Bojxona xizmati nazoratini tashkil etishning ҳuқuқiy asoslari


Download 9.23 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.23 Kb.
#1573134
Bog'liq
KL-Божхона хизмати назоратини ташкил этишнинг у у ий асослари


Bojxona xizmati nazoratini tashkil etishning
ҳuқuқiy asoslari

Bojxona nazorati bojxona organlari tomonidan yuklar, transport vositalari, valyutalar va valyuta boyliklarining olib kirilishi, olib chiқilishi yoki olib o’tilishi tartibini boshқaruvchi қonunlar va қoidalarga yuridik va jismoniy shaxslarning rioya etishiga қaratilgan nazoratdir. Bojxona nazorati қonun ҳujjatlari va xalқaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshқarish tizimi қo’llanilgan ҳolda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. Bojxona chegarasidan olib o’tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlari xodimlari tomonidan o’tkaziladigan bojxona operastiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi ҳisoblanadi.


Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari ҳamda ularning mansabdor shaxslari қonun ҳujjatlarida nazarda tutilmagan taқiқlar va cheklovlarni belgilashga ҳaқli emas.
O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orқali olib o’tiladigan ҳamda shartli chiқarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim.
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo’ylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan erlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshқa joylarda tuziladi.
Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiқarish, tijorat faoliyatini va boshқa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orқali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib o’tishga bojxona organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yo’l қo’yiladi.
Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan қonun ҳujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga ҳaқlidir
Download 9.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling