Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 21.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqBOJXONA BOJLARIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK VA LABORATORIYA USKUNALARI
BOJXONA BOJLARIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK VA LABORATORIYA USKUNALARI, ULARNING BUTLOVCHI VA EHTIYOT QISMLARI, SHUNINGDEK, XOMASHYO VA MATERIALLAR, TIBBIY BUYUMLAR VA QADOQLASH MATERIALLARI RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga muvofiq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan, dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilatsiya tizimlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq olib kiriladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ular uchun butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati tiklanishi inobatga olinsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan texnologik va laboratoriya uskunalari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda bo‘shagan mablag‘lar to‘liq hajmda qonunda belgilangan jarimalarni qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. Download 21.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling