Bob. Bolalar kasalliklar


Raxit sabablari. Patogenezi


Download 0.95 Mb.
bet21/93
Sana09.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#803484
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Bog'liq
Pediatriya
talim tarbiya, 3.Аграр фани, 6-ma'ruza, 1, 1-mavzu, SEMENAR 1, kitob, kitob, SEMENAR 4, SEMENAR 3, EKOLOGIYA To\'ychiyeva Andijon-2010, Cillаb.suv.(тайёр)-2022, MARUZA 3, MARUZA 5, 8-mavzu (3)
Raxit sabablari. Patogenezi.
Raxit birinchi bo’lib XVII asrda Angliyada o’rganilgan. O’sha vaqtlarda uning sabablari aniq emas edi, lekin kasallikning paydo bo’lishigada insolyasiyaning yetishmasligi ahamiyatga egaligiga e'tibor berilgan. XX asrning 30-yillarida vitamin D topilgan. Shu vaqtda ultrabinafsha nurlanish sintezi terida yuzaga kelishi ham aniqlangan. Ko’p yillar mobaynida raxitning asosiy sababi vitamin D tanqisligi deb hisoblangan. Lekin oxirgi yillarda qonda vitamin D metabolitlari konsentrasiyasini aniqlash imkoniyati paydo bo’lgandan song D gipovitaminozi raxit rivojlanishi sabablaridan faqat biri ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda raxitning yetakchi sababi fosfatlar va kalsiy tuzlarining yetishmasligi, lekin bunda gipokalsiemiyaga qaraganda gipofosfatemiya ko’proq uchrashi va katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
Erta yoshdagi bolalarda fosfat va kalsiy tuzlarining tanqisligi sabablari quyidagilar:
- Chala tug’ilish (homilaga kalsiy va fosfor tushishi homiladorlikning oxirgi oylarida ko’payadi)
- Noto’g’ri ovqatlantirish natijasida kalsiy va fosforni yetarli darajada organizmga tushmasligi
- Intensiv o'sish davrida minerallarga bo’lgan talabning yuqoriligi (raxit -o’sayotgan organizm kasalligi)
- Oshqozon - ichak trakti, buyrak, suyaklar orqali fosfor va kalsiy transportining buzilishi, buning sababi organlar patologiyasi yoki ferment sistemasining yaxshi rivojlanmaganligidir.
- Nomuvofiq ekologik sharoit (organizmda xrom, stronsiy to’planishi, temir, magniy tanqisligi)
- Irsiy moyillik (misol uchun, o’g’il bolalar qiz bolalarga qaraganda, raxitni og’ir o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar ko’proq kasallanadi)
- Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi funksiyasining buzilishi)
- Ekzo- va endogen vitamin D tanqislikligi.
Vitamin D ning organizmdagi almashinuvi juda murakkab jarayon. Vitamin D ning boshlang’ich shakllari - organizmga ovqat bilan tushuvchi ergokalsiferrol (vitamin D2) va xolekalsiferol (vitamin D3) (vitamin D3 shuningdek, terida UBN ta'sirida ham hosil bo´ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Vitamin D ning oraliq metabolit shakl 25-gidroxolekalsiferrolga o’tishi bilan kechuvchi birinchi gidroksillanishi jigarda yuzaga keladi. 25-gidroxolekalsiferrol birlamchi shakllarga qaraganda 1,5 - 2 marta faoldir. Keyin 25-gidroxolekalsiferrolning buyrakka transporti vujudga keladi, u yana gidroksillanishga uchraydi va 1,25 -digidroxolekalsiferrol hamda 24-25-digidroxolekalsiferrol deb omlanuvchi aktiv gormonga o’xshash metabolitga aylanadi. Ushbu metabolitlar qalqonsimon bez gormonlari bilan fosfor-kalsiy almashinuvida ishtirok etadi.
Vitamin D ekzogen tanqislikligidan tashqari, ichak funksiyasining tug’ma va orttirilgan buzilishi (turli xil malabsorbsiyalar), jigar, buyrak, vitamin D metabolizmining nasliy defekti ham ahamiyatga ega. XX-asrning 80-yillarida qonda vitamin D metabolitlarining aniqlanishi organizmning bu vitamin bilan haqiqiy ta'minlanishini aniqlab berdi. Shunisi ajablanarliki ko’p homilador, tuqqan ayollarda, erta yoshdagi bolalarda raxitning turli xil klinik va bioximik belgilari bo’lishiga qaramay, gipovitaminoz D aniqlanmagan. Bu esa o’z navbatida raxit va gipovitaminoz D bir tushuncha emasligiga asos bo´ladi. Gipovitaminoz vitamin D ichgan yoki ichmagan bolalarda bir xilda uchraydi. Bundan tashqari, gipovitaminoz D har doim ham fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi bilan kechmaydi. Klassik gipovitaminoz D qonda fosforni normal miqdori bilan kechadi, tipik raxit - bu gipofosfatemiya. Raxit bilan kasallangan bolalarning 15-20%da qonda vitamin D etabolitlari pasayishi aniqlangan. Raxit bu kasallik emas, balki, o'tuvchi, chegaradosh, tanqislik holat - diatezdir. Raxitning "fiziologik asosi" bo’lib, bola hayotining birinchi yilida suyak to'qimasining 75-80% intensiv remodellashuvi va suyak tuzilishining elektrostatik boshqarilishini buzuvchi majburiy gipokineziya hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, qonda fosfor va kalsiy miqdorini ba'zi gormonlar ham boshqaradi.
Raxitda paratgormon miqdori oshadi, u buyrak kanalchalarida fosfatlar reabsorbsiyasini kamaytiradi, bir vaqtning o’zida buyrakda vitamin D ning gidroksillanishini, ichakda kalsiy so’rilishini va suyakdan kalsiy rezorbsiyasini kuchaytiradi va shu yo’l bilan gipokalsiemiyani bartaraf qiladi. Shuningdek qalqonsimon bez aktivligi o’zgarishi, chunki kalsitonin kalsiyning suyakka o’tishini va vitamin D ning kam aktiv shaklini yuqori aktiv shaklga o’tishini kuchaytiradi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling