Bosh boshqarmasi olmazor tumani


T/r Darsning bosqichlari


Download 35.02 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2021
Hajmi35.02 Kb.
1   2   3
T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

Darsni yakunlash:

1.O’quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash


5 daqiqa

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy qism (salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish)

O’qituvchi darsga kirib kelib, o’quvchilar bilan salomlashadi.Shundan so’ng davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshiradi.Bugungi dars quyidagi kartochkalar asosida baholab borilishini e’lon qiladi:





HARAKAT QILING BARAKALLA OFARIN

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.” 10-dars O’zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi” mavzusini quyidagi topshiriq yordamida takrorlash.

1. Ishlab chiqarishni intensivlashtirish deganda nimani tushunasiz?

2. Ekstensiv yo‘l qanday natijalarga olib keladi?

3. Qaysi sohalar moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan sohalar hisoblanadi?

III. Yangi mavzu bayoni. Dastlab 8-sinf uchun tayyorlangan “Sanoat-milliy iqtisodiyotining tayanch tarmog’i” mavzusidagi o’quv filmi televideoproyektor yordamida monitor orqali namoyon etiladi.Shundan so’ng o’qituvchi darslik, devoriy xarita va o’quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntiradi.

Sanoat – milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog‘idir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyoti sanoatga bog‘liq. Sanoatning rivojlanishi bilan yangi aholi punktlari, transport yo‘llari vujudga keladi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo-sotiqning taraqqiyot darajasi o‘sadi, sanoatning rivojlanishi bilan tabiatdan foydalanish ham jiddiy o‘zgaradi.

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari sanoat ham turli joylardagi korxona

(zavod, kon, elektr stansiya kabi)lardan iborat. Sanoat korxonalarining aksariyat qismi davlat mulki bo‘lib keldi va bugungi kunda ular xususiylashtirilmoqda. Xususiylashgan sanoat korxonalari bozor munosabatlariga xos talab va taklif asosida ishlaydi. Bu jarayon sanoatning rivojlanish dinamikasiga ham ta’sir qiladi. Korxonalar xomashyo, yoqilg‘i, energetika, suv va hatto ishchi kuchi (inson omili)dan foydalanishi bo‘yicha ko‘p xomashyo, ko‘p energiya talab, ko‘p suv va ko‘p mehnattalab sifatlarda guruhlanadi. Ularning har biriga xos tayanch korxona doirasida o‘nlab mayda korxonalar ishlab chiqarish bo‘yicha aloqador bo‘ladi. Buni ishlab chiqarishning kombinat shakli deyiladi.

Korxonalar har xil kattalikda bo‘ladi. Masalan, aksariyat tikuvchilik korxonalari birgina binoga joylashsa, neftni qayta ishlash va metallurgiya kombinatlari kabi korxonalar o‘rtacha kattalikdagi shahar maydonga teng hududni egallaydi.

Texnika taraqqiyoti davrida mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqarishni markazlashtirshdan foydalanildi.

Ishlab chiqarishning markazlashuvi – ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planish.

Biroq o‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakli endilikda ijtimoiy va ekologik muammolarning kuchayshiga sabab bo‘lmoqda.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga bo’lingan holda savol javob qilish.

V. Uyga vazifa berish va o’quvchilarni baholash. Shundan so’ng o’qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi:

1. O’tigan mavzuni o’qib, o’zlashtirib kelish

2.Atlasdan foydalangan holda, foydali qazilma konlarni nomini topib,quyidagi jadvalni to'ldirish.



Neft

Tabiiy gaz

Neft va tabiiy gaz

Grafit

Ohaktosh































































O’quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o’quvchilar darsdagi ishtiroki va yig’gan kartochkalariga qarab o’qituvchi tomonidan baholanadi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo’qligini so’raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi.


Download 35.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling