Bitiruv malakaviy ishi


Download 479 Kb.
bet12/32
Sana06.11.2021
Hajmi479 Kb.
#171083
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi-2
HOAT, Xususiyatlari, I. kirish psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushuncha-1, Reja Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv fiziologik asos, Reja Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv fiziologik asos, I. kirish psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushuncha-1, I. kirish psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushuncha-1, 3-topshirq nazorat savollari, 1-deadline , Документ Microsoft Word, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t, Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti, Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Intellektual testlar. Intellekt individual-psixologik farqlarni aniqlashdagi muhim ko‘rsatgichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Intellekt intellektual testlar yordamida aniqlanuvchi intellekt koeffitsienti (IQ) bilan identifikatsiya qilingan. Aytish joizki, bunday testlar qaysi madaniyatlarda ishlab chiqilgan bo‘lsa, xuddi shu madaniyatdagi intellekt tushunchasini ma’lum darajada aks ettiradi. SHu tufayli intellekt testlari eng avvalo milliy muhitga moslashtirilgan bo‘lishi lozim.

Ko‘pgina zamonaviy intellektual testlar asosan muvaffaqiyatli bilim olish uchun talab qilinuvchi formal (rasmiy) qobiliyatlarni yoki qobiliyatlar kombinatsiyasini o‘lchayda. Intellektni testlashtirish orqali tekshirish Alfred Binening o‘quvchilarni intellektual qoloqliklarini tekshiruvchi testni yaratganidan so‘ng boshlangan. Intellektual testlarga quyidagi akademik kriteriylar, ya’ni, maktabdagi baholari, o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishni hal qilish, maktab ta’limini tugatish uchun kerak bo‘lgan etarli ballarni olish kabi katta huquqlar berilgan. Ko‘pgina intellektual testlar asosan verbal bo‘lib, ularga ma’lum arifmetik masalalar, operatsiyalar, xotira, hukm chiqarish kabi fikrlashning tarkiblari kiritilgan.

Psixologlarning amaliyotga kirib kelishi, kadrlarni tanlash va professional muammolarni hal etishda qatnashishning kengayishi bilan professional qobiliyatlarni o‘lchash uchun qo‘shimcha testlarga nistbatan extiyoj tug‘ildi. Natijada texnik, administrativ va boshqa qobiliyatlarni tekshiruvchi maxsus testlar yaratildi. Bir vaqtning o‘zida intellekt tabiatini tekshiruvchi asosiy metod, faktor analiz (omiliy taxdil) texnikasiga taqaldi. Bu texnikaning mohiyati baholarning o‘zaro korrelyasiyasining statistik tahlili asosida testlar bo‘yicha keltirilgan mustaqil omillarning minimal sonini topish maqsadidan iborat. Bunday omil va qobiliyatlarga: nutqning tezligi va tushunish, miqdoriy munosabatlarni ajratish va arifmetik ko‘nikmalar, idrok tezligi, fazoviy tasavvur va mexanik munosabatlarni tushunish kabilar misol bo‘la oladi.




Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling