Bmt kodeksida korrupsiyaga munosabat


Download 32.48 Kb.
bet1/2
Sana09.09.2022
Hajmi32.48 Kb.
#803416
  1   2
Bog'liq
BMT KODEKSIDA KORRUPSIYAGA MUNOSABAT
mustaqil ish Qurbonali Akramjonov, 39062, 5-mavzu. “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ning tasnifi va uni tuzish (1), Rus tili, Rus tili, O, Alpomish - Vikipediya, Alpomish - Vikipediya, Qidiruv tizimi - Vikipediya (1), Xorazm dostonchilik maktabi - Vikipediya, 4.11.02.02-Мактабгача таълим, 4.11.02.02-Мактабгача таълим, 2, Дастур хақида (Темир йўл), Pedagogik mahorat

BMT KODEKSIDA KORRUPSIYAGA MUNOSABAT
Reja:

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik

  2. Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvyensiyasi

  3. Bmttdning o‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish sohasida milliy va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro faoliyati.



Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik
Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti va barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib va uning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish va mamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko‘tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda va xalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik va hisobdorlik bo‘lishiga katta e’tibor berilgan. 1990 yilda BMT maxsus “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya” deb nomlangan rezolyutsiyasini qabul qilgan. 1996 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurash” rezolyutsiyasida davlatlarni korrupsiyaning xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jihatlariga, ayniqsa korporativ tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ro‘y beradigan noqonuniy bitimlarni jiddiy o‘rganib ko‘rishga chaqirgan. Bu to‘g‘risida BMTning «Xalqaro savdo operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi Deklaratsiyasi ham mavjud. BMT doirasida qabul qilingan 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksida davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi.

BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.


BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.


Dunyoda tobora katta nufuzga ega bo‘lib borayotgan Yevropa Ittifoqi tashkiloti ham bir necha yildirki korrupsiyaga faol qarshi chiqish bilan birga, bu borada halqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham harakat qilmoqda. U erishgan muhim yutuqlardan biri uning doirasida 1999 yilda Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi va Korrupsiya uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyalar qabul qilindi. Bu xalqaro hujjatlardan tashqari ushbu tashkilot doirasida ham qator amaliy chora-tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.


Korrupsiyaga qarshi kurashda nohukumat xalqaro tashkilotlar ichida Transperensi Interneyshnl (Transparency International) mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar faoliyatida bu illatga qarshi kurash borasida qator tashkiliy ishlar amalga oshirib kelmoqda. Tashkilot 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan. Tashkilotning asoschisi va raisi sobiq Jahon banki rahbariyatda faoliyat ko‘rsatgan Peter Aygen hisoblanadi. Peter Aygenning ilgari bunday yirik moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgani Transperensi Interneyshnlning dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aniqlashda va korrupsiya fenomeniga qarshi chiqishiga o‘ziga xos turtki bo‘lgan deyish mumkin. Transperensi Interneyshnl tashkiloti ko‘pchilik tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining fikricha korrupsiya sohasida ancha obro‘li ekspert takshilot sanaladi. Tashkilot bir necha yildirki dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligini monitoring qilib boradi. Monitoring natijalariga ko‘ra Transperensi Interneyshnl har yili korrupsiya indeksi deb nomlangan mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi o‘ziga xos reytingni nashr etadi. Bundan tashqari Transperensi Interneyshnl korrupsiyaga qarshi kurash jabhasidagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish bilan ham shug‘ullanadi. Ko‘pchilik ekspertlarning tan olishicha, ushbu tashkilot tomonidan e’lon qilinayotgan korrupsiya indeksi u yoki bu jamiyatning qanchalik «ifloslanganligini» aks ettiradi. Tashkilot biror bir mamlakatning korrupsiya indeksini aniqlash uchun, avvalo mamlakatdagi korrupsiyalashganlik haqida keng va ishonchli ma’lumotlar to‘playdi. Ma’lumotlar bir necha manbalardan olingandan so‘ng ular tahlil etiladi.


Jahon bankini dunyoda mamlakatlarning korrupsiyalashishiga qarshi yirik moliyaviy tashkilot sifatida baholash mumkin. Jahon banki mamlakatlar bilan aloqalarida ularning korrupsiyalashmaganligiga jiddiy e’tibor beradi. Unga kredit olish uchun murojaat etgan davlatlar korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan bo‘lsalar va olingan kredit pullarini maqsadga muvofiq ravishda ishlatish, mansabdor shaxslarning o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatmasligiga kafolat bera olsalar va bunga bankni ishontira olsalargina kredit olishga erishadi. Shu bilan birga, Jahon banki bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari ishlab chiqishiga va bu borada olib borayotgan siyosatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga moliyaviy yordam bermoqda. Hozirgacha ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlar, xususan sobiq sotsialistik tuzum ostida bo‘lgan mamlakatlarda Jahon banki ko‘magi ostida korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari amalga oshirilmoqda.


Jahon banki rahbariyati tomonidan iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar uchun kompleks taraqqiyot Konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning maqsadlaridan biri sifatida korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash belgilangan edi. Kompleks taraqqiyot Konsepsiyasining maqsadlari quyidagilardir: a) mansabdor shaxslari tegishli tayyorgarlikka ega va yetarli darajada ish haqi oluvchi, yaxshi tashkil etilgan va tuzilgan Hukumat; b) aniq qonunchilik va hamma uchun tushunarli bo‘lgan tartibga soluvchi tizim; v) korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash; g) samarali huquqiy va sud tizimi; d) to‘g‘ri tashkil etilgan va tartibga solib turiladigan moliyaviy tizim, shuningdek ye) umummaqbul ijtimoiy ta’minot tizimi. (Jeyms Vulfenson «Transformatsiya» Iyun 1999, №3).


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) quyidagi bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilinsin:


1) Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilangan»;
2) Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi shuni bayon qiladiki, 15—19, 21, 22-moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmishlardir va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi»;
3) Konvensiya 44-moddasining 6-bandi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining «a» kichik bandiga muvofiq shuni bildiradiki, u ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning boshqa Ishtirokchi-davlatlari bilan o‘zarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida foydalanadi»;
4) Konvensiyaning 46-moddasi bo‘yicha:
a) 13-band. «O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslarni olish va bajarish yoki bunday iltimoslarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga yuborishga javobgar bo‘lgan markaziy organdir»;
b) 14-band. «O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi iltimoslarni yuborishda o‘zbek, rus va ingliz tillari maqbul tillar sifatida belgilangan»;
5) Konvensiyaning 66-moddasi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 66-moddasining 3-bandiga muvofiq shuni bayon qiladiki, u o‘zini Konvensiya 66-moddasi 2-bandining qoidalariga bog‘liq deb hisoblamaydi».
Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%iga teng demakdir. Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra esa, korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga - ya’ni 12 mlrd AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda butun jahonda toza ichimlik suvi va sanitariyani ta’minlashga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan.
O‘zbekistonda barcha darajalarda korrupsiyaga qarshi kurash ketmoqda, shuning jumlasiga mamlakatning korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasiga qo‘shilganligini aytib o‘tish mumkin. O‘zbekiston bu Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi paytda dunyoning 177 mamlakati ushbu Konvensiya ishtirokchilaridir. Konvensiyaning maqsadlari sifatida korrupsiyaning oldini olishda samaraliroq va natijaga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlashga ko‘maklashish, jumladan, aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish, halollik va pora olmaslik, mas’uliyatni, shuningdek, davlat ishlari va davlat mulkini tegishli tartibda boshqarishni rag‘batlantirish kabilarni keltirish mumkin.
O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorlar bilan davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish sohasida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi. BMTTDning takliflari 2015 yil uchun korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha majmuaviy rejaning ishlab chiqilishida aks etgan.
Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek, xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat majburiyatlarining  va  korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasini bajarilishini o’rganuvchi missiyaning tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, BMTTD O‘zbekistondagi BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) bilan hamkorlikda Bosh prokuraturada mamlakatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tushuntirish, tadbirkorlikni mansabni suiiste’mol qilish va buyruqbozlik to‘siqlaridan himoyalash, prokuratura organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligiga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazishni tashkil qilmoqda. Bu chora-tadbirlar korrupsiya muammolari va korrupsiyaning oldini olish va u bilan kurashishda Konvensiyaning rolini tushunishni chuqurlashtirish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va har yili 9 dekabrda nishonlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni doirasida amalga oshirilmoqda. 2003 yilning ayni shu kuni Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi imzolash uchun ochilgan edi.
Jahon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar. Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (#breakthechain – bu yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi, inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng yoritilmoqda.
#breakthechain kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni hisoblanadi.
O‘zbekistonda BMTTD davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish sohasida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu ustuvor jihatlar BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (UNDAF)da O‘zbekiston Hukumati bilan birgalikda belgilanib, kelishib olingan.


Download 32.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling