Bismillahir Rohmanir Rohim! Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman


Download 16.21 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi16.21 Kb.
#162602
Bog'liq
Bismillahir Rohmanir Rohim


Bismillahir Rohmanir Rohim! Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman! Alloh taolo o’z kitobini “Bismillah” bilan boshlagani musulmonlarga o’rnak, ular har doim o’z so’zlarini va ishlarini “Bismillah” bilan boshlamoqlari lozim. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o’z hadislarining birida aytganlaridek, -‘’E’tiborga molik ish borki, boshlanishi “Bismillah” bilan boshlanmas ekan, oxiri kesikdir”. Ya’ni uning barakasi bo’lmaydi, oxiriga yetmaydi deganidir. Bizning ham ushbu yozganlarimiz Inshaalloh kimlargadir foydali bo’lsa, albatta e’tiborga molik ish bo’ladi! Shuning uchun ham “Bismillah” bilan boshladim.

Assalomu alaykum. Ushbu botni ishga tushirib juda zaruriy va foyali ishga qo’l uribsizlar. Sizlarga rahmat. Inshaalloh bu o’z mevasini, foydasini beradi. Bu tadbirkorlikka oid masalalar yuzasidan takliflar uchun ishga tushirilgan bot bo’lsada, hozirgi taklifim bugungi kunda global muammo bo’lgan koronavirusga qarshi choralar haqida bo’ladi. Ushbu maqolamda har bir taklif qilinayotgan ob’ektlarga umumiy to’xtalaman va ularning ustida keng hajmda ilmiy izlanishlar, labarotar tajribalar o’tkazilib, preparatlar tayyorlansa va amaliyotda qo’llanilsa, Inshaalloh barchamiz uchun foydali bo’ladi. Umid qilamanki, ushbu takliflarim hech bo’lmaganda rahbarlarimiz, olimlarimiz, shifokorlarimiz uchun umumiy mavzu, g’oya vazifasini bajaradi. Aynan prezident ma’muriyatiga jo’natayotganligim sababi, ushbu takliflar juda muhimligi, foydasi tegishi mumkin bo’lgani uchun va agarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tavsiya qiladigan bo’lsam, yashirincha o’zicha tabibu vrachlar paydo bo’lishi va insonlarning hayotini xavfga qo’yishlari mumkinligi hamda boshqa darajadagi tibbiyot sohasidagi insomlarning bee’tibor qoldirishlari mumkin bo’lgani uchundir. Chunki bu takliflarim mutaxassislar tomonidan maxsus o’rganib chiqilishi kerak bo’ladi. Inshaalloh birodarlarimizga, xalqimizga, insonlarga foydasi tegadi faqat bee’tibor qoldirmasdan o’rganib chiqilishi kerak. Imkoni boricha umumiy va tushunarli yoritishga harakat qilaman. Bugungi kunda Koronavirus haqida ko’plab ma’lumotlar berilyapti va aytilyapti. Ma’lumotlar ko’p, ammo tayinli ma’lumotlar unchalik ko’p emas. Ko’p davlatlar ushbu virus haqidagi ilmiy ma’lumotlarni sir tuta boshladi. Demak, ilmiy ishlarni tezroq keng miqyosda olib borishimiz kerak bo’ladi.



Koronavirus Coronaviridae oilasiga Mansub bo’lib, faqat bitta tur Coronavirusni o’z ichiga oladi. Ushbu virusli infeksiya odatda oddiy shamollashni keltirib chiqaradi. Kattalarda ko’pincha infeksiyalar belgilarsiz yoki bilinmasdan o’tadi. Qo’zg’atuvchi manbai – kasal odam. Virus odatda havo tomchi yo’li orqali yuqadi. Koronaviruslar tashqi muhit omillariga chidamsiz va yuqori harorat, insolyatsiya va dezinfektanlarga ta’sirida tez nobud bo’ladi. Koronavirus virionlari yumaloq yoko ovalsimon bo’ladi, diametri odatda 50-220 nm. Voyaga yetganlari superkapsid bilan o’ralgan bo’ladi. Superkapsidda ingichka bo’yin va katta, sharsimon, ovalsimon yoki noksimon boshchali tuzilishiga ega bo’lgan glikoproteinli o’simtalar joylashgan. Bular tojga (korona) o’xshash shakl beradi. Genomi RNK molekulasidan iborat, unga nukleokapsidli oqsil birikkan. Spirali simmetriya shaklida tuzilgan. Antigen tarkibiga ko’ra to’rtta antigen guruhlariga bo’linadi. Shuni unutmaslik kerakki, koronaviruslarning antigeni variantlarining ko’pligi tufayli vaksina tayyorlash va immunoprofilaktika o’tkazish samarasiz hisoblanadi. Inshaalloh yangi ilmiy yangiliklar bunga imkon berar! Hozircha bu muhim fakt asosida jarayonga moslashish zarur. Umumiy holatda, koronavirus infeksiyalari unchalik xavfli emas degan xulosaga kelsak bo’ladi. Xo’sh, nega COVID-19 boshqalaridan ko’ra xavfliroq? Asosan quyidagi sabablar deb xulosa qildim:

  1. Koronaviruslarga xos xususiyat, antigen variantlarining ko’pligi tufayli barcha bemorlarga birdek ta’sir ko’rsatadigan vaksinaning ishlab chiqish muammoligi.

  2. Ushbu virusning genetik jihatdan hayvon organizmida modifikatsiyaga uchraganligi, uning patogen xususiyatini kuchaytirib, yashovchanligini oshirgani.

  3. Ushbu virusning strukturaviy fiziologik, biologik, kimyoviy komplementar xususiyatlari, o’zini namoyon etishining kam o’rganilganligi va ma’lumotlar yetishmasligi.

  4. Ushbu virusga hali ham tog’ri baho berilmayotganligi va boshqa ko’pgina sabablar.

COVID-19 virusi boshqa turdoshlariga qaraganda organizmga tushgandan keyin uzoqroq vaqtda belgilarini bildiradi. Koronaviruslarning odatda yashirin davri 2-5 kun davom etadi. Respirator infeksiyalar nafas yo’llarida kataral belgilar bilan kechadi. Seroz (kam hollarda seroz-yiringli) ajralmali rinit va rinofaringit) asosiy belgilari hisoblanadi. 5-7 kundan o’z o’zidan tuzalish boshlanadi, shu bilan birga ushbu serovarga qarshi turg’un immunitet hosil bo’ladi. Umumiy profilaktika usullari gripp va URVI kabi. Og’ir shakllarida katta yoshli donorlar zardobidan maxsus Ig ishlatilishi mumkin. Ko’rinadiki, COVID-19 boshqa koronaviruslardan sodda qilib aytganda kuchliroq. COVID-19 ning asosiy belgilari:

  • Bosh og’rig’I

  • Tana harorati ko’tarilishi

  • Quruq yo’tal

  • Nafas qisishi, ko’krak osti og’riqlari

  • Mushaklar og’rishi

  • Holsizlanish va boshqa holatlar.

COVID-19 nafas yo’llariga tushgach inkubatsiya jarayoni boshlanadi va o’pkaga, o’pkadan qonga o’tadi hamda qon aylanish jarayonida butun organizmni zaiflashtiradi, yurak, o’pka faoliyatini buzadi va jiddiy zarar yetkizadi. Qonning tarkibiy qismlari faoliyatini buzadi. Organizmning qaysi organi zaif bo’lsa, uning ish faoiyatini yanada zaiflashtiradi. Organizmdagi normal gradiyental jarayon buziladi. Bu keksalarda og’irroq kechishi sabablari ko’p, bir-bir umumiy qilib aytadigan bo’lsak, qonning quyuqlashishi, immunitetning pasayishi, moddalar almashinuvining sekinlashishi va hokazolar.
Download 16.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling