Bosh sahifa/Axborot xizmati: Rahbar nutqlari


Download 80.71 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi80.71 Kb.

 Ru En

Bosh sahifa/Axborot xizmati:Rahbar nutqlari

2018 yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari to’g’risida umumiy hisobot

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2018 yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari to’g’risida

umumiy hisobot

Markaziy Kengash raisi – Quranbaev Qahramon Qo’chqorovich.

I. Moliyaviy ko’rsatkichlar:

Tasdiqlangan byudjetga asosan, 1-chorak davomida amalga oshirilishi kutilgan xarajatlar 72,3 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, daromadlar jami

58,4 mlrd. so’m bo’ldi. Shundan 20,2 mlrd. so’m kichik korxonalar tomonidan ajratmalar hamda 37,0 mlrd. so’mMoliya vazirligi tomonidan ko’chirib berilgan mablag’lardir.

Ushbu tushumlardan birinchi chorakda 47,6 mlrd. so’m xarajatlar amalga oshirildi. Jumladan, hududiy va mahalliy kengashlar xarajatlarini moliyalashtirishga 26,3 mlrd. so’m ajratilgan bo’lsa, Ittifoq huzuridagi tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishga 9,3 mlrd. so’m yo’naltirilgan, Markaziy Kengash xarajatlari ushbu davrda 12,0 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Iqtisod qilingan mablag’ 10 mlrd. so’mni tashkil etdi.

 

II. Hajmiy ko’rsatkichlar:



Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligiga ko’maklashish va ijtimoiy himoyalash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo’nalishida:

2018 yil I choragi davomida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish siyosatini ro’yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston yoshlar ittfoqi tomonidan 4 322 nafar yosh tadbirkorlarga 976 mlrd. so’mmiqdorida imtiyozli kredit mablag’larini ajratish bo’yicha dastlabki manzilli ro’yxatlar shakllantirildi. 240 nafar yoshtadbirkor va hunarmandlarga725 mln. so’mmiqdorda kreditlar olinishida ko’maklashildi.

Yosh tadbirkorlarga berilishi zarur bo’lgan 976 mlrd. so’m kredit mablag’larini 2018 yil davomida bosqichma-bosqich tarzda biznes-loyihalarni tayyorlash vaqtidan va ularning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqib, birinchi bosqichda, ya’ni joriy 1-yarim yillikda qishloq joylardagi 1 228 nafar (shundan, yangidan faoliyat boshlayotgan va faoliyat yuritayotgan) yosh tadbirkorlarning jami qiymati 222 mlrd. so’mli biznes loyihalarini moliyalashtirishdan boshlash belgilandi.

Hududlar imkoniyatidan kelib chiqib, biznes sayohat hamda “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar, fermerlar hamda ixtirochi yoshlar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar va mahsulotlar ko’rgazmasi tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan, 27 fevral kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” binosida tashkil etilgan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslarida 200 nafar yosh tadbirkorlar ishtirok etdi. Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli Navoiy mashinasozlik zavodi, Navoiy erkin-iqtisodiy zonasida joylashgan “UzEraeCable”, “UzEraeAlternator”, “UzMinda” MCHJ qo’shma korxonalariga biznes sayohat tashkil etildi.

Ko’rgazmada ishtirok etgan bir guruh yoshlarning innovatsion g’oyalarini moliyalashtirish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan 65 mln. so’m, ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun 20 gektar yer maydoni va qimmatbaho sovg’alar ajratildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yanvar-mart oylari mobaynida 14228 nafar yoshlar tadbirkorlik asoslariga o’qitilib, 2000 nafardan ortiq yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ko’maklashildi. Shundan, 574 nafar yoshlarga 73,6 mlrd.so’m imtiyozli kreditlar, 143 ta yer-joy va bino-inshootlar ajratildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda tijorat banklari (“Mikrokreditbank”, “Milliy bank”, “Asaka bank”, “Turon bank”, “Qishloq qurilish bank”) o’rtasida imzolangan o’zaro hamkorlik memorandumlariga muvofiq bugungi kunga qadar 66 nafar yosh tadbirkorlarga 2 258,0 mln. so’m miqdoridagi kredit mablag’lari ajratilib, 177 ta yangi ish o’rniyaratildi.

Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 4 169 ta (84 509 nafar yoshlar),O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida 884 ta (19 515 nafar yoshlar),Respublika bo’yicha jami 691 ta (9 369 nafar yoshlar qamrab olingan) mahallalarda “Biznes klub”lar faoliyati yo’lga qo’yilib, biznes-treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan psixologik treninglar o’tkazish orqali jami3 670 nafartinglovchi qamrab olindi.Jumladan,1 457 nafarpsixologlar, 1 438 nafaryoshlar yetakchilari,775 nafarmahalla maslahatchilaridir.

Shuningdek, yakka tartibda ishlash, maslahatlar berish orqali esa256 ta holato’rganilib, amaliy psixologik maslahatlar berildi. Jumladan,165 nafartarbiyasi og’ir voyaga yetmagan,9 nafario’z joniga qasd qilishga moyilligi bor yoshlar,69 ta holatnotinch, ajrimga kelgan, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi oilalar bilan ish olib borildi. Bundan tashqari,2 taog’ir bemor,2 tadiniy-ekstermistik oqimlarga moyil bo’lgan,2 nafarkliptomanlikka chalingan,2 nafarog’ir sharoitda yashayotgan,1 nafarta’lim jarayonida muammosi bor va4 nafarfohishabozlik bilan shug’ullanuvchi yoshlar bilan ishlar olib borildi.

 

Bugungi kunda respublikada 30 yoshdan oshmagan yosh fermerlar soni 12 000 nafardan ortiqbo’lib, qishloq xo’jaligi sohasining barcha yo’nalishlarida o’z faoliyatini olib bormoqda.



Joriy yilning yanvar-fevral oylarida “Hokim va yosh fermerlar”mavzusida ochiq muloqot va amaliy uchrashuvlar respublikamizning 156 ta tuman hamda Xorazm, Jizzax va Toshkent viloyati hokimlari ishtirokida o’tkazilib, unda 9300 nafardan ziyodyosh fermerlar ishtirok etdi.

Shuningdek, ochiq muloqotlarda yosh fermerlar tomonidan 1030 ta muammolar bildirilib, ularning 643 tasi tuman, 254 tasi viloyat miqyosida o’z yechimini topdi. 130 dan ortiq muammolar yuzasidan yo’l xaritasi ishlab chiqilib, ijroga yo’naltirildi.

Respublikamizning Farg’ona, Andijon, Namangan, Navoiy, Xorazm viloyatlarida o’tkazilgan “Yoshlar haftaligi”doirasida jami 55 dan ortiq tumanlarda tashkil etilgan42 ta seminarlarda 1273 nafar yosh fermerlar va 8500 dan ortiq fermerlik faoliyatiga qiziquvchi yoshlar ishtiroki ta’minlandi.

Shuningdek, qolgan viloyatlarda 38 ta agrobiznes sayohat va mahorat darslari va 40 danoshiq ochiq muloqotlar tashkil etildi hamda hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan eng ilg’or 30 nafar yosh fermerlar Davlat mukofotlariga tavsiya qilindi.

Joriy yilning 12-13 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining xorij mamlakatlarida o’zining ilmiy-amaliy tajribalariga ega bo’lgan “Nita-farm” kompaniyasi bilan hamkorlikda yetuk mutaxassislar va veterinar professorlar ishtirokida “Animal keeping” mavzusida “Veterinariya va zootexniya Forumi” o’tkazildi.

Forumda sohaning yetuk mutaxasis-ekspertlari O.Bondar va V.Zubarev(Rossiya),mamlakatimizda ushbu sohada faoliyat olib borayotgan olimlar hamda respublikamizning barcha hududlaridan 80 dan ortiq yosh veterinarlar, 150 danortiq chorvachilik yo’nalishida faoliyat olib borayotganyosh fermerlar ishtirok etdilar.

Yer olish bo’yicha kelib tushgan 43 murojaatdan 36 tasiningmasalasi yechilib, jami 220 gektar yer maydoni ajratib berilishiga ko’maklashildi.

Yosh fermerlarga lizing asosida texnika xarid qilinishi bo’yicha jami 22 nafaryosh fermerlarga  2 435 mln. so’mlikimtiyozli kredit mablag’lari olishda ko’maklashildi

 

Yoshlar o’rtasida jinoyachilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni keskin kamaytirish, bu borada samarador chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi tizimida “2018 yil – Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etish yili”deb e’lon qilindi.



Tarbiyasi og’ir uyushmagan yoshlar o’rtasida tizimli profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 13-banddan iborat maxsus yil dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o’rtasida 2017 yil 5 dekabrda imzolangan yoshlar masalalari sohasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandumning 2-moddasi, “j” kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyat ishlari bo’yicha sud tomonidan jazo tayinlashda O’zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining kafolat xatiga asosan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo turini tayinlash mexanizmi joriy etildi.

Mazkur Qoidalarga muvofiq bugungi kunda adashib jinoyat yo’liga kirgan, sodir etgan jinoiy qilmishidan chin ko’ngidan pushaymon bo’lgan 141 nafar yoshlar O’zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, sudlar tomonidan ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo turi tayinlandi.

Mazkur toifadagi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni kelgusi hayotida o’z o’rnini topishida amaliy yordam berish maqsadida sud zalidan olib chiqilgan 141 nafar yoshlarning har biriga tegishli hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan Temurbeklar maktabi hamda hududlardagi harbiy qism ofitserlari mas’ul sifatida biriktirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 75 988 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida 489 marotaba “Hokim va yoshlar”,5 270 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida 936 marotaba “Prokuror va yoshlar”, “Sud va yoshlar”, “Deputat va yoshlar” mavzularida ochiq muloqotlar o’tkazildi. Mazkur ochiq muloqotlarda yoshlarning 5 317 nafardan ortiq muammolari ijobiy hal etildi.

Ittifoqning hududiy Kengashlari qoshida “Jasorat” klublari tuzilib, joriy yilning birinchi choragi mobaynida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, uyushmagan yoshlarning tungi vaqtlarda turli ko’ngilochar (dam olish) maskanlarida behayolikni, shavfqatsizlikni targ’ib qiluvchi materiallar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida jami 357 marotaba reydlar o’tkazildi. Shundan, 34 tasi restoranlarda, 138 tasi kafelarda, 21 tasi barlarda, 86 tasi “Game club”, internet o’yingohlarida, 78 tasi boshqa ko’ngil ochish joylarida tashkil etildi.

Tadbirlar davomida tungi vaqtlarda ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning nazoratisiz ko’ngil ochish (dam olish) joylarida yurgan jami 137 nafar voyaga yetmaganlar (shundan 84 nafari maktab o’quvchilari, 53 nafari akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari) aniqlanib, ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida 2017 yil 22 dekabr kuni o’tkazilgan yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Tarbiyasi og’ir, hayotda o’z yo’lini topishga qiynalayotgan yoshlar bilan ishlash, ularni ishga joylashtirish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ining 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16 mart kuni Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi o’rtasida Qo’shma qaror imzolandi.



Hududlar va sektorlar kesimida uyushmagan yoshlarning ro’yxati shakllantirildi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko’ra hozirgi kunda 843 320 nafar uyushmagan yoshlar (shundan 430 639 nafari qizlar) borligi aniqlandi.

2018 yilning I choragi mobaynida uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularni manzilli aniqlash hamda bandligini ta’minlash maqsadida 568 marta mehnat yarmarkalari tashkil etilgan bo’lsa, ularda 139 268 nafar yoshlar qamrab olindi. Hududlarda yoshlar bilan 1317 marta ochiq muloqotlar tashkil etilib, 171 497 nafar yoshlarning muammolari bartaraf etildi. Bugungi kunga qadar 17 652 nafar uyushmagan yoshlar bandligi ta’minlangan (2,1%).

Joriy yilning 15-17 mart kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da O’zbekiston yoshlar ittifoqi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda “Expocontact” MCHJ bilan hamkorlikda “Ta’lim va mutaxassislik” XIII xalqaro ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmasiga 3 kun davomida 14 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan 15 mingga yaqin yoshlar tashrif buyurdilar.

Ko’rgazmada 40 ga yaqin O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan mahalliy oliy ta’lim muassasalari, 30 ga yaqin nodavlat ta’lim muassasalari hamda Polsha, AQSH, Yaponiya Latviya, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Malayziya, Angliya, Shveytsariya, Belarus, Vengriya va Singapurdavlatlarining 20 dan ortiq nufuzli oliy o’quv yurtlari, ularning O’zbekistondagi filiallari, xorijda ta’lim olishga ko’maklashuvchi tashkilotlar, o’quv markazlari o’zlarining ta’lim dasturlari namoyishi bilan ishtirok etdilar.

Ta’kidlash lozim, bugungi kunda Yoshlar markazlarida 94 xil yo’nalishda to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilishi nazarda tutilgan bo’lib, hozirgi kunda ulardan 45 yo’nalishda 956 ta to’garak va kurslar faoliyati yo’lga qo’yilgan, ularga jami 23945 nafar (shulardan 11116 nafari o’g’il bolalar) yoshlar jalb qilingan.

To’garak va kurslarga jalb etilgan yoshlarning 2785 nafari uyushmagan, 1732 nafari kam ta’minlangan oila farzandlari, 684 nafari xorijda ishlab qaytgan yoshlar, 324 nafari mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi, 299 nafari imkoniyati cheklangan yoshlar, 292nafari chin yoki yarim yetimlar, 207 nafari boquvchisini yo’qotgan oila farzandlari, 134 nafari IIV idoralari ro’yxatida turuvchi yoshlar hamda 10 nafari Yoshlar ittifoqi kafilligida afv etilgan va boshqa yoshlarni tashkil etadi.

 

Xalqaro aloqalar, turizmni rivojlantirish, OAV bilan ishlash, AKTni joriy qilish yo’nalishida:



2018 yilning 11-18 yanvarkunlarida O’zbekiston yoshlar ittifoqining

6 kishidan iborat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safari uyushtirildi. Safar davomida ARD-Germaniya telekanallari assotsiatsiyasi mas’ul xodimi Roben Lotenbax, Germaniya oila, keksalar, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo’yicha vazirligining Yevropa va xalqaro yoshlar siyosati bo’yicha bo’lim boshlig’i Andrea Balbax, Germaniya texnik ko’maklashish federal idorasining Berlin Yoshlar uyushmasi davlat tashkiloti xalqaro treneri Jens Peter, Germaniya federal Yoshlar kengashi prezidenti Liza Maya, “Berlin haftaligi” (Berliner Woche) gazetasi bosh muharriri H.Herold, Mediakommunikatsiya va iqtisodiyot oliy maktabi (universiteti) Prezidenti, prof. Klaus Shultsva rektori, prof. Ronald Freytag, Berlin Ommaviy axborot vositalari oliy maktabi (universiteti) rektori Andreas Rohdebilan uchrashuv va davra suhbatlari amalga oshirildi.

Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey o’quvchisi O.Ismoilova malaka oshirish uchun Germaniyaning Myunxen shahridagi “BWS Germanlingua” til o’rgatish maktabiga intensiv til o’rgatish 3 oylik kursiga o’qishga yuborildi.

2018 yilning 12-18 fevral kunlarida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida “O’zbekiston-Rossiya yoshlarining 2-forumi” o’tkazildi. Forum doirasida 2018 yilning 12 fevral kuni Rossiya yoshlar ittifoqi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi o’rtasida 2018 yilga mo’ljallangan ish rejasi hamda 2018 yilning 16 fevralida Yoshlar turizmi agentligi va Volgograd ma’muriyati yoshlar siyosati va turizm Qo’mitasi o’rtasida “O’zaro hamkorlik to’g’risida”gi memorandum imzolandi.

2018 yilning 1-2 mart kunlari O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash apparati bandlikka ko’maklashish bo’limi mudiri H.Bekmurodov va Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o’rinbosari A.Jumaboev Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga xizmat safariga yuborildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi



PQ-3514-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” dasturi amalga oshirilmoqda.

Ushbu dastur asosida 2018 yilda jami 1 094 944 nafar yoshlarni sayohatga olib chiqish rejalashtirilgan. Shundan, umumta’lim maktablaridan 899 190 nafar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan 139 950 nafar, oliy ta’lim muassasalaridan 55 804 nafar hamda tadbirkor va uyushmagan yoshlardan 807 570 nafarni tashkil etadi.

“Navro’z” umumxalq bayramini nishonlash munosabati bilan 5 kunlik ta’til kunlari yoshlarning ichki turizm va faol dam olish yo’nalishlari bo’yicha manzilli reja-jadval tayyorlanib, jami 120 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli qarorining 35-bandi ijrosi ta’minlash maqsadida kafolat asosida jazodan ozod etilgan yoki jazosi yengillashtirilgan, keyinchalik xulqi ijobiy tomonga o’zgargan 203 nafar yoshlar sayohatga jalb qilindi.

2018 yil 25 yanvar kuni “Yoshlar bilan muloqot: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya doirasida O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (UNESCO), BMTning Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning O’zbekistondagi vakolatxonalari hamda tegishli idora, muassasa va tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilindi. Konferentsiyada ishtirok etish uchun jami 500 dan ortiq maqolalar kelib tushdi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy, sport va yosh oilalar bilan ishlash yo’nalishida:



Joriy yilning 6 yanvar kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi munosabati bilan“Yoshlar press-klubi”ning “O’zbekiston Qurolli Kuchlari: matonatli yoshlarning hayot maktabi”shiori ostida navbatdagi sessiyasi o’tkazildi.

Hududlar markazlarida yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida 1500 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda 290 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, Ittifoq tomonidan “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilgan 30 nomdagi 4 000 dan ortiq mumtoz va jahon adabiyotining durdona asarlari harbiy qismlar va Temurbeklar maktablariga yetkazildi.

Joriy yilning 13-22 fevralkunlari ikkita yosh toifasida (14-19 yosh, 20-30 yosh) “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi teletanlov shaklida o’tkazildi. Tanlovda 1-o’rinni qo’lga kiritgan 16 yoshli Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi hamda 22 yoshli Ismoilova Sharofat Salimjon qiziga 1 donadan “Prezident sovg’asi” – “SPARK” avtomashinasi, 2-o’rin g’oliblariga kompyuter jamlanmasi, 3-o’rinni qo’lga kiritgan yoshlarga 200 donadan kitoblar to’plami taqdim etildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari Andijon, Farg’ona, Namangan, Navoiyviloyatlarida “Yoshlar ittifoqi haftaligi”tashkil etildi. Haftalik doirasida yoshlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari, psixologik ko’maklar, maqsadli o’rganishlar va sport musobaqalari o’tkazilib, (jami 406 ta). 48870 nafar yoshlar bevosita qamrab olindi.

Haftalik doirasida el ardog’ida bo’lgan taniqli san’ankorlar hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist va aktyorlar ishtirokida 3140 nafardan ziyod ijodkor yoshlar bilan 23 taijodiy kechalar va uchrashuvlar o’tkazildi. 90 nafardanortiqeng iqtidorli yoshlarning ijod namunalari bilan tanishib chiqildi. 128 nafar yoshlar Respublika yosh ijodkorlar kengashi a’zoligiga qabul qilindi va 92 nafar yosh ijodkorlar kashf etildi. Shuningdek, “Yoshlar haftaligi” o’tkazilgan viloyatlarning 16 ta tuman (shahar)larida yoshlar havaskor teatr studiyalari tashkil etildi.

 

Joriy yilning 24 fevral kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar press klubi”da Tailandda bo’lib o’tganU-18 World Deaf Futsal Championship – futzal bo’yicha zaif eshituvchilar o’rtasidagi jahon chempionatidahamda Xitoyda bo’lib o’tgan23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo chempionitida g’oliblikni qo’lga kiritgan sporchi-yoshlarimizni oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari ishtirokida taqdirlash marosimi o’tkazildi.



Joriy yilning 21 mart kuni “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markaziy ko’chalarida yoshlarning “Navro’z marafoni – 2018” o’tkazildi.

Marafonning www.marafon.yil.uz veb-sayti orqali 2 mingga yaqin yoshlar onlayn ro’yxatdan o’tish orqali hamda 20 mingdan ortiq Ittifoqning mahalliy va hududiy Kengashlariga tashrif buyurgan holda ro’yxatdan o’tib, marafonda ishtirok etishdi. Shuningdek, 200 nafardan ortiq huquqni muhozafa qiluvchi idoralar xodimlari va harbiy qismlardagi yoshlar mazkur marafonda qatnashishdi.

 

Joriy yilning 23 fevral kuni “Oila mustahkamligini ta’minlash – eng avvalo, er kishining burchi!” mavzusida “Yoshlar press-klubi”ning maxsus soni tasvirga olindi.



Shuningdek, respublika bo’ylab “Sog’lom oila – sog’lom jamiyat” kontseptual g’oyasi asosida targ’ibot tadbirlari tashkil etildi. “Oilalarda sog’lom muhit yarataylik!”, “Oila – baxt to’la qo’rg’onim”mavzularida tashkil etilgan ochiq muloqotlarda12 000  nafardanortiq yoshlar ishtirok etdi. Bugungi kunda notinch va muammoli, ayniqsa, og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yosh oilalar aniqlanib, ularning manzilli ro’yxatlari shakllantirildi.

Xususan, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlar, zamonaviy yosh oilaning namunali shaklini targ’ib etish maqsadida “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipi asosida 1200 nafardan ortiq notinch va muammoli yosh oilalar bilan individual suhbatlar tashkil etildi. Ularning muammolari o’rganilib, amaliy yordamlar ko’rsatildi.

To’y-hashamlarni ixchamlashtirish va tartibga solish maqsadida3760 marta davra suhbatlari va targ’ibot tadbirlari o’tkazilib, 133 441 nafar yoshlar ishtirok etdi. Ushbu aktsiyalar doirasida #yoshlardabdababozlikkaqarshi va #ixchamtuytarafdorimiz xeshteglapi ommalashtirildi.

Yosh oilalar o’rtasidagi ajrimlarni oldini olish bo’yicha Aholi va yoshlar orasida olib borilgan targ’ibot tadbirlarida 126 940 nafar yoshlar ishtirok etgan. Shundan, 996 ta yosh oilalar yarashtirilgan, 1814 ta oilalarning ajralib ketishi oldi olingan.

Shuningdek, “Yoshlar” telekanalining “Yoshlar studiyasi”, “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko’rsatuvi hamda “Yoshlar” teleradiokanalining “Harakatdagilar” eshittirishi hamda hududiy telekannallar orqali to’y-hashamlarni ixchamlashtirish yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, mart oyi davomida Navoiy, Namangan, Farg’onaviloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 15 ta namunali to’ylar tashkil etildi.

Joriy yilning mart oyida “Dugonalar” jurnalining birinchi soni chop etildi.

 

“Kamalak” bolalar tashkilotlari va boshlang’ich tashkilotlar bilan ishlash yo’nalishida:



Bugungi kunga qadar O’zbekiston yoshlar ittifoqining jami 23 127 ta (9 636 ta umumiy o’rta, 1 548 ta o’rta maxsus, 82 ta oliy ta’lim hamda 11 861 ta korxona, tashkilot va muassasalarda) boshlang’ich tashkilotlari faoliyati yo’lga qo’yildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yetakchilar uchun 5 ta guruh, 1 takanal tashkil etilib, bugungi kunga qadar 7000 nafardan ziyod yetakchilar bilan doimiy muloqotlar olib borilmoqda.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi tanlovning quyi bosqichlarida jami 1178 nafar talaba ishtirok etdi. Respublika bosqichida esa eng yuqori ball to’plagan 331 nafar talaba qatnashdi. Respublika bosqichi natijalariga ko’ra 14 nafarfaol va iqtidorli yoshlar “Ittifoq stipendiyasi”ga loyiq deb topildi va ularni yil davomida eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida rag’batlantirilib borilishi belgilandi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassalaridagi 81 nafar yoshlar yetakchisiga har oyda eng kam ish haqining 7 baravari miqdorida har oylik to’lovlar to’lab berilishi yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan, Ittifoqning faol a’zosi bo’lgan 1953 nafar talabalarning to’lov-kontrakt summasining 35 foizini to’lab berishga jami

4,9 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo’yicha tavsiyanomalar berish yo’lga qo’yildi. Hozirda oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo’yicha respublika, hududiy hamda mahalliy komissiyalar tuzilib ish faoliyatini boshladi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo’yicha tavsiyanomalar berish tartibi to’g’risidagi nizom asosida mahalliy komissiyalar tomonidan da’vogar faollarning hujjatlari qabul qilinmoqda. Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda 28 nafar faol yoshlar qabul qilinadi.

 

2018 yil 1 choragida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasibilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining ikki tomonlama qo’shma qarorlari imzolandi.



Fevral oyida Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo’mitasida Yetakchilar Kengashi ta’sis yig’ilishlari o’tkazilib, faoliyati yo’lga qo’yildi. Mazkur tashkilotlarning quyi tizimlarida 241 ta boshlang’ich tashkilotlar ish boshlab, 1130 nafar sardorlar saylandi.

Ro’yxatga olingan 241 ta harbiy qismlarda tashkil etilgan boshlang’ich tashkilotlar atrofida 50 mingdan ortiq 30 yoshdan oshmagan yosh harbiy xizmatchilar birlashdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan Toshkent viloyati

va Toshkent shahrida jami 24 ta harbiy qismda Ittifoqning boshlang’ich tashkilotlari namunali tarzda tashkil etildi. Mazkur boshlang’ich tashkilotlarga 28 mln. so’mlik namunaviy devoriy stendlar, 50 mln. so’mlik Ittifoqning tarqatma materiallari, shuningdek, 15 ta kompyuter jamlanmasi va 24000 dona badiiy adabiyotlar jamlanmasi ajratildi.

Joriy yilning mart oyi davomida Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’rtasida “Yosh chegarachilar” musobaqasining tuman (shahar) bosqichlari o’tkazilib, 4 mingdan ortiqyoshlar qamrab olindi. Joriy yilning aprel oyida hududiy va may oyida Respublika bosqichi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

2018 yil 8 fevral kuni yoshlarning iqtidor va iste’dodini qo’llab-quvvatlash, bilim va tajribalarini oshirish hamda ularni rahbarlikka tayyorlash maqsadida “Sardorlar maktabi”ning 1-mavsum bitiruvchilarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.



Unda 90 nafar bitiruvchilarga maktabni tugatganligi to’g’risida diplomlar topshirildi. Mazkur maktab bugungi kunda bolalarda sardorlik ko’nikmalarini shakllantirish, jamoani boshqarish, boshqaruv psixologiyasini mukammal o’zlashtirish kabi yo’nalishlarda tajribalarini oshirmoqda.

Joriy yilning 2-10 mart kunlari Respublikamizning 8 462 ta maktablarida “Eng namunali Sardorlar kengashi” ko’rik-tanlovi o’tkazilib, unda jami 900 ming nafarga yaqin sardorlar ishtirok etdi. Joriy yilning 11-13 aprel kunlari mazkur tanlovning Respublika bosqichi Toshkent shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

“Eng namunali tuman (shahar) Sardorlar kengashi” tanlovi joriy yilning 10-25 mart kunlari barcha tuman (shahar)larda o’tkazildi. Unda jami 3600 nafar sardorlar 4 shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. 4-6 aprel Buxoro viloyatida mazkur tanlovning Respublika bosqichi o’tkazildi. Unda Buxoro viloyati Kogon tumani Sardorlar kengashi g’olib deb topildi.

 

Tashkiliy-kadrlar va mukofotlash yo’nalishida:



Hisobot davrida Markaziy Kengashning 1 marta yig’ilishi o’tkazilib, jami 8 ta masala muhokama qilindi. Markaziy Kengash Ijroiya qo’mitasining 5 ta yig’ilishi o’tkazilib, unda 85 ta masala ko’rib chiqildi.

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash kurslarining 1-bosqichida tahsil olgan 56 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli tamomladi.

Bitiruvchilarning 19 nafari davlat boshqaruv organlariga va 20 nafari jamoat tashkilotlariga hamda 7 nafari o’zi faoliyat yuritayotgan sohasi bo’yicha yuqori lavozimlarga munosib deb baholandi.

Hisobot davrida Institutning qayta tayyorlash o’quv kurslarining 2017-2018 o’quv yili uchun 2-bosqichiga nomzodlarni saralash va kirish imtihonlari tashkil etildi. Jami 1200 nafarga yaqin nomzod hujjat topshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan (181 nafar) nomzodlar bilan 26-28 mart kunlari suhbat o’tkazildi.

Ittifoq tizimida faoliyat yuritayotgan jami 92 nafar (shundan 62 nafari hududiy Kengashlar, 30 nafari mahalliy Kengashlarda faoliyat yuritgan) xodim tizimda va tizimdan tashqarida egallab turgan lavozimlaridan yuqori lavozimlarga ko’tarilgan.

Markaziy Kengashdagi ishchi guruh tomonidan har bir nomzodning hujjatlari o’rganib chiqilib, saralangan 490 nafaryoshlar Moliya vazirligidagi vakant joylarga zaxira kadrlar sifatida tavsiya etildi. Vazirlikning axborotiga ko’ra jami 289 nafar (shundan, 14 nafari markaziy apparatga, 154 nafari hududiy moliyalarga, 64 nafari g’aznachilik va 42 nafari byudjetdan tashqari pensiya jamg’armalariga hamda 15 nafari davlat moliyaviy nazorati boshqarmalariga) iqtidorli yoshlar ishga qabul qilingan.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 noyabrdagi PQ-3402-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo’yicha Komissiyasi tomonidan (15.01.2018 y.) “Mard o’g’lon” davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma” tasdiqlandi.



Yo’riqnomaga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida tuman, shahar hamda hududiy komissiyalar faoliyati yo’lga qo’yilib, respublikaning barcha hududlarida keng ko’lamda targ’ibot-tashviqot ishlari o’tkazildi.

Bugunga qadar Ittifoqning mahalliy va hududiy Kengashlariga “Mard o’g’lon” davlat mukofotiga talabgor bo’lgan 50 000 dan ortiq nomzodlar belgilangan tartibdagi hujjatlari kelib tushgan.

 

Ishlar boshqarmasi:



O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar) Kengashlari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida orgtexnika jamlanmalari hamda mebel-jihozlarini xarid qilish va hududiy kengashlarga yetkazish bo’yicha (fevral-aprel) jami 8,4 mlrd. so’m rejalashtirilgan. Shundan, Ish reja asosida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida 7,6 mlrd. so’mmablag’ o’zlashtirildi. Chorak davomida 779 847 ming. so’mmablag’ iqtisod qilindi.

Jumladan, mebel jihozlari ajratish uchun 2.790.000,0 ming so’m, komyuter texnika va boshqa tovar-moddiy boyliklarni Markaziy Kengash hamda hududlarga yetkazib berish sharti bilan 4.803.162,0 mlnso’mlik mablag’ o’zlashtirildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar Yoshlar markazining katta zaliga zamonaviy parda o’rnatish yuzasidan ajratilgan mablag’ – 168.912,0 ming so’mn tashkil etdi.

Toshkent shahar Yoshlar markazining tashqi va ichki qismlarini jihozlash va bezatish hamda zaruriy asbob-uskunalarini o’rnatish maqsadida 129,6 mln. so’m mablag’ ajratildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shaxar va viloyatlar, tuman (shahar) Kengashlariga markazlashgan holda devonxona hamda idora jihozlari xarid qilish uchun 463,8 mln.so’myo’naltirildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida zarur bo’ladigan, (yoshlar ittifoqi logotipi tushirilgan) futbolka, kepka, futbolka Polo, nimcha va boshqa tekstil mahsulotlari xarid qilish uchun yillik shartnoma aosida 880,0 mln. so’mga shartnoma imzolandi, shuningdek, Markaziy Kengash bo’limlari tadbirlari uchun tovar-moddiy boyliklar tegishli tartibda xarid qilinib, joylarga yetkazildi.

 

III. Tizim faoliyati bo’yicha mavjud (aniqlangan) kamchilik va muammolar:



YATTlar faoliyatida ularni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarda cheklashlar ko’pligi jiddiy muammodir. YATTlarga ruxsat berilgan faoliyat turlarining cheklanganligi 70 ga yaqin. Ma’lkumki, yoshlar kam xarajatli kichik biznesda o’z ishini boshlashadi, ular uchun eng maqul variantlardan biri bu yuridik maqomini olmasdan ish boshlashdir, lekin bu soxada ular uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan;Markaziy Kengash tomonidan hududlarga chiqariladigan fuqarolar murojaatlari,  topshiriq xatlari, telefonagrammalar hamda farmoyishlar ijrosi o’z vaqtida ta’minlanmayapti.

taklif:  Markaziy Kengash apparatida joriy qilingan Ijro nazorati sektori kabi hududiy kengashlar tuzilmasida Axborot-tahlil va ijro nazorati bo’limlarini tashkil etish lozim.

Yoshlar o’rtasida bugungi kunda o’z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari ko’paygan bo’lib, mazkur salbiy holatlarning oldini olish uchun yoshlarning ruhiyati bilan ishlash qoniqarli tashkil etilmagan, aksariyat ta’lim muassasalaridagi psixologlar faoliyati qoniqarsiz;Bugungi kunda “Jasorat” klubi faoliyati joylarda sezilmayapti, klub asosan tuman markazlarida qisman ishlamoqda, chekka va chegara joylarda, tungi vaqtlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda faol ishtirok etmayapti, bu masalada samarali mexanizm ishlab chiqilmagan.Respublika bo’yicha 1 mln. nafardan ortiq uyushmagan yoshlarning atiga 17,1 mingiga O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan aniq amaliy yordam ko’rsatilgan. Uyushmagan yoshlarning barchasini qamrab olishga erisha olganimiz yo’q;Joylarda mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan 56,0 minga yaqin bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosida mehnat ob’ektlariga yoshlar tomonidan murojaat qilinganda, aksariyatida amalda bo’sh ish o’rni mavjud emasligi, ushbu tashkilotlarda bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlar bandlikka ko’maklashish markazlari tomonidan majburlaganligi sababli ko’rsatilganligi bilan bog’liq holatlar kuzatilmoqda;Mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan bo’sh ish o’rinlarida asosan oliy ma’lumotli kadrlar talab etiladi, uyushmagan (ishsiz) yoshlarning aksariyati esa o’rta maxsus ma’lumotga ega;Mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan bo’sh ish o’rinlarining ish haqi ko’pchilik hollarda ishsiz uyushmagan yoshlarni qoniqtirmayapti;Xorij safarlariga yuborishda tavsiya etilayotgan kadrlarning rus va ingliz tilini bilmasligi katta muammo bo’lmoqda;Yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg’unchi g’oyalar, ichki va tashqi tahdidlar ta’siridan asrash yuzasidan tizimli mexanizm mavjud emas.

taklif: Yoshlarimizga Islom dinining insonparvarligini tushuntirishimiz zarur. Shuningdek, buzg’unchi g’oyalar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan tahdidlardan asrash maqsadida har bir tahdidlarni oldini olishga qaratilgan zarur choralarni belgilab borish lozim. “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlarini badiiy va hujjatli filmlar hamda real hayotiy voqealar asosida ijtimoiy roliklarda aholiga yetkazib berishni o’ylashimiz lozim;

Yosh oilalar o’rtasida ro’y berayotgan ajrim holatlarining oldini olishda hududlarda malakali psixologlarning yetarli emasligi.O’zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi fakultet yetakchilarini oylik ish haqlari bilan ta’minlanmagani.

taklif: Buning uchun barcha oliy ta’lim muassasasidagi boshlang’ich tashkilotlariga yuridik shaxs maqomini berish va unga qo’yidagicha moliyaviy mablag’larni yo’naltirishni maqsadga muvofiq:

- oliy ta’lim muassasasi byudjetning xarajatlar qismidagi “Yoshlarning tadbirlari uchun” bandiga ajratiladigan mablag’larni to’g’ridan to’g’ri boshlang’ich tashkilotlarning hisob raqamiga o’tkazib berish;

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun joriy etilgan O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi sovrindorlari sonini kengaytirish.

taklif: O’zbekiston yoshlar ittifoqining o’sib kelayotgan yoshlar orasiga yanada kengroq kirib borishini targ’ib qilish, faol va iqtidorli yoshlarning innovatsion loyihalari amaliyotga joriy etishga erishish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasidan kamida 2 nafar talabani O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi bilan taqdirlash hamda ularni yilning 10 oyi davomida eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida rag’batlantirib borish;

Markaziy, hududiy va mahalliy Kengash tomonidan amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport-salomatlik, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va huquqiy sohalarga oid tadbirlar boshlang’ich tashkilotlar (vertikal tizim)da tashkil etilmaganligi.

taklif:Har bir tashkil etilayotgan tadbirlarning me’yoriy-huquqiy hujjatlari (Nizom, kontseptsiya va b.)da boshlang’ich tashkilotlarda o’tkazish majburiyligini kiritish, shunga asosan o’tkazish hamda har bir bo’lim tomonidan o’tkazilishini nazoratga olnishi zarur;

Harbiy qismlardagi yoshlar bilan ishlash bo’limi o’z faoliyatini mart oyidan boshlaganligi uning loyihalari uchun mablag’lar rejalashtirilmagani. 

Markaziy Kengash va xududiy Kengashlarda harbiy bo’limning moliyalashtirish tizimini qaytadan ko’rib chiqish lozim.

Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri kengashlariga harbiy bo’lim mudirlarini tayyorlashni tez kunlarda xal etish lozim;

Hududiy Kengashlarda mas’ul xodimlar tomonidan tizimli ish tashkil etilmaganligi, kadrlar qo’nimsizligi, boshlang’ich tashkilotlar yetakchilari yoshlar bilan ishlash jarayonida yetarlicha malakaga ega emasligi kabi muammolar kuzatildi;Audit tekshiruvi bugungi kunga qadar taqdim etgan xulosalariga ko’ra bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlandi, jumladan, o’tkazilgan tadbirlar bo’yicha bo’limlarning hisobotlari o’z vaqtida taqdim etilmaganligi, xizmat safari hisobotlarining o’z vaqtida topshirilmaganligi, asosiy vositalarni tegishli schetlarga olib borilmaganligi kabi kamchiliklar mavjud.

 

IV. Takliflar:



Maktablarning 6-7-sinfidan boshlab uzluksiz moliyaviy ta’lim joriy etish. Bunda shaxsiy byudjetni shakllantirish va uni to’g’ri harajat qilishga, uni boshqarishga, rejalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish nazarda tutish.Yuridik maqom olmasdan tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yoshlar uchun an’anaviy faoliyat turlariga ruxsat berish va ro’yxatdagi yo’nalishlar sonini kasb-hunar kollejlaridagi mutaxassislik va yo’nalishlardan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqish. Ularga nisbatan ko’proq erkinlik berish.Hududiy va mahalliy Kengash xodimlari uchun maxsus malaka oshirish o’quvini tashkil etish;O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning innovatsion g’oyalari, ishlanmalari va texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishga ko’maklashishga qaratilgan “Startap loyihalarini qo’llab-quvvatlash dasturi” ishlab chiqish. 2018 yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab amalga oshirilshini ta’minlash;Hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari uchun vaqtincha yoki doimiy ofis binolarini taqdim etuvchi va biznes uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan zamonaviy kovorking markazlarini tashkil etish;Yosh tadbirkorlarni qayta tayyorlash, zamonaviy biznes saboqlarini o’rgatish hamda muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlarni shakllantirish maqsadida Yosh tadbirkorlar Akademiyasini tashkil etish;Agrar sohadagi xorijiy ilg’or tajribalar, zamonaviy resurs tejamkor texnika va texnologiyalar, eng so’nggi innovatsion ishlanmalarni yosh fermerlar faoliyatiga keng jalb qilish hamda qo’llab-quvvatlash (xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun safarlar bilan bog’liq moliyaviy masalalar) maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi huzurida maxsus fond tashkil etish lozim;O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining yoshlar qabulxonasiga ko’p sonli yoshlar tomanidan bildirilgan murojaatlarga asosan yosh fermerlarga turli konsalting xizmatlarni (Axborot kommunikatsion tizimlardan foydalanish, iqtisodiy, marketing, eksport-import munosabatlari) o’rgatish maqsadida Ittifoqning tuman Kengashlari qoshida “Fermer konsultant” markazlarini tashkil etish kerak.Respublikamizda joylashgan barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o’tayotgan yoshlar bilan ta’lim muassasalarida tahsil olib kelayotgan, jinoyat sodir etishga moyil bo’lgan voyaga yetmaganlar, mahallalardagi tarbiyasi og’ir uyushmagan yoshlarni har oyda kamida bir marotaba “yuzlashtirish” tadbirlarini o’tkazib borish va bu jarayonni psixologlar nazoratida amalga oshirish;Yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish hamda ularni keskin kamaytirish maqsadida jinoyat sodir etilishi hamda jinoyatchilik ko’rsatkichlari bo’yicha xorijiy tajribani o’rganish, ularni amaliyotga tadbiq qilish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini o’rganish maqsadida “Yoshlar ishtirokida huquqbuzarliklar va ularning profilaktikasi”ga bag’ishlangan yangi tartibda maxsus savolnoma ishlab chiqish hamda sotsiologik tadqiqot o’tkazish;Respublika miqyosida sog’lom raqobatni yaratish maqsadida bugungi kungacha yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar ko’rsatkichi bo’yicha ijobiy natijalarni qayd etayotgan hududlardagi yoshlar tarbiyasiga mas’ul rahbarlarning tajribalarini ommalashtirish mexanizmini yo’lga qo’yish;Ta’lim muassasalaridagi psixologlarning faoliyatini Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda tanqidiy ko’rib chiqib, malakali va yoshlarni o’ziga ergashtira oladigan, yoshlarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etish qobiliyatiga ega haqiqiy ma’nodagi ruhshunoslarni ishga olish tizimini yo’lga qo’yish;Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, yangi qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirish, ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan printsip asosida huquqiy targ’ibot ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.Respublikaning barcha tumanlarida ketma-ketlik asosida manzilli tarzda mini mehnat yarmarkalarini o’tkazish;Respublikamizning internet yetib bormagan hududlarida yangicha masofaviy tarzda bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yetkazib berish va shu orqali o’sha hududdagi yoshlarni ish bilan ta’minlash;Janubiy Koreyaning ishga joylash tizimini O’zbekiston sharoitiga moslagan holda ishsiz yoshlarni kasbga yo’naltirishning yangi tartibini joriy etish;Ittifoq tizimidagi xodimlarni ko’proq chet elga xizmat safariga yuborish, malaka oshirish va tajriba almashishga shart-sharoit yaratib berish choralarini ko’rish lozim;O’zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan turli millatga mansub yoshlarni birlashtirishga qaratilgan tadbirlar (festival, ko’rik-tanlov) tashkil etish.Buyuk ajdodlarimiz, yangi va zamonaviy o’zbek adabiyoti darg’alari to’g’risida yoshlarning xabardorligini yanada oshirishga xizmat qiladigan tanlovlar tashkil etish hamda targ’ibot ishlarini kuchaytirish.Yosh oilalarni ijtimoiy-psixologik himoya qilish, yosh oilalarda ro’y berayotgan ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga psixologik yordam ko’rsatish, kasb-hunar o’rgatish va bandligini ta’minlash maqsadida hududlarda “Yosh oila” maktablari tashkil etish;Yosh oilalar o’rtasida ajrimlarning oldini olishda psixologlarni keng jalb etish, ularning malakasini oshirish bo’yicha o’quv seminarlari tashkil etish;Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan yosh oilalar o’rtasida muntazam ravishda ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazib, natijalarini tahlil etib borish;Oilaviy munosabatlarda er-xotin o’rtasidagi inson huquqlari tamoyillariga asoslangan burch, vazifa va majburiyatlarni aniq belgilab berish, mazkur me’yorlar buzilgan taqdirda er yoki xotinga nisbatan qonuniy choralar qo’llash tizimini yaratish;Ittifoqning hududiy va mahalliy Kengashlarining hamkor tashkilotlar bilan faoliyatini tizimli ravishda yo’lga qo’yish;Sport musobaqalarining tuman (shahar), hududiy bosqichlarini o’z muddatlarida sifatli o’tkazish yuzasidan choralar ko’rish;Ittifoq Markaziy Kengashi qoshida “Mard o’g’lon” davlat mukofotiga munosib nomzodlarni saralash bo’yicha muvofiqlashtiruvchi Komissiya tashkil etish, Komissiyaning hududlardan tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarini joriy yil aprel oyining 3 o’n kunligida ko’rib chiqilishini yuqori saviyada tashkil etish;Ittifoqning hisobot Qurultoyiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish va bu bo’yicha Markaziy Kengash yig’ilishini tashkil etish;Audit tekshiruvi yakunlangach aniqlangan kamchiliklar yuzasidan barcha rahbarlar va hisobchilar ishtirokida muhokama o’tkazish va kelgusida ushbu xato va kamchiliklarga yul qo’ymaslik choralarini ko’rish;Hisob siyosatini amalga oshirish buyicha yangi nizom ishlab chiqish;Nazoratga olingan hujjatlarning keskin ko’payganligi munosabati bilan ularni nazorat qilish va muddatida ijrosini ta’minlashga erishish maqsadida maxsus elektron dastur ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq;2018 yil 2-choragida hududiy kengashlar va tizim tashkilotlarida ijro intizomi holatini maqsadli o’rganishni tashkil qilish kerak;O’zbekiston yoshlar ittifoqi tadbirlari asosida Chet ellik tashqi sayyohlar va ichki sayyohlar uchun hamda ichki turizmni rivojlantirish uchun yillik shartnomaga asosan yuk va yo’lovchi tashish avtotransport xizmatiga bo’lgan talablarini tashkil etish;Respublika hududidagi, moliyaviy manbalaridan qat’iy nazar Ittifoq balansida bo’lgan ko’chmas mulk ob’ektlarini ta’mirlash, qayta ta’mirlash va qurishda loyiha-smeta hujjatlarining ekspertiza qilinishini ta’minlash.

Qo'shildi:  18.09.2018 Ko'rishlar: 684 Chop etish

 Madhiya  Bayroq  Gerb

E'lonlar


    

2019 © Barcha huquqlar himoyalangan.



Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling