Boshang’ich sinf darliklarida f’elga oid mashqlarni tasnif qilish


Download 72 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi72 Kb.
#1034836
Bog'liq
boshangich darsliklarda felga oid tasniflar


Boshang’ich sinf darliklarida f’elga oid mashqlarni tasnif qilish

REJA:

1. Fe’larning tuzilishiga ko’ra turari.
2. Fe’lning tasnifiga ko’ra turlari.
3. Fe’lning gramatik shakllari.

Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:


1.Sodda fe’llar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub: o‘qi,kut,kel, ol va yasama: ishla, tozala, oqar, ko‘rsat so‘zlardan tashkil topadi.
 2.Qo‘shma fe’llar ikki o‘zak morfemaning birikishidan hosil bo‘ladi va tarkiban quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi: a) ot yoki boshqa turkumga oid so‘zlar+fe’l: qaror qilmoq, ahd etmoq, taq etmoq, dod demoq, bayon qilmoq; b) fe’l+fe’l: ishlab olmoq, olib chiqmoq, borib kelmoq, sotib olmoq. Zamon va shax-son qo‘shimchalari qo‘shma fe’lning ikkinchi qismiga qo‘shiladi: borib keldim, olib chiqding kabi. Bunday qo‘shma fe’llar ikkita mustaqil ma’noli fe’lning bir umumiy ma’no doirasida birlashuvi va leksikalizatsiyasi asosida shakllanadi;

  1. Murakkab fe’llar mustaqil va yordamchi (ko‘makchi) fe’l-larning analitik shakli asosida shakllanadi. Bunda aslida mustaqil lug‘aviy ma’noli bo‘lgan ikkinchi fe’lning grammatikalizatsiyalashu-vi sodir bo‘ladi: yuvib bo‘lmoq, ko‘rib qolmoq, bilib olmoq kabi.

  2. Juft va takroriy fe’llar. Fe’llarning juft va takroriy shakllari ham mavjud. Ular quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  3. Fe’lning turli ma’nolarga ega bo‘lgan analitik shaklini hosil qiladi: a) bir xil gammatik shaklga ega bo‘lib, fe’lning yetakchi ko‘makchi shaklini hosil qilib turli modal ma’nolar ifodalaydi: aytdi-qo‘ydi, yozdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi, qirdi-tashladi; b) qismlari turli gammatik shaklga ega bo‘lgan mustaqil fe’llar takrorlanib, harakatni ta’kidlash, kuchaytirish uchun xizmat qiladi: aytsam-aytay, borsang-bor, ketsang-ket, olsang-ol.

  4. Nutq jarayonida boshqa turkumga ko‘chgan (konversiyaga uchragan) holda ishlatiladi: a) fe’llarning juft va takorlanishi natijasida otga xos ma’no hosil qiladi: qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, dedi-dedi, keldi-ketdi; b) ravishga ko‘chadi: uzul-kesil, ag‘darto’ntar, bilinar-bilinmas, bora-bora, turib-turib, ura-sura, qotib-qotib.

To‘liqsiz fe’l har bir shaklining o‘ziga xos xususiyati bilan birga ularning uchalasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar ham bor:
1) to’lnqsiz fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega emas. Bu fe’llar tarixan mustaqil ma’noli bo‘lsa-da, hozirgi paytda o’z ma’nosini yo‘qotib, yordamchi fe’lga aylangan;
2) to‘liqsiz fe’l o‘zicha harakat bildira olmasligi sababli fe’llarga xos bo‘lishsizlik, daraja, zamon kabi ma’nolarga va bu ma’noni ifodalovchi shakllarga ega bo‘la olmaydi;
3) garchi shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz fe’lga qo‘shilsa-da, ular bildirgan shaxs ma’nosi to‘liqsiz fe’lga emas, balki mustaqil fe’lga tegishli bo‘ladi: xabardor ekan+man, xabardor ekan+san, bilgan edi+m, bilgan edi + ng; bilar emish+man, bilar emish+san. Shu bois to‘liqsiz fe’l yakka holda tuslanmaydi.
To‘liqsiz fe’l shakllaridagi birinchi tovush (e) noturg‘un, u ma’lum fonetik sharoitlarda, boshqa tovushning ta’siri bilan yoki boshqa tovushga o‘tishi yoki tushib qolishi mumkin. Bu hodisa, ayniqsa, og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi: ishlar+di, ishlar+kan, ishlar+mish; ishlagan+akan, ishlasa+ydi.O. Yo.)

Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa
Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yordamchi Feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi:
1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi);
2) Feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar (bular, odatda, "koʻmakchi Feʼllar" deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa;
3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Mac, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan farklanuvchi "toʻliqsiz Feʼl" (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishiShakl yasalishi). Yasama Feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi Feʼlning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida Feʼlning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obʼyektsiz Feʼlni obʼyektiv Feʼlga aylantiradi, obʼyektli Feʼldan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) Feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli Feʼlning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz Feʼl shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz Feʼli bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor:
1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi;
2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang, kursa kabi;
3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi Feʼl bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding;
4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman;
5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra Feʼlning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida Feʼlni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari Feʼlning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
Feʼllar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling