Bolalarda hayotiy ko‘rsatm alar asosida ko‘pincha qisilib qolgan


Download 44.8 Kb.
bet2/18
Sana11.11.2021
Hajmi44.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Suv va elektrolitlar defitsitini bartaraf etish uchun sarflanadigan
suyuqliq hajmi degidratatsiya darajasi va bolaning yoshiga qarab
hisoblanadi:
D = k'M (Htb - HtJ / (100 –D - defitsit, 1; к - koeffisent, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 0,33 ga, 1 yoshdan katta bolalarda 0,2 ga teng; M - tana massasi, kg; Htb - bemordagi gematokrit ko‘rsatkich; Htn - normadagi gamatokrit ko‘rsatkich. Agar gematokrit sonini aniqlash imkoni bo‘lmasa yoki laborator tahlillar gemokonsenratsiya belgilarini ko‘rsatmasa, u holda operatsiyadan oldingi davrda tana vazniga nisbatan 2-3 % (20-30 ml/kg) miqdorda 2-3 soat davomida suyuqlik yuboriladi. Eritmalarning tarkibi gemodinamika holatiga va suvsizlanish bosqichiga bogliq. Qon aylanish dekompensatsiyasi holatida dastlab volemik ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar quyiladi: plazma (10 ml/kg) yoki reopoliglyukin (20 ml/kg). Qolgan hajm esa glyukozaning 10 % li eritmasi va insulin (5 g glyukozaga 1 XB insulin) bilan toldiriladi. Markaziy
gem odinam ikaning normal ko‘rsatkichlarida va suvsizlanishga nisbatan
intoksikatsiya ustunlik qilganda past molekulyar qon o‘rinbosarlari - gemodez (10 ml/kg) quyiladi. Bunday hollarda infuziya glyukozaning konsentrlangan eritm alarini quyishdan boshlanadi. Kislota – ishqor muvozanatini korreksiya qilish mobaynida ishqoriy eritmalarni quygandan keyin natijalar laborator nazorat qlib boriladi. Qonda standart bikarbonat miqdori 15 mmol/1 dan, bufer asoslar defitsiti 7 mmol/1 dan kam boMgan
hollarda ishqoriy eritmalar infuziyasini boshlash kerak boladi. Ishqoriy eritma dozasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: V = 0,5 M - B E , V - natriy bikarbonatning yuborilishi kerak bo‘lgan 4 % li eritmasi hajmi, ml; M - tana massasi, kg; BE - bufer asoslar defitsiti, mmol/1. Metabolik asidozni bartaraf qilishda natriy bikarbonat infuziyasi bilan bir qatorda qon aylanishi va buyrak faoliyati buzilishlarini qayta tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega. Bunda qon va
past molekulyar qon o‘rinbosarlari transfuziyasi, ganglioblokatorlar yaxshi samara beradi. Infuzion davo, periferik qon aylanishini va buyrak
faoliyatini yaxshilashga qaratilgan operatsiyalar intoksikasiyaning kamyishiga va tana haroratining pasayishiga yordam beradi. Tana haroratini pasaytirish uchun keltirilgan operatsiyalardan tashqari mushak orasiga yoki vena ichiga 50% li analgin (0,1 ml/yosh), 2,5% li pipolfen (0,1-0,15 ml/ yosh), foydasi bo‘lmaganda tana haroratini tushiruvchi preparatlarga droperidol (0,25 % li eritma 0,05-0,1 ml/kg) qo‘shib inyeksiya qilinadi.


Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling