Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya


Download 29.39 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi29.39 Kb.
#130089
Bog'liq
Biz korrupsiyaga qarshimiz 2-nusxa


Biz korrupsiyaga qarshimiz

Annotatsiya:

Korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar bugungi kunda barchamizni birdek tashvishga solishi darkor. Ushbu turdagi jamiyat kushandasi sababli mamlakat iqtisodiyoti keskin yomonlashadi, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik ko‘rsatgichi kundan kunga o`zining misli ko`rilmagan darajasiga yetadi. Mamlakat aholisining savodsizligi, huquqiy ong va huquqiy madaniyati ko`rsatgichi esa aqlga sig`maydigan darajada keskinlashadi. U shunday vayronkor kuchki, u bizdan keyingi avlodning mislsiz qarg`ishiga sabab bo`ladi. Antikorrupsion siyosat yetarli darajada olib borilmas ekan, faqatgina demokratik va iqtisodiy erkinlikning o`zigina korrupsiyalashgan jamiyat tizimini butunlay yo`q qila olmaydi.



Kalit so`zlar: pora taklif qilish, rezolyutsiya, konvensiya, axloq kodeksi, “halollik vaksinasi”, deklaratsiya, mamlakat yalpi ichki mahsuloti, “yo`l xaritasi”, prognozlashtirish, jazoning liberallashuvi, mansabdor shaxs, mehnatga haq to`lashning yagona tarif setkasi, elektron platforma, antikorrupsion siyosat, immun tizimi
We are against corruption

Annotation:

The consequences of corruption should be of concern to all of us today. Due to this kind of society, the country's economy is deteriorating sharply, and the level of socio-political injustice is reaching unprecedented levels. The level of illiteracy, legal awareness and legal culture of the population is unbelievably high. It is such a destructive force that it will cause an unprecedented curse of the next generation. Without adequate anti-corruption policies, democratic and economic freedom alone will not completely eradicate a corrupt society.



Keywords: bribery, resolution, convention, code of ethics, "vaccine of honesty", declaration, GDP, "road map", forecasting, liberalization of punishment, official, single tariff grid, electronic platform, anti-corruption policy, immune system

Мы против коррупции

Аннотация:

Последствия коррупции должны сегодня беспокоить всех нас. Благодаря такому типу общества экономика страны резко ухудшается, а уровень социально-политической несправедливости достигает беспрецедентного уровня. Уровень неграмотности, правосознания и правовой культуры населения невероятно высок. Это настолько разрушительная сила, что она вызовет беспрецедентное проклятие следующего поколения. Без адекватной антикоррупционной политики одна демократическая и экономическая свобода не сможет полностью уничтожить коррумпированное общество.



Ключевые слова: взяточничество, резолюция, конвенция, этический кодекс, «вакцина честности», декларация, ВВП, «дорожная карта», прогнозирование, либерализация наказания, чиновник, единая тарифная сетка, электронная платформа, антикоррупционная политика, иммунная система
Hech o`ylab ko`rganmisiz nega insoniyat shuncha yillardan buyon savodsizlik, ochlik, ratsizm, suv toshqinlari, ishsizlik, qashshoqlik singari ijtimoiy illatlarni o`ziga “do`st” qilib olgan? Nega insoniyat shuncha yillar davomida ushbu illatlarga qarshi ayovsiz kurash olib borishiga qaramasdan voz kecha olishi bunchalik qiyin kechyapti? Nega aksariyat mamlakatlar yetarli xom-ashyo bazasi, ishchi kuchi, infrastruktura obyektlariga ega bo`lishiga qaramasdan hali-hamon insoniyat svilizatsiya darajasidan orqada qolib ketmoqda? Chunki bunday salbiy ijtimoiy illatlarning asl ildizi korrupsiyaga borib taqaladi. Korrupsiya natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlar ro`yxatini yana davom ettirish mumkin. Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va hokazolar.

Korrupsiya aslida o`zi nima? Bu so`zni eshitganimizda yoki u bilan bog`liq hodisaga duch kelganimizda bizda qanday his-tuyg`ular kechishi kerak?

Ko`pchilik insonlar uchun bu jinoyatning bir turi hisoblanadi, xolos. Aslida esa bunga jamiyatni parokandalikka olib boruvchi, uni bir zaharli ilon singari bo`gib asta-sekinlik bilan butun jamiyat tanasini yo`q qilib yubora olishdek qudratga ega bo`lgan kushanda sifatida qarashimiz uni butunlay bo`lmasa-da, korrupsiyaning “amal qilish” darajasini kamaytirishimizga imkon bersa ajab emas. Mamlakat qashshoq yoki boy, demokratiya yoki monarxiya tuzilmasida bo`ladimi, korrupsiyadan hech qachon va har qanday sharoitda ham qochib qutula olmaydi. U shunday kushandaki, insonlar hech qanday yadroviy qurolsiz jamiyatni yo`q qilib yubora oladilar, ular o`z qo`llari bilan o`zlarining ildiziga bolta urayotganlarini mutlaqo anglashmaydi, anglagan taqdirida ham juda kech bo`ladi. Tan olish kerakki, biz allaqachon korrupsiyaga o`rganib bo`lganmiz. Hech bo`lmaganda bir marotaba bo`lsa-da, korrupsiyaga duch kelganmiz yoxud o`sha voqeaning asl subyekti bo`lganmiz.

Korrupsiyaga qarshi kurash uchun yangi davrga qadam qo`yishning vaqti kelmadimikan? Nima deb o`ylaysiz?

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash olib borish xalqaro miqyosda muhim va dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, shuning uchun ham xalqaro tashkilotlar va bir qator davlatlar tomonidan antikorrupsion siyosat yagona tizimi ishlab chiqilgan bo`lib, ular quyidagilardan iboratdir:



  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi) ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.);

  2. Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.);

  3. Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo`rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.);

  4. BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktyabr);

  5. Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.)

Ko`pchilik mamlakatlar korrupsiyaga qarshi bir qator ko`rilishi zarur bo`lgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, lekin vaholanki ular uzoq istiqbolga mo`ljallanmagan bo`lib chiqadi. Yana ular depressiya va turg`unlikka qaytishadi: o`sha eski tos, yana o`sha eski hammom! Yana ular uchun yangi g`oya va yondashuv, zamon bilan hamnafas bo`lgan taraqqiyotga eltuvchi yo`l ushalmas orzular ro`yxatidan o`rin oladi.

To`g`ri, jamiyatimizda taraqqiyot kushandasi hisoblanmish korrupsiyaga qarshi olib borilgan harakatlarda o`zgarishlar shabadasi sezildi, lekin u korrupsiya ildizini shamollatishga yetmadi. Ushbu o`rinda quyidagi faktni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir: Jahon Bankining xabar berishicha antikorrupsion siyosat yurituvchi mamlakat yalpi ichki mahsuloti bir yilda besh baravarga oshar ekan. Ko`pgina holatlarda quloqqa chalinadi “Bizdan oldin ham korrupsiya mavjud bo`lgan va bundan keyin ham mavjud bo`laveradi, biz hech qachon korrupsiyaga qarshi olib boradigan kurashda oldingi ajdodlarimizdan ilgarilab keta olmaymiz”. Shu yerda to`xtang! Nega aynan hech qachon? Axir bunday fikr yurituvchilar harakati imitatsiyadan boshqa hech narsa emas-ku, axir. Ularga qarab shunday deging keladi: “Korrupsiya sodir bo`lish darajasini kamaytirish aslida bizning qila olmaydigan, qo`limizdan mutlaqo kelmaydigan ish emas, balki biz uni amalga oshirishimiz mushkul bo`lgan, amalga oshirishimiz shart bo`lgan ishdan boshqa hech narsa emas”.

Biz korrupsiyadan butunlay voz kecha olamizmi? Albatta, yo`q! Chunki, korrupsiya ham jinoyatning bir turi ekanligini hisobga olsak ushbu jinoyat turi uchun hamma ozodlikdan mahrum etilaveradigan bo`lsa, barcha mansabdor shaxslar, barcha insonlar kuzatuv kameralari ostiga olinadigan bo`lsa, unda jinoyat ko`rsatgichi nol foizga tenglashadi. Tabiiyki, bunday jamiyatda insonlar yashashni istashmas… O`zingiz o`ylab ko`ring-a! Jamiyatda jinoyat ko`rsatgichi nol foizga tenglashishi inson erkinligining ma’lum darajada cheklanishi emasmikan? Shu o`rinda o`tmishga nazar tashlash o`rinlidir: 90-yillarda Shimoliy Koreyada kuchli ocharchilik bo`lgani bizga yaxshi ma’lum. Aholining ko`pchiligi korrupsiya tufayli ocharchilikdan qutulib qolgan. Ya’ni, korrupsiyaning evaziga mamlakatda qurbonlar soni yuqori ko`rsatgichni tashkil etmagan. Aniqroq yondashadigan bo`lsak, askarlar qishloqlardan oziq-ovqatlarni olib chiqib ketishayotganda pora evaziga bo`lsa-da, yeguliklarni olib qolishga erishgan va natijada ular tirik qolishgan.

Korrupsiya sodir bo`lish darajasini qanday qilib keskin kamaytirish mumkin? Bugungi kunda qaysi yo`nalishlarda korrupsiya “ustunlikka” ega? Ushbu savollarga javob topish va mummoni hal qilish bir qator davlatlar siyosatining “yo`l xaritasi”dan joy olib ulgurgan. Shu o`rinda qadimgi yunon faylasufi Аristotel tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlar o`rinlidir: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”.



Yapon xalqida bir mashhur maqol mavjud: “Tobora quyuqlashib borayotgan zulmatni qarg`ab o`tirgandan ko`ra, bitta sham yoqib qo`ygan afzal”. Shunday ekan, mavjud muammolarni muhokama qilib o`tirgandan ko`ra korrupsiya darajasini pasaytirish bo`yicha tavsiya va ularning natijalarini muhokama qilish afzalroqdir.

Quyida jamiyat kushandasi bo`lmish korrupsiyani yo`q qilish, uning oldini olish bo`yicha rivojlangan va korrupsiyani yengib o`tish borasida muvaffaqiyatga erishgan xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda bir qator tavsiya va fikr-mulohazalar keltirib o`tiladi.



Birinchidan, yirik korrupsiya va pora uchun qonunchilikda nazarda tutilgan jazoni yengillashtirish jamiyatda korrupsiya ko`rsatgichini pasaytirish uchun imkon beradi. Albatta, bu taklif biroz g`alati tuyilishi mumkin. Chunki, bunga ko`pchilik jamiyat a’zolarining jinoyat uchun qo`llaniladigan jazo kuchli bo`lsagina uning oldini olish mumkinligiga ishonishi sabab bo`ladi deb hisoblash mumkin. Yuqoridagi taklifni oydinlashtiradigan bo`lsak, shuni ta’kidlash joizki, antikorrupsion siyosatning asosini fuqarolarni jazolash emas, balki ularni tarbiyalash, oldingi butunlay eskirgan tarbiyalash usullarini o`zgartirish tashkil etadi.

Shu o`rinda iqtisodchi Garri Bekker tomonidan yozilgan “Jinoyat va jazo” nomli maqolasida ifodalangan fikrlarni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir: Jinoyat uchun qo‘lga tushish ehtimoli kam, lekin jazo katta bo‘lsa, jinoyat sodir etilishi, aksi bo‘lsa, sodir etilmasligi mumkin”. Bundan tashqari knyaz Vyazemskiyning ham quyidagi fikrlarini asosli deb hisoblash mumkin: “Rossiya qonunlarining qat’iyligi ularning amal qilmasligi bilan izohlanadi”. Demak, jazoning qat`iylik va imperativlik darajasi yuqori bo`lishi har doim ham jinoyat ko`rsatgichini pasaytirishga xizmat qilavermaydi. Shu o`rinda xorijiy mamlakatlardan Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligini tahlil qilib o`tish maqsadga muvofiqdir.



Ushbu mamlakatda iqtisodiy va siyosiy sohada ro`y beradigan korrupsiya va poraxo`rlik uchun qo`llaniladigan jazo turi bu – o`lim jazosi. So`nggi statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo`lsak, Xitoy korrupsiyachilarni qatl qilish soni bo`yicha dunyoda “yetakchilik” qilib kelmoqda. Qiziqarli jihati shundaki, Xitoyda korrupsiya bilan bog`liq jinoyat sodir etgan shaxslar bu mamlakatda quyidagi uchta turga ajratiladi: yo`lbarslar, pashshalar va tulkilar. Yo`lbarslar bular yirik turdagi korrupsiya ya’ni partiya bilan bog`liq korrupsiyaga aralashuvchilar, pashshalar mayda turdagi korrupsiyaga, ya’ni ishlab chiqarish, sog`liqni saqlash, ta’lim sohasida sodir etilgan korrupsiyaga bog`liq shaxslar, tulkilar esa o`g`irlashni uddasidan chiqqan mahsulotlarni mamlakat hududidan olib chiqib keta oladigan korrupsionerlar tushuniladi.

Endi esa ushbu sanoati rivojlangan mamlakatda korrupsiya uchun qo`llaniladigan sanksiya haqida to`xtalib o`tish maqsadga muvofiqdir. Xitoy qonunchiligi bo`yicha korrupsiya miqdori 463ming dollardan yuqori bo`lgan va davlat mansabdor shaxslarining pul evaziga sotilishi uchungina o`lim jazosi qo`llaniladi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu qonun 2016-yildan keyin amal qilishni boshlagandan buyon o`lim uchun otishga hukm qilinganlar sonining keskin kamayishiga olib kelgan holda inson huquq va erkinliklarining ma’lum darajada ta’minlanishiga sabab bo`ldi.

Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligida o`lim jazosi mavjud bo`lishiga qaramasdan, korrupsiyani yengish bo`yicha yuqori ko`rsatgichga erisha olmagan. Nega ushbu mamlakatda korrupsiya va poraxo`rlik uchun qo`llaniladigan jazo turi keskin bo`lsada, juda past ko`rsatgichni tashkil etmoqda? Buning sababi shundaki, jinoyatchilarni jazolash orqaligina korrupsiyani yo`q qilib bo`lmasligini tushunish ushbu mamlakat uchun qiyin kechmoqda.

Taklif:

Korrupsiya va pora berish uchun qo`llaniladigan jazoni liberallashtirish va shu jinoyat ehtimoli mavjud bo`lgan davlat va xususiy sektor yo`nalishlarini aniqlash, korrupsiya sodir bo`lish ehtimollik darajasini prognozlashtirish, ya’ni korrupsioner va poraxo`rni qo`lga tushirish emas, balki jinoyatning sodir bo`lish ehtimolini kamaytirishga ahamiyat berilishi lozim.

Natija:

  1. Korrupsiya yuzaga keladigan soha ushbu turdagi jinoyatdan saqlab qolinadi;

  2. Inson huquq va erkinliklari yetarli darajada ta’minlanadi;

  3. Jinoyat uchun qo`llaniladigan jazo turlari liberralashadi.


Ikkinchidan, davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarida o`z mehnat faoliyatini olib boruvchi mansabdor shaxslar uchun to`lanadigan oylik maosh miqdori oshirilishi lozim. Mansabdor shaxs tushunchasi qanday tushinilishi lozim? Shu o`rinda mansabdor shaxs tushunchasiga to`xtalib o`tilishi masalaga yanada aniqroq yondashish imkonini beradi.

Demak, O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda mansabdor shaxs tushunchasi ta’rifi qonunchilik nuqtayi nazari bo`yicha keltirilgan bo`lib, uni quyidagicha tushunish maqsadga muvofiq bo`lar edi: mansabdor shaxs doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb e’tirof etiladi.
Yuqoridagi taklifni Hongkong tajribasi asosida muhokama qiladigan bo`lsak, shuni ta’kidlash joizki, ushbu mamlakat Xitoy Xalq Respublikasiga yaqin hududda joylashgan bo`lib, ushbu mamlakatda 1974-yilda “Korrupsiyaga qarshi mustaqil kommisiya” tashkil etilgan. Xo`sh, shundan keyin Hongkongda korrupsiyaga qarshi kurash qay darajada amalga oshirilgan deb o`ylaysiz?

Ushbu reformatsiyaga muvofiq biznes sohasi vakillari, harbiylar va davlatning ziyoli qatlami hisoblanmish olimlar va keng jamoatchilik vakillari yuqoridagi kommisiyada o`z mehnat faoliyatini olib boradi, ularning mehnati uchun to`lanadigan ish haqi esa mamlakatda keskinlik bilan ko`tariladi. Natija esa qanday bo`lganligiga qiziqyapsizmi? Natija juda ham sensatsion ko`rsatgichni tashkil etgan deb hisoblash mumkin. Ya’ni, kommissiya ishchilari uchun to`lanadigan oylik maoshning oshirilishi natijasida 30yil muddat davomida ushbu mamlakatda mavjud bo`lgan korrupsiya ko`rsatgichi 90foizdan 3foizga tushgan. Albatta, bu dunyo aholisini hayratga solgan hodisalardan biri deb tan olib kelinmoqda.


Taklif:

  1. Korrupsiyaga qarshi kurash olib boruvchi yagona komissiya tashkil etgan holda unda faoliyat ko`rsatuvchi mansabdor shaxslar uchun to`lanadigan oylik maosh miqdori yagona tarif setkasining razryadi bo`yicha eng yuqori ko`rsatgichni tashkil etishiga to`sqinlik qilmaslik;

  2. Ushbu tizimni joriy etish maqsadida alohida strategiya ishlab chiqish;

  3. Komissiya faoliyatiga ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud organlarining daxl qilinmasligi prezident tomonidan qonunchilik bilan tartibga solingan holda ta’minlanishi lozim.


Natija:

Korrupsiyalashgan jamiyat har qanday sohasida chuqur ildiz otgan mansabdor shaxslar davlat tomonidan to`lanadigan oylik maoshni pora taklif qilayotgan shaxsning mansabdor shaxsga taklif qiladigan “maoshi” yoxud “sovg`asi”dan afzal deb bilishiga olib keladi. Tabiiyki, ushbu vaziyatda pora o`z-o`zidan rad etiladi va mamlakatda antikorrupsion siyosat ko`lami misli ko`rilmagan darajaga yetadi.



Uchinchidan, texnologiya va innovatsiyalar keying yillarda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyani bartaraf etishda hal qiluvchi rol o`ynashi aniq ekanligini eslatib o`tish lozim. Korrupsiyaga qarshi kurash olib borish maqsadida axborot texnologiyalari rolini oshirish korrupsionerlik ildiziga bolta urishda samarali vosita hisoblanadi. Biz yashayotgan davr muhitini hisobga oladigan bo`lsak, har qanday sohada antikorrupsion siyosatni izchil amalga oshirishda keng soha vakillarini jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, jamiyat a’zolari ichida texnika sohasi vakillari ushbu jarayonda faol qatnashadigan bo`lsa korrupsionerlik va poraxo`rlik ko`rsatgichi keskin kamayishi keyingi 10 yil ichida sezilarli darajada o`zgarishi mumkin bo`ladi. Qanday qilib deysizmi?

Demak, shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni yuqorida keltirib o`tilgan taklifning huquqiy asosi bo`la oladi deb hisoblash mumkin. Ushbu farmonga ko`ra Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasini shakllantirish nazarda tutilgan bo`lib, bu O`zbekistonda mavjud bo`lgan axborot-texnologiya sohasidagi barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi.


Taklif: mamlakat antikorrupsion siyosatini zamonaviylashtirish, eskirib qolgan usul va vositalardan butunlay bo`lmasada asta-sekinlik bilan voz kechish, korrupsiyaning “amal qilish” doirasini qisqartirish borasida qotib qolgan fikr yuritish usullaridan voz kechish lozim. Bunday yondashuvni shakllantirish esa korrupsiya sodir etilganligi haqida xabar beruvchi mobil dasturiy ta’minot orqali bevosita amalga oshiriladi.
Natija: 10-12 yil ichida yuqoridagi dasturiy ta’minot orqali avlodlarga mutlaqo bo`lmasa-da, korrupsiya va poraxo`rliksiz yorqin kelajak sovg`a qilishimiz mumkin bo`ladi. Yuqoridagi dasturiy qurilmaning “xislatlar”ini xuddi sehrli oynaga qiyos qilishimiz mumkin: sehrli oyna dunyoda kimning eng chiroyli ekanligini o`z sohibiga aytgan bo`lsa, biz ishga tushirmoqchi bo`lgan qurilma o`z egasiga qayerda korrupsioner yoki poraxo`r umrguzaronlik qilayotganligini ayta oladi. Faqatgina uning sehrli oynadan farqi shundaki, sehrli oyna sohibi uchun hech qanday to`lov to`lanmagan bo`lsa, bizning “sehrli” dasturiy qurilmamiz egasiga yoxud egalariga o`zlari ham korrupsionerlar bilan do`st tutinmasliklari uchun juda katta miqdordagi oylik maosh bilan ta’minlanishi lozimdir.
To`rtinchidan, davlat va xususiy sektorda o`z mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish lozim. Xitoyning antikorrupsion siyosatiga yuzlanadigan bo`lsak, xitoyliklar poraga qarshi kurashish maqsadida alohida tashkil etilgan kurslarga qatnashadi, shuningdek ushbu mamlakatda korrupsionerlarni yo`q qilish bilan bog`liq o`yin ixtiro qilingan bo`lib, bunday turdagi o`yin turida ular korrupsioner qarindoshlari va do`stlarini ayovsiz “o`ldirish”lari lozim.

Bundan tashqari, 1965-yilda o`z mustaqilligini qo`lga kiritib qisqa davr mobaynida dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o`rin olishga ulgurgan Singapur davlati qanday qilib antikorrupsion siyosatda yetakchilikka erisha oldi? Singapur davlat rahbari Li Kuan Yu boshchiligida 1960 -yilda korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi korrupsiyaning oldini olish va korrupsiya tergovi boʻyicha Byuroni alohida vakolatlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunda mustahkamlab qoʻyish orqali antikorrupsion siyosatda bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Chunki, davlat rahbari va mansabdor shaxslarda korrupsiya va poraxo`rlikka qarshi immunitet shakllangan edi. Jumladan, Li Kuan Yuning quyidagi fikrlari fikrimizning dalilidir: “Jazoning muqarrarligi –korrupsiyani to`xtatishning birinchi omili”. E’tiborli jihati shundaki, antikorrupsion siyosatda ulkan muvaffaqiyatga erishgan bu mamlakat davlat rahbari xattoki o`z qarindoshlariga ham ayovsiz jazo choralarini qo`llagan, unda korrupsiya va poraxo`rlikka nisbatan immun tizimi yetarli darajada shakllangan. Poraxo‘rlik va qarindoshlik ko‘plab byurokratik tizimlarning ofati deb hisoblagan Li Kuan Yu. "Korrupsiyani yo‘q qilish uchun shafqatsiz bo‘lish kerak, agar qarindoshlar va tanishlaringiz ham pora olsalar, ularni panjara ortiga yuborishga tayyor bo‘lishingiz kerak", deb yozadi o‘z kitobida. Bundan tashqari Li Kuan Yu tomonidan bildirilgan o`ta radikal fikr har qanday korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bel bog`lagan insonni o`ziga ohangraboday tortmasdan qo`ymaydi. “Korrupsiyaga qarshi kurashmoqchimisiz? Uchta do‘stingizni qamoqqa tiqishdan boshlang. Buning sababini siz aniq bilasiz va ular ham buning sababini bilishadi" kabi so‘zlar Singapur xalqining otasiga tegishlidir.
Taklif: mansabdor shaxslar va davlatning muassasalarida, tashkilotlarida, xususiy sektorlarda faoliyat ko`rsatuvchi shaxslarni korrupsiya yomon illat ekanligi, korrupsiya uchun jazo muqarrar ekanligi va bu jinoyat uchun hattoki o`z qarindoshlari va yaqinlarini ham ayab o`tirmaslik borasidagi fikrlar bilan “tarbiya qilish” lozim. Bu esa o`z navbatida oliy ta’lim muassasalarining “yo`l xaritasi”dan joy olishiga, shuningdek, pedagoglar tomonidan o`quv dastur va rejalarning o`zgartirilishiga olib keladi.
Natija: mansabdor shaxsga pora taklif qilingan holatda unda mavjud bo`lgan “halollik vaksinasi” orqali u o`z-o`zidan muayyan ishni yoki harakatni amalga oshirish evaziga taklif qilingan porani rad eta olishdek darajaga erisha oladi.

Yuqoridagi keltirilgan taklif va tahlillar asosida shunday xulosa qilish mumkin: yurtimizda olib borilayotgan antikorrupsion siyosat uchun ishlab chiqilgan tizim samarali ishlashi faqatgina mansabdor shaxslarga bog`liq bo`lmay, keng jamoatchilik vakillariga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Oligarx Mixail Xodorovskiyning korrupsiyani terrorizmdan ham xavfli ekanligini ta’kidlashi bugungi kunda qog`ozlarda qolib ketayotgan islohotlarni hayotda qo`llash vaqti kelganligini ko`rsatadi. Biz allaqachon korrupsiyaning eng yuqori va o`tkir nuqtasiga yetib kelishga ulgurdik. Shu o`rinda inglizlarda mashhur bo`lgan bir maqolni keltirib o`tish lozim: “Rome was not built in a day”. Ya’ni, Rim bir kunda qurilgan emas. Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash asta-sekinlik bilan o`z natijasini beradi. Faqat bir da’vatni esdan chiqarmaslik lozim: korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurashda faqatgina “Biz korrupsiyaga qarshimiz” degan jumlaning o`zi yetarli emas.
Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling