Bolalarga qanot bo‘layotgan “Kamalak”
Download 35.98 Kb.
|
Bolalarga qanot bo
Bolalarga qanot bo‘layotgan “Kamalak”Poytaxtimizda Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik, idora, davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi O.Jamoliddinova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimiz yoshlarini har tomonlama yetuk, bilimli va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Bugun o‘z safida 2 million 700 mingdan ko‘proq o‘quvchi-yoshlarni birlashtirgan “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2010 yili “Kamalak” tomonidan o‘n to‘rt loyiha amalga oshirildi. “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar”, “Kamalak” bilimdonlari”, “Kamolot”da kamol topdim”, “Biz tinchliksevar yurt farzandlarimiz” singari loyihalar yoshlarning iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishda yangi imkoniyatlar yaratdi. “Kamalak” a’zolari bo‘lgan 10-14 yoshli o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yozgi dam olish mavsumida “Yozni “Kamalak” bilan o‘tkaz” loyihasiga ko‘plab yoshlar qamrab olindi. Oromgohlardagi madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda 1,5 milliondan ko‘proq o‘quvchi ishtirok etdi. Yoshlar uchun mahallalarda kompyuter savodxonligi va til o‘rganish kurslari, “Kutubxona kuni”, “Ko‘chma teatr” aksiyalari tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida ham faol ishtirok etmoqda. Joylarda barpo etilgan ko‘plab “Kamalak” va “Kamolot” bog‘lari buning dalilidir. Navqiron avlod vakillari Vatanimiz mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan bunday xayrli ishlar ko‘lamini yanada kengaytirayotir. Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan ana shu vazifalar qamrab olingan “Baxtli bolalik”, “Men ham askar bo‘laman”, “BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari – mening nigohimda” kabi ko‘plab loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, o‘quv-uslubiy seminarlar, ijodiy bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Maqsad – yoshlar qalbida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularni ertangi kunimizning munosib davomchilari etib tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarning ijodiy-intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish va ro‘yobga chiqarishdan iborat. Tadbirda Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining istiqboldagi vazifalari belgilab olindi. Download 35.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling