Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida


Download 0.72 Mb.
bet1/6
Sana31.10.2020
Hajmi0.72 Mb.
#138998
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida


Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida



Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid tarixiy voqealar va qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Navbatdagi sahifamiz Bluetooth texnologiyasiga bag‘ishlanadi.

Bluetooth texnologiyasi xay-tek sohasi uchun nisbatan uzun tarixga ega. Mazkur simsiz texnologiya biznes-muhitda foydalanishda afzallikka ega, biroq kam tarqalgan standartdan boshlab, asta ommaviy segmentga joriy etilgan. Bugungi kun bozorida Bluetooth-interfeysga ega ko‘plab simsiz dinamiklar, naushniklar, manipulyatorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar mavjud. Standartning eng oxirgi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Bluetoothning sohada yanada mustahkam o‘rin egallashini tasdiqlovchi ko‘plab qiziqarli yangiliklar taqdim etilmoqda.

Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi



«Bluetooth’ning otasi» Yap Xarsten (Jaap Haarsten) bo‘lib, Ericsson kompaniyasida ishlagan davrida, ya’ni 1994-yildayoq, yangi texnologiyalarni ilgari sura boshlagandi. Yap Xarsten Bluetooth’ni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida eng yaqin qurilmagacha masofani aniqlashdagi funksiyasini aniqla­gan. Yap­ning fikriga ko‘ra, texnologiyalar zamonaviy olamda kom­munikatsiya va joylashgan joyni bilishning mujassam ilg‘or funksiyalarini yaratish uchun ajralmas shart bo‘lib hisoblanadi. Masalan, noutbugingizdagi nimanidir bosib chiqarishni xohlasangiz, qidiruv asosida bir necha qurilmani topishingiz mumkin, biroq bundan foyda kam bo‘ladi. Agar foydalanuvchi, masalan, 5 metr maso­fada printer mavjudligidan boxabar bo‘lsa, bu juda yaxshi natijadir.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling