Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova qiladi?


Download 21 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi21 Kb.

Oraliq nazorat-1

6-variant

Test


  1. Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova qiladi?

  1. Majburiyatlarini ro’yxati;

  2. Asosiy vositalari ro’yxati;

  3. Tushuntirish xati;

  4. Aksiyadorlar kengashi xulosasini.

  1. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi?

    1. investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar;

    2. moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;

    3. pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar;

    4. riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar.

  1. Moliyaviy kapital deb nimaga aytiladi?

    1. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslarga;

    2. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlarga;

    3. Korxonalarning uzoq muddatli kapital qo'yilmalari va mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlariga;

    4. Imkoniyatiga ega bo’lish, dunyoqarashni kengaytirishga.

  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya tizimi necha sohaga bo’linadi?

  1. 1;

  2. 2;

  3. 3;

  4. 4;

  1. Moliyaviy boshqaruvning shakllari quyidagilardan qaysi biri?

  1. moliyaviy rejalashtirish;

  2. bashoratlash va dasturlashtirish;

  3. moliyaviy nazorat;

  4. moliyaviy tashkillashtirish;

Savollar:



  1. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini hal etish.

  2. Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko’rinishlari.

Javoblar:


1.C

2.C


3.B

4.B


5.A , B, C javoblari to’g’riku ustoz bir qarab ko’ring aynan bittasimas 3ta javob ham to’g’ri kelmoqda !

1. Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha



boshqa hamkor bilmaydigan axborotga egalik qilganda yoki

bir tomon boshqasi uchun qaror qiluvchi agent hisoblanganda

paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixologik

muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vositachilar

risk va pul resurslarining samarali taqsimlanishiga

yordam beruvchi bir necha funksiyalarni bajaradilar. Biroq

stimullashtirish psixologiyasiga tegishli bo‘lgan, vositachilarning

ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layoqatini

cheklaydigan muammolar mavjud. Stimullashtirishning

psixologik muammolari shartnoma tomonlari ko‘pincha

bir-birini kuzatish va biri ikkinchisini nazorat qilish imkoniyatiga

ega bo‘lmaganlari uchun yuzaga keladi.

Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar odatda, uch

turga bo‘linadi va ular xalqaro amaliyotda quyidagicha nom

olgan:

1. “Ma’naviy risk” muammosi.

2. “Noqulay tanlov” muammosi.

3. “Komitent -komissioner” muammosi.

Ma’naviy risk yoki mas’uliyatsizlik (moral hazard)



muammosi, masalan, qachonki sug‘urta polisiga egalik qilish

sug‘urtalangan tomon katta riskka yo‘l qo‘yganda yoki yo‘qotishga

yetaklovchi hodisaning oldini olishga kam harakat

qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha

sug‘urta kompaniyalari tomonidan riskning ayrim turlarini sug‘urta qilishni xohlamasliklarining sababiga

aylanadi. Masalan, agar ulgurji ombor mulkdori yong‘in hodisasiga

sug‘urta polisini sotib olganda, uning uchun yong‘inga

qarshi tadbirlarga pul sarflash stimuli kamayadi. Bu holat,

uning omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli sug‘urta shartnomasi tuzilgunga qadar bo‘lgan holatdagidan yuqori bo‘ladi. Agar

sug‘urta summasi omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa,

unda ayrim ekstremal vaziyatlarda ombor egasi nafsga berilishi

va pul olish uchun uni yoqib yuborishi ham mumkin.

Potensial ma’naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari

sug‘urta summasini qisqartiradilar yoki ma’lum bir holatlarda

ayrim turdagi sug‘urta polislarini sotishdan umuman

bosh tortadilar.

Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar bo‘linmagan

hajmi natijasida ham yuzaga keladigan yana bitta

muammo mavjud. Bu nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosidir

. Bu shu bilan xarakterlanadiki,

unga ko‘ra riskning u yoki bu shaklidan sug‘urtani sotib

oluvchi odamlar odatda, ushbu riskka butun boshli aholiga

qaraganda ancha kuchliroq duchor bo‘ladilar.

Bu vaziyatni umrbod renta misolida

ko‘rib chiqamiz. Umrbod renta175 sug‘urtalangan odamgauning pensiyaga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha

qayd qilingan summani oyma-oy to‘lashni ko‘zda tutgan

shartnomani ifodalaydi. Bunday rentalarni sotuvchi firma

ularni sotib oluvchi odamlar butun aholiday kutilayotgan

uzoq umr ko‘rishlari taxminidan kelib chiqa olmaydi.

Stimul bilan bog‘liq bo‘lgan muammoning yana bir turi

ko‘proq riskka asoslangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha

vakolatning boshqa shaxslarga berilishida yuzaga keladi.

Masalan, korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini yuritish

uchun menejerlarga vakolatni beradilar. O‘zaro jamg‘armalar

investorlari esa, mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya

qilish tuzilmasini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatni

jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlar portfellarini boshqarish

bo‘yicha menejerlariga taqdim etadilar. Bu qaror qabul qilish

bilan bog‘liq bo‘lgan risk uchun javobgarlik olib boradiganodam yoki tashkilot, ushbu qarorlarni qabul qilish bo‘yicha

o‘z vakolatini boshqa bir tashkilot yoki shaxsga berishini

bildiradi. Shunday risk uchun javobgarlikni topshiradigan

shaxslar (yoki tashkilotlar) komitentlar, deb ushbu vakolatni

qabul qiluvchilar esa komissionerlar, deb ataladi.

Komitentning komissioner bilan munosabati muammosi



(principal-agent problem) shundaki, komissioner

ko‘pincha komitent agar komissioner bilgan barcha bilimlarga

egalik qilganida qabul qilgan qarorlaridan va o‘zi mustaqil

qabul qilishi mumkin bo‘lgan qarorlaridan farqlanuvchi

qarorlarni qabul qiladi. Buning natijasida komissionerlar

va komitentlarning manfaatlari o‘rtasida ko‘pincha ziddiyatlar

kelib chiqadi. Nostandart (noandozaviy) vaziyatlarda

komissionerlar hattoki, o‘zlarining komitentlari manfaatlariga

qaramasdan harakat qilishlari mumkin. Bunday

holat masalan, fond brokeri «sutdan yog‘ olish» deb nomlanadigan

ish bilan shug‘ullansa, ya’ni mijozga hech qanday

foyda olib kelmaydigan, lekin brokerning komission

summasini oshiradigan ko‘psonli bitimlarni mijozning hisobidan

amalga oshirganida kelib chiqadi.
2. Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham , ya’ni notijorat tashkilotlarni davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi . Egri (bilvosita) moliyalashtirishningasosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

- nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish;

- soliqli imtiyozlastirish;

Bu yerda o’z navbatida , nosoliqli imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi ;

-notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish , yer maydonlarini ajratidh;

-litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini o’rnatish (belgilash);

-aloqa xizmatlari va maishiy xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish ;

-va boshqalar

Shiningdek , soliqli imtiyozlashtirish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

-hadya etuvchilar uchun imtiyozlar ;

-homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar .

Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish , agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa , xarajatlarning yo’nalishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas .
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling