Bizga mehr berdingiz, Yoninggizda avaylab


Download 15.99 Kb.
Sana25.08.2020
Hajmi15.99 Kb.
#127652
Bog'liq
ASHUROV SHERBEK.


ONA

Bizga mehr berdingiz,

Yoninggizda avaylab,

Voyaga yetkazdingiz,

Qo’limizdan yetaklab.

Bolam deb o’yg’onasiz

Bolam deb to’lg’onasiz,

Yuz –ko’zlarim silaysiz

Doim umrim tilaysiz.

YANGI YIL

Yangi yilda, yangi orzular

Yangi tilak, yangi quvonchlar,

Yangi yil yaxshi yil bo’lgin iloyim

Yurtimga omadli bo’lgin iloyim.

OSen berding dunyoga bayram ruhini

Odamlarga quvonch ulashding har dam,

Yosh-u qari yuziga tabassum indi

Oramizdan ketdi tashvishlar- u g’am.

ONAJON

Beshigimni tebratgan



SHirin allalar aytgan,

Bor mehrin menga bergan

Onajonim azizim.

Yonimda siz bor uchun

Dunyo menga keng erur,

Garchi siz bo’lmasangiz

Keng dunyolar tor bo’lur,

Mehribonim azizim.

Siz oq yuvib, oq tarab

Oppoq yo’rgakka o’rab,

Tunlari uyqu bilmay

Mehir bilan allalab

Uyg’otdingiz meni

Jonajonim azizim.

DO’STLIK RISHTASI

Dilni dilga bog’lovchi,

Elni elga bog’lovchi

Tinchlik so’zin oqlovchi,

Bir rishta bor - bu do’stlik.

Do’stlik oftobga o’xshar

O’z nuriga chorlaydi,

Do’stlik so’zin eshitsak Ko’zda quvonch porlaydi .

Do’st bo’laylik ajralmas

Bu mustahkam do’stlikka


Butyun dunyo qilsin havas.

TONG OTMOQDA

Tong otmoqda yangi kun

Boshlanmoqda yangi kun,

Tong yorishgan sari

CHekinmoqda tun.

Tog’lar orqasidan

Mo’ralab quyosh,

Olamni uyg’otib

Ko’tarmoqda bosh.

ONA VATAN

Nima uchun vatanni

Qiyoslashar onaga,

Bu so’zlarning ikkisi ham

Boydir kata ma’noga.

Ilk bor bu-dunyoga

Keltirsa ona bizni,

Vatan kamol topdirar

Barcha o’g’il –u qizni.

Oq sut bersa gar ona

Vatan berar osh –u non,

Vatan bag’rida

Bo’lamiz buyuk inson.

SHuning uchun doimo

Deymiz biz ona vatan,

Bu ikkisiga fido



Aylasak arziydi jon.
Download 15.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling