Bizning maqsadimiz Xattotlikda boshlang`ich dars sistemasi


Download 0.67 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1414459
Bog'liq
1 урок по каллиграфии для видео


Bizning maqsadimiz


Xattotlikda boshlang`ich dars sistemasi

1 saboq yozuv stolida qanday o`tirish kerakligi, o`zni qandat tutish kerakligi va qog`ozni qanday joylashtirish kerakligi va bular asli nega kerakligini tushintirish bo`ladi.


Yozuv sto`li avvalo nishabli (eski maktab partalari kabi qiya tushkan) bo`lishi kerak (22,5 daraja). Bu nega muhim? Degan savolga javob shuki, unday partalarda gavdani tik holatda tutib o`tirilishi va xozirgi partalar bilan solishtirganda ular bizga gavdani to`g`ri xolatda ushlab turishga qulaylik yaratib beradi.
Xattot eng avval o‘z o ‘tirgan holatini aniq his qilmog‘i, tanasini (qad ko'tarilib) egmasdan, ko‘z qirra nigohini yozish ashyosiga qaratib, ashyoning eng shimol chekka nuqtasi bilan eng quyi janub chekka nuqtasi, go'yoki alif shakli kabi diagonal holatni his ettirmog‘i lozim. Bosh va ko‘zlarni tutib tikish (o'tirishlikga nisbatan) xuddi ko‘krak qafasni o‘rtasidan teng ikki qismga ayirib turgandek anglanmog‘i zaruriy vaziyatdir. Yorug`lik partaga shimoli-g`arb (yuqori chap) tarafdan tushishi lozim. Tasavvurga olish uchun holat tasviriga nazar soling (ekranda qog`oz joylashishini tushintirib ko`rsatib berishkerak).
Avvalo bu holat gavda tekkis turishi va umurtqa azosiga zarar yetmasligiga yordam beradi. Partaning nishab holati qog`ozdagi yozuvni to`liq ko`rishga yordam berib ko`zlarga zarar yetmasligini muhofaza qiladi. Qog`oz 22,5 daraja qiya turishi ham gavdani tik holatda tutib yozayotkan hat maydonini to`liq ko`rib turishga va xattot o`ziga qulay tarzda ish olib borishiga yordam beradi.
Qog‘ozning shimol va janub qirra uchlari, o‘zan asosini qog‘ozning janub bilan sharq qirrasini katet deb faraz etilsa, xontaxta sirt chekkasini ufqiy 0 daraja deb hisobga olinsa, sharqdan janub nuqtasiga og'ish — nishablik yaqqol 22,5 daraja burchakni tashkil etadi. Ayni mana shu nishablikka parallel tarzda qalam siyoh sizadi. Bu holat tarzida harflar qog‘ozning shimol va janubini tutash etgan
shakliga rostlab, xatga olinadi. Bu tarzni ko‘z qirida kuzatib borilsa, xattot go‘yoki satr boshlash nuqtasidan shimolga qarab, yuqoriga intilayotgandek tuyuladi.
Qalamni ushlash xolati: Ko`rsatkich barmoq bilan qalamning usti ushlab uchinchi barmoqqa qo`yib (tayanch vazifasini bajaryapti) bosh barmoq bilan mustaxkamlanadi.

2 saboq shundan iboratki, biz oddiy to`g`ri chiziqlar chizib qo`limizni chiziqlarga ko`niktiramiz. Bu bizga yo`nalishni to`gri olishimizga yordam beradi. Kelajakda oppoq qog`ozda xechqanday xat maydonini belgilab ko`rsatib beruvchi to`g`ri chiziqlarsiz yo`nalishni tekkis ololishimizda yordam beradi. So`ng pastda ko`rsatilganidek hujayra kataklar ichida mashqlar bajaramiz. Bu mashqlar bizga Mushkfomda ishlashni o`rgatadi. Qaysi yo`nalishga qanday burilishni, qalamni qanday tutsak qanday shakillar kelib chiqishini vaho-kazo.





Bu mashqlarni oddiy qalamda mashq qilamiz. Qo`llarimiz shu mashqlarga ko`nikkandan so`ng pastda ko`rsatilganidek mushkfomda urinib bo`ramiz.







Bu barchasi boshlang`ich talimda juda qo`l keladi. Bu mashqlar yordamida yo`nalishni to`g`ri tutish va qo`limiz xarakat noqisligini bartaraf etishda juda katta yordam beradi.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling