Biz ushbu kazusga yechim topishda quyidagi savollarga javob yozishimiz zarur


Download 28 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi28 Kb.
#112800
Bog'liq
8 - Kazus SIYOSATSHUNOSLIK


8 - Kazus

Бугунги кунда хавфсизлик масалалари бутун дунёда энг долзарб масала бўлиб қолмоқда. Йил сайин давлатлар томонидан мудофаа тизими ва ҳарбий соҳага ажратилаётган харажатларининг ошиб бориши фикримизни тасдиқлайди. Бироқ, фақатгина замонавий қурол-яроғга эга бўлишнинг ўзигина хавфсизликни таъминламайди.



Топшириқ: Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегиясида республикамизда хавфсизликни таъминлаш борасида белгиланган чора-тадбирлар ва уларнинг самарасини таҳлил қилинг.

Javob


Biz ushbu kazusga yechim topishda quyidagi savollarga javob yozishimiz zarur:

1) XXI xavfsizlik va barqarorlikka tahdid.

2) Hozirgi vaqtda dunyoda xavfsizlik qay darajada ta'minlanmoqda ?

3) Harakatlar strategiyasining beshinchi tamoyilidagi asosiy vazifa

va xavfsizlikga qaratilgan chora-tadbirlar.

Insoniyat XXI asrda ham ko‘pgina global muammolarga duch kelmoqda. Hozirgi dunyoda davlat barqarorligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma’naviy va axloqiy, madaniy va tarixiy ildizlariga tayanadi. Davlat mustahkamligi va qudrati uning jahon jamoatchiligi oldidagi ma’naviy-axloqiy qiyofasi va nufuzi bilan ham aniqlanadi.Insoniyat uchun XXI asrda qurolli urushlardan ham ko'ra mafkuraviy kurashlar xavflidir. G‘oyaviy muxoliflik o‘tmishda davlatlararo munosabatlarga soya solib, davlatlarning bir-biriga qarshi ikki guruhga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Dunyoni halokat yoqasiga olib keldi. Bunday kelishmovchiliklar bugun ham davlatlararo ixtiloflarni kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilishga, begunoh odamlarning qurbon bo‘lishiga, butun-butun xalqlarning fojiasiga sabab bo‘layotir. Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g‘oya amal qilishi lozim. Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ`ibotlar kurashi davri, dеb tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo'lib ko'rinsada, puxta, ilmiy tеxnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ`iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Hozirgi vaqtda zamonaviy qurollar bilan hech qaysi davlat o'z xavfsizligini yuqori darajada ta'minlay olmayapti. Chunki hozirda yadro, qurollar bilan urush bo'lmayapti. Mavkuraviy, axborot urushi bo'lmoqda. Ilgari ikki sistema - SSSR va AQSH yetakchi bo‘lgan va bir-biriga mafkuraviy jihatdan zid ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyo xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. SSSR parokanda bo‘lgach, yangi - g‘oyat murakkab va qaltis bir davr yuzaga kelgan.Dunyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga bevosita xavf-xatar mavjud. Ya’ni yalpi yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo‘lsa ham, ekologik tanglik xavfi, biogenetik buzilishlar xavfi hamon tahlikali holatda saqlanib qolmoqda. Hozirgi vaqtda xavfsizlikka tahdidlardan biri mintaqaviy mojorolardir. Mintaqaviy mojarolar millatchilik, xalqlarning bir birini kamsitishi va hududiy to'qnashuvlar sababli kelib chiqmoqda.



Xavfsizlik Kengashi zimmasiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish bo‘yicha asosiy javobgarlik yuklangan. Xalqaro hamjamiyat tomonidan dunyoda xavfsizlikni kafolatlovchi, davlatlararo hamkorlikning samarali yo‘llarini izlab topishga qodir bo‘lgan hozirgi kunda muqobili yo‘q, noyob institut yordamidan foydalanish imkoniyatining ko'lami toraymoqda. Holbuki BMTning boshqa a’zolari kabi O'zbekiston ham bu nufuzli tashkilotning mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash hamda hozirgi zamonning boshqa dolzarb muammolarini hal etish borasidagi ishtiroki kengayishidan manfaatdordir. Shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingan bo'lib, uning beshinchi tamoyili xavfsizlik va barqarorlik masalalariga bag'ishlangan.Unda quyidagi masalalar mavjud; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – O‘zbekiston Respublikasining yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qabul qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling