‘’biznes etikasi” fanining mazmuni va biznesdagi o`rni
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes etikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNES ETIKET FANING ASOSIY 3TA TUSHUNCHASI
- ETIKET QOIDALARI VA ULARNING BIZNESMENLAR UCHUN AHAMIYATI
- BIZNES ODOBI
- Ijobiy taassurot qoldirish
- Biznesmenlar tashqi qiyofasiga qo`yilgan talablar
- Biznesmenlar ish kiyimlari
‘’BIZNES ETIKASI” FANINING MAZMUNI VA BIZNESDAGI O`RNI 2 0 2 2 REJA: 1. BIZNES ETIKA Fanining asosiy tushunchalari 2. ETIKET QOIDALARI Biznesmen uchun ahamiyati 3. BIZNES odobi: Tashqi korinish va muloqot BIZNES Biznes iborasi inglizcha ‘’business’’so`zidan olingan bo`lib, tom ma`noda faoliyat, ish , xizmatni bildiradi, keng ma`noda esa tijorat (savdo-sotiq) bilan bog`liq tashabbuskor faoliyat deb talqin qilinadi. Biznes – shaxsiy, qarzga yoki kreditga olingan mablag` hisobidan o`zini xavf ostiga qo`ygan va javobgarligini bo`yniga olgan xolda xo`jalik yurituvchi shaxsning kun kechirish va foyda olish usuli. BIZNESMEN Biznesmen iborasi inglizcha ‘’businessman’’ so`zidan olingan bo`lib tom ma`noda tadbirkor degan ma`noni beradi, amalda esa tijorat , tadbirkorlik yoki savdo-sotiq bilan shug`ullanadigan shaxsni bildiradi. Biznesmen o`zining qarzga yoki kreditga olgan mablag`lari hisobidan tijorat, tadbirkorlik yoki savdo-sotiq ishlari bo`yicha faoliyat yuritadigan va uning natijasi uchun javobgarlikni o`z bo`yniga to`liq oladigan shaxs hisoblanadi. BIZNES ETIKET FANING ASOSIY 3TA TUSHUNCHASI Har bir fanning atama va tushunchalari mavjud bo`ladi. Xuddi shuningdek, biznes-etiket faniga ham oid tushunchalar mavjud. Ularni bilish va mazmuni- ni tushunish fan materiallarining talabalar tomonidan tez o`zlashtirishga imkon beradi. Biznes etiket fanining asosiy 3ta tushunchasi : biznes, biznesmen, etiket. ETIKET Etiket iborasi fransuzcha ‘’etiquette’’ so`zidan olingan bo`lib , tom ma`noda etiketka yoki birkani anglatadi. Keng ma`noda esa o`zini tutish ( odob-axloq) , xushmuomilalik qoidalari tushuniladi. Etiket qoidalari jamiyatning o`zgarishi bilan takomillashib boradi: vaqtning o`tishi bilan ularning ba`zi birlari eskirib, qo`llanishdan chiqadi , ularning o`rniga yangi axloq qoidalari paydo bo`ladi. ETIKET QOIDALARI VA ULARNING BIZNESMENLAR UCHUN AHAMIYATI 01 02 03 Odamlarning bir jamiyatda tinch-totuv yashashining va turli sohalarda muvaqqiyatli faoliyat ko`rsatishining asosida jamiyatda qabul qilingan urf-odat qoidalari yotadi. Bugungi kunda xar bir soha xodimlari uchun etiket qoidalari shakllangan. Xizmat turlari doiralarida xizmat etiketiga amal qilinadi. Xizmat etiketi xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat qiladigan xodimlarning yurish-turish , kiyinish qoidalarini o`z ichiga oladi. Biznes etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. Biznes etiket qoidalari biznesmen uchun juda katta ahamiyatga ega. Ularni o`rganib , egallab olish biznesmen uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, unga rioya qiladigan kishilarning faoliyati muvaqqiyatli bo`ladi. BIZNES ODOBI: Biznes odobi eng avvalo ijobiy tashqi ko`rinish, xushmuomilalik va insonlar bilan muloqot qila olish qobiliyatidan iborat. Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta`minlangan va doimo xalq nazarida bo`ladi. Shu sababli ham biznesmenlar o`zlari haqida ijobiy taassurot qoldirishga, hamkorlar va xalq oldida o`z mavqeyining ortib borishiga katta e`tibor berishlari lozim. Ijobiy taassurot qoldirish Biznesmen to`g`risidagi birinchi tasavvur qanday bo`lsa , uni ishi shunday ketadi: ijobiy bo`lsa – samarali , aksi bo`lsa samarasiz. Biznesmenlar to`g`risidagi 1- tasavvur shakllanishi uchun 15 sek kifoya. Bu jarayon ishingiz shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega. Biznesmenlar tashqi qiyofasiga qo`yilgan talablar Eng avvalo soch ajoyib imij shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Erkak biznesmenlarni sochlari kalta va soqollari olingan bo`lishi kerak. Sharqona etiket qoidalariga ko`ra soqol qo`yilgan holda ham biznes qilish mumkin Faqatgina yuziga ma`lum bir shakl berilgan bolishi lozim. Biznesmenlar ish kiyimlari Biznes sohasida to`plangan tajriba shuni ko`rsatadiki, aksariyat biznes korxonalarida maxsus ish kiyimlari joriy etiladi. Erkak biznesmen- lar uchun asosiy shaxsiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. Kostyum materialiga , rangiga , sifatiga va kiyilishiga qat`iy talablar qo`yiladi. E ` T I B O R I N G I Z U C H U N R A H M AT Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling