Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan


Download 83.24 Kb.
bet1/2
Sana06.06.2020
Hajmi83.24 Kb.
#115246
  1   2
Bog'liq
hisobot


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

OLMALIQ FILIALI

«ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK»FAKULTETI

«ELEKTR TEXNIKASI VA ELEKTR MEXANIKASI» KAFEDRASI

"BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTIDAN”

KURS ISHI

Mavzu: OTMK ―AJ‖ MBF tegirmoni sinxron dvigatelini ishga tushirish.

Bajardi: 33-16 "EEE" guruh talabasi: Xalilov M

Qabulqildi:

Kaf.mud.Katta o‟qituvchi: Ganiev.S.T.

Olmaliq-2020

Elektrtexnikasi va elektrmexanikasi»

kaf. Мudiri G‟aniyev S.T.____

«____»_______________2020 y.

«BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTIDAN»



KURS ISHI

33-16 "eee" guruh talabasi Xalilov . M

Qabulqildi: kat. o‘qit. G‘aniyev S.T.____

Topshiriq

1.« EKG ekskavatorlarining boshqaruvi »paramertlarini hisoblash ___________________________________________________________

1. Dastlabkima'lumotlari:_____Quvvat______Pasport qiymatlari_____________________________


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

2. Yo‘l-yo‘riqmateriallari:_______________________________________


_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

3. Grafik qismning mazmuni:


4. Tushuntirish yozuvining mazmuni:
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

5. Qo'shimcha vazifalar va ko'rsatmalar: ___________________________






















Rejaga muvofiq

Amalda
Rahbar:_____________________________ G‘aniyev S.T


MUNDARIJA

I. Kirish

II. Korxonadagi texnologik jarayon haqida ma’lumot

III. Elektromexanik qurilma va uskunalar haqida ma’lumotlar

3.1. Burg’ilash uskunalarining yurish mexanizmlari

3.2. EKG ekskavatorlarining turlari.

3.3. EKG ekskavatorlarining hozirgi ishlash tizimi haqida

IV. Xulosa

V. Foydalanilgan adabiyotlar



I. Kirish

Qalmoqir koni 1920- yillarning o‘rtalarida ochilgan bo‘lib 1954 yildan qurilish ishlari boshlandi va o‘shandan beri ochiq usulda ishlab kelinmoqda. Kon Olmaliq kon-ruda rayoni oralig‘ida Olmaliq shahridan 3 km sharqiy tomonda joylashgan.

Asosiy ruda joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, granodiorit-porfirlarning shtok bilan yorilgan diorit va sienitlardir. Rudali meneralizatsiya shtok ekzokontaktida to‘plangan va sienit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Granidiorit-porfirlar tarkibida deyarli ruda bo‘lmaydi.

Rejada Qalmoqir konining rudali shtokverki ellipssimon shaklda bo‘lib, 1,5 km eni bilan shimoliy-g‘arb yo‘nalishida 3,7 kmga cho‘zilib ketgan. Ruda chuqurlashuvi 850 metrgacha kuzatilgan. Karerning o‘lchamlari: uzunligi - 4,2 km; eni - 1,7 km; nisbiy chuqurligi - 380-600 m.

Konda ikkita tabiat turidagi ruda oksidlangan va sulfidli rudalar ajratiladi, oksidlangan ruda deyarli to‘liq ishlab bo‘lingan. Birlamchi sulfidlangan rudalar 150 tadan ko‘proq mineral bilan ifodalangan bo‘lib, ulardan xalkopirit, pirit, xalkozin va molibdenitlar asosiylaridir. Oltin va kumush xalkopirit va qisman piritning kristall panjaralari bilan bog‘liq bo‘lib kichik qismi sof holdagi ko‘rinishga ega. Qolgan barcha yo‘ldosh komponentlar: oltingugurt, selen va tellurlar ham yuqorida qayd etilgan mineral bilan bog‘langan. Faqat molibden va ajratib olinadigan reniyning asosiy qismi molibdenit bilan bog‘liqdir. Qalmoqir konining sulfidlangan rudalarni engil boyituvchan bo‘lib ulardan mis ajratib olish 75-80% tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda karerda tog‘ jinslarini tashishda kombinatsiyalangan tizim qo‘llanilmoqda. Pastki qatlamlardan - tog‘ jinslari avtotransport orqali yuqoriga olib chiqilib temir yo‘l transportiga qayta ortiladi, ustki qatlamda - temir yo‘l transporti bilan tashiladi. Ruda temir yo‘l dumkarlari orqali 8 km uzoqlikda bo‘lgan boyitish fabrikasiga etkazib beriladi. Qoplama jinslari temir yo‘l transportida ag‘darmaga olib chiqib tashlanadi. Karerda kon massasini ortib tashish uchun 24 ta ekskavator, 18 ta burg‘ulash stanoklari (SBSH-250, MN-A-32), otvallarga 9 ta ekskvatorlar jalb qilingan.

Konning rudalari boy tarkibli hisoblanadi. Mis va yo‘ldosh komponentlarning shtokverk oralig‘idagi taqsimlanishi notekis. Qalmoqir koni rudalarining sanoatdagi asosiy qiymatini oltin va mis tashkil etadi, rudaning tarkibidagi kumush, molibden, oltingugurt, selen, tellur, reniylar ham rudalar boyligini ko‘rsatadi. Qalmoqir konining geologik zahiralari 01.01.2013 yil holatiga ko‘ra mis bo‘yicha 5,55 mln. tonna, molibden bo‘yicha 98,4 mln. tonnani tashkil etadi.

II. Korxonadagi texnologik jarayon haqida ma’lumot

Olmaliq ruda rayoni Qurama konlarining shimoliy kon oldi xududiga, Oxongoron daryosi chap qirg‘og‘iga joylashagan. Toshkent shaxridan 65 km sharqi – shimolda joylashgan Olmaliq shaxri rayonning sanoat markazi xisoblanadi. Olmaliq mis – porfir konlari 750-1350 m dengiz satxidan balandda joylashgan bo‘lib, Markaziy osiyoda rangli metallurgiyaning muxum xom ashyo bazasi xisoblanadi.

Olmaliq xududi klimati kontinental bo‘lib, yoz xarorati +35 ÷ 400 ni, qish harorati esa -250 gacha bo‘lishi mumkun. Qalmaqir koni juda qulay jug‘rofiy – iqtsodiy sharoitga ega bo‘lib, konchilik va metallurgiya sanoati rivojlangan Olmaliq – Angren sanoat xududiga joylashgan.

Xozirgi vaqtda Olmaliq shahrida rux, kimyo va mis zavodlari shunigdek, Sari-CHeku, Qalmaqir va boshqa polimetall konlaridan qazib olingan rudalarni qayta ishlaydigan Mis-boyitish, Qo‘rg‘oshin-boyitish fabrikalari samarali faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda Olmaliq-Angren ruda rayoni xududida qator oltin konlari topilgan va ular bazasida rayonlararo oltin ajratib olish fabrikasi qurilgan (Obliq qishlog‘i).

Kon qazish korxonalari, shahar va qishloqlar aholisi shuningdek, metallurgiya zavodlari, fabrikalar va boshqa energiya iste’molchilari Angren GRESi va Olmaliq Issiqlik energiyasi markazi (IEM) tomonidan energiya bilan ta’minlanadi.

Qalmaqir karerining qurilishi 1954 yilda boshlangan va 1959 yilda ekspluatatsiya qilishga topshirilgan. 1959-2002 yillar davomida bir necha bor karerni rekonstruksiya qilish loyihalari tuzilgan bo‘lib, oxirgi loyixa 2002 yilda tuzilgan.

Bu loyihada ruda konditsiyasi qayta ko‘rilgan, karerning yillik ishlab chiqarish unumdorligi 30 mln. tonna va ishlash muddati 2070 yilgacha qilib belgilangan.

Hozirgi vaqtda karerning parametrlari quyidagicha:


  • er yuzi bo‘yicha uzunligi 4200 m;

  • kengligi 1800 m;

  • eng yuqori belgidan karer tubigacha chuqurligi 470 m;

  • karer bortlari qiyalik burchagi 35 – 400;

Karerning yilik unumdorligi:

  • kon massasi bo‘yicha 31 000 ming m3;

  • qoplama jinslar bo‘yicha 19400 ming m3;

  • ruda qazib olish bo‘yicha 30 000 ming t;

  • ochish koeffitsienti 1.8 m3/m3

Qalmaqir konining geologik strukturasi cho‘kindi, magmatik va metomorfik kon jinslaridan tashkil topgan.

Sarg‘ish qumtoshlar va kulrang oxaktoshlar cho‘kindi jinslar tarkibiy qismi xisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibini kvars-porfir, granodiorit-porfir, sionit-porfir va diorit kabi kon jinslari tashkil qiladi. Metomorfik kon jinslari esa, asosan, ikkilamchi kvarsitlar va marmarlashgan magmatik jinslardan tashkil topgan.

Kondagi rudalar granodiorit porfirlar shtokining egzokontakt zonasida ertomir ko‘rinishida joylashgan bo‘lib, u sionitlar guruhi jinslari bilan alohida kichik (nuqtasimon) bo‘laklarga ajratilgan.

Ruda va kon jinslari massivi bir-biriga yaqin (zich) darzlar to‘ri bilan katta va kichik bloklarga bo‘lingan bo‘lib, yoriqlar erigan minerallar bilan to‘lgan.

Kon jinslarining qattiqlik koeffitsienti professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha 6-10 dan 14 gacha o‘zgaradi. Sulfit rudalarining zichligi 2,6÷2,8 t/m3, kon jinslarining zichligi esa 2,4÷2,6 t/m3. Ruda va kon jinslarining ko‘pchish koeffitsienti 1,5 ga teng.

Qalmaqir kareri kon jinslari portlovchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha, darzdorlik darajasini hisobga olgan holda uch kategoriyaga bo‘linadi:

I – kategoriya – oson portlaydigan jinslar (kuchli darzdor sienitlar, ikkilamchi jarayonlar natijasida o‘zgargan granodiorit-porfirlar) M.M.Protodyakonov shkalasi bo‘yicha bu jinslarning qattiqlik koeffitsienti 6-8 ni tashkil qiladi.

II – kategoriya o‘rtacha portlovchan jinslar (mayda va o‘rtacha darzdor sulfid rudalar, ikkilamchi granodiorit – porfirlar, o‘zgargan sienitlar kvarslangan sienit-dioritlar, sienitlar va sienit-dioritlar hamda rudalangan sulfidlardan tashkil topgan ikkilamchi kvarsitlar). Bularning qattiqlik koeffitsienti 8-12 ga teng.

III – kategoriya – qiyin portlaydigan jinslar (zichligi yuqori, siyrak darzlikka ega bo‘lgan yirik blokli ikkilamchi kvarsitlar), qattiqlik koeffitsienti 10-14.

Qalmaqir koni Nakpay-soy va Olmaliqsoy daryolarining suv ayirish joyiga joylashgan. Er osti suvlarining statistik satxi 710-660 m balandlik belgisiga to‘g‘ri keladi. Grunt suvlarining satxi fasllar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lib, yozda pasayadi, bahor va kuzda ko‘tariladi. O‘zgarish ampletudasi 4-6 m ni tashkil qiladi. Er osti suvlari bosimsiz va kichik oqimga ega bo‘lib, Nakpay-soy hamda Olmaliqsoy daryolari yuqori qismiga joylashgan darzdor ruda zonalari orqali sizilib ularga quyiladi.

Karerning +700 m balandlik belgisidan pastga joylashgan jinslar butunlay suvdor bo‘lib, undan yuqoriga joylashgan jinslar suvdorlik darajasi kichik. CHunki ularning suvdorligi, asosan, atmosfera yog‘inlari natijasida sodir bo‘ladi. Barcha er osti suvlari jinslardagi yoriqlar bo‘ylab sizilib, karerga oqib tushadi.

Karer jinslarining umumiy suvdorlik darajasi 65-68% ni tashkil qiladi.

Qolmaqir koni uchta karer bilan qazib olinadi: Konni ochish, SHarqiy va Markaziy karerlar, amalda esa har uchchala karer bitta karer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 25 ta pog‘onada olib boriladi. Ulardan 16 tasining balandligi loyiha bo‘yicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pog‘onalarning qiyalik burchagi 70-800.

Portlatilishi lozim bo‘lgan kon jinslari portlovchanligi bo‘yicha, yuqorida qayd qilingan uch kategoriyaga bo‘linadi va har bir kategoriya bo‘yicha yil davomida portlatiladigan jinslar xajmi quyidagicha:

I – kategoriya – 6 mln.m3

II – kategoriya – 5 mln.m3

III – kategoriya – 5 mln.m3

Transheyalar sharoitida – 1 mln.m3.

Karerda transportli qazish tizimi qo‘llanadi va qoplama jinslar tashqi ag‘darmaga tashiladi. Kon massasini tashish asosan temir yo‘l transportida, qisman esa avtotransport yordamida amalga oshiriladi. Bunda katta ilashish kuchiga ega bo‘lgan elektrovozlar, yuk ko‘tarish qobiliyati 105 tonnali dumpkarlar, 75 va 110 tonnali BelAZ rusumli avtoag‘dargichlardan foydalaniladi. Qazib olingan kon massasi dumpkar va avtooag‘dargichlarga 20 dan ortiq EKG-8I, EKG-5U, EKG-12,5, EKG-15 rusumli, cho‘mich xajmi 4 dan 15 m3 gacha bo‘lgan ekskavatorlar bilan yuklanadi.

Skvajinalar SBSH-250 MN-32 rusumli burg‘ulash stanoklari bilan burg‘ulanadi.

Portlatish yordamida kon massivini maydalash usuli sifatida asosan, vertikal skvajina zaryadlari usuli qabul qilingan. Skvajina zaryadlarini portlatish detonatsiya piligi va elektrik usullarda amalga oshiriladi.

Portlatish ishlari – skvajinalarni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va ularni tiqinlash ishlari zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi.

Karerda qo‘llanayotgan ekskavatorlar cho‘michining o‘lchamlariga nisbatan portlatilgan kon massasidagi konditsion bloklarning maksimal o‘lchami 1500 mm dan oshmasligi lozim (MOF ga o‘rnatilgan tegirmonning qabul qilish panjarasi bo‘yicha). Portlatilgan kon massasidagi nokonditsion (nogobarit) bo‘laklarning miqdori 1,5-2,0 % ni tashkil qiladi. Nogobaritlarni ikkilamchi maydalash, asosan, ustquyma portlovchi modda zaryadlari yordamida bajariladi.

Qolmaqir kareri uzluksiz yillik rejimda ishlaydi. Sutkalik ish rejimi ham uzluksiz – 12 soatlik ish smenada kon ishlari bajariladi. Portlatish uchastkasi 5 ish kunlik xafta bo‘yicha uzlukli rejimda faoliyat yuritadi. Portlatish ishlari xaftada bir marta (payshanba kuni soat 1400 – 1600 da) bir necha gorizontlarda bajariladi. Transheyalar o‘tishda esa, zarurat tug‘ilganda.

Karer maydonini ochish er yuzidan karer ishchi gorizontlariga transport vositalarini etib borishini, qazib olingan qoplama jinslarni ag‘darmalarga, foydali qazilmalarni qabul qilish punktlariga (boyitish fabrikasi yoki omborlarga) tashib berishni ta’minlaydigan ochiq kon laxmlari orqali amalga oshiriladi.

Qolmaqir konini kon yonbag‘rida joylashganligi uni ochish sxemasini tanlab olishni osonlashtiradi. Tanlab olingan ochish sxemasiga ko‘ra karer maydonining yuqori qismi +660 metr belgigacha mustaqil yarim transheyalar joylashgan temir yo‘l stansiyalari bilan tutashadi. +805 balandlik belgisidan yuqorida joylashgan pog‘onalardan qazib olingan qoplama jinslar avtomobil transporti yordamida karerning sharqiy bortida joylashgan maxsus avtomobil ag‘darmasiga tashiladi.

+805 m dan +640 metr balandliklar belgisiga joylashgan pog‘onalar “Nakpay” stansiyasi bilan tutashadi, +715 m dan +692 m gacha bo‘lgan balandlik belgilarida joylashgan pog‘onalar esa, “Otvalnaya” stansiyasi bilan tutashadi. +670 m dan +640 m gacha balandlik belgilarida joylashgan pog‘onalar “668 metr” posti bilan +625 m balandlik belgisidan pastga joylashgan pog‘onalar esa, - “Razvedka” posti bilan tutashadilar.

“Razvedka” postidan boshlab +335 metr balandlikkacha bo‘lgan kon gorizontlari 4 yo‘lli spiral shaklidagi temir yo‘l s’ezdlari orqali ochilgan. Spiral s’ezdlarni soat strelkasi harakati yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirish karerdagi qabul qilingan qazish tartibini buzmasdan uni cheklanmagan miqdorda kengaytirishga imkon beradi. +335 m balandlik belgisidan pastda joylashgan pog‘onalar ikki yo‘lli spiral s’ezdlar bilan ochiladi.

Muayyan karer sharoitida qabul qilingan qazish tizimi kon ishlarini xavfsiz va iqtisodiy samarali olib borish bilan bir qatorda konning konditsion zahiralarini to‘laroq qazib olish va atrof muhitni saqlashga oid tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashi kerak.

Qalmaqir karerida loyiha bo‘yicha transportli qazish tizimi qabul qilingan bo‘lib, qazib olingan qoplama jinslar transport vositasida tashqi ag‘darmaga tashiladi. Karer ish fronti surilishi parallel, doimiy spiral s’ezdlarda esa, elpig‘ichsimon. Bunda pog‘ona yo‘llari s’ezd transheyalarida transport vositasi burilishi uchun burilish punktlari hosil qilingan.

Qalmaqir karer maydonining sharqiy qismida kengayishi tufayli noksimon shaklga egadir. +680 m balandlik belgisidan yuqoridagi gorizontlar G simon shaklga ega bo‘lib, kavjoylarining surilishi parallel, +680 m dan pastdagi gorizontlar P simon shaklga ega.

Hozirgi vaqtda karerda 24 ta pog‘ona hosil qilingan bo‘lib, ulardan 16-17 tasida doimo qazish ishlari olib boriladi. Ishchi pog‘onalarning balandligi 15-22,5 m ni tashkil qiladi. Pog‘ona ishchi maydoni minimal kengligi 40-60 m. Ekskavator ish frontining uzunligi: yuqori gorizontlarda 800-1000 m, pastki gorizontlarda esa 600-800 m. Karer er yuzasidan +670 m balandlik belgisigacha joylashgan pog‘onalar balandligi 22,5 m, bulardan pastdagi pog‘onalar balandligi esa - 15 m ni tashkil qiladi. Pog‘onalar balandligi qo‘llaniladigan qazib yuklash mashinalari ishchi parametrlari bo‘yicha aniqlangan.

Xozirgi vaqtda karerning yillik chuqurlanish tezligi 5-6 m ni, ish frontining surilish tezligi esa 90-100 m ni tashkil qilmoqda. Temir yo‘l transporti bilan yuklarni tashishning o‘rtacha masofasi: ruda bo‘yicha 10 km, qoplama jins bo‘yicha 8 km.

Qazib olinadigan kon massasidagi har bir kategoriyaga tegishli kon jinslari va foydali qazilmalarning ulushi quyidagicha:

I – kategoriya – 10%;

II – kategorya – 45%;

III – kategoriya – 45%.

Keltirilgan ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, karer maydonidagi qariyb barcha kon jinslari va foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash ishlari faqat burg‘ulab–portlatish usulida amalga oshirilishi mumkin.

“Qalmaqir” kareri eng ilg‘or va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan zamonaviy kon-transport uskunalari bilan ta’minlangan tarmoqning yirik korxonalaridan biri xisoblanadi.

So‘ngi yillarda “Qalmaqir” karerida unumdorligi yuqori va ishchi parametrlari katta bo‘lgan EKG-12,5, EKG-15, EKG-20 rusumli ekskavatorlarning qo‘llanishi natijasida qoplama jins pog‘onlarining balandligi 15 m dan 22,5 m gacha, ekskavator kirmalarining eni 18-20 m dan 28-30 m gacha ko‘paygan. Natijada karerdagi pog‘onalar soni kamayib, transport kommunikatsiyalarining uzunligi 12,5 km ga qisqargan.

“Qalmaqir” kareri sharoitida ekskavator unumdorligiga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari:


  • foydali qazilma pog‘onalarida rudani navlar bo‘yicha saralab qazib olib, transport vositalariga yuklash;

  • foydali qazilmani karer chuqur gorizontlarida joylashganligi tufayli qazib olingan rudani yuqori gorizontda (kapital transheyada) joylashgan qayta yuklash punktigacha tashib chiqish;

  • avtomobil va temir yo‘l transporti sostavlarining turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida yuklash punktlariga (ekskavator kavjoylariga) etkazib berilmasligi.

Karerdagi qazib-yuklash ishlarining samaradorligini oshirish va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish ko‘p jixatdan karerda siklli potok va potok texnologiyalarini qo‘llashni taqazo etadi.

Xozirgi vaqtda “Qalmaqir” karerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga etkazib berishda temir yo‘l va avtomobil transporti qo‘llanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish og‘irligi (ssepnoy ves) 360 t bo‘lgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk ko‘tarish qobiliyati 105 t VS-105 rusumli dumkarlardan 12 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni ag‘darmalarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi.

Lokamativ sostavlar karerda ochiq siklda, ya’ni muayyan ekskavatorga bog‘lanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yo‘l joylashtirilgan bo‘lib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yo‘liga ega. Karer temir yo‘l transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin bo‘lib, undan 45 km karer ichida, 15 km esa ag‘darmalarda joylashgan. Temir yo‘l bilan yuk tashishning o‘rtacha uzunligi: ruda bo‘yicha – 12,7 km, qoplama jins bo‘yicha – 7,2 km.

Qoplama jinslar ikki gurux ag‘darmalarga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq ag‘darma guruhlariga. Nakpay ag‘darmasi karerdan 8 km, Olmaliq ag‘darmasi esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karer bilan boyitish fabrikasi o‘rtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.

YUqori gorizotlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karerda har bir smenada 8-10 ta yuk ko‘tarish qobiliyati 91 t bo‘lgan “TEREXS” rusumli va yuk ko‘tarish qobiliyati 130 t “BelAZ” 75313 rusumli avtomobillar ishlaydi. Avtomobil ag‘darmasigacha bo‘lgan o‘rtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha bo‘lgan o‘rtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.

2007-2012 yillarda karerning o‘rtacha yillik yuk aylanmasi 30-35 mln.m3 ni tashkil qilgan, undan 20-26 mln.m3 rudaga, 10-12 mln.m3 qoplama jinslarga to‘g‘ri keladi.

Nakpay ag‘darmalar guruhi karer shimoliy-sharqiy bortidan 8 km masofada joylashgan bo‘lib, to‘rtta ag‘darma tupikidan tashkil topgan. Uchta ag‘darma tupiki +740 m balandlik belgisiga, to‘rtinchisi esa undan 30 m balandga - +770 m balandlik belgisiga joylashgan. Nakpay ag‘darmalarining yillik yuk qabul qilish imkoniyati 3400-3500 ming m3 ga teng bo‘lib, unda har bir temir yo‘l tupigida bitta EKG-8I, jami 4 ta ekskavator ishlaydi.

Olmaliq ag‘darmalar guruhi karer g‘arbiy bortidan 10 km masofada joylashgan. Bu guruhda ham 4 ta temir yo‘l tupigi faoliyat ko‘rsatadi. Har bir tupikda bittadan, jami 4 ta EKG-8I ekskavatori ishlaydi. Uchta ag‘darma tupigi +655, to‘rinchisi esa +710 m balandlik belgisiga joylashgan. Olmaliq ag‘darmalar guruhining yillik yuk qabul qilish quvvati 2600-2700 ming m3 ni tashkil qiladi.



III. Elektromexanik qurilma va uskunalar haqida ma’lumotl

Maydalangan kon jinslarining maydalanish sifati bo‘lakdorlik va bo‘laklar o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan tavsiflanadi.

Maydalangan kon jinslarining bo‘lakdorligi yuqori darajadagi aniqlikda bo‘laklar o‘rtacha o‘lchami (d­sr) bilan baholanishi mumkin.

Maydalangan kon jinslari bo‘lakdorlik bo‘yicha besh kategoriyaga bo‘linadi.

1.Juda maydalangan kon jinslari - d­sr­<10 sm (eng yirik bo‘laklarning o‘lchami 40÷60 sm);

2.Mayda maydalangan kon jinslari - d­sr­=15÷25 sm (eng yirik bo‘laklarning o‘lchami 60÷100 sm);

3.O‘rtacha maydalangan jinslar - d­sr­=25÷35 sm (eng yirik bo‘laklarning o‘lchami 100÷140 sm);

4.Yirik maydalangan kon jinslari - d­sr­=40÷60 sm (eng yirik bo‘laklarning o‘lchami 150÷200 sm);

5.Juda yirik maydalangan kon jinslari - d­sr­=70÷90 sm (eng yirik bo‘laklarning o‘lchami 250÷300 sm).

Portlatilgan jinslar uyumidagi o‘lchamlari qazish texnologiyasi bo‘yicha belgilangan o‘lchamlardan katta bo‘lgan kon jinslari bo‘laklari nogabaritlar deb ataladi va ularni qayta (ikkilamchi) maydalanadi.

Kon jinslarining buzilishga bo‘lgan qarshiligini baholash uchun akad. Rjevskiy V.V. kon jinslari buzilish qiyinligi ko‘rsatgichini tavsiya etgan va bu ko‘rsatgich quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Pbq=5·10­­­­-8 (Gsiq+Gsur+Gcho‘z)Ktr+5·10-5·γ (2.1.1)

Bunda: Ktr kon jinslarining darzdorlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsient;

γ – kon jinslarining tabiiy holatdagi zichligi, g/sm3;

Gsiq ,Gsur ,Gcho‘z- mos holda kon jinslarining siqilishga, surilishga va cho‘zilishga ko‘rsatadigan nisbiy qarshiligi, Pa.

Kon jinslari buzilish qiyinligi ko‘rsatgichi bo‘yicha besh sinfga bo‘linib, har bir o‘z navbatida besh kategoriyadan tashkil topadi.

I – sinf. yarimqoyasimon, pishiq va bo‘laklari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 1÷5 kategoriyalarni tashkil etuvchi yumshoq kon jinslari (Pbq=1÷5);

II – sinf. 6÷10 kategoriyalarni tashkil qiluvchi oson buziladigan qoyasimon kon jinslari (Pbq=5,1÷10);

III – sinf. o‘rtacha qiyinlikda buziladigan qoyasimon kon jinslari bo‘lib, 11÷15 kategoriyalarni tashkil qiladi (Pbq=10,1÷15);

IV – sinf. 16÷20 kategoriyalarga mansub bo‘lgan qiyin buziladigan qoyasimon kon jinslari (Pbq=15,1÷20);

V – sinf. 21÷25 kategoriyalarni tashkil qiluvchi juda qiyin buziladigan qoyasimon kon jinslari (Pbq=20,1÷25).

Buzilish qiyinligi ko‘rsatgichi Pbq>25 bo‘lgan kon jinslari konchilik amaliyotida juda kam uchraydi.

Kon jinslarini qazishga tayyorlash keyingi jarayonlarni (kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash, qabul punktlariga tashish, ag‘darma hosil qilish, qayta ishlash va boshqalar) bajarish uchun qulay sharoit va texnologik imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

Kon jinslarini qazishga tayyorlash turli usullarda bajarilishi mumkin.

O‘zbekiston polimetall konlarini ochiq usulda qazib olishda burg‘ulab-portlatish usuli qattiq qoyasimon kon jinslarini qazishga tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi bo‘laklarining chiziq bo‘yicha maksimal o‘lchami qazib-yuklash va tashish vositalarining parametrlariga mos kelishi zarur. Portlatilgan kon jinsi bo‘laklarining maksimal o‘lchami quyidagi qiymatlarda bo‘lishi talab etiladi:


  • bir cho‘michli ekskavatorlar uchun: lmax≤(0,7÷0,8)·;

  • avtomobil va temir yo‘l transporti uchun: lmax≤0,5·;

  • konveyer transporti uchun lmax≤0,5Vk-0,1;

  • maydalash uchkunasi uchun lmax≤0,75Vm.

bunda: E – ekskavator cho‘michining sig‘imi, m3;

Vt-avtoag‘dargich yoki dumpkar (vagon) kuzovi sig‘imi, m3;

Vk – konveyer lentasining kengligi, m;

Vm – maydalagich qabul qilish panjarasi pastki qismining kengligi, m.

YUqorida keltirilgan (talab etiladigan) o‘lchamlamlardan katta bo‘lgan kon jinslari bo‘laklari nogabarit deyiladi va ularni qayta (ikkilamchi) maydalash lozim bo‘ladi.

Portlatish usulida kon jinslarini massivdan ajratib olganda maydalangan jinslarning yoyilmasi uyumsimon shaklga ega bo‘lishi va undagi nogabaritlar soni minimal hamda kon jinsi bo‘laklarining maydalanish darajasi bir tekis bo‘lishi shart.

Portlatilgan kon jinsining hajmi katta bo‘lib, qazib-yuklash mashinasining uzluksiz, xavfsiz va yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlar bilan ishlashini ta’minlashi talab etiladi.

YUqoridagi talablar va kondagi jinslarning xossalaridan kelib chiqqan holda Qalmoqir karerida barcha kon jinslari burg‘ulash va portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanadi. Bugungi kunda karerda jami 18 dona SBSH-250 rusumidagi burg‘ulash stanogi mavjud bo‘lib, ular yordamida kon jinslari massivida diametri 250 mm bo‘lgan skvajinalar burg‘ulanadi. Burg‘ulash ishlarining yillik ish hajmi qariyib 500000 pog.m. bo‘lib, bir oyda o‘rtacha 42000 pog.m. burg‘ulash ishlari bajariladi. Bunda burg‘ulanadigan skvajinalar chuqurligi pog‘ona balandligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarni tashkil etadi: balandligi 22,5 m bo‘lgan pog‘onalarda 28 m va balandligi 15 m bo‘lgan pog‘onada 18 m.

Bunda 70% ga yaqin skvajinalar suvli gorizontlarda burg‘ulanadi. Quruq skvajinalarni burg‘ulashda suv-havo aralashmasi skvajinaga berib turilishi hisobiga burg‘ulash ishlari natijasida hosil bo‘ladigan changlar karer atmosferasini ifloslantirmasligi ta’minlanadi.

Burg‘ulash uskunalariga texnik suvni tashish uchun karerda KRAZ rusumli har birining sig‘imi 10 m3 bo‘lgan 2 ta suv tashish mashinasi qo‘llaniladi. Ular texnik suvni rudnik suv chiqarish joyidan olib kelib burg‘ulash uskunalariga bo‘shatadi. Ushbu ishlar kunduz kuni amalga oshiriladi. YAna shuni ham alohida ta’kidlash kerakki karerda burg‘ulash ishlari faqatgina kunduzi, dam olish kunlarisiz 1 ta 12 soatlik smenada amalga oshiriladi, ya’ni smena ertalab 0700 dan kechki 1900 gacha davom etadi.har bir burg‘ulsh uskunasida mashinist va mashinist yordamchisi ishlaydi. Yil davomida bo‘ladigan bayram kunlarida (9 ta bayram) burg‘ulash ishlari amalga oshirilmaydi.

Burg‘ulash snaryadi har birining uzunligi 8 m va diametri 243 mm dan bo‘lgan 4 ta burg‘ulash shtangasidan iborat. Bugungi kunda “Volgaburmash” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan dolotalardan foydalanilmoqda. Bitta dolotaning narxi 870 AQSH dollari bo‘lib, bitta dolota yordamida o‘rtacha 750 m burg‘ulash ishlari olib boriladi.

Portlatish ishlari “Olmaliq TMK” OAJ ning portlatish ishlarini olib boruvchi uchastkasi tomonidan amalga oshiriladi. Portlatish vositalari karer maydonidan 25 km masofada joylashgan portlovchi moddalar tayyorlash zavodida tayyorlanadi. Portlatish ishlari har haftaning payshanba kunlari soat 1400 dan 1600 gacha amalga oshiriladi. Skvajinalarni zaryadlash ishlari haftaning dushanba-payshanba kunlari olib boriladi. Zaryadlangan seriyalar portlatish kunigacha maxsus qo‘riqlash bo‘limi tomonidan qo‘riqlanadi.

Karerdagi kon jinslari portlash darajasi bo‘yicha 3 ta toifaga bo‘lingan:

1-toifa: engil portlovchi

2-toifa: o‘rtacha portlovchi

3-toifa: qiyin portlovchi

Kon jinslari toifalarining foiz miqdori quyidagicha:

1-toifa: 10%

2-toifa: 45%

3-toifa: 45%

Bugungi kunda burg‘ulanayotgan skvajinalarning suvlilik darajasi quyidagicha: quruq skvajinalar - 30 %, suvli skvajinalar – 70%. Karer maydoni chuqurligining ortishi bilan parallel ravishda skvajinalarning suvlilik darajasi ortib boradi va pastki gorizontlarda ushbu ko‘rsatgich 90-95% gacha etadi.

Portlovchi moddaning solishtirma sarfi 1 m3 kon jinsi uchun 0.3 kg dan 0,63-0,7 kg gacha ko‘rsatgichni tashkil etadi. Portlovchi moddaning o‘rtacha sarfi quruq skvajina zaryadlarida 0,72 kg/m3 va suvli skvajina zaryadlari uchun 0,76 kg/m3 ni tashkil qiladi.

Kon jinslari portlash darajasi bo‘yicha toifalariga bog‘liq holda skvajina to‘rlari har xil qiymatlarni tashkil etadi: 1-toifa kon jinslari uchun 9,5x9,5 m; 2-toifa kon jinslari uchun 8,5x8m va 3-toifa kon jinslari uchun 7x6,5m ni tashkil qiladi. 1 pog.m. skvajinaning portlovchi modda bo‘yicha sig‘imi 44 kg, skvajinadagi zaryad uzunligi 11-12m, zaboyka uzunligi 5-7 m bo‘lib, 1 pog.m. skvajina zaryadi portlashidan hosil bo‘ladigan kon jinslari hajmi 53-56 m3 ni tashkil qiladi.

Trashneyalarni o‘tishda skvajinalar to‘ri 2-toifa kon jinslari uchun 6,5x6 m ni tashkil qilib, portlovchi modda solishtirma sarfi 0,65 kg/m3 va 1 pog.m. skvajina portlashidan hosil bo‘ladigan kon jinslari hajmi 33-40 m3 ni tashkil etadi.

Karerda emulgit-30.50.60 rusumli portlovchi moddalar qo‘llaniladi.

Emulsiyani ishlab chiqarish uchun quyidagi komponentlardan foydalaniladi:

Selitra eritmasi -89,5%;

Dizel yoqilg‘isi-5,2%;

Olein kislotasi-3,7%;

Suvli ammiak-1,6%;

Oynali mikrosferalar-2%.

Oynali mikrosferalardan boshqa yuqorida sanab o‘tilgan barcha komponentlar O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Emulsiyani tayyorlash jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bu jarayon zavoddagi maxsus modul uskunasida amalga oshiriladi. Emulsiya pastaga o‘xshash suyuq konsistensiya bo‘lib, u zarba va yonib ketishga xavfsiz.

Emulsiyali portlovchi modda bu ANFO va emulsiyaning aralashmasidir. ANFO – bu 94% granullangan ammiakli selitra va 4% dizel yoqilg‘isining aralashmasidir. Ushbu komponentlarni aralashtirish zavoddagi statsionar joylashgan uskuna yordamida yoki zaryadlash mashinasida amalga oshiriladi.

Emulsiyali portlovchi modda xavfsizligi, arzonligi, suvga chidamliligi va saqlash muddati uzoqligi bilan boshqa portlovchi moddalardan ajralib turadi.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda 1994 yilning avgust oyida “Olmaliq TMK” OAJ rahbariyati emulsiyali portlovchi moddani ishlab chiqaruvchi zavodni qurish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va 1997 yili qurib bitkaziladi va shu yili avgust oyidan kombinat yangi turdagi emulsiyali portlovchi modda bilan portlatish ishlari olib borishni boshlaydi. Zavodning portlovchi modda ishlab chiqarish bo‘yicha yillik quvvati 40000 tonnani tashkil qiladi. Zavodni qurish va uskunalarni sotib olishga jami 5 092 000 AQSH dollari sarflangan.

Tog jinslarida shpurlar va kuduklar burgilash uchun burgilash bolgalari va burgilash stanoklari kullaniladi. Burgilash bolgalari tog jinslarini zarbiy-burma burgilash usuli bilan ishlaydi. Ish asbobini kuduk tubiga ketma-ket zarb bilan urish natijasida jinslar emiriladi. Xar bir zarbdan sung asbob bir oz buriladi, shuning uchun asbob kudukka tikilib kolmaydi va kuduk kesimi silindrik shaklda bulib chikadi.

Zarbiy-pulat arkonli burgilash stanoklarining ish unumdorligi kichik, ular diametri 250 mm gacha, chukurligi 500 m gacha bulgan kuduklarni burgilashda kullaniladi. Jinslar erkin tushuvchi, 500-3000 kg li burgilash snaryadining zarbiy ta’sirida burgilanadi. Maydalangan jins kudukdan gidravlik usulda chika-rib tashlanadi.

Aylanma burgilash stanoklari diametri 200 mm gacha, chukur-ligi 50 m gacha bulgan kuduklar kazishda ishlatiladi. Kuduk bur-gilash shtangasining aylanuvchi karonkasi bilan burgilanadi. Burgilangan jinslar aylanuvchi shtanganing spiral arigi buylab chikib ketadi. Kudukni suv bilan yuvib yoki unga sikilgan xavo xaydab burgilash tezlashtiriladi.

Burgilash shtangasi minutiga 120-220 marta aylanadi.

Urtacha kattalikdagi jinslarni burgilashda aylanma burgilash stanoklarining ish unumdorligi 40-80 m/smenani tashkil etadi.

Termoreaktiv gorelka xavo yuli va yonilgi trubasi kira-digan trubadan iborat. YOnilgi trubasining uchida uyurma xosil kilgich va forsunka bor. Ut kuvurda yonishini ta’minlash uchun oksidlagich kiradigan teshik kilingan. Soplo gaz okimini shakl-lantiradi. Reaktiv gorelka texnik burgilashdagi ish organi xisoblanadi. Bu gorelkadan 800-1100 S temperaturali gaz okimi 1000-1500 m/sek tezlikda otilib chikadi.

Temperatura tez uzgarganda tog jinslari katlamlarga ajra-ladi va yoriladi. Emirilgan jinslarni gaz okimi kudukdan chi-karib tashlaydi. YUkori temperaturali gazning reaktiv okimi-ni xosil kilish uchun minutiga 70-100 gs benzin (kerosin) sarf-lanadi va oksidlagich (kislorod yoki xavo) kerak buladi. Muzlagan gruntlar kuduk kazishda bosimi 6 kgk/sm li sikilgan xavodan foy-dalaniladi.

Uralar kazish va ustunlarni urnatish uchun traktor va avto-mobillarga urnatilgan burgilash-ustun urnatgichlar va burgilash kran mashinalari kullaniladi. SHpurning diametri-500-1000 mm, maksimal burgilash chukurligi taxminan 1,7-3,5 m.

Tog‘ jinslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qazib olish imkoni bo‘lmagan yoki ularni massivdan dastlabki yumshatmasdan ajratib olish va yumshatish qiyin bo‘lgan hollarda portlatish ishlari qo‘llaniladi.

Ochiq kon ishlarida qoyali tog‘ jinslari konlarida deyarli barcha kon ishlari tog‘ jinslarini portlatish usuli bilan dastlabki yumshatish bilan amalga oshiriladi. Bu esa uz navbatida yuqori ish unmdorlikka ega bo‘lgan burg‘ulash texnikasini kullashni talab etadi. Konning kon-geologik sharoitlari, masshtabi, qazib olish sistemasi parametrlari va tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari burg‘ulash stanogini tanlashga ta’sir etadi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari bir-biridan sezilarli darajada fark qiladi. SHuning uchun portlovchi skvajinalarni burg‘ulashda bir-biridan skvajina zaboyiga ta’siri xususiyati bo‘yicha farq qiluvchi turli tipdagi burg‘ulash stanoklari qo‘llaniladi.

Karerlarda skvajina va shpurlarni burg‘ulash maxsus, tog‘ jinslarini yumshatgichlar (burg‘ulovchi) mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalar ikki guruhga bo‘linadi:

Skvajina zaboyiga mexanik ta’sir etish (zarbli, aylanma va zarbli – aylanma burg‘ulash);

Skvajina zaboyiga fizik ta’sir etish usuli (termik, gidravlik, portlatish va b.)

SBSH – skvajinani havo yordamida tozalovchi, aylanma burg‘ulovchi stanok (sharoshkali burg‘ulash) – burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 mm dan 400 mm gacha. Tog‘ jinsi qattiqligi =6÷18;

SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli aylanma burg‘ulash stanogi (pnevmozarbli burg‘ulash) – burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 160 mm. Tog‘ jinsi qattiqligi =10÷20;

SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi, kesuvchi koronkali aylanma burg‘ulash stanogi - burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 va 200 mm. Tog‘ jinsi qattiqligi =1÷6;

Barcha shartli belgilar stanok turi va burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri (millimetrlarda ko‘rsatiladi) dan iborat. Masalan: SBSH-320-36. Skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi – 36 m.

Xozirgi kunda karerlarda turli modeldagi turli stanoklar qo‘llanilmokda, birok portlovchi skvajinlarning 85% i sharoshkali burg‘ulash stanogi bilan burg‘ulanadi.

Skvajinalarni burg‘ulash – ayniksa qoyali, parchalanishi kiyin bo‘lgan tog‘ jinslarida ish hajmi katta va qimmat turuvchi jarayondir. Burg‘ulashdan maqsad – tog‘ jinsi massivida skvajina va shpur hosil qilishdan iboratdir. Portlovchi skvajinalarni burg‘ulash samaradorligi burg‘ulash tezligi bilan aniqlanadi. Burg‘ulash tezligi quyidagilarga bog‘likdir:

burg‘ulash asbobi ta’siri ostida tog‘ jinslarining bo‘zilish kobiliyati (asosiy faktor);

burg‘ulash asboblarining turi va shakllari, skvajina zaboyig‘a ta’siri usuli (zarbli, aylanma, aylanma-zarbli va boshkalar);

burg‘ulash asbobining skvajina zaboyig‘a ta’sir kuchi va tezligi;

skvajina diametri va bir qator xollarda uning chuqurligi;

tog‘ jinsi buzilishiga ta’sir etuvchi (halaqit beruvchi) burg‘ulash chikindisini skvajina zaboyidan tozalash tezligi, doimiyligi va usuli.

Qanchalik ko‘p ekspluatatsiya qilinsa albatta uskuna detallari emirilishi ko‘p bo‘ladi , shuning uchun burg‘ulash stanogining asosiy qismlaridan biri yurish mexanizmlari konstruksiyalarining ayrim detallarini konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritib,uning ish faoliyatini yanada cho‘zish va stanok yurish qismi detallarini takomillashtirish mumkin,buning uchun uskuna detallarining tuzilishi o‘rganiladi ya’ni sodir bo‘ladigan emirilishlar o‘rganilib chiqiladi.

SBSH-250 stanogining asosiy uzellari quyidagilar hisoblanadi:zanjirli yurish qismining bazasi,unga mashinist kabinasi ya’ni mashina bo‘limi va ishchi uskunalar bilan birgalikda machta o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu uskunalarning barchasini boshqarish mashina bo‘limi yordamida amalga oshiriladi ya’ni mexanizmning aylanishini , uzatilishini,uskunalarni o‘rnatish echib olish va boshqa ishlar.

Stanok bazasi ikkita bog‘liq bo‘lmagan aravachalardan tarkib topgan bo‘lib , yuritmali o‘q yordamida har bir aravacha bir-biri bilan uzviy bog‘lanadi.Har bir harakatlanuvchi detal yuqori termik ishlov berilgan va yuqori regirlangan materiallardan yasalgan. Zanjirni tortish ikki tomonlama harakatlanuvchi ish bajaruvchi gidrotsilindr yordamida amalga oshiriladi.Konsol o‘qlariga rama tepa qismining qiya bo‘lib joylashishi stanokning yurish qismiga loy yopishishi va boshqa elementlarning yopishishidan himoya qiladi. Moylangan podshipniklar stanok yurish qismining butun ishlashi muddati davomida xizmat qiladi va stanok bazasini boshqarilishini osonlashtiriladi.

Stanokning mashina bo‘limi payvand konstruksiyasini va metall listlardan iboarat bo‘lib, stanok mashina bo‘limida joylashgan mexanizmlarga xizmat ko‘rsatadi,mashina bo‘limi ichki qismida joylashgan mexanizmlar quyidagilardan iborat:

- kompressor qurilmasi;

- moystansiyasi, uning asosiy elementlari:bosh nasos, yordamchi nasos hisoblanadi.

- yurituvchi va aylantiruvchi qism yuritmalari elektr tarqatuvchi shkaflar va boshqa uskunalar hisoblanadi.

Ikkita chastotali o‘zgartirib beruvchilar stanokning harakatlanishida ikkita asinxron elektrdvigatellarni boshqarishda xizmat qiladi.Burg‘ulash ishlari boshlanishida o‘zgartirib beruvchilar aylantiruvchini va gidronasosni boshqarish tizimiga o‘tadi.

Stanokning ish uskunalarini va sabab bo‘lib qoladigan boshqa jarayonlarni boshqarishda yaxshi joylashtirilgan boshqaruv pultlari orqali amalga oshiriladi, stanokning ishlashi jarayonidagi barcha ko‘rsatkichlari va parametrlari ko‘rsatiladi.

Stanokni boshqarish uchta boshqaruv moslamasi yordamida amalga oshiriladi: birinchi boshqarish mashina kabinasidan asosiy boshqaruv richaklari yordamida amalga oshiriladi ,bunda burg‘ulanish va boshqa texnologik jarayonlar amalga oshiriladi; ikkinchi boqaruv uskunasi machtaning pastki tomonida joylashgan bo‘lib, boshqaruvning bir qator ishlarini dublyor sifatida amalga oshiradi; uchinchi boshqaruv chidamli boshqarish moslamasi bo‘lib stanokning yurish qismlarini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.


Download 83.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling