«boburnoma» tabiiy resurslarni o’rganish manbai


Download 57.76 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi57.76 Kb.
#1226877
  1   2
Bog'liq
BOBURNOMA


«BOBURNOMA» TABIIY RESURSLARNI O’RGANISH MANBAI
«Boburnoma»ning asosiy xislatlaridan biri o’lkamiz tabiiy resurslarini o‘rganishga oid materiallarni keng tadqiq etishdir. Bobur o’lkamiz tabiiy sharoitini tasvirlar ekan, birinchi o’rinda uning geo­grafii joylashishi, tabiati, iqlimi, tuprog’i, suv kabi tabiiy boyliklariga katta e’tibor beradi va bu detallarni o’ta hassoslik bilan izohlaydi. Farg’ona viloyati, deydi Bobur — gir atrofi tog’lar bilan o’ralgan, faqat g’arb tomoni ochiq bo‘lib, Xo’jand dar- vozasi mavjuddir. Shu bilan birga o’sha vaqtlarda xam Xo’jand shamoli Farg’ona vodiysi iqlimining ajralmas bir xususiyati ekanligidan dalolat bera­di. Farg’ona tuprog’ining unumdorligini ta’riflab, bu yerda suv bilan hamma narsani undirish mumkin, deb yozadi.
Boburni, ayniqsa Hindistonning go‘zalligi o‘ziga maftun etadi. U, Hindistonda giyohlari, daraxtlari, tabiati, el va ulusi, odat va rasm-rusmi hayratlidir deb yozadi. Ayniqsa, Afg’onistondagi Xoja Siyoron chashmasi atrofini mohirona tasvirlaydiki, bu to hanuz barcha san’at ahlini tang qoldirib kelmoqda.
Har o’lkaning nufuzi u yerning tabiiy boyliklari bilan o’lchanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Boburnoma»ning iqtisodiy mohiyati ham kattadir. Far­g’ona vodiysining qazilma boyliklari haqida fikr yuritar ekan, Bobur bu yerda temir, mis va boshqa ma’danlar olinishini ko’rsatadi.
Samarkand haqida yozar ekan, «Olamda yaxshi qog’oz» va u «qirmizi baxmali» bilan mashxur degan edi.
Bobur Hindistonning qazilma boyliklari haqida gapirib, bu yerda «oltin va billur, tog’larda esa pora, mushk, za’faron va surb va mis bo’ladi» («Boburnoma» 2-t. 3- bet).
Hindistonni olganda deb yozgan edi Bobur «bir mashxur olmos tushdi. Bu olmos tamoman olamning ikki yarim kunlik xarjiga teng yoki sakkiz misqoldir» (O’sha. tom, 105-bet), Qizig’i shundaki, mazkur tarixiy olmos yer yuzida hozir ham mavjud bo‘lib, uni nomi Kuhinur (kuhi— tog’; nor —nur, tog’ nuri)dir. U xozir Angliya qirolligi qimmatbaho toshlar kolleksiyasida saqlanmoqda. U ikki marta qirralangandan keyin 106 karatga (222) teng bo‘lib, hanuz o‘z jozibadorligi bilan butun insoniyatni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. U, Hindiston bilan Angliya o’rtasidagi siyosatga ham aloqadordir.
Xammaga ma’lumki, Gang daryosi hind xalqining xayot manbai, muqaddas daryosidir. Bobur bu borada muqaddas daryo barcha iflosliklar tashlanadigan joy xam ekanligini ko’rsatadi.
«Boburnoma»ni o’qir ekanmiz o’sha zamonlarda keng tarqalgan kasalliklar bilan ham tanishamiz. Mana shunday kasalliklardan biri bezgak kasalligi bo‘lib, Bobur bu kasallikni mazkur yerni ob-havosi va chivini ko’pligi bilan borlaydi.
Bobur o‘z asarida bir qancha tabiiy hodisalarni ham tasvirlagan bo‘lib, shulardan biri zilziladir. U, 1505 yil muharram oyida yuz bergan zilzila natijasida tog’dan xarsangtoshlar suporilganini, ular o’rnidan suv chiqqanini, imoratlar vayron bo’lganini va yer ba’zi joylarda odam beligacha chuqurlikda yorilganini yozadi. Bunday zilzila tabiatda tez-tez uchrab turadigan hodisa deb tushuntiriladi.
Shunga o’xshash juda ko’p tabiiy hodisalar borki, odamlar ularni ilohiyot bilan bog’lab keladilar.
«Boburnoma» o‘z mohiyati bilan o’lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi va madaniyati borasidagi beqiyos manbadir.
Bobur «Boburnoma» asari bilan jahon madaniyati, ilm-fanini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Bobur va boburiylar o‘zlarining 350 yillik xukmronlik davrida O‘rta Osiyo, Afg’oniston va Hndiston mamlakatlarini yirik bir davlat ostiga birlashtirishga xarakat qildilar, bu esa mazkur xalqlar tarixini rivojlantirishga qo’shilgan olamshumul hissadir.
Boburni boshqa hukmronlardan farqi shundaki, u qayerga bormasin, o’sha yerda yangi shaharlar, saroylar, madrasalar, masjid va bog’lar, yo’llar va kanallar, sug’orish inshootlari barpo qilar edi. U, ayniqsa fan va madaniyat rivojiga katta ahamiyat berardi.
U Hindiston, O‘rta Osiyo Afg’oniston xalqlari, ularning etnik kelib chiqishi, xususiyatlari, urf-odatlari, tarqalishi, tili, fani va arxitekturasi haqida to’la-to’kis material to’pladi. Muallif Afg’onistonning diqqatga sazovor joylarini, ularni tabiiy manzaralarini mahorat bilan chizadi va ularni ona yurti — Andijon, Farg’ona bilan taqqoslaydi.
Bobur Hindiston, O‘rta Osiyoda gul, manzarali va mevali daraxtlarni ko’paytirish va o’stirishga katta ahamiyat beradi. U ilgari o‘simlikning ba’zi navlari o’smaydigan joylarda ularni o’stirishga harakat qiladi.
U, Hindiston va Afg’onistonning boshqa yerlarida o’smaydigan mevali daraxtlar haqida ham ancha ma’lumotlar beradi.
Bobur, ayniqsa, ov san’atini qadrlaydi. Uning fikricha ov yovvoyi hayvonlarni qirish, barbod etish uchun emas, balki ularni o‘rganish, ulardan foydalanish, ayniqsa kamyob hayvonlarni ko’paytirish va zararlilarining sonini chegaralash uchun o’tkaziladigan tadbirdir. Shu sababli ham u Hindiston hayvonot dunyosini juda bilimdonlik bilan o’rgangan. Boburning bu boradagi ma’lumotlari hanuzgacha zoogeogra­fiya fanidan katta ahamiyatga egadir. U, Farg’ona vodiysida ohu, kiyik va boshqa ko’plab sutemizuvchnlar hamda qushlarni ko’rsatib o’tadi. Samar­kand atrofida esa Buxoro kiyigi, jayron, oxu, kaklikdan darak beradi.
Ilm-fan va san’at tarixida Bobur va «Boburnoma»ning roli beqiyosdir, shu sababli ham asrlar o’tishiga qaramay, Bobur qoldirgan ilmiy meros har tomonlama chuqur tadqiq etilmoqda. Javoharlal Neruning fikricha, Bobur Uyg’onish davrining tipik xukmdorlaridan biri, mashhur shox, adabiyot, san’atni o’ta qadrlagan, qo’rqmas, tadbirkor, adolatparvar odam edi.
Mashxur sharqshunos Vamberi ta’kidlashicha, Boburning «Boburnoma»si Yuliy Syezarning «Kommentariya»lari singari jahon adabiyotida katta urin egal- laydi.
«Boburnoma» arab, fors, hind, ingliz, nemis, fran­suz, golland, turk tillariga tarjima qilingan. Uning kupchilik nusxalari Sankt-Peterburg, Kal­kutta, Agra, Haydarobod, Manchester, London, Edinburg, Parij, Amsterdam, Istanbul kutubxonalarida saqlanmoqda.
SULTON BALXIY
Sulton Muxammad ibn Darvish Muxammad al-mufti al-Balxiy (tug’ilgan yili noma’lum —1573 yili vafot etgan) 1565 yili «G’aroyib voqealar to’plami» («Majma ul-raroyib») nomli kitob yozib, unda tarix, astronomiya, geografiya, tabiatshunoslikning qadimdan to XVI asrgacha bo’lgan tarixini bayon qilgan.
Sulton Balxiyning mazkur asari 20 bobdan iborat bo‘lib, muallif astronomiya, okeanlar, dengizlar, mamlakatlar, shaharlar, joylarning geografik xususiyatlari, xalqlar va ularning tarixi to’grisida mukammal material bayon qilgan. Kitobning har bir bobi tabiatshunoslikning konkret masalalariga bag’ishlangan bo‘lib, shaharlar va xalqlar, ularning etnografiyasi, o’lkalarda tarqalgan hayvonot va o‘simlik turlari kabi masalalarga to’xtaladi. Shu bilan birga asarda muqaddas joylar, minerallar, qimmatli toshlar, ularni mineralogiyasi, mazkur toshlarni ishlash haqida ma’lumot beriladi. Asarning alohida boblari odamlari uzoq umr kurishlarni, hayvonot turlarining yashash muddatlari va boshqa voqealarga bag’ishlangan.
Muallif o‘z asarida shaxsan ko’p yillik mashaqqatli kuzatishlari natijasini bayon qiladi. Mazkur ilmiy kuzatishlar O‘rta Osiyoning Balx, Buxoro kabi shahar va viloyatlarida o’tkazilgan bo‘lib, u yerlarni iqlimi, geografik o’rni, tabiatini qamrab oladi. Biz Sulton Balxiyning «Majma’ ul-garoyib» asarini ba’zi jihatlariga tuxtalmohchimiz:

  1. Asarning dastlabki III bobi O‘rta Osiyo mamlakatlarning tabiiy va ekologik xususiyatlariga, ularni geografik joylashishiga bag’ishlangan bo‘lib, shu bilan birga Yer va koinotda yuz beradigan turli xil voqea va hodisalarni izchil tahlili berilgan.

  2. Kitobni IV bobi O‘rta Osiyo mamlakatlarida yashovchi xalqlar, ularni o‘ziga xos xususiyatlari, hunarmandchiligi, urf-odati, etnografiyasi va tarixiga bag’ishlangan.

  3. Qo’lyozmaning V bobi butunlay bir qancha mamlakatlar hayvonot dunyosiga bag’ishlanadi. Bu bobda muallif hayvonot dunyosi borasida o‘zi olib borgan va boshqa bir qancha mualliflar materiallarini izohlaydi. Xususan, hayvonlarning turlari, ularning nomi, turli ekologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, odatlar va inson uchun manfaati keltiriladi.

  4. Asarni VI bobi faqat o‘simliklar olamiga ba­g’ishlangan bo‘lib, muallif o’t, buta va daraxtlarni batafsil izohlagan. U butun o‘simliklar dunyosini issiqsevar va sovuqsevar o‘simliklarga ajratadi. Shu bilan birga gulli, gullamaydigan va suvo’tlariga ajratadi. Muallif o‘simliklarning ko’payish usullari va inson madaniylashtirgan turlarini ko’rsatgan. U, ayniqsa turli xil rangli va shaklli tropik va subtropik turlarga alohida to’xtaladi. Va, nihoyat, o‘simliklarning turli xil qismlarini dorivor, oziq va boshqa maqsadlar uchun turli yerlarda turli xil

foydalanishga alohida e’tibor bergan.



  1. Kitobni XII—XIII boblari tog’lar, mamlakatlar, shahar, chashma, daryo, sahro, dengizlarning astronomic va geografik xususiyatlariga bag’ishlanadi. Muallif ularni o’rni, ular o’rtasidagi masofa va hajmga katta ahamiyat beradi. Ayniqsa, muqaddas joylar, buloq, tog’larni, ularning kelib chiqish sabablarini, ularning muqaddas yotgan afsonalarni batafsil izohlab bergan.

  2. «Majma’ ul-g’aroyib»ning XIV bobi qazilma

boyliklar, ularni joylashishi, qimmatbaho toshlar, ularni nomlari, xossalari, qiymati, ularniig qazib olinishi, foydalanish usullari haqida ma’lumot be­radi.

  1. Qo’lyozmani XIX bobida hayvon turlarining izoh umr ko’rishi, jumladan, suvda ham quruqlikda yashovchi sut emizuvchilar va qushlarni necha yil yashashi izohlanadi. Muallif insoniyatning ko'p asrlik tajribasi, o‘z kuzatishlari va hayvonlar umrini ko’rsatuvchi belgilar va uzoq yashashiga oid omillar haqida qiziqarli ma’lumotlarni bayon etadi. Bu borada Sulton Balxiy, A. R. Beruniy va Abu Ali ibn Sino fikrlariga ergashib hayvon tanasining massasi qancha ulkan bo’lsa, u shuncha uzoq yashaydi, deb tushunadi.

  2. Nixoyat, asarni XX bobi sodir bo’lgan tarixiy va tabiiy voqea va hodisalar qayerda, qachon, nima sababdan yuzaga kelganligi masalalariga bag’ishlanadi.

Sulton Balxiyning mazkur asari O‘rta Osiyoning tabiiy resurslari, o‘simliklar va hayvonot dunyosini tahlil qilishga bag’ishlangan muhim ilmiy manbadir. U, Mirzo Ulug’bek maktabi materiallariga asoslangan va u boshlab bergan an’ananing davomchisidir. Mazkur asar XX asrgacha eng ko’p tarqalgan kitoblardan biri bo‘lib, bizgacha uni 30 dan ortiq nusxasi yetib kelgan. 1904 yili esa Kogonda uni nashr etilgan tosh bosma nusxasi topilgan. Hozir mazkur asarni 16 ta nusxasi Sankt-Peterburg, 6 tasi Toshkent va Dushanbe kutubxonalarida saqlanmosda.
Shunday qilib, Sulton Balxiyning «Majma’ ul- g’aroyib» asari O‘rta Osiyo tabiiy resurslari, o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
MAXMUD IBN VALI
Maxmud ibn Vali 1595 yili Balxda tug’ilgan. Uning ota-bobolari kosonsoylik (Namangan) bo‘lib, uning otasi 1544—1566 yillar orasida Balxga ko’chib keladi. U, dastlabki ma’lumotni Balxda oladi, keyin esa zamonasining mashxur filosofi va vrachi Mi­ron shox husayniydan falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik fanlarni o’rganadi. Maxmud ibn Vali 1625 yi­li Hindistonga sayoxat qiladi va bir qancha vaqt Shox Jahon saroyida yashaydi. U, bu davrda Hindiston xalq xo’jaligi, xalqi, shaharlari, tabiatshunosligi, etnografiyasi, falsafasi va tarixi bilan shug’ullanadi.
1631 yili Maxmud ibn Vali Balxga qaytib keladi va ijodini davom ettiradi. U, 1631—1651 yillar mobaynida o’nlab falsafiy, badiiy va poetik asarlar yaratadi. Bular orasida «Sirlar dengizi» («Baxr un-asror fi-manosib ul-ahyor») alohida qimmatga ega. Mazkur asar tilshunoslik tarixi, astronomiya, geogra­fiya, geologiya, mineralogiya, botanika, zoologiya, ta- biiyot, dehonchilik kabi fanlarga bag’ishlangan bo‘lib, har bir fan boshlanish tarixidan to Maxmud ibn Vali zamonigacha bo’lgan materiallar majmuasidan iborat. U, 7 jilddan iborat bo‘lib, Sharqshunoslik institutida (2372- razami bilan) saqlanmoqda.
Muallif o‘zigacha fan namoyandalari qoldirgan ilmiy merosni zo’r qiziqish bilan o’rganadi va o‘z asarida ulardan foydalanadi. Mana shunday olimlar qatoriga Maxmud ibn Vali tilga olgan Istaxriy, ibn Haval, Yasubiy, Abu Rayxon Beruniy, Zakariyo Kazviniy, Hamidullox Kazviniy, Hofiz Abdulloni ko’rsatish mumkin. Yuqorida zikr etilgan olimlarning tarix, astronomiya, mineralo­giya, geologiya, geografiya, tabiatshunoslik, tibbi­yot va qishloq xo’jalik soxasidagi materialchalarini yuksak baholaydi va o‘zining «Sirlar den­gizi» asarida ulardan keng foydalanadi. Maxmud ibn Vali o‘z asarida Movarounnaxr, Kashgar, Dashti, Afg’oniston kabi mamlakatlarni, 100 dan ortiq shaharlar, 30 dan ortiq daryo va 20 tacha tog’larni xarakterlab beradi. Muallif bu yerlarning tabiati, iqlim sharoiti, ularni geografik o’rni, tabiiy boyliklari, foydali qazilmalari, o‘simliklar va xayvonot dunyosini atroflicha izohlaydi. Maxmud ibn Vali o‘z asarida mazkur materiallarni alfavit tar- tibida joylashtiradi.
Mazkur asarda Maxmud ibn Vali mineralogiya bo’yicha o‘ziga xos material to’plagan. U, 180 tur minerallar, qimmatli toshlar, ularni xillari, olinadigan joyi, ularni qayta ishlash usullari, qimmatligi, sifati haqida keng ma’lumot beradi. Mutaxasislarning e’tirof etishlaricha, Maxmud ibn Valining «Sirlar dengizi» asari ma’lumotlar qimmati, mate- riallarning boyligi jihatdan faqat Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya» asaridangina keyin turadi, xolos.
«Sirlar dengizi»da, ayniqsa Farg’ona vodiysi, Toshkent vohasi va boshqa bir qancha Movarounnahr o’lkalari atroflicha tasvirlanadi. Muallifni yozishicha, Farg’onaning iqlimi mo’tadil, shaharlari obod, o'rik, olma, anor, shaftoli, behi, nok, qovunlar va boshqalar yetishtiriladi. Bu yerda o’sha zamonlarda faqat qovunning 30 turi yetishtirilgan. Toshkent vohasida esa bog’dorchilik, uzumchilik, poliz, sabzavotchilik, chorvachilik, mo’ynachilik, ipakchilik, kabi qishloq xo’jalik soxalari keng rivojlangan.
Muallif O‘rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda o’sadigan dorivor o‘simliklar, ulardan tabobatda foydalanish kabi masalalarga katta e’tibor bergan. Shu bilan birga mazkur asarda xayvon organizmidan tayyorlanadigan dorivorlar, o‘simlik va hayvonot turlarining o‘ziga xosligi va ularni xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida mukammal materiallar keltirgan va ularni izohlagan. Asarni 406 sahifasi o‘simlik va hayvonot dunyosiga bag’ishlanadi.

Keyingi yillarda Maxmud ibn Valining ilmiy merosini o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda.

ADABIYOTLAR


Abdullayev X. M. BeruNI, znacheniye yego rabot dlya razvitiya nau­ki. Materialы 1 Vsesoyo‘znoy konferensii v g. Tashkente 4—11 iyunya 1967 g. Izd. AN Uzbekistana, 1967. Tashkent.
AbduraiMOv M. A. Dva sredneaziatskix sochineniya po istorii agrotexniki. Izvestiya AN Uzbekistana, № 6. Tashkent. 1956.
Abu Ali ibn Sino. Tnbbiyot sonuplari. 5 tomlik, Uzbyekiston «FAN» nashriyoti. Toshkent.
Abu Ali ibn Sino. K 1000 letiyu so dnya rojdeniya. Izd. «FAN» AN Uzbekistana, Tashkent, 1980.
Abu Bakr Roziy va uning shogirdi yezib doldirgan kasalliklar tarnxi. Toshkent, 1974.
Abu Rayxon Beruni i gumanitarnыye nauki. Izd. «FAN» AN Uzbekistana, Tashkent, 1972.
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar 5 tomlik, Uzbekiston, «Fan» nashriyoti, Toshkent.
Abu Rayxon Beruni k 1000 letiyu so dnya rojdeniya. Izd. «Fan» AN Uzbekistana, Tashkent, 1973.
Al-Xorazmiy. Tanlangan asarlar. Uzbekiston, «Fan» nashriyoti, T. 1983.
Akbarov F. «Avesto» talsinlari. «Guliyeton» № 7. 1982.
Bartold V. V. Sochineniya. V desyati tomax. Moskva. 1953—58.
Bobur 3. M. Baburname. Tashkent, 1968.
Bertels K. E. Izbrannыye trudы .V trex tomax, Moskva, 1960— 65.
Vamberi A. G. Puteshestviya po Sredney Azii. 2-izd. M., 1974.
Velikiye uchenыye Sredney Azii i Kazaxstana. Alma-Ata 1968.
Grigoryans S. N. Iz istorii filosofii Sredney Azin i Irana VII—XII vv. Moskva 1960.
Gulyamov V. G,. IslomoV, A., Askarov A. A. Pervobыtnaya kultu­ra i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana T. 1966.
Gulomov L. G., Nabiyev R. N., Vagabov M. G. Uzbekiston SSR tarixi. I tomlik Uzbekiston FA. T., 1970.
Darvin Ch. Proisxojdeniye vidov. Gosizdat. Moskva, 1952.
Zaxidov V. Yu. Beruni kak mыslitel, Sb. Beruni, Moskva, 1950.
Izbrannыye proizvedeniya mыsliteley stran Blijnego i Sredne­go Vostoka. Moskva, 1961.
Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I. O‘rta Osiyolik knrk olim. Uzbekiston FA nashr. T. 1961.
Irisov A. Abu Ali ibn Sino. Izd, «Fan» AN Uzbekistana, Tash­kent. 1980.
Karimov U. I. Neizvestnыye sochineniya Ar-Razn «Kniga taynы- tayn». Tashkent, 1967.
Karimov U. I. Beruni. Farmakognoziya (issledovaniya, perevod, primechaniya, ukazateli), Tashkent, 1978.

Download 57.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling