Bismillahir rahmonir rahiym Osmonni qopladi qora bulutlar


Download 26.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.05.2020
Hajmi26.84 Kb.
#108444
Bog'liq
Marsiya

background image
Bismillahir rahmonir rahiym 

Osmonni qopladi qora bulutlar, 

Qasdiga kelgandek quyosh yuziga. 

Tomchilay boshladi yomg’ir ham asta, 

Yuzimga urilib qorishib yoshga. 

 

Tunda uvvullagan, shamol sal tingach, 



O’zidan qoldirdi siniq deraza. 

Mayliga deraza, nima bo’libdi, 

Qalblarni parchalab qo’ygani alam. 

 

Azroil farmondor, ilojsiz u ham, 



Yaratgan izmidan chiqolmas bir dam. 

Muhammad ummati, o’lim haq derlar- 

Mahsharga qoldirdi diydor g’animat. 

 

Bugun azim daraxt ayrildi bog’dan, 



Eltib keltirdilar, chin dunyo sari. 

Yig’ilib qon-qardosh kuzatib qo’ydi, 

Mahsharga qoldirdi diydor g’animat. 

 

Umariy, o’lim haq, bugunmi erta, 



Har kimga keladi, navbatma- navbat. 

Ollohdan tilagin, umring boricha, 



Iymoning yo’doshing, bo’lsin sirotda. 

 

Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling