Biz korrupsiyaga qarshimiz Мы против коррупции We are against corruption Джураев Шарафиддин Бобокулович


Download 0.64 Mb.
Sana18.10.2019
Hajmi0.64 Mb.

Biz korrupsiyaga qarshimiz

Мы против коррупции

We are against corruption

Джураев Шарафиддин Бобокулович

Бухарский филиал Ташкентского института ирригации и инженеров механизации сельского хозяйства, Узбекистан

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xòjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali

,,Suv xòjaligi va melioratsiya “ yònalishi 2-bosqich 1-guruh talabasi

В нашей стране в процессе построения правового демократического государства и сильного гражданского общества особое внимание уделяется обеспечению прав и свобод человека, повышению правовой и социальной активности граждан.

Korrupsiya qonun ustuvorligiga, demokratiya va inson huquqlariga, samarali davlat boshqaruviga tahdid soladi, tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini buzadi, demokratik institutlar faoliyati va jamiyatning ahloqiy normalarini izdan chiqaradi. Korrupsiya bora-bora transmilliy korrupsiyaga aylanadi va dunyo hamjamiyatiga katta xavf tug‘diradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlarning BMT, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, Afrika ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), MDH, doirasida bir qator harakatlar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Zamonaviy xalqaro huquqda korrupsiyaga qarshi hamkorlik instituti shakllandi. Bu institutning normalari korrupsiya sub’ektlarining harakatlari, huquqiy yordam va hamkorlik choralari, yurisdiksiya masalalarini o‘z ichiga oladi.

Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy normalarni samarali bajarishning muhim omili xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ichki davlat mexanizmlarini tashkil qilish hisoblanadi. Ko‘pgina davlatlar xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash normalarini o‘z milliy huquqiy tizimlarida aks ettirganlar.

O‘zbekiston ham mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab korrupsiyaga qarshi kurshish masalasiga umumdavlat miqiyosida vazifa sifatida qarab, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsionerlardan tozalash bo‘yicha izchil va muntazam ishlar olib bormaqda.

BMT Bosh assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida mansabdor shaxslarning axloq kodeksida «korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh bo‘lib manfatdor bo‘lishlaridagi mansab suiiste’molchiliklaridir, shuningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat mansablari yuzasidan g‘ayriqonuniy manfaat ko‘rishlaridir », deyiladi.

Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi guruhining 1995 yil 22-24 fevral kunlarida Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida «korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olishdir», deb ta’rif berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar“1, deyiladi. Asosiy qonunning bunday talablari davlat hokimiyati, davlat xizmati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyat mexanizmlarida yoki ularning sohalarida mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi, davlat apparatining fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilab beradi. Davlat apparati tizimida mansab suiise’molchiligi, poraxo‘rlik, uyushgan yoki korrupsion jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo‘ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiya tizimiga putur etkazadi. Korrupsiya jinoyatchiligini mansabdor jinoyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon–taloj qilish yoki poraxo‘rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko‘rinishlari bo‘lib hisoblanadi.

Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obro‘sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab bo‘ladi. Korrupsiyaning ma’lum bir mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi.

Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.

Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. YUridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.

Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishi zarurligidan darak beradi.

Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.

Malakatimiz rahbari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan fuqarolik jamiyat institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida jamotchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish fursati etganligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Zotan, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq bo‘lmasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. Buni davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. SHuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q. SHu ma’noda aytganda, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilishning ahamiyati beqiyosdir.

Umuman, jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat hokimiyati organlariga muayyan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha murojaat etish, davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha so‘rovlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati organlari va mahallalar hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish kabi shakllarda yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini bermoqda. Qolaversa, bugungi kunda davlat Dasturlari talablarining fuqarolar yig‘ini hududidagi ijrosini ta’minlashda jamoatchilik guruhlarini tuzish va o‘rganish, natijalari bo‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish va shu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, mahalliy davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish tadbirlari samarali olib borilmoqda. Bu esa, jamoatchilik nazoratining jamiyatda ijtimoiy adolatning qaror topishi, shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o‘zaro mas’uliyat va javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil ekanidan dalolatdir.

Bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, fosh etilgan korrupsiyachilar qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi. Jinoyatchilik keng avj olib ketishiga va korrupsiyachilar domiga ilingan amaldorlarning beboshligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar ishga solingan. Ular jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyamizni belgilab beradi.

Jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi qay darajada oqilonaligi allaqachon isbotlangan. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyatlarning oldini olish jinoyat qonunining asosiy vazifalaridan biri sifatida bejiz belgilab qo‘yilmagan.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. O‘ylaymizki, bunday ma’naviy buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. SHunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari bunday illatni oldini olishva unga qarshi kurashda birgalikdagi harakatigina samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li bo‘lib hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur qonun qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.


6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.

Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning o‘ziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. Qonunda unga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxs­ning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxs­larning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o‘rganib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korrupsiya balosining naqadar mud­hish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Dunyoda korrupsiyaning turi ham, tavsifi ham juda ko‘p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Turli ko‘rsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, o‘ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda.

Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korrupsiyaga qarshi o‘ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yo‘l hali topilgan emas. CHunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bo‘lib ko‘ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir.

 Bir davlatda natija bergan usul boshqa davlatda u qadar samara ko‘rsatmasligi mumkin. SHuning uchun har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lini o‘zi tanlaydi, aniqrog‘i, qanday yo‘l to‘g‘ri ekanini hayot ko‘rsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari ko‘zda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Korrupsiya so‘zi «sotish», «sotilish» degan ma’nolarni ham anglatar ekan. Rahbar yoki mas’ul kishi qanday qilib korrupsiyaga qo‘l uradi? Bunga qanday omillar sabab bo‘ladi?.. Bu savollarga javob har xil bo‘lishi mumkin. Lekin shunisi aniqki, sotadigan, sotiladigan odam hech bir vazifani ko‘ngildan bajarmaydi.

 Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishidan tashqari, o‘zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat etkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta ­qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday hu­quqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.

Korrupsiyaga aralashgan, bu jirkanch illatga qo‘l urgan odam uchun ulug‘ narsalar, mo‘‘tabar tuyg‘ularning qadri yo‘qoladi. Bunday odamlar hayotda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin, deb o‘ylaydi. Ular hech kimga, imon-e’tiqodga ishonmaydi, ayni paytda bunday kimsalarga hayot uchun aziz sanaladigan hech narsani inonib bo‘lmaydi. CHunki ular ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, yoru birodarlari, mahalla-ko‘yning yuzini erga qaratishdan, boshini egishdan uyalmaydi.

Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, bu jarayonda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi qayd etilgan. Bu me’yor korrupsiyaga qarshi kurashning doimiy va izchil tus olishida muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizga muvofiq Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

Hammamiz yaxshi bilamiz, qonun huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Vakolatlar, huquq va majburiyatlarni, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi. Agar qonun hayotda ishlamasa, uning bir necha varaq oddiy qog‘ozdan farqi qolmaydi. SHunday ekan, «korrupsiya haqida qonun qabul qilindi, endi hammasi iziga tushib ketadi», deb o‘ylash, xotirjamlikka berilish katta xato bo‘ladi. Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan ozod etish haqida hammamiz o‘ylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan o‘tkazishimiz, unga qarshi qat’iy kurashishimiz kerak.

Bu kurash kundalik hayotimizdagi oddiy holatlardan boshlanadi. SHifokordan yaxshiroq maslahat olish, navbatni tezlashtirish, reyting daftarchasiga tuzukroq baho qo‘ydirish va hokazo vaziyatlarda o‘zimizni munosib tutishimiz lozim bo‘ladi.

To‘g‘ri, hayotda turli holatlar va harakatlarga duch kelamiz. Ba’zida ko‘z o‘ngimizda qonunlar buziladi, inson huquqi, qadr-qimmati poymol etiladi. Bunday vaziyatlarda chorasizlikdan odamning boshi gangib qoladi. Lekin, unutmaylik, yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb belgilanishi, shu munosabat bilan joriy etilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar fuqarolar chorasiz qolganida yordamga keladi. Olis qishloqlardagi murojaatlarning ham ovozi eshitiladi.

Odamlarning tabiatiga o‘xshab rahbaru mas’ullar ham har xil bo‘ladi. «Jamoada hamma qulaylik o‘zim uchun, bu tashkilot menga bir paytlardagi xizmatlarim, farog‘atda yashamog‘im uchun berilgan, marhamat, qolganlar aravasini o‘zi amallab tortaversin» qabilida tor va eskicha o‘ylaydigan, «oldi-berdi»ni faoliyatining bir qismi deb tushunadigan, demokratik qonun-qoidalarni etarlicha idrok eta olmaydigan rahbarlar ham yo‘q emas. SHuning uchun qonunda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xususan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralari ko‘zda tutilgan.

Qonunda belgilanganidek, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri ishlab, to‘g‘ri yashash saodatini bolalikdan, yoshlikdan o‘rgangan odam mard va halol bo‘ladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi o‘zida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib etishadi. Qonunga, tartib-qoidalarga hurmat saqlab, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.

Bir yosh kadr mas’uliyatli vazifaga kelsa, amalga ega bo‘lsa, bundan ota-ona, qarindosh-urug‘ qanchalik quvonadi?.. Bu tabiiy va ezgu tuyg‘u, albatta. Lekin ba’zi noto‘g‘ri, zararli illatlar, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay yo‘l qo‘yib beriladigan odatlar ham borki, ularni aslo esdan chiqarmasligimiz kerak. Gohida shunday bo‘ladiki, yaqinlar, og‘a-inilarning «o‘g‘lim yoki og‘ayni, mana, ishlayapsanku, opangni uzatilayotgan qiziga durustroq sovg‘a bergin, amakingning etmay turgan mashina puliga yordam qilib yuborgin, qiynalib yuribdi...» qabilidagi istak va xohishlar yosh kadr­larni buzadi, boshini aylantirib qo‘yadi. YAqinlariga hurmat yuzasidan bechora o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishga, noqonuniy ish qilishga, oson pul topishga harakat qiladi. Istab-istamay, boshi berk ko‘chaga kirib qoladi, korrupsiya tuzog‘iga ilinadi.

Qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon etmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Qandaydir manfaat ortidan bog‘langan rishta, do‘stlik, aka-ukachilik uzoqqa cho‘zilmaydi, hech kimga hurmat olib bermaydi. Bunga hayotdan ko‘plab misollar topish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda, fuqarolarga tezkor va xolis axborot etkazishda ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish, demokratik islohotlar jarayonida ularning nufuzi va mavqeini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. SHuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish masalalari qonunda alohida belgilab qo‘yilgan.

Ommaviy axborot vositalarining erkin va dadil faoliyatisiz jamiyat hayotini demokratlashtirish, odamlarni mustaqil fikrlab yashashga undash, hozirgi kunda suv va havodek zarur bo‘lgan jamoatchilik nazoratini izchil yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Butun dunyoda davlatning demokratiyani hurmat qilishiga, xalqning salohiyati va madaniyatiga matbuot erkinligi, odilligiga qarab ham baho beriladi. Albatta, bugun bu haqiqatni ko‘pchiligimiz yaxshi tushunamiz va tan olamiz.

SHu o‘rinda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining yana bir tomoniga e’tibor qaratsak. Nobop, «muomala qilish», «kelishish»ga moyil rahbar yoki boshqa bir mas’ul nafaqat tashkilotga, jamiyatga, ishchi-xodimlarga ziyon etkazadi, balki bunday odam bilan tashkilotning, jamoaning, ayniqsa, yosh kadrlarning vaqti, umri behuda o‘tadi. Rahbar hammaga o‘rnak bo‘lib, halol ishlab, fidoyilik ko‘rsatish o‘rniga, yig‘ilishlarda bir gapni gapirib, o‘zi butunlay teskarisini qilsa, undan yosh kadrlar nimani o‘rganadi? Qanday o‘rnak oladi?.. Korrupsiyaga qarshi kurashish yana shunisi bilan muhimki, mazkur jarayonlarda ishchi-xodimlar, yoshlar halol ishlash, ishonch va vakolatga munosib xizmat bilan javob qaytarish zarur, degan tushunchaga tayanib faoliyat yuritishni o‘rganadi. Har qanday vaziyatda mard odam, baribir, halol bo‘ladi, degan e’tiqodda sobit turadi.

SHu sababli ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, kichik biznes sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili orqali xizmat ko‘rsatilyapti, yagona portal orqali davlat xizmatlari elektron shaklda taqdim etilyapti. Qonun hujjatlariga, davlat tashkilotlarining ish faoliyatiga ochiqlik, oshkoralikni ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritilyapti va boshqa ko‘plab yangiliklar joriy qilinyapti. Bularning barchasi korrupsiya balosini bartaraf etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolar bunday yondashuvni jon-dili bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Dunyo kun sayin, soat sayin rivojlanyapti. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikning tezkor, yangidan-yangi ufqlari ochilyapti, milliy iqtisodiyotlar o‘zaro chambarchas bog‘langan holda yuksalmoqda, taraqqiy etmoqda. Bugun har qanday davlat boshqa davlatlar bilan izchil hamkorlik qilmasdan, oqilona investitsiya va resurs­larga tayanmasdan, jahonga chiqmasdan, ayni paytda dunyoga eshiklarini keng ochmasdan, odamlar bemalol ishlaydigan ishonchli makonga aylanmasdan yuqori natijalarga erisholmaydi.

Erkin faoliyat yuritishga keng yo‘l ochib berilgan, inson huquqlari, qonuniy manfaatlari qat’iy himoya qilinadigan mamlakatning ostonasidan odam arimaydi, bunday davlat dunyoning turli nuqtalaridan ishbilarmonlar talpinadigan yurtga aylanadi.

So‘nggi vaqtlarda jamiyatimiz hayoti, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarini yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, Prezident qaror va farmonlari ana shu ezgu maqsadga qaratilganini anglash qiyin emas. Turizmni rivojlantirish, dunyoning ko‘plab davlatlaridan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza rejimini bekor qilish yoki sud-huquq tizimini takomillashtirish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash yoxud tadbirkorlikka keng erkinlik berish, turli byurokratik to‘siq va g‘ovlarni yo‘q qilish haqidagi hamda boshqa bir qancha qaror va farmonlar odamlarning yo‘lini ochishga, O‘zbekistonimizning jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun bu boradagi islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratmoqda, xalqimizda katta umid uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston tomonidan o‘z davlat mustaqiligini qo‘lga kiritishi davlatimiz uchun xalqaro munoabatlarda, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlatlar hamkorligida ishtirok etish imkoniyatini berdi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida milliy qonunchilik asoslari yaratilib, mazkur qonunchilik davr talabi va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro-huquqiy majburiyatlaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirilish zarur va u xalqaro hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.








1Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2012. Б.4.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling