeshittirishlar 1922 yildan, telekoʻrsatuvlar 1936

yildan olib boriladi. B. B.da 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga

yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud.

Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv

korporatsiyasi — „British Brodkasting Korporeyshn“ — Bibisi

1922 yilda tashkil etilgan.

Ingliz adabiyoti 5—6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5—11-

asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari

yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi.

B. B.ni normannlar zabt etgach (11-asr), yuqori tabaqa kishilari

Adabiyoti


orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va

ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta

ayerlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya

davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy

harakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan

bir qatorda U. Leglendning „Qoʻshchi Pyotr haqida tush“

poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan

dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy

guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri B. B.

adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist

sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E.

Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild

dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulugʻ Temur“, „Doktor Faustning


fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy

tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri B. B. adabiyotining yuqori

bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli

ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi

ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi

nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy

tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa

adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi

vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“

tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi.

18-asr ingliz maʼrifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik

tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib qilish



xosdir. Bu davrda sheʼriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman

yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq

satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning

kuch-qudrati, zoʻr irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini

madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-asr B. B. adabiyotidagi asosiy

adabiy yoʻnalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion

romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni

qayta tiklashga urinsalar, ilgʻor romantiklar (J. Bayron, P. Shelli)

burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana

qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“,

„Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning oʻtmishi,

urfodati, siyosiy kurashlari oʻz ifodasini topdi. Ch. Dikkens

(„Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar


kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni

fosh etdilar. 19-asrning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir

qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo

boʻldi.


19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar

tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M.

Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-asr

tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim

bosqich boʻldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va

boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L.

Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari

mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, voqelikni toʻgʻri



koʻrsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn),

taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi

rivojlandi.

B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima

qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning

sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint

„Soʻna“ romanlari va boshqa

B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar

(Stonxenj — megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester,

Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi

Meʼmorligi


quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-asrlar); gotika (12—

15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi

ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-asrlar, bu davrda shahar

va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi);

klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent

kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-

asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va

oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va

boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar

qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi

meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi

(F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa meʼmorlar)

kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi.


Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga

uchradi va boshqa („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar

bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G.

Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy

meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar.

7— 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub

anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning

naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub

ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va

gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi.

Tasviriy sanʼati


X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada

barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar

noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi

miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar.

18-asr birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik

maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya

jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr

ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G.

Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy

ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri

(T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi.


19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj

asarlarida sanoat ishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk

maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga

keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida

shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons

kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl

mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga

qaytishni targʻib qildilar. 19-asr oʻrtalaridagi realistik sanʼat X.

Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi.

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi

oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va

boshqa rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-asrning yirik



realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L.

Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning

mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga

bagʻishlagan.

B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida

tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida

ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik

tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov

aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. B. B. polifonik

musiqasining ilk namunalari 11 —12-asrlarda paydo boʻldi. Bular

Musiqasi


J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida

dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari,

teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord,

T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur

kompozitorlari boʻlishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit

„Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-

asrda B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab

ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik

musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.

19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi.

Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa

madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan



Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol

oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning

asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll,

shuningdek, 1967 yilda ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert

zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada

tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“

ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik

orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik

orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G.

Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill,

skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning

atoqdi musiqachilaridir.



B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq

oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan

diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-

asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish

davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K.

Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-asr oxiri — 17-asr boshi B. B.

teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan:

havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri,

professional teatr. 18-asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik

gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr

(„DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. 19-asr

dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror

Teatri


toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818),

StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961

yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga

keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir

ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy

realizm „Kort“ teatri (20-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda

B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-asrning 30

—40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J.

Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956)

„jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 yil

Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P.

O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissyorlar P. Bruk, P. Xoll, J.

Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B.


B.dagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi

(1904 yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti.

B. B.da teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda

tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet

taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle

Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi

balet truppalari bor.

B. B. sirki 18-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida

yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos

soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B.

Milslar katta rol oʻynadi. B. B.da yezda koʻchma sirklar ishlaydi.


Kinosn. B. B.da kino ishlab chiqarish 1896 yildan boshlandi.

1929 yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili

hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932 yilda

tashkil etgan „London filme“ firmasi B. B. va chet el kino

arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi

(„Pigmalion“, rejissyor A. Askvit, „39 qadam“, rejissyor A. Xichkok

kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur

vodiy“, rejissyor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissyor R. Boulting,

„Yongʻinlar boshlandi“, rejissyor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar

kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini

ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissyor L.

Olivye, „Oliver Tvist“, rejissyor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab

chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-


yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissyor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi

Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissyor L. Anderson), „Qanday

saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi

filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli

harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard,

R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining

mashhur artistlaridir.

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik

munosabatlari.

Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik

munosabatlari


1. Великобритания . The World Factbook. CIA. 2011-11-03.

(ingl.)

 

 



 

Manbalar


Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston

milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

"



https://uz.wikipedia.org/w/index.php?

title=Birlashgan_Qirollik&oldid=2022585

" dan olindi 

Last edited 9 months ago by PlanespotterA320


Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi

koʻrsatilmagan boʻlsa).



Download 313 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling