Biznes reja : Parrandachilik


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1759742
Bog'liq
Biznes reja Power point



BIZNES REJA : PARRANDACHILIK
FAKULTET: Iqtisodiyot
YO‘NALISH: Iqtisodiyot
GURUH: 301-guruh
TAYYORLOVCHI: Alijonov Behzodjon
QABUL QILUVCHI: Muhammad Xoliqulov


Reja:
1. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari. Litsenziyalash.
2. Biznes rejam haqida.
3. Biznes rejamni kelajakdagi yangiliklari va maqsadi.
4. Biznesni qulaylik va noqulaylik tomonlari. Xulosa.


1. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari. 
Litsenziyalash.
• Biznes g‘oyani puxta taxlil qilish.
• Ish boshlash uchun kerak bo‘ladigan resurslarni aniqlash. 
• Tashkilotga nom tanlash va statistika organlarida ushbu nomni tasdiqlatib olish.
• Xujjatlarni tayyorlash.
• Tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyasiga murojat qilish.
• Majburiy to‘lovlarni to‘lash.


2. Biznes rejam haqida.
Bilamizki xonaki tovuqlarni uy sharoitida boqib undan yaxshigina daromad olish mumkin.
1 ta xonaki tovuq kuniga 120-140 gr gacha bo‘lgan don bilan oziqlanadi. (0,13 kg*365=47,45 kg)
1 kg donning o’rtacha narxi 5000 so’m deb baholaydigan bo’lsak (5000*47,45=237250) 1 yilga 1 ta 
xonaki tovuq 237 250 so’mlik donni yer ekan. Xonaki tovuqlarni oddiy don bilan boqqan
taqdirimizda ham yiliga 220-230 ta gacha tuxum berishi fanda o’z isbotini topgan. (agar xonaki
tovuqlarga ham barcha vitaminlarni o’zida jamlagan yem tayyorlab bersak yiliga 270-280 ta) 
Hozirda tovuq tuxumlari narxi 1 500 so’m atrofida. Demak bizning tovuqlar oddiy don bilan
boqilganda o’rtacha 225 ta tuxum beradi deb hisoblaydigan bo’lsak, 225×1500=337 500 so’m. Bitta
xonaki tovuq bir yilga 337 500 so’mlik tuxum berar ekan. Ana endi biz tovuq yeydigan don pulini
ayirib tashlaymiz
337 500 – 237 250=100 250 so’m. Bitta xonaki tovuq yiliga 100 250 so’mlik
sof daromad berar ekan
.


DIAGRAMMA
41%
59%
1 ta tovuq
Xarajat
Daromad
41%
59%
100 ta tovuq 
Xarajat
Daromad


Agar biz 100 dona xonaki tovuq boqsak ulardan yiliga 10 025 000 so’mlik sof daromad olar ekanmiz. 
Endi 10 025 000 ming so’mni 12 oyga taqsimlaydigan bo’lsak. 10 025 000:12=835 416,7 so‘mni
tashkil qiladi. Bizning har oy tovuqlarning tuxumidan oladigan sof daromadimiz 835 416,7 so’mni
tashkil qilar ekan. Bu daromad hali hammasi emas. Biz tovuq nurisi(go’ngi)ni ham sotishimiz mumkin. 
Bilamiz tovuq go‘ngi qishloq xo‘jaligida ekinlar uchun juda foydali o‘g‘it hisoblanadi (azot mineral 
o’g’iti bilan teng).
Endi don masalasiga to’xtalsak. Tovuqlarga har doim ham bir xil don beradigan bo‘lsak yaxshi natija
bermasligi mumkin. Buning uchun bug’doy, makka, tariqni muntazam ravishda aralashtirib berib turish
kerak bo’ladi. Shuning uchun 100 kglik don tarkibida 40 kg bug’doy, 35 kg makka, 25 kg tariq bo’lish
kerak. Agar 100 ta tovuq 4745 kg don yesa demak bizga bir yilga 1898 kg bug’doy, 1660 kg makka, 
1187 kg kg tariq kerak bo‘ladi.
Keyingi asosiy masalalardan biri tovuqlar uchun joydir. 100 ta tovuqni yashashi uchun bo’yi 15metr, 
eni 2,5metr, balandligi 1,5metrlik bino kerak bo’ladi.


3. Biznes rejamni kelajakdagi yangiliklari va maqsadi.
• Biznes rejamning kelajakdagi maqsadlari bu biznesni kengaytirish, qo‘shni mamlakatlarga
eksport qilish va aholini sifatli, arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash; 
• Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, 
bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish; 
• Sohaga faol investitsiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan, parranda 
chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab
chiqarish; 
• Ilmiy-diagnostika laboratoriyalar tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt
aniqlash va oldini olish choralarini koʻrish; 


• Ozuqa bazasini kengaytirish, import oʻrnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab chiqarish;
• Parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan joriy va istiqboldagi
ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni taʼminlash.


4. Biznesni qulaylik va noqulaylik tomonlari. Xulosa.
Qulay taraflari
1. Aholini sifatli go‘sht va tuxum mahsulotlari bilan
ta’minlash.
2. Yangi ish o‘rinlari yaratish. Yani aholini bandligini
oshirish.
3. Mamlakat iqtisodiyotini ma’lum bir darajada
yaxshilash.
4. Sizningcha yana qanday yaxshi taraflari bor?
Kamchilik taraflari (qiyinchilik taraflari)
1. Kasallanishlar.
2. Parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash
darajasi past.
3. Parranda ozuqa bazasini yaratish, import o‘rnini
bosuvchi ozuqa mahsulotlarini o‘zimizda ishlab
chiqarish.
2. Sizningcha yana qanday noqulay taraflari bor?


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Document Outline

  • Слайд 1, Biznes reja : Parrandachilik 
  • Слайд 2, Reja: 
  • Слайд 3, 1. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari. Litsenziyalash. 
  • Слайд 4, 2. Biznes rejam haqida. 
  • Слайд 5, Diagramma
  • Слайд 6,
  • Слайд 7, 3. Biznes rejamni kelajakdagi yangiliklari va maqsadi. 
  • Слайд 8
  • Слайд 9, 4. Biznesni qulaylik va noqulaylik tomonlari. Xulosa. 
  • Слайд 10, E’tiboringiz uchun rahmat

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling