Bojxona ishi jarayonlarini avtomatlashtirish maqsad va vazifalari


Download 24.26 Kb.
Sana25.06.2020
Hajmi24.26 Kb.
#121642
Bog'liq
9-seminar BI


Davlat bojxona qo’mitasi bojxona instituti BI 219 – guruh kursanti Urinov Aslambeking bojxona ishi fanidan “ Bojxona ishi jarayonlarini avtomatlashtirish maqsad va vazifalari” mavzusida berilgan savollarga javobi

O’qituvchi: bojxona xizmati polkovnigi Xamroyev M

Savollar:



  1. Joriy etilgan DBQ axborot tizimlari yillar kesimida qanday?

  2. “BQB holatlarini hisobini yuritish “ va “Tovarlarni kelib chiqish sertifikati” AAT dasturi haqida batafsil malumot bering.

Javoblar:

1.XXI asrga kelib axborot texnikasi rivojlanib ketishi natijasida, ko’plab sohalar masofaviy ravishda ish yuritishni o’zlari uchun qulay bildilar. Xususan bizning bojxona sohamiz ham elektron axbrot tizimlarini yaratishni o’zining asosiy maqsadlaridan biri sifatida o’z oldiga qo’ydi. Bojxona sohasida so‘nggi o‘n yilga nazar solsak, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga doir o‘nlab muhim hujjatlar, xususan, Prezidentimizning Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilinyapti-ki, bu bilan hech ikkilanmasdan bojxona xizmatini zamonaviylashtirish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada soddalashtirish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda deyish mumkin.

Bojxona tizimiga axborot texnologiyalarini jalb etish zarurati quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Bir tomondan, respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari kengayishi evaziga chegaralarimiz orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalari sonining ham oshib borishi bojxona organlari faoliyatini soddalashtirishni talab etsa, ikkinchi tomondan, respublikamiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda bojxona organlariga yuklatilgan vazifalar bojxona nazoratining yangi shakl va uslublarini tatbiq etish hisobiga, bojxona nazorati samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi. Xalqaro andozalar nuqtai nazaridan qaraganda, bojxona organlari faoliyati samaradorligini aniqlashning asosiy me’yorlaridan biri bo‘lib, bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratiga ketgan vaqt hisoblanadi. Bu esa bojxona nazorati sifatini pasaytirishi shubhasiz edi, albatta. Bu vaqtni qisqartirishdagi eng muhim omillardan biri esa bu bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlarini joriy qilishdir.

Bojxona sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bojxona organlarining yagona axborot uzatish tarmog‘ini va yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini, ma’lumotlar xavfsizligi va ularni muhofaza qilish tizimini yaratish hamda bojxona komplekslari va postlarini zamonaviy bojxona nazorati texnik vositalari bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilmoqda

O’zbekiston Respublikasi bojxona tizimini yagona avtomatlashtirish axborot tizimini joriy etishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9- martda qabul qilingan “Bojxona idoralari faoliyatini tshkil etishning qo’shimcha chora tadbirlari tog’risida”gi PQ- 302 sonli Qarori asosiy poydevor bo’lib xizmat qildi. Davlat bojxona qo’mitasining yagona axborot uzatish tizimini tashkil etish maqsadida o’sha davrning o’zida Davlat bojxona qo’mitasining Markaziy apparati , uning 15 ta hududiy boshqarmalari va 165 ta bojxona komplekslari va hamma postlari yagona axborot uzatish tizimiga birlashtirilgani buning yorqin isboti bo’lishi shubhasiz.

Axborot tizimini yillar kesimida joriy etilishiga nazar tashlasak, 2007- yilda dastlabki loyihalar amalga oshirila boshlandi. O’sha yili bojxona tizimida 2 ta axborot tizimi joriy etilgan. Ular “Avto” yagona AAT va “Temir yo’l” yagona AAT.



2008- yilda ham xuddi 2007- yilgi kabi ikkita avtomatlashgan tizim joriy etildi.(“Bojxona to’lovlari” AAT va “Bojxona ombori” AAT). 2009-yilda esa pu ko’rsatgich pasaydi, ya’ni bu yilda “BQB holatlarini hisobini yurituvchi” tizim joriy etildi. 2010-yilda Davlat bojxona qo’mitasi elektron raqamli imzoni ro’yxatdan o’tkazish dasturi, “Tovarlarni bojxona ekspertizasidan o’tkazish”, “Bojxona ko’rigi”, “E-hisobot” kabi axborot tizimlari ishlab chiqildi. 2011- yilda yo’lovchilarni valyuta qimmatliklarini olib kirilishini va olib chiqilishini nazorat qiluvchi “Yo’lovchi bojxona deklaratsiyasi” ishlab chiqildi. 2012- yilda esa 4 ta axborot tizimi (“Markirovka va audit”, “Tovarlarni kelib chiqishi sertifikati”, Davlat bojxona qo’mitasi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar ittifoqi o’rtasida axborot almashinuvi, “Ruxsatnoma xujjatlari”), 2013- yilda “Tovarlarni electron deklaratsiyalash” va “Nazoratning texnik vositalari va kompyuter texnikasini hisobini yuritish” kabi axborot tizimlari tatbiq etildi. 2014- yilda Bojxona organlarida kinologlar xizmatini to’laqonli tashkil etishga qaratilgan “Kinologlar xizmati” axborot tizimi tashkil etildi. 2015- yilda qidiruv e’lon qilingan shaxslar hisobini yuritishga qaratilgan “Qidiruvdagi shaxslar”, bojxona ishida nizoli ishlarni monitoringini yuritishga mo’ljallangan “Nizoli ishlar monitoring ”, yagona interaktiv xizmatlar portalidan kelib tushayotgan murojaatlarni qayta ishlash axborot tizimlari real hayotga tatbiq etildi. 2016- yilga keladigan bo’lsak, elektron hujjatlarni tashkil qilish ular haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig’ish, saqlash va nazorat qilishga qaratilgan “E-nazorat” axborot tizimi joriy etildi. 2017- yilda “Post axborotnomasi”, “ Bojxona organlarining ichki idoraviy hujjatlari”, “ Bojxona kirim orderi”, Rossiya bojxona qomitasi bilan axborot almashishga qaratilgan “Soddalashtirilgan bojxona koridori”, xizmat kiyim boshlarini ombordagi nazoratini taminlovchi “ Xizmat kiyimboshi hisobini yuritish” , Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi bilan axborot almashuv, bojxona organlari hodimlarining kasbiy mahoratini baholovchi “onlayn – test” , “Tarbiyaviy ishlar profilaktikasi” singari axborot tizimlari joriy etildi. 2018- yilda kata ko’lamda ish bajarilgani raqamlarda o’z aksini topishi shubhasiz. Xususan 2018- yilda 14 ta axborot tizimlari real hayotga tadbiq etildi. 2019- yilda esa “Imtiyozli tovarlar bo’yicha ijobiy ekspertiz xulosalari reestri, “Davlat bojxona xizmati faoliyatini baholash”, Transport vositalarini skanerlash natijalarini qayd etish” , “Imtiyozli hujjatlar”, Belorus bojxona qo’mitasi bilan axborot almashuv tizimi, “O’zStandart “ agentligi bilan import operatsiyalari bo’yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etildi.
Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling