Bolalarda hayotiy ko‘rsatm alar asosida ko‘pincha qisilib qolgan


Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda operatsiyaoldi tayyorgarligiga


Download 44.8 Kb.
bet6/18
Sana11.11.2021
Hajmi44.8 Kb.
#443077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Bolalarda hayotiy koJK
Mavzu Tibbiyotda ishchi o’rinlarini avtomatlashtirishda va tibb, ona tili darslarini media vositalari asosida tashkil qilishning samarali usullari, Nurltan Maxsetov, Umumiy psixologiya fanidan test 1-variant psixologiya fani niman, Avtomobil tuzilishi fanidan oraliq nazorat test savollari ТЕСТ, Issiqlik texnikasi-4
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda operatsiyaoldi tayyorgarligiga
individual mikroiqlimni hosil qilish, nafas etishmovchiligining oldini
olish va davolash, sklerema va gemorragik sindromning oldini olish,
zarur bo‘lsa infuzion va antibakterial davoni o‘tkazish kabilar kiradi.
Alohida mikroiqlimni hosil qilish uchun harorat rejimi, nafas
olayotgan havo namligi va kislorod miqdori optimal bo‘lishi kerak.
Kuvezdagi harorat rejimi. Chaqaloq bo‘limga tushgandan keyin
darhol inkubator - kuvezga joylashtiriladi; bolaning sovqotish darajasi,
tana vazni, yoshi va chala tug‘ilganlik darajasini hisobga olgan xolda
harorat rejimi belgilanadi. Tana massasi kam (1 kg gacha) bo‘lgan
chaqaloq isitilgan yo‘rgakka o‘ralib, kuvezga joylashtiriladi, kuvez
harorati 40°C qilib belgilanadi va keyinchalik bolaning reaksiyasiga qarab
harorat nazorat qilib boriladi. Agar tana harorati 37-37,2°C dan oshsa,
kuvez harorati sekin pasaytiriladi va shu bola uchun optimal harorat
belgilanadi. Bola hayotining birinchi kunida belgilangan optimal harorat
- 37°C (TV <1 kg uchun), tana vazni 1-1,5 kg bo‘sa - 35°C, tana vazni
1,5 kg dan ortiq bo‘lsa - 32°C qilib belgilanadi. 2-3-sutkalarda yuqoridagi
vaznlarga mos ravishda 34°C, 32°C, 30°C, to‘rtinchi sutkadan boshlab
32°C, 30°C, 28°C qilib belgilanadi. Bolaning normal tana harorati (36-
36,9 °C) kuvezdagi haroratning optimalligidan dalolat beradi.
Kuvez mikroiqlimidagi ikkinchi muhim shart - yuqori nisbiy namlik.
Nisbiy nam lik bola hayotining birinchi sutkasida 90-95 % bo‘lishi kerak,
bu bolaning perspiratsiya orqali suyuqlik yo‘qotishining oldini oladi.
Kuvezdagi nisbiy nam lik 2-3-sutkalarda 65-70 % gacha kamaytiriladi.
Individual m ikroiqlimning uchinchi muhim komponenti - kuvezdagi
kislorod miqdorining yuqori bolishi.
Agar bolada nafas etishmovchiligi
yo‘q bo‘lsa, kuvez havosidagi kislorod miqdori 30-40 % dan oshmasligi
kerak. Chuqur darajadagi chala tug‘ilganlik fonidagi aspiratsion
pnevmoniyada, qizilo‘ngach atreziyasi bilan bo‘limga kech muddatlarda
tushgan chaqaloqlar, residivlanuvchi bo‘lak atelektaziga moyil bolalar
va Per - Robin sindromi mavjud bo‘lgan bolalarga operatsiyaoldi
tayyorgarligi davrida nazotraxeal intubatsiya orqali nafas beriladi.
Bunday hollarda traxeobronxial daraxt tez-tez sanatsiya qilib turiladi.
Qizilo‘ngach atreziyasida aspiratsiyaning oldini olish uchun har 10-15
min da o g lz bobshlig‘i va qizilo‘ngachning yuqori segmentidan shilliq
va solaklar so‘rib olinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va traxeyaning shilliq qavati
jarohatlanishning oldini olish uchun vaakum - so‘rg‘ichning so‘rish
bosimi chala tugllgan bolalar uchun 0,2 atm (20 kPa), muddatiga etib
tugllgan bolalar uchun 0,3 atm (30 kPa) dan oshmasligi kerak. Mexanik
yoki dinamik ichak tutilishi mavjud bolalarda aspiratsiyaning oldini olish
maqsadida muntazam ravishda (har 3-47 soatda) oshqozon suyuqligi
so‘rib olinadi.


Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling