Bola tarbiyasida axloqiy qadriyatlarning o‘rni


Download 29.17 Kb.
bet1/2
Sana10.09.2022
Hajmi29.17 Kb.
#803874
  1   2
Bog'liq
Dostonbek Etika
tarqatma material, file name, 5 тема Драматургия лекция адеб процесс, Ayapbergenova taza(2), Muhammad Yusuf TADBIRI, Kompyuterni tashkil etish, Ялпи ички маҳсулотАмалий, javoblar 4, Scan 24-avg, 2020, 1, ilova2020, deadline, Maruza-matnlari (1), TXS, Biznes rejalashtirish Ma'ruza matni

Toshkent viloyati Chirchiq davlat
Pedagogika instituti Gumanitar fanlar
Fakulteti Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari
va huquq ta’limi 2-bosqich talabasi
Jumaniyozov Doston Obod o‘g‘li
Tel +998996811735
BOLA TARBIYASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING O‘RNI.
Ushbu maqolada hozirgi kunda yosh oilalarda bola tarbiyasini tashkil etishda odob axloqning o‘rni borasida mulohaza qilamiz. Bola tarbiyasining o‘ziga hos usullari va ularning maqsadini tahliliy asoslarini o‘rganamiz.
Kalit so’zlar
Oila, jamiyat, mahala, tarbiya, odob, ijtimoiy odob, sunnat, komilik, yuksak odob.
Kirish:
Bolaning ma’naviy rivojlanishiga yordam berish har bir ota-onaning vazifasidir. To‘g‘ri qadriyatlarni shakllantirish orqali o‘ziga ishongan odamni tarbiyalash jismoniy salomatlikni saqlashdan kam emas. Buning uchun axloqiy tarbiya nima ekanligini va uni hayotga qanday olib kirishni tushunishimiz kerak.
Barchamizga ma’lumki bizning tarbiyamiz islom dini negizi asosida shakilanadi va har bir oilaning axloqiy odob asosi bevosita islom diniga bog‘langan bo‘ladi. Xususan Hadisi sharifda shunday deyiladi “Sizlarning har biringiz oilangiz uchun cho‘pon kabisizlar. Har biringiz hamma farzandlaringizga va ayollaringizga javobgar bo‘lasiz“.1 Shu bois ota – ona Alloh taolo oldida ma’sul bo‘lmaslik uchun, farzandlarning dini va obro‘sini saqlash kerak. Buzuq aqida va nojo‘ya oqimlarga kirib qolmasliklari uchun, Ahli sunnat va jamoat aqidasi, hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mazhabi va Naqshbandiya tariqati asosida tarbiyalashi zarur.
Ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi bu eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi zero har bir farzandning asosiy vaqti ota – ona bag‘rida ularning yo‘l yo‘rigi va bergan tarbiyasi asosida axloqiy odobni shakilantruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri bo‘lib hozirgi kunda bola tarbiyasni rivojlantrishda odatiy ikki usuldan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi bular: an’anaviy va zamonaviy usularga bo‘linadi.
An’anaviy usul sifatida bollalarga yoshligidan boshlab milliy qadryatimiz urf – odatlarimiz va o‘zligni anglash uchun ko’mak bo’ladigan shaxsiy xulq atvorini o’rgatish o’z o’rni bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Xalqimiz milliy urf - odatlari zamirda xalolik, poklik va adlolatlilik kabi tushunchalar o‘zida mujasam. Birgina shaxs tarbiyasida oilada saqlanib qolgan axloqiy qadriyatlardan biri bu bolaning buyuk ajdodlar siymosiga taqlid qilishi va uning negizda ulg‘ayishi uchun oilada doimiy bolada qiziqsh uyg‘otish maqsadga muvofiq bo‘adi.2 Masalan birgina Alpomish dostonining o‘zida ezgulik va yovuzlik timsoli aniq ravshan gavdalanib berilgan bo‘lib uning kino, teatr va multik janr yoshlar uchun birdek ta’sir qiladi va ularni vatanparvarlik, do‘stik, botirlik, ezgulik, jasurlik kabi ijoby yushunchani anglashi va bevosita saalbiy tushunchakarni ya’ni g‘iromlik. tajovuskorlik kabi tushunchalarni farqlashga xizmat qiladi.
Zamonaviy bola tarbiyasi negizi asosida hozirgi kun telvidinya, internet va turli ijtimoiy kanallarning o‘z o‘rnida ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Masalan yoshlar ahloqiy odobiga internetdan maktab darsliklari uchun turli yangi ko‘nikmalar izlash va ulardan foydalanish o‘z samarasini ko’rsatadi.
Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko‘rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniya hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo‘shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’ldir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko‘rib o‘tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi.3
Bugungi kunda yurtimizda eng dolzarb muomolardan biri bu oilada bola tarbiyasni yuksaltirishda axloqiy qadriyatlarimizga be’etiborlik bilan yondashish hollatlari kuzatilmoqda bular misolida aytishimiz mumkiniki ijtimoiy tarmoqlarda turli ommaviy madaniyatga doir turli xil saviyasiz video roliklar ta’sirga tushish yoki o‘zini chet el shaxslariga tanqidiy kiynish uslublariga taqlid qilish misolida namoyon bo’lmoqda.
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘i, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning asosiy ko‘rinishidir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Ijtimoy odoblar» mavzusida ko’p ma’lumotlar berib o‘tganlar va o‘zlarning “Ijtimoiy odoblar” nomli risolalarni nashr qilganlar.4
Ushbu asarning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu kitobni yoshlarni ongida o‘ziga munosib shaxs sifatida shakilanishi va axloq odob borasidagi mukamal bilimlarni shakilantrish uchun asosiy manbalardan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Masalan ushbu risolada odiygina hozirgi kunda uyali aloqa vositasida to‘g‘ri aloqa qilish bajkana so‘zlarni ishlatmaslik haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Xususan ko’p kuzatiladigan hollatlardan biri uyali aloqada ta’nimagan bilmagan insoniga telefon qilib bajkana so‘zlar bilan birovni ustidan mazah qilish holatlarni bizning dinimiz va qadryatlarimizga to‘g‘ri kelmasligi haqida aytib o‘tganlar.5
Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda oddiy haqiqat barchamiz uchun ayon bo'lishi kerak: Oldimizda turgan eng ulug’ maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O'zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatida qanday o'rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan bolalarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir” deb ta’kidlab o‘tganlar.6Ushbu so‘zlardan har bir ulg’ayotgan yosh avlod o‘ziga to’g’ri xulosa chiqazmog’i va ulkan ma’sulyatni zimalarga olmog’i lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish keraki bola tarbiyasi oilada bo’lsin jamiyatda bo’lsin har birmizga ulkan ma’suliyat yuklaydi. Ulg’ayotgan yosh avlodga axloqiy qadriyatlarning asosi sifatida ajdodlarimiz ruhida tarbiyalash va oilada diniy tarbiya to‘g‘ri o’rgatilishi hamda ularga o‘zlari uchun yuksak bilim egasiga ega bo‘lishi ularning bevosita axloqiy jihatdan yetuk na’munaviy shaxs sifatida ulg’ayishlariga imkon beradi. Hozirgi kunda yoshlarimizda axloqiy qadriyatlarni shakilantrishda har qachongidan ham ko‘p va keng imkoniyatlar mavjud faqat biz pedagog hodimlar va ota – onalar ma’sulyat bilan yondashmog‘imiz kerak deb o‘ylayman.



Download 29.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling