Bitiruv malakaviy ishi himoyasi


Download 17.19 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17.19 Kb.
#250136
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi himoyasi


Bitiruv malakaviy ishi himoyasi

Samarqand davlat chet tillar instituti 2019-2020 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari uchun o‘tkaziladigan bitiruv malakaviy ishi himoyalarini o‘tkazish jadvali

“Bitiruv malakaviy ishi” oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalarining o’z ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish hamda o’zlashtirgan bilimlari orqali muayyan ilmiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish, o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash maqsadida tayyorlaydigan ilmiy ishidir.

Bitiruv malakaviy ishning

tuzilishi va mazmuni

Bitiruv malakaviy ishni talabalar bitiruv kursi davomida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish malakaviy faoliyat bo’lib, u talabaning nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirganligini hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilashning muhim omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba:

tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi;

tadqiqotning maqsadi va uni amalga oshirishda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlashtirishi;

tadqiqot predmeti va obyektini aniqlashi va tavsiflashi;

tadqiqot natijalarini tahlil qilishi va qayta ishlashni olib borishi;

xulosalar chiqarishi, olingan natijalarni baholashi va ilmiy tadqiqoti bo’yicha takliflar berishi lozim.

Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi

titul varag’i;

mundarija;

kirish;

asosiy qism (mavzuning batafsil bayoni);

xulosa;

foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati;

bitiruv malakaviy ish bilan bog’liq ilovalardan iborat bo’ladi.

Titul varag’i bitiruv malakaviy ishning birinchi sahifasi hisoblanadi va u belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi (4-ilova). Titul varag’idan keyin mundarija keladi.

Mundarija qismida bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlari keltiriladi. Bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlarining nomlari qisqartirilmaydi va asosiy matn sarlavhasiga muvofiq tarzda berilishi zarur. (5-ilova) Mundarijadan keyin ishning kirish qismi keladi.

Kirish qismida quyidagilar keltirilishi shart:

bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati;

mavzuning oldiga qo’ygan maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalar;

mavzuning o’rganilganlik darajasi;

tadqiqotning obyekti va predmeti;

tadqiqotning ilmiy yangiligi;

tadqiqotning tarkibiy tuzilishi;

tadqiqot bo’yicha chop qilingan maqola va tezislarning manbalari (bu band faqat maqola nashr qildirganlarga tegishli).

Kirishning umumiy hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet ko’pi 6

bet bo’lishi mumkin.

Asosiy qismda o’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy jihatlari boblarga va paragraflarga ajratilgan holda bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishning matnini bayon qilish tartibi alohida qism sifatida keltirilgan. Asosiy qismdan keyin xulosa qismi keladi.

Xulosada talaba tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy va amaliy shart-sharoitlarni o’rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish va jarayonni yanada faollashtirish borasida qisqa, aniq va lo’nda fikrini muxtasar shaklda bayon qiladi. Bitiruv malakaviy ishda xulosaning hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet, ko’pi 6 bet bo’lishi mumkin. Xulosadan keyin foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan foydalanilgan barcha rasmiy xujjatlar, ilmiy manbalar, statistik va tahliliy materiallar, shuningdek, ilmiy maqola va tezislar to’plamidan tashkil topadi. Adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi alohida qismda keltirilgan.

Ilovada mavzuni yoritish uchun to’liq foydalanilmaydigan ma’lumotlar, jadvallar, grafiklar, rasmiy xujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va belgilangan tartibda ketma-ketlik asosida raqamlab chiqiladi.

Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashga qo’yiladigan talablar

Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va rasmiylashtirishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:

bitiruv malakaviy ish bob va bo’limlarining mazmuni BMIning

asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim;

BMI matni kompyuterda teriladi;

BMI umumiy qabul qilingan standart bo’yicha muqovalanadi;

BMIning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning

kompyuterdagi matni hajmi 65-70 bet atrofida bo’lishi tavsiya etiladi:

bitiruv malakaviy ish A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi xoshiyalar o’lchamiga rioya qilish zarur:

chap tomondan - 3 sm.

o’ng tomondan - 1 sm.

yuqoridan - 2 sm.

pastdan -2,5sm.

bitiruv malakaviy ishda keltirilgan barcha jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yoziladi va raqamlab chiqiladi;

bosma va yozma xarflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo’lishi lozim:

jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar BMI ichida ham ilovada ham standart varaklarda (A4 formatda) bo’lishi lozim. Rasmlar skaner yordamida matnning kerakli joyiga ko’yiladi.

bitiruv malakaviy ish matnini yozish jarayonida muallif ishda keltirilgan barcha ixtiboslar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar, boshqa ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni ular tegishli joyning o’zidagina ixtibos (sitata) va havola (snoska) qilishi zarur. Shuningdek, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshka ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni bayon qilishda matnda ularning tartib raqami ko’rsatilib izohlanishi kerak. Masalan, “5-jadval, 3-rasm, 4-chizma yoki 2-diagrammada keltirilgan ma’lumotga ko’ra” iboralarini ko’llash tavsiya etiladi.

Adabiyotlar va manbalar ro’yxatini tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur:

birinchi me’yoriy hujjatlar yillar bo’yicha ketma-ketlikda beriladi va unda oldin O’zR Qonunlari, keyin O’zR Prezidentining Farmon va qarorlari, undan keyin O’zR. Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari, oxirida O’zR Vazirliklari va Qo’mitalarining Qarorlari va nizomlari keltiriladi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalari keltiriladi;

mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar keltiriladi;

mavzuga tegishli dissertasiya va avtoreferatlar keltiriladi;

jurnallardagi ilmiy maqolalar keltiriladi;

ilmiy ishlar to’plamlari va konferensiya materiallari tezislar keltiriladi;

O’zR rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to’plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi;

xalkaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to’plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi;

bitiruv malakaviy ishda xorijiy tillardagi ilmiy manbalardan foydalanilsa, ularni chet tillardagi adabiyotlar bandi sifatida ajratib, davlat tilida keltirilgan adabiyotlardan keyin tillar bo’yicha keltirish mumkin. Masalan: a) rus tilidagi manbalar:b) ingliz tilidagi manbalar va hokazo shaklida.

kitoblar, ya’ni ilmiy-uslubiy va pazariy manbalar xamda statistik va tahliliy materiallar keltirilganda kuyidagi tartibga amal qilish zarur: muallifning familiyasi (to’liq). ismi-sharifi (bosh xarflari), nuqta belgisi, kitobning nomi, nukta, tire, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot nomi, vergul, nashr qilingan yil, nuqta, tire, kitobning “Ixtibos yoki havola” keltirilgan beti. Masalan, Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat. 2008. -B.30-31.

jurnal va to’plamlar adabiyotlar manbasi sifatidakeltirilganda kuyidagi tartibga amal qilish zarur: maqola muallifining familiyasi (to’liq), ismi-sharifi (bosh xarflari), nuqta belgisi, maqolaning to’liq nomi, parallel ishorasi, jurnal, to’plam nomi qo’shtirnoqsiz holda, nuqta, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot yoki tashkilot nomi, nuqta, nashr qilingan yil, nuqta, tire, jild soni, nuqta, tire, maqola yoki tezis bosilgan betlar;

bitiruv malakaviy ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotning muallifi uch va undan ortiq bo’lsa, boshdagi ikkita muallif yuqorida keltirilgan talab bo’yicha rasmiylashtirilib, qolganlari uchun “va boshqalar” deb yoziladi:

BMI da foydalanilgan adabiyotlarning nomi tarjima qilinmaydi va yozuv imlosi o’zgartirilmaydi, ya’ni lotin imlosidagi manbalar lotin imlosida berilishi zarur.

Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirishning yakuniy bosqichi

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan ilmiy rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, “Ilmiy raxbar xulosasi” bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. “Ilmiy rahbar xulosasi”da talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Xususan, ilmiy raxbarning xulosasida quyidagilar

bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi:

olib borilgan tadqiqotning kafedra ilmiy yo’nalishi bilan bog’liqligi;

tadqiqot ishining yangiligi;

talabaning ilmiy ishga yondashuvi va layoqatiga qiskacha tavsif;

xulosalarning sifati;

BMIga qo’yilgan talablarga mosligi o’z aksini topishi lozim.

Kafedra mudiri o’rnagilgan tartibda malakaviy ishning tayyorgarlik holatini aniqlaydi va taqdim etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishni himoyaga kiritish masalasini kafedra yig’ilishida muhokama qilib, tegishli qaror qabul kilinishini ta’minlaydi.

Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ishi fakultet dekani imzosi bilan o’rnatilgan tartib bo’yicha mutaxassislarga taqrizga yuboriladi.

Tashqi taqrizda quyidagilar o’z aksini topishi lozim:

mavzuning dolzarbligi;

tadqiqot yangiligining asoslanganligi;

tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati;

BMIning mazmuni va tugallanganlik darajasi bo’yicha tanqidiy mulohaza:

BMIga qo’yilgan talablarga mosligi.

Taqrizlar iste’molchi korxona va tashkilotlardan, soha mutaxassislaridan, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedra professor-o’qituvchilari hamda sohaga tegishli ilmiy tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlaridan olinishi mumkin.

Fakultet dekani BMImi “Taqriz”, “Ilmiy rahbar xulosasi” va “Topshiriq” bilan himoya uchun Yakuniy davlat attestasiya komissiyasiga taqdim etadi.

Talaba tomonidan taqdim etilgan BMI belgilangan me’yorlar darajasida bajarilmagan taqdirda ish kafedra majlisida, ilmiy rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiqlanib, tegishli qaror qabul qilish maqsadida universitet rektoriga taqdim etiladi.

Talaba himoya kunidan 10 kun oldin quyidagi hujjatlarni bitiruv malakaviy ishi bajarilgan kafedraga taqdim qilishi shart:

BMI ni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, taqdim qiladi.

Ilmiy rahbar xulosasi.

Tashqi taqriz.

BMIning kafedrada muhokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma.

Talaba BMI bo’yicha 5-7 bet xajmda kompyuterda annotasiya yozadi va 6

nusxada kafedraga taqdim qiladi.

Xulosa va taqriz hajmi 1,5-2 betni tashkil etishi kerak.

Ilmiy rahbar xulosasi, Tashqi taqriz, Topshiriq va BMIning kafedrada muxokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma BMI muqovasining ichki tomoniga konvertga solib yelimlanadi.



ILOVA
Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling