Bitiruv malakaviy ishiga


Download 323.5 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi323.5 Kb.
#1378463
Bog'liq
I.D. taqriz

BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA
T A Q R I Z



Talaba_____ Ismoilov Dilmurod Nurmurod o’g’li _ ________
(ismi va familiyasi)
Mavzu G’o’za qatori orasida yerni yumshatish bilan birga kuzgi bug’doy ekuvchi agregatni takomillashtirish.
1.Mavzuning dolzarbligini asoslash.
Ma’lumki, G’o’za qatori orasida yerni yumshatib bug’doy ekish agregatlari tuproq sharoitiga qarab keng ko’lamli foydalanilmoqda. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida paxtazorlarda kuzgi bug’doyni ekib hosil olish, buning uchun resurs tejamkor texnika va texnologiyalardan foydalanish asosiy maqsad qilingan. Shu sababli paxtazorlarda kuzgi bug’doyni mashina mexanizmlar yordamida tashkil etiladi. Taklif qilinayotgan agregat yordamida kuzgi bug’doyni ekishda quydagi afzalliklarga erishiladi: Ekish uchun kerak bo’ladigan vaqtdan yutiladi; Barvaqti g’alla ko’chatlari undirib olinadi; Qish kelgunicha g’alla ko’chatlari 2-3 marta oziqlanitiriladi; Natijada kuzgi bug’doy serhosil yetishtiriladi va samaradorlikka erishiladi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib kuzgi bug’doyni paxta qator oralariga ekuvchi agregatni yaratish dolzarb hisoblanadi
2.Ishning tarkibini baxolash
Ishning barcha qismlari talab darajasida bajarilgan bo‘lib kerakli ma’lumotlar, sxemalar, rasmlar, formular o‘z o‘rnida foydalanilgan. BMI talablariga mos keladi.
3. Mavzuning baxolanishi va uning afzallik tomonlarini ko‘rsatish.
Bitiruvchiga berilgan mavzu to‘g‘ri tanlangan va uning tarkibiy qismlari ta’lim yo‘nalishining ixtisosligiga mos holda tuzilgan. Uning afzallik tomoni shundaki, g’oza qator orasida kuzgi bug’doy ekuvchi agregatini takomillashtirish orqali samaradorligni oshirib, agregatni qishloq xo’jaligida keng miqyosda joriy etish mumkinligini va bu bo‘yicha berilgan takliflarini alohida ta’kidlash mumkin.
4. Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baxo berish.
BMI bajarishda bitiruvchi adabiyotlarni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida foydalangan va internet ma’lumotlaridan ham foydalanib, kerakli saytlar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
5.Ilmiy munozara yuritish qobiliyatiga baxo berish.
Bitiruvchi o‘z ishini yaxshi biladi va ilmiy mushohada yurita oladi.
6.Xulosa va takliflarning ochiqligi va dalillari asoslanganligi.
Bajarilgan BMI bo‘yicha bitiruvchi xulosalarini har bir qism bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqqan va ish oxirida umumiy xulosa va takliflarni aniq dalillarga asoslanib keltirgan.
7. Jadval va grafiklar, chizmalar sifatiga berilgan baxo, ishni rasmiylashtirishning talab darajasiga javob berishi.
Ishda keltirilgan jadallar, grafiklar, chizmalar BMI talablari asosida bajarilgan va rasmiylashtirilgan.
8. Ishdagi kamchiliklar.
BMI tushuntirish va hisoblash qismida gramatik xatolar mavjud. Keltirilgan formulalarni hisoblashda qabul qilingan koeffitsientlarni foydalanilgan manbalari aniq keltirilmagan, lekin bular ishning sifatiga unchalik ta’sir etmaydi. Ish umumiy holda uslubiy jihatdan qo‘yilgan maqsadga erishilgan.
9.Muallifning qaysi taklifini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadga muvofiq.
1. G’o’za qatori orasida yerni yumshatish bilan birga kuzgi bug’doy ekuvchi agregatni takomillashtirishga erishish uchun berilgan tavsiyalarni tegishli tartibda tashkil etish hamda tavsiya etilayotgan qurilmani joriy etish maqsadga muvofiq.
10. Ishning qo‘yilgan talab darajasiga mos kelish to‘g‘risida umumiy xulosa
Bajarilgan ish berilgan bitiruv malakaviy ish qo‘yilgan talablariga mos holda bajarilganligi xamda talabaning intiluvchanligini va o‘z kasbiga qiziqishini inobatga olib uni ijobiy baxolayman va DAK oldiga himoya qilishga tavsiya etaman.


Tarizchining (F.I.SH)ish joyi,unvoni __________________________________________________


«____» ____________ 2022 yil _____________________ imzo (muxr)
Download 323.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling