Biznes rejaning asoslanganligi va ishonchliligi


Download 26.73 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi26.73 Kb.

2-amaliy mashg`ulot(2soat)

Biznes rejaning asoslanganligi va ishonchliligi

Reja:


1. Biznes reja tuzishni boshqarish

2. Moddiy resurslar va ularni tejash

3. Rejalashtirilayotgan biznesni sugʻurtalash.

I.Darsning maqsadi: Talabalarga biznes rejani tuzishni boshqarish, moddiy resurslar va ularni tejash hamda rejalashtirilyotgan biznesni sug`urtalash haqida tushunchalar berish va amaliy topshiriqlar ishlash.

II.Darsning ta`minoti:

1. Linda Pinson. Anatomy of Business plan. 7 edition, eBook For Businessmen. Tastin California -2015/-373p.

2. Mike P. McKeever. How to write a business plan. California, 2019

3. Сергеев, А. А. Бизнес-планирование : учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / А. А. Сергеев. — 3-е изд., испр. и доп. — М. : Издательство Юрайт, 2018. — 463 с. — Серия: Бакалавр и магистр. Академический курс.

4. Шкурко В.Е., Никитина Н.Ю. Бизнес-планирование в предпринимательской деятельности: [учеб. пособие]. — Екатеринбург : Изд‑во Урал. ун-та, 2016. — 172 с.

5. Maxmudov E.X., Isoqov M.Yu. Biznеs - rеjalashtirish. O’quv qo’llanma. –T.: “IMPRESS MEDIA”, 2018, – 198 bеt.

6. Babayeva N., Raximova M., Xalimova M. Biznes reja tuzish bo‘yicha qo‘llanma. BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, 2012

7. Jo`rayev F. Qishloq xo`jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. Darslik. –T .: “Istiqlol”, 2004. – 344bet

www.lib.sbtsue.uz – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Samarqand filiali

elektron kutubxonasi


III. Darsning borishi:

1. Kirish

2. Amaliy mashg`ulot mazmunini tushuntirish

3. Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun topshiriqlar
Tayanch iboralar: Moddiy resurslar, asosiy vositalar, sug`urta,

tavakkalchilik, tavakkalchilik turlari.



Moddiy resurslar – iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo`lgan moddiy-ashyoviy ne`matlar yig`indisi, moddiy-ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslari. Moddiy resurslarga tabiiy boyliklar, materiallar, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar, asbob-uskuna va qurilmalar kiradi.

Asosiy vositalar(fondlar) – ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta qatnashib o`z qiymatini ishlab chiqariladigan mahsulotga asta-sekinlik bilan o`tkazadigan va bunda o`z shaklini yo`qotmaydigan vositalarga aytiladi. Bu vositalarni pul shaklidagi qiymati asosiy fondlar deyiladi. Ularga: binolar, inshootlar, uzatgichlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, ofis jihozlari, mahsuldor mollar, ishchi hayvonlar, ko`p yillik daraxtzor kabilar misol bo`ladi.

Aylanma vositalar – ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadigan, o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga to`liq o`tkazadigan va birlamchi holatini yo`qotadigan vositalardir. Ularga yoqilg`i-moylash materiallari, urug`lik, yem-xashak, mineral o`g`it, dori-darmonlar, maxsus kiyimlar misol bo`ladi.

Sug`urta – tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong`in va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar ro`y berishi natijasida ko`rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to`lash uchun maqsadli pul jamg`armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlar tizimi.

Tavakkalchilik – ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan noma`lum natijali vaziyat. Tavakkalchilikning huquqiy, ishlab chiqarish, moliyaviy, innovatsion va ijtimoiy tavakkalchilik turlari farqlanadi.
1-topshiriq. Biznesni rejalashtirish jarayonini boshqarishning nimalarga imkon berishi to`g`risida fikrlaringizni yozing.

  1. Korxona faoliyatining muayyan yoʻnalishlarini, maqsadli bozorlar va korxonaning ulardagi oʻrnini aniqlash;




  1. Korxonaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, shuningdek, ularga erishish taktika va strategiyalarini ifodalash. Tanlangan har bir strategiya uchun javobgarlarni belgilash;




  1. Korxonaning iqtisodiy holatini hamda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan mos keluvchi moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar holatini baholash;




  1. Iste’mol bozoriga chiqariluvchi mahsulot (ish, xizmat) hajmi va nomenklaturasini aniqlash hamda bir vaqtning oʻzida ularni yaratish va sotish xarajatlarini aniqlash;




  1. Qadrlarni tanlash, ularning belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga mos kelishini baholash, mos keluvchi har bir uchastkada qadrlar mehnati mahsuldorligini ragʻbatlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish;




  1. Biznes-rejani amalga oshirishga tuskinlik qilishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va «kuzga koʻrinmas» tusiklarni oldindan koʻra bilish.


2-topshiriq. Fermer xo`jaligi asosiy fondlari holatinining o`zgarishini tahlil qiling.

Jadvalda mashinalar uchunxarajatlar boshqalariga nisbattan ko'priq o'sganini ko'rishimiz mumkun bu esa fermer xo'jaligida ishlar avtomatlashtrilayotganidan dalolat ishchi kuchi talab qiladigan ishlarni avtomatlashtirish ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi



1-jadval

“Zamin” fermer xo`jaligida asosiy fondlar qiymatining o`zgarishi


T/r

Ko`rsatkichlar

2017 yil


2018yil


2018yilda 2017 yilga nisbatan o`zgarishi

Qiymati,

ming so`m



Salmog`i, %

Qiymati, ming so`m

Salmo-g`i, %

Miqdoriy,+/-

Nisbiy,

%


1

Bino

3571,5




3601,9




+30.4




2

Inshoot

624,8




723,2




+98.4




3

Uzatish moslamalari

16,8




19,4




+2.6




4

Mashina va uskunalar

2624,6




3722,1




+1097.5




5

Jihozlar

26,7




32,2




+5.5




6

Transport vositalari

913,3




1307,2




+393.9




7

Ko`p yillik o`simliklar

164,8




164,8




0




8

Boshqa asosiy vositalar

257,5




312,2




+54.7




Jami




100




100









3-Topshiriq. Ko’p tarmoqli fermer xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish quvvati va mahsulot sotish baholari berilgan. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi mahsulot turlari bo’yicha 2 yilda olingan kredit qiymatini qaytarishi lozim. Buning uchun xo‘jalik ikki yilda 35 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqarishi ko’zda tutilgan. Quyidagi berilgan jadvallar asosida tegishli hisob ishlarini bajaring va xo‘jalik mahsulot turlari bo’yicha qancha qiymatlik mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanligini hisoblab toping.

2-jadval

Ko`p tarmoqli fermer xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish dasturi

Mahsulot turi



1birlik mahsulot qiymati, so`m

Maksimal mahsulot ishlab chiqarish hajmi, dona

Ikki yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot taqsimoti

Birinchi yil

Ikkinchi yil

1-yarim yillik

2-yarim yillik

1-yarim yillik

2-yarim yillik

A

3700

1500

320

360

400

420

B

4200

1000

250

250

250

250

D

4360

1200

240

280

320

360

E

3920

800

150

250

150

250

F

4540

2000

500

500

500

500

G

4700

2400

500

600

600

700

Hiob-kitob jadvali



3-jadval

Ko`p tarmoqli fermer xo`jaligi ikki yil davomida ishlab chiqara oladigan mahsulot qiymati

Mahsulot turi



Ikki yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot qiymati, ming so`m

Birinchi yil

Ikkinchi yil

Jami

1-yarim yillik

2-yarim yillik

1-yarim yillik

2-yarim yillik

A

1184000

1332000

1480000

1554000

5550000

B

1050000

1050000

1050000

1050000

4200000

D

1046400

1220800

1395200

1596600

5232000

E

588000

980000

588000

980000

3136000

F

2270000

2270000

2270000

2270000

9080000

11280000

G

2350000

2820000

2820000

3290000

Qiymati jami

















4-topshiriq. Quyida keltirilgan ma`lumotlarga asoslanib investitsiya qilishdagi tavakkalchilik darajasini aniqlang. Qaysi bir variant maqbul ekani to`g`risidagi o`z fikringizni bildiring.250 mln sum invistitsiys qiymati qancha yuqori bulsa shuncha risk kam bo'ladi

4-jadval

T/r

Ko`rsatkichlar

O`lchov birligi

Investitsiya variantlari

1.

Jami mablag`lar qiymati

Mln. So`m

120

150

200

250

300

2.

Ehtimol qilingan foyda

Mln. So`m

110

135

180

200

215

3.

Ehtimol qilingan zarar

Mln. So`m

75

85

130

140

180

5-topshiriq. O`zingizni baholang. Moliyaviy tavakkalchilikka moyilmisiz?

5-jadval

No

Savollar va javoblar

Ball

1.

Siz TV-o`yinda g`olib chiqdingiz. Qanday yutuqni olgan bo`lardingiz?

a) 2000 so`m naqd pulni

b) 4ming so`mni yutishga umid bog`lab, 40 foizli yutuqni olardim

d) 10ming so`mni yutishga umid bog`lab, 20 foizli yutuqni olardim

e) 100ming so`mni yutishga umid bog`lab, 2 foizli yutuqni olardim





2.

Siz 5000 so`m yutqazdingiz. Yutqazgan pulingizni tiklash uchun 50 foizli umid bilan necha so`m tikkan bo`lardingiz?

a) hech narsa

b) 1000 so`m

d) 2500 so`m

e) 5000 so`m





3.

Siz aksiya sotib olganingizdan keyin uning kursi to`satdan 15 foizga oshdi. Siz nima qilgan bo`lardingiz?

a) aksiyani sotardim

b) qo`shimcha sotib olmasdan yoki sotib yubormasdan ushlab turar edim

d) yana aksiya sotib olar edim






4.

Sizdagi aksiyalarning kursi bir oydan so`ng tushib ketdi. Biroq, aksiyalarning nufuzi balandligicha qolgan. Siz nima qilgan bo`lar edingiz?

a) yana ko`proq yutqazmaslik uchun sotib yuboraman

b) shu aksiyalarni ushlab turaman va yana asl narxiga qaytishini kutaman

d) yana aksiya sotib olaman






5.

Yilning oxirida sizga ikki xil mukofotni tanlashingizga imkon berishdi. Siz qaysi birini tanlab olardingiz?

a) 150 000 so`mni

b) 50 foizli ishonchlilik darajasi bilan 15 foizli dividend beruvchi 150 000 so`mli aksiyani






6-topshiriq. Testlarni o`qing va to`g`ri javoblarni toping.

1. Tavakkalchilik – bu:

A) Resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi

B) Oqibatning yaxshi bo’lishiga umid

D) Noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olingan holda qilinadigan harakat menejer uchun tabiiy holat.

E) Omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi

2. Quyida qayd kilinganlarning qaysi biri sug’urta bilan bog’liq bo’lmagan xavf turiga kiradi:

A) Menejerning xatosi

B) Yuk tashish chog’ida buzilish yoki nobud bo’lish xavfi

D) Yong’in va boshqa ofatlar

E) Xodimning o’limi

3. Xo’jalikda yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlari, ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan moddiy tovarlarning qiymatining sug’urta to’lovi qanday tartibda amalga oshiriladi?

A) Ularning tannarxining 80% bahosida baholanadi

B) Ularning tannarxi bahosida baholanadi

D) Bozor bahosida baholanadi

E) Bozor bahosining 80% bahosida baholanadi

4. Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida mulkning nobud bo’lganligi yoki shikastlanganligi to’g’risida sug’urta bo’limiga necha kun ichida yozma ravishda xabar berishi lozim va sug’urta bo’limi xabarni necha kunda ko’rib chiqishi lozim?

A) 5 kun ichida yozma xabar beriladi va sug’urta bo’limi 7 kun ichida ko’rib chiqish lozim

B) 5 kun ichida yozma xabar beriladi va sug’urta bo’limi 10 kun ichida ko’rib chiqish lozim

D) 3 kun ichida yozma xabar beriladi va sug’urta bo’limi 7 kun ichida ko’rib chiqish lozim

E) 3 kun ichida yozma xabar beriladi va sug’urta bo’limi 5 kun ichida ko’rib chiqish lozim

5. Biznes rejaning loyiha varianti nima?

A) oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a`zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig`iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.

B) tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong`in va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar ro`y berishi natijasida ko`rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to`lash uchun maqsadli pul jamg`armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlar tizimi.

D) bunda o`tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o`z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi

E) korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o`z ichiga oluvchi xo`jalik faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi.

6. Bashorat turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang.

A) ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa turlari.

B) korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o`z ichiga oluvchi xo`jalik faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi.

D) bunda o`tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o`z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi.



E) resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi
IV.Topshiriqlarni talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, yo`l-yo`riq berish.

V.Amaliy mashg`ulot bo`yicha xulosa va takliflar.

VI.Savol-javoblar.

VII.Uyga vazifa
Download 26.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling