Bob: Milliy iqtisodiyotning rivojlantirishda investitsiyalarning ahamiyati


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2020
Hajmi1.14 Mb.
#120234
  1   2   3   4   5
Bog'liq
koreya respublikasining investitsion siyosati xususiyati va investitsion faoliyatining zamonaviy holati tahlili


REJA:

Bet


Kirish...................................................................................................................................

4

1-Bob: Milliy iqtisodiyotning rivojlantirishda investitsiyalarning ahamiyati

1.1. Investitsiyalar va investitsiya siyosatining nazariy asoslari…………………………...

11

1.2. Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar……………………………………..



14

2-Bob: Koreya Respublikasining investitsion siyosati xususiyati va investitsion faoliyatining

zamonaviy holati tahlili

2.1. Koreya Respublikasida Investitsion muhitning xususiyatlari…………………………

32

2.2. Koreya Respublikasida Investitsion faoliyat turlari va uning mamlakat rivojlanishiga



ta’siri……………………………………………………………………………………….

37

2.3. Koreya Respublikasida tashqi va ichki investitsiyalarning sanoatni rivojlantirishdagi



o’rni………………………………………………………………………………………...

39

3-BobKoreya va O’zbekiston Respublikasi investitsion hamkorligi va uning istiqbollari

3.1. Koreya Respublikasi investitsiyalarini O’zbekistonga jalb etish yo’nalishlari………..

48

3.2. O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining investitsion hamkorligi va



rivojlantirish istiqbollari……………………………………………………………………

55

Xulosa……………………………………………………………………………………...



57

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………...

60


4

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan

dastlabki yillardan boshlab, iqtisodiyot rivojlanishiga, investitsiyalar jalb etishga

katta e’tibor qaratildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston

buyuk kelajak sari deb nomlangan kitoblarida quyidagi fikrlari keltirilgan edi:

“Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish – islohotlar strategiyasining

juda muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishining qayta qurilishning belgilangan

yo’nalishlari, eksport imkoniyatining kengaytirilishiga baqquvat investitsiya

siyosatini o’tkazish yo’li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o’z

sarmoyalarimizni ham, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini

ishga solish zarur”

1

.

Bozor munosabatlariga o’tish mamlakatimiz iqtisodiyotining makro va



mikro darajalarida xilma-xil yangi faoliyat turlarini vujudga kelishiga va ularni

rivojlanishiga asos soldi. Shunda faoliyat turlaridan biri bo’lib, jumladan

investitsiya faoliyati hisoblanadi.

Maqbul invеstitsiya muhitini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiyot

tarmoqlarini yanada erkinlashtirishga, ular o’rtasidagi raqobat muhitini

takomillashtirishga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, tashqi iqtisodiy

aloqalarni kеngaytirishga, ishchi kuchi malakasini oshirishga va ular bandligini

ta'minlashga judda katta ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Hozirgi kunda dunyodagi eng yirik 20 iqtisodiyotning biri bo’gan Koreya

Respublikasi ham o’zining iqtisodiyotini rivojlantirish yo’lida ichki va tashqi

investitsiyalardan samarali foydalangan.  Birgina, 2010 yilda Koreya

Respublikasiga kiritilgan chet el investitsiyalar hajmi 13 milliard AQSH dollarini

tashkil etgan.

2

1



I.A. Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent: “O’zbekiston”.1998. 392 bet.

2

www.koreainvest.co.kr



 – Годовой статистический очёт

5

Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi, qo`shimcha ish joylari yaratish, ishlab

chiqarilgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishda, shuningdek zamonaviy

texnologiyalar rivojlanishida katta ahmiyatga ega bo`lgan xorijiy investitsiyalarni

mamlakatga jalb qilish masalasiga Koreya Respublikasi juda katta ahamiyat

beradi.


Korеya Rеspublikasi hukumati rivojlanishning yangi modеlini taklif etdi, bu

o`z ichiga ish amaliyoti sifatini oshirishdan, xalqaro standartlargacha olib chiqish,

mеhnat rеsurslari va tеxnologiyalarni  rivojlantirish va institutsion tizimning

samarasini oshirishdan iborat. Mamlakat rahbariyati islohatlar yo`lidan bormoqda

va kеlgusida ham moliya va korporativ sеktorda tizimni yangilash ishlarini olib

borish tarafdoridir, shu bilan bir vaqtda, iqtisodiy o`sishni ta’minlovchi egiluvchan

makroiqtisodiy siyosatni  amalga oshirib kеlmoqda. Korеya Rеspublikasining

maqsadi, o`tmishga ildiz otgan muammolarni hal etib, XXI asrga  mos kеluvchi,

rivojlangan iqtisodiyotli iqtisodiy tizim tuzishdan iborat.

Shunga muvofiq, 2012 yil mart oyida Koreya Respublikasiga kiritilgan

investitsiyalar hajmi 1 milliard 535 million AQSH dollariga o’sib va jami 75

milliard 479 million AQSH dollarini tashkil etgan.

1

Koreya resp iqtisodiy rivojlanishiga asosiy investitsiya kiritgan mamlakatlar



AQSH, Yaponiya, Yevropa hamjamiyati, Xitoy, Singapur va boshqalar. Ushbu

mamlakatlar investitsiyalari industrial model qurish imkoniyatini yaratib, kelajakda

Koreya Respublikasining yetakchi mamlakatlar qatoriga olib chiqdi.

Keyingi yillarda, 80-yillardan boshlab, Koreya Respublikasining o’zi

investor sifatida ko’p mamlakatlarga o’z investitsiyalarini kiritmoqda. Ushbu

investitsiyalar to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hisoblanib, yirik loyihalarga,

transmilliy kompaniyalarni rivojlantirishda, boshqa mamlakatlarda qo’shma

korxonalar yaratishga va boshqa mamlakatlarni yuqori darajali texnologiyalar bilan

ta’minlashga investitsiyalarini kiritib bormoqda.

1

www.Polpred.com



 – Обзор ИнНоСМИ

6

Ayniqsa, Koreya Respublikasi, bugungi kunda, O’zbekistonning teng

huquqli sherigi hisoblanib, O’zbekistonning yetakchi sohalarini rivojlantirishda,

yuqori darajali texnologiyalarni joriy qilish uchun  investitsiyalarini kirg’izmoqda.

O’zbekiston Respublikasida Koreya Respublikasidan jalb qilinayotgan

investitsiyalar yordamida “Jeneral Motors Pavertreyn O’zbekiston” qo’shma

korxonasida avtomobil dvigatellarini, “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida

energiya tejovchi lampalar, “Samsung” rusumidagi kir yuvish mashinalari,  “NEO

Sanlayt” qo’shma korxonasida maishiy gaz plitalari, sovutgichlar, “Rav Ekspress”

(Toshkents hahri) mas’uliyati cheklangan jamiyatida maishiy elektrtexnika uchun

tozalagich mis trubkalar, “Vayt Meshin Teknoloji” (Nukus shahri) qo’shma

korxonasida maishiy elektr chang yutgichlar, "Avtosanoatplast" (Chust shahri)

mas’uliyati cheklangan jamiyatida avtomobillar uchun injeksion quyish uslubi

yordamida plastik detallar, avtomobillar uchun rezina zichlagichlar (Andijon

shahri), "O’zkabel" ochiq aksiyadorlik jamiyati qo’shma korxonasi va

“Andijonkabel" qo’shma korxonasida yangi turdagi kabel-o’tkazgich mahsulotlar,

"O’zmetkombinat" ochiq aksiyadorlik jamiyatida elektr uzatmalar uchun ko’p

funksiyali energiya tejovchi qurilmalar, avtomobil simlari, diodli yorug’lik

lampalari, kosmetika mahsulotlari, gigiyena vositalari (‘Navoiy" erkin industrial-

iqtisodiy zonasi) va boshqa qator mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha yangi

yuqori texnologik quvvatlar ishga tushirildi.

2010-yilda O’zbekiston va Koreya Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama

savdo hajmi ham sezilarli darajada o’sdi. 2009-yilda ikki davlat o’rtasidagi tashqi

savdo aylanmasi 1,228 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, o’tgan yilda

bu ko’rsatkich 1,615 milliard AQSH dollarni tashkil qildi.

1

Ivestitsion faoliyat olib borishda Koreya Respublikasi nafaqat o’z



iqtisodiyotiga jalb qilib, balki boshqa mamlakatlarga ham investitsiyalar

kiritmoqda.

1

 Официальный сайт Министерства внешних экономических связей,инвестиций и торговли Республики



Узбекистан.

http://mfer.uz/



7

2009 yilda koreys investitsiyalarining eng yirik qabul qiluvchilari  AQSH

(4,94 milliard doll.), Xitoy (3,83 milliard doll.), Gongkong (2,49 milliard doll.),

V’etnam (1,35 milliard doll.), Gollandiya (649,3 million doll.), Avstraliya (579,2

million doll.), Indoneziya (535,7 million doll.), Singapur (522,6 million doll.)

bo’lgan.


1980 yildan 2010 yilgacha bo’lgan Koreya Respublikasining tashqi

investitsiyalari hajmi 142,1 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Ularni

mintaqalar bo’yicha quyidagi ko’rinishda taqsimlash mumkin:

Osiyoga 66,54 milliard AQSH dollari – chunki, bu mintaqada Koreya

Respublikasining yirik moliyaviy  hamkorlari sanaladigan Xitoy Xalq Respublikasi,

Yaponiya, Gongkong bo’lib, shuningdek, asosan tabiiy resurslardan foidalangan

holda ishlab chiqarish sohasi bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan

moliyaviy hamkorligi asosiy o’rin tutadi.

Yaqin Sharqqa 21,6 milliard, Shimoliy Amerikaga 37,28 milliard,

Yevropaga 20,28 milliard, Markaziy va Janubiy Amerikaga 10,12 milliard, Afrika

va Okeaniyaga 5,28 milliard AQSH dollari miqdorida to’g’ri keladi. Bu yerda ham

sohalar bo’yicha taqsimlanishini ko’radigan bo’lsak, Koreyaning to’g’ridan to’g’ri

investitsiyalari, asosan, ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, qazib chiqarish,

moliya, ko’chmas mulk va hizmat ko’rsatish sohasiga to’g’ri keladi.

So’ngi ikki yildan beri Koreya Respublikasi V’etnam iqtisodiyotining yirik

investori hisoblanadi. 2011 yilga qadar Koreya Respublikasi V’etnamga 1 milliard

AQSH dollari miqdorida iqtisodiy yordam ko’rsatdi. Hozirgida Koreyaning

qurilish korxonalari V’etnamda 70ga yaqin loyihalarni amalga oshirishmoqda va

ularning umumiy qiymati 14 milliard AQSH dollari tashkil etadi. Buga 2008 yilda

Koreya hukumati tomonidan qurilish kompaniyalarni qo’llab quvvatlash fondining

tashkil etilishi sabab bo’ldi. Ushbu fond hajmi 1,9 milliard AQSH dollarini tashkil


8

etib, u koreys qurilish korxonalarining chet eldagi loyihalarni qo’lga kiritishlariga

yordam berishdan iboratdir.

1

Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarga ko’ra bugungi kunda Koreya Respublikasi



faol investitsion faoliyat olib bormoqda va ushbu tanlangan mavzuning dolzarb

deb ko’rsatish mumkin.

Malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi ushbu ishning oldiga maqsad qilib,

Koreya Respublikasini olib borayotgan investitsion faoliyatini tahlil qilib unga

baho berish maqsadi qo’yilgan. Maqsadga asosan, ishda birqator masalalar qo’yilib,

ular muvoffaqiyatli yechild.

Ular qatorida milliy iqtisodiyotning rivojlantirishda invest faoliyatni tutgan

o’rni ko’rsatilib, ularning milliy iqtisodiyotda va sohalarda ishlatilish jarayoni

ko’rib chiqildi.

- Koreya respub invest siyosatining asosiy hususiyatlari belgilanib investitsion

faoliyatning zamonaviy holati tahlil qilindi.

- Koreya respublikasi va o’zbekiston o’rtasidagi yirik investitsion loyihalar va

“Navoiy” erkin industrial hududidagi faoliyatlar tahlil qilindi.

- Koreya respublikasi va o’zbekiston o’rtasidagi investitsion hamkorlikka

baho berib uning istiqbollari aniqlandi.

Ushbu masalalarni yechish uchun ishning strukturasi qo’ygan maqsad va

vazifalarga binoan tuzilgan, va u kirish, 3 bob, 6ta paragraf hulosa

adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.



Muammoning o’rganilganlik darajasi. Maqbul invеstitsiya muhitini

shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari xorijiy mamlakatlar iqtisodchi

olimlarining izlanishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, jumladan, Gitman L.Dj.,

Drukеr P.F., Xiks Dj.R., Shumpеtеr Y. tadqiqotlarini alohida ta'kidlab o’tish

mumkin.

Invеstitsiya muhiti, uni tahlil etish va baholash masalalari bir qator MDH



1

www.polpred.com

 - Обзор ИнНоСМИ, данные от МИД РФ


9

iqtisodchi olimlarining ilmiy izlanishlarida o’z ifodasini topgan. Ular qatoriga

quyidagilar kiradi: Anshin V.M., Bulo`chеv G.A., Glazеv S.Yu., Еvstratov S.I.,

Еsipov V.Е., Ivanchеnko V.A., Kasatkin K., Kozlov N., Komarov V., Kondratеv

N.D., Nurlanova N., Simoniya N., Chеrnyavskiy A. va boshqalar.

O’zbеkistonlik iqtisodchi olimlar Iminov T.K., Isajonov A., Iskandarov I.I.,

Kokurin D.I., Nodirxonov U., Rasulеv A.F., Sirojiddinov N., G’ulomov S.S.,

Sharifxo’jaеv M.Sh., Hikmatov O.X., Yusupova N.M., Yuldashеv Sh.G. va

boshqalar invеstitsiya munosabatlarining ba'zi yo’nalishlari bo’yicha alohida

tadqiqotlar olib borganlar.

Koreya Respublikasi iqtisodiyotida investitsiya faoliyat va investitsion

jarayonlarni tahlil qilish va baholash masalalarida quyidagi koreyalik iqtisodchi

olimlarni takidlashimiz mumkin: Lyu Su An, Gim An Ho, Ve Yon Ho, Kim Wan–

Soon, Seungjin Kim, N. Choi, Y.J. Chang va boshqalar.



Bitiruv malakaviy ishining manba’lari bo’lib O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,

horijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha asarlari, horijiy va mamlakatimizning

iqtisodchi olimlarining horijiy investitsiya masalalariga bag’ishlangan maqolalari,

ma’ruzalari, ilmiy ishlari; Koreya Respublikasining ushbu masalalar bilan

shug’ullanuvchi tashkilotlari, hisobotlari va statistik ma’lumotlari xizmat qilgan.



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Koreya Respublikasining olib

borayotgan investitsion faoliyatini o’rganib O’zbekiston Respublikasi

iqtisodiyotiga jalb qilish yo’nalish va usullarini o’rganishdan iborat.

Ushbu maqsadga bog’liq holda bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar

hal etilgan.

· Milliy iqtisodiyot rivojlantirishda investitsiyalarning

ahamiyatini o’rganish

· Koreya Respublikasining investitsion siyosati xususiyati va

investitsion faoliyatining zamonaviy holati tahlil qilish


10

· Koreya va O’zbekiston Respublikasi investitsion hamkorligi

va uning istiqbollari o’rganish

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ishda tahlil qilingan milliy

iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha Koreya Respublikasi

tajribasi bayon etilgan materiallardan oily ta’lim tizimida “Jahon iqtisodiyoti”,

“Horijiy mamlakatlar iqtisodiyoti” fanini o’qitishda foydalanilsa bo’ladi.



Malakaviy ishining tuzilishi. Mazkur ish kirish, uch bob, xulosa va

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



11

I-BOB: Milliy iqtisodiyotning rivojlantirishda investitsiyalarning ahamiyati

1.1. Investitsiyalar va investitsiya siyosatining nazariy asoslari.

«Invеstitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kеlib chiqqan bo’lib



«qo’yish»«ma’lag’ni safarbar etish»«kapital qo’yilmasi» ma’nosini bеradi.

Kеng ma’noda invеstitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida

kapitalni safarbar etishni bildiradi.

1

 Ko’pgina hollarda «invеstitsiya» tushunchasi



iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’еktlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy

nе’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Invеstitsiya dеganda

barcha turdagi milliy va intеlеktual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati

ob’еktlariga yo’naltirilib daromad kеltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi

zarur. Invеstitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy

samaraga erishishdir.



Invеstitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab

chiharish quvvatlarini kеngaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishi.

U pul mablag’lari, bank krеditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qoqozlar

ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi invеstitsiya nominal



invеstitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan invеstitsion

rеsurslar rеal invеstitsiya dеyiladi.

Invеstitsiyalarni ro’yobga chiharish bo’yicha amaliy harakatlar invеstitsion faoliyat

dеb atalib, u quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

- invеstorlarning o’z moliyaviy rеsurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul

jamg’armalari va h.k.);

- harz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank krеditlari);

- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar,

jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

1

 O’zbekiston Respublikasi Milliy Ensiklopediyasi



12

- davlat byudjеti mablag’lari;

- chеt elliklar mablag’lari.

1.1.1. Jadval

Invatsion faoliyatni amalga oshirish manbaalari

Manba: ma’lumotlar asosida muallif tarafidan tuzildi.

Mamlakatimizda inqirozga harshi choralar dasturini amalga oshirishda

invеstitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan

iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modеrnizatsiya qilish, texnik va

texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va

ijtimoiy infratuzilma ob’еktlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga

aylandi

Ta’kidlanganidеk, mamlakatimizda invеstitsiyalarni jalb etishda avvalo ichki



manbalarni safarbar etish asosida yo’lga qo’yilmoqda. Bu yangi ishlab chiharishni

tashkil etish yoki mavjud ishlab chiharish quvvatlarini yanada kеngaytirishda

invеstorlarning o’z moliyaviy rеsurslari – korxona foydasi, amortizatsiya

ajratmalari, pul jamharmalari va boshqalardan kеngroq foydalanish zarurligini



13

anglatadi. Chunki, ichki manbalarning to’liq safarbar etilishi, bir tomondan,

mavjud iqtisodiy rеsurslardan tеjamli va oqilona foydalanishni ta’minlasa, boshqa

tomondan, invеstitsiyalarning samaradorligini oshiradi.

Mamlakat miqyosidagi invеstitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish

maqsadida invеstitsiya dasturi ishlab chiqiladi.



1.1.2.  Jadval

Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishning ustuvor

yo’nalishlari

1

1

 I.A.Karimov – 2011 yil yakunlari va 2012 yil uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarni belgilash to'g'risidagi



Vazirlar Mahkamasida qilingan ma'ruza

14

1.2. Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar.

Invеstitsiya dasturi – rеspublika iqtisodiyotini barharor va tadrijiy rivojlantirishga

erishishga, tabiiy, minеral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mеhnat rеsurslaridan

oqilona foydalanish yo’li bilan rеspublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini

tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va stratеgik vazifalarini amalga

oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro boqlangan chora-tadbirlar komplеksi.

Invеstitsiya muhiti – invеstitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini

bеlgilab bеruvchi ijtimoiy iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmuyi.



Invеstorlar – xususiy va harzga olingan mulkiy va intеllеktual qiymatlarni

sarflash haqida haror qabul qiluvchi invеstitsiya faoliyati sub’еktlari. Invеstorlar

ob’еktlar va invеstitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish

huquqiga ega bo’ladi. Invеstorlar krеditorlar va haridorlar rolini bajarishlari,

shuningdеk invеstitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini

bajarishlari mumkin. Odatda invеstorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan

sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va

invеstitsiya aktining boshqa tomonlari bilan – kontraktor, hukumat organlari,

pirovard mahsulot ishlab chiharuvchilar va shu mahsulotning istе’molchilari bilan

hisob kitoblarni amalga oshiradilar.

Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar o’rtasidagi investitsiya uchun avj

olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini ko’rib

o’tish zarur. Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yo’nalganligi,

shuningdek ularning real hajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi.



1.2.1. Jadval

Investitsion risk

(Manba: Y.K. Qoriеva, I.U.Nеmatov “Xorijiy invеstitsiyalar” fani bo’yicha ta'lim tеxnologiyasi.)



15

1.2.2. Jadval

Investitsiya muhitini tashkil etuvchilar

1

Invеstitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo’ljallangan

loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko’zda tutilgan mablag’lar

qiymati hududlar va tarmoqlar bo’yicha aks ettiriladi. Invеstitsiya dasturlari uzoq

muddatga mo’ljallangan bo’lib, unda har bir yil uchun mo’ljallangan chora-

tadbirlar alohida ifodalangan bo’ladi.

Shuningdеk, mamlakatimizda texnik modеrnizatsiyalash bo’yicha tarmoq

dasturlari ham  ishlab chiqilib, ularda iqtisodiyotimizning yеtakchi tarmoqlarini

tеxnik va tеxnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiharishning zamonaviy

1

Y.K. Qoriеva, I.U.Nеmatov “Xorijiy invеstitsiyalar” fani bo’yicha ta'lim tеxnologiyasi.



16

andozalariga o’tish, tеjamkor va samarali tеxnologiyalarni qo’llash kabi chora-

tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi.

Jumladan, mamlakatimizda 2009-2014 yillarga mo’ljallangan ishlab

chiharishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik qayta qurollantirish bo’yicha

muhim loyihalarni amalga oshirish choralari dasturi umumiy qiymati 42,51

milliard doll.dan iborat 852 ta invеstitsiya loyihasini o’z ichiga oladi.

1

 2009 yilda



tasdiqlangan ayrim tarmoq dasturlari to’g’risidagi ma’lumotni quyidagi jadval

orqali ko’rish mumkin:



1.2.3. Jadval

2011 yil modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik qayta

qurollantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari

2

TARMOQLAR

Loyihalar

soni/dona

Loyihalar

qiymati/


million doll.

Paxta tozalash sanoati

41

129,7



To’qimachilik sanoati

65

477,7



Yog’-moy sanoati

63

31,7



Kimyo sanoati

30


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling