Boʻlajak kasbim


Download 13.9 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.9 Kb.
#195784
Bog'liq
3-mustaqil ish NajmiddinBotirov


Boʻlajak kasbim” mavzusida esse yozish.
Esse
Mening boʻlajak kasbim – yetuk iqtisod sohasida kadr boʻlish. Bu juda sharafli va qiziqarli kasb, ammo shu bilan birga, hisob-kitob juda katta masʼuliyat va oʻziga xos xususiyatga ega. Bugungi kunda iqtisodchilarning kasbiy bilimlari, mahoratlari va axloqiy talablari yuqori. Zamonaviy iqtisodchi koʻplab muhim muammolarni hal qilishga majbur. U nafaqat bank yoki moliya sohasida, balki butun dunyo bilan hamnafas boʻlishi kerak boʻladi. Yaxshi iqtisodchi nafaqat bilimlarni yetkazuvchi, balki kompetensiya namunasidir. U hisobga munosabatni shakllantiradi. Yaxshi hayot, yaʼni davlat farovonligi yoʻlida xizmat qiladi. Iqtisodchi, shuningdek, insonlar feʼl-atvorini shakllantirishda, halollik, mehribon hamkorlik va ideallarga hurmatni shakllantirishda faol ishtirok etishi kerak. Davlat “iqlimi” iqtisodchi va uning hamkorlari oʻrtasidagi davlat munosabatlarning xususiyatlariga bogʻliq. Bu yerda munosabatlar insonning shaxsiy kapitalini rivojlantirish va, shuningdek, davlatni rivojlantirishga ham qaratilgan. Bir soʻz bilan aytganda, iqtisodchi kasbi juda qiyin, lekin men uni tanladim, chunki men davlatimiz rivoji uchun jon-jahdim bilan kurashmoqchiman, bu davlatimiz rivoji uchun, albatta, muhim sanaladi.
Yuqori malakali mutaxassis boʻlish uchun kelgusidagi ishimga yaxshi tayyorgarlik koʻrishim kerak. Shuning uchun men iqtisod sohasi bolgan oliygohga oʻqishga kirdim va bu yerda oʻqiyotganimda har tomonlama puxta bilim olishga umid qilaman. Universitetda oʻqitish jarayonida bizning kasbiy tayyorgarligimiz nazariy mashgʻulotlarni amaliy ish bilan birlashtiradi.
Download 13.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling