Boshlang„ich sinf “O„qish kitobi” darsliklarida bo„limlar bilan ishlashning samarali usullari


Download 151.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2020
Hajmi151.46 Kb.
#132495
Bog'liq
boshlangich sinf oqish kitobi darsliklarida bolimlar bilan ishlashning samarali usullari


Boshlang„ich sinf  “O„qish kitobi” darsliklarida bo„limlar 

bilan ishlashning samarali usullari 

                                                                                 Xalilov M.   f.f.n.dotsent 

                                                                                 Qosimova U.  magistrant.          

    Boshlang„ich  ta‟limda  O„qish  dasturining  mazmuni kichik maktab yoshidagi 

o„quvchilarga ona-vatanga muhabbat uyg„otish maqsadlariga xizmat qiladi. O„qish 

bolalarning  nutq  boyligi  o„stirish  adabiy-estetik  tafakkurini  kamol  toptirish, 

mustaqil  fikrlashga  o  „rgatishning  muhim  omilidir.Shu  asnoda  boshlang„ich  sinf    

o„qish kitobi darsliklariga mavzu doirasi:  Vatan ,Vatan  o„tmishi hozirgi ravnaqi, 

xalq  qahramonlari,  tarixiy  shaxslar,  buyuk  allomalar  haqida,  tengdoshlar  hayoti, 

ilm-fan,  ma‟rifat  va  madaniyat,  mavsumiy  o„zgarishlarga  oid  bo„lgan  matnlar 

beriladi.  Boshlang„ich  sinf    “O„qish  kitobi”  darsliklariga  kiritilgan  muayyan 

mavzular    o„quvchilarni  badiiy  adabiyotning  sehrli  olamiga  olib  kirishga,  bolalar 

ongu-shuurida  milliy  istiqlol  g„oyasini  shakllantirishga  qaratilgan.  Mavzular    

g„oyaviy-estetik,  mavsumiy,  tadrijiy  asoslar  hisobga  olingan  holda  dastur  qilib 

tuziladi. Darsliklardagi o„quv materiallari mavzu doirasiga qarab, bir bo„lim ichida 

beriladi.  Bo„limlar  mavsimiy  va  muhim  sanalar  hisobiga  mos  ketma-ketlikda 

yozilgan bo„ladi.     

   Boshlang„ich  sinf  o„qish darsliklarining bo„limlar soni 1-4 sinfga qadar haftalik 

o„quv  rejasi  ortib  borishi  hisobiga  ko„payib  boradi.  Xususan    2-sinfda  o„qish 

darsligi  11  bo„limdan  iborat  bo  „lsa,  3-sinf  “O„qish  kitobi”  13,  4-sinf    “O„qish 

kitobi”  14  bo„limdan  tashkil  topgan.  1-sinf    “O„qish  kitobi”  esa  savod  o„rgatish 

davridan  keyin,  2-yarim  yillikdan  boshlab  o„qitilgani  hisobiga  7  bo„limdan 

iboratdir. 

   Endi  bevosita  darsliklardagi  bo„limlarni  nomlanishiga  kelsak,  darsliklardagi 

bo‟limlar    mavzu  doirasiga  qarab  tuziladi  va  nomlanadi.  Bo„limlarning  nomi 

boshqa  fanlarga  bog„lanish  mohiyatini  anglatib  turadi.  1-sinfdan  4-sinfga  qarab 

darsliklardagi  bo„limlar  g„oyaviy  –mazmuniy  jihatdan  bir-birini  takrorlab  kelishi 

mumkin,  faqat  mavzular  ko‟lami  jihatdan  ancha  kengayadi.  Masalan:  Bahor 

mavzusidagi  1-sinf  “Ko„klam-  yashnaydi  olam”  bo„limida  7-ta  mavzu,2-sinf 


“Zumrad  bahor  bahridiling  ochar”  bo„limida  13  ta  mavzu,  3-sinf    “Keldi  bahor 

gulbahor”  bo„limida  12  ta,  4-sinf    “Zumrad  bahor”  bo„limida  esa  11ta  mavzu 

berilgan. Faqat farqli tomoni shundaki 3-4 sinfdagi bo„limlarda o„quv materiallari 

hajm jihatdan kengroq berilgan.  

    Boshlang„ich  sinf  o„qish darsliklarini tahlil qilib chiqsak, nomlanishda izchillik 

bilan bir-birini takrorlanish holatlari ham uchraydi. Masalan:  

            1-sinf o„qish darsligida “O‟zbekiston- mening  Vatanim”  

            4-sinf  o„qish darsligida “O„zbekiston Vatanim manim”,  

            2-sinfda  “Yoz o„tadi soz”  

            4-sinfda   “Yoz o„tadi soz” bo„limi  

            3-sinfda  “Kumush qish” 

            4-sinfda  “Kumush qish” bo„limi 

            3-sinfda  ham,  4-sinfda  ham  Xalq  og„zaki  ijodi  bo„limlari  nomlari                                                              

aynan takror  berilgan. 

    1-sinf  o  „qish  darsligidagi  “Odob-insonga  husn”  bo„limi,  3-sinf  o„qish 

darsligidagi “Go„zal  fazilat-inson husni”, 4-sinfda “Nima yaxshiyu-nima yomon” 

bo„limlari  mavzu  jihatdan  izchilikda  berilgan.  Lekin  aynan  2-sinf  darsligida  shu 

mavzularga  mos  asarlar  alohida  bo„limda  berilmagan.  2-sinf  “O„qish  kitobi” 

darsligida “Qushlar, hayvonlar bizning  do„stimiz”  bo „limi bo„lib,  bu bo„limdagi 

izchillik  4-sinf  o„qish  darsligida  davom  etgan.  3-sinf  o„qish  darsligida  bu 

mavzularga 

alohida 


bo„limda 

to„xtalilmagan. 

4-sinf 

o„qish 


darsligida  

o„quvchilarga yangilik sifatida  “Jahon bolalar adabiyoti” bo „limi berilgan va shu 

asnoda 5-sinf “Adabiyot“ darsligiga uzviyligi bog „langan. Ulug„ allomalar, tarixiy 

shaxslar haqidagi va bahor fasliga mos bo„limlar  to„rttala sinf darsligida berilgan.   

      Bo„limlar  bilan  ishlashda  o  „qituvchi  albatta  bosh  mavzudan  anglashiladigan 

go„yaviy  bilimlarni  o„quvchi  ongiga  singdira  olishi  kerak.  O„qituvchi  bo‟lim 

boshlanayotganda    bo„limni  qaysi  fanga  bog„lashni  bilishi  kerak.  Masalan: 

”Tabiatni  asrang,  avaylang”  bo  „limini  tabiatshunoslik  faniga  bog  „lash  mumkin 

yoki    “O„tmishni  o„rganish  burchimiz”  bo„limini  tarix  faniga  bo„glash  mumkun. 

O„qituvchidan talab shundaki bu fanlardan ham chuqur bilimga ega bo„lishi talab 



qilinadi.  Har  bir  bo„limning  birinchi  mavzusi  o„tilayotganda  yangi  bo„lim 

boshlanayotganini,  bo‟lim  nomi  va  unga  moslab  berilgan  rasm  izohlanishi 

kerak.Yangi  bo‟lim  boshlanayotganda  o‟tgan  mavzuni  takrorlashga  kamroq  vaqt 

ajratiladi.  Sababi  o„tgan  mavzu  oldingi  bo„lim  yuzasidan  takrorlash  yoki  nazorat 

darsi  bo„lishi  mumkin.  Ana  shu  vaqt  hisobiga  yangi  bo„lim  mavzusi  izohi  bilan 

ishlanadi.  Uning  mazmun-mohiyati  o„quvchiga  tushuntirilib,  darsga  bo„lgan 

qiziqishlari  ortirilishi  kerak  bo‟ladi.  Bo‟limdagi  har  bir  mavzu  o‟tilganda 

xulosalashda  bo‟limdan  anglashilgan  maqsad  tushuntirilib,  bo‟lim  nomiga  ishora 

berib  o‟tish  darkor.  Masalan:  2-sinf    “o‟qish  kitobi”    darsligidagi  “Zilol  suv” 

asarini  o‟qib  xulosalanib,  bo‟lim  mavzusi  “Tabiatni  asrang  ,avaylang  “  jumlasiga 

bog‟lanadi.  3-sinf  “o  „qish  kitobi”  darsligida  “Ulug„lardan  o„rganmoq  oqillik” 

bo„limida  “Donolarning  donosi”  matni  Navoiy  haqida  aytish  mumkin.Ulug‟ 

allomaning  ezgu  fazilatlarini  o‟rganmoq,  o‟rnak  olmoq  oqillik,  yaxshi  xislat 

ekanligini  bolalarga  uqdirish lozimdir. 

        Darsliklardagi  bo‟limlar    hasriy  yoki  lirik  (she‟riy  )  ko‟rinishda  berilgan. 

Mavzu  janrlari  bir  xil  bo‟lishi  ham  goho  bolaga  zerikarli  bo‟ladi.    Misol  qilib 

aytsak, 2-sinf “o „qish kitobi” darsligida “Kumush qish misoli oqqush” bo‟limida 7 

ta she‟riy matn, 3 ta nasriy matn berilgan. ”Otalar so‟zi-aqlning ko‟zi“  bo‟limida 1 

ta she‟riy matn, 8 ta nasriy matn berilgan. Bo‟limlarni o‟rganishda o‟qituvchi shu 

bo‟lim  mavzusi  g‟oyasi,  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda,  bukletlar  va  suratli 

ko‟rgazmalar  tayyorlasa,  sinf  xonasining  xattaxtasiga  to  bo‟lim  mavzulari 

tugaguncha  ilib  qo‟yilsa  yanada  samarali  bo‟ladi.  Har  bir  bo‟limlar  so„ngida  bo 

„lim yuzasidan takrorlash darsi o „tiladi. O„qituvchi mana shu darsda darsliklarda 

keltirilgan  savol-topshiriqlargagina  tayanib qolmasdan qo„shimcha ishlashi lozim. 

Hozirgi    ilg„or  maktab    ta‟limining  talabi  shundan  iboratki  o„qituvchi  zamonaviy 

usullardan  foydalanib  dars  berishda  mohirlikdan  ijodkorlikka  intilishi  va  bu  bilan 

ta‟lim  sohasi  rivojiga  hissa  qo‟shishi  darkor.  Zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni  qo„llash  orqali  iqtidorli  o„quvchilarni  aniqlash,  bo„sh 

o„zlashtiruvchi  bolalarni o „z kuchiga bo „lgan ishonchni hosil qilish, o„quvchilar 

o  „rtasida  do  „stlik,  o  „zaro  hamkorlik  aloqalarini  shakllantirishga  erishishi  lozim 



bo„ladi.  Shu  talablarni  nazarda  tutgan  holda  bo„limlar  bilan  ishlashda  ham 

bolalarga  qo„shimcha  topshiriqlar  berish  yanada  samarali  usul  hisoblanadi. 

Masalan:  bir  guruhga  bo„limdagi  biror  nasriy  asardan  eng  qiziqarli  qismini 

sahnalashtirish,  yana  bir  guruhga  esa  bo‟limdagi  o‟zlariga  yoqqan  mavzularga 

moslab rasm chizish, yana bir guruhga esa bo „lim nomiga oid kichik ma‟lumotlar 

yig „ish (“Bilimdon”, “G„uncha”, “Dono-vord” jurnallaridan) topshiriqlarini berish  

mumkin. 

    Ba‟zi  bo  „limlar  yakunida  bo„limdagi  qaysi  mavzu  sizga  ko„proq  yoqdi?  deya 

savol  beriladi.  Ana  shu  savol  har  bir  bo„lim  yakunida  berilishi  kerak.  Bolaga 

oldindan  o„ziga  yoqqan  asar  haqida  yozishi,  yoki  shu  bo‟limdan  nimalarni 

o„rganganligi  haqida  matn  tuzib  yozish  topshirig„i  beriladi.  Yana  “Xalq  og‟zaki 

ijodi”  bo‟limi  o‟rganilayotganda  bolalarga  mustaqil  ravishda  maqol,  latifa, 

topishmoq,  ertaklarni ota-onalari yoki buva-buvijonlaridan o‟rganib, to‟plab kelish 

topshirig‟i  ham  berish  mumkin.  Bu  topshiriqlar    bo„lim  yuzasidan  takrorlash 

darslarida  nazorat  qilinadi  va  baholanadi. 

  Bo  „limlar  bilan  ishlashda  yana  testlar  tuzish,  sayohat-dars  o„tish,  qo„shimcha 

adabiyotlardan  bo„lim mavzusiga mos materiallardan foydalanish yanada samarali 

natijalar berishi mumkin. Masalan: 4-sinf  “o„qish kitobi” darsligida prezidentimiz 

I.A.Karimovning  “Yuksak  –ma‟naviyat  yengilmas  kuch”  asaridan  parchalar 

keltirilgan.  Bu  uslublar  bolalarni  tafakkurini  o„stirish  bilan  birga,  prezident 

asarlarini  o„qib  o„rganishga bo‟lgan  qiziqishini ortiradi .Yana bunga qo„shimcha 

ravishda  o„qituvchi  bo„lim  mavzulariga  mos  Konstitutsiyamizdan  moddalarni, 

ulug„ allomalarimiz va  taniqli yozuvchilarning fikrlarini o„rgatib borishi mumkun. 

Misol  uchun:  2-sinf  “O„qish  kitobi”  darsligidagi  “Maktabim-qutlug„  makonim, 

kitobim-oftobim”  bo„limi  uchun    Konstutsiyamizning  41-moddasini  “Har  kim 

bilim  olish  huquqiga  ega.  Bepul  ta‟lim  olish  davlat  tomonidan  kafolatlanadi. 

Maktab  ishlari  davlat  nazoratidadir”  jumlasini,  buyuk  allomamiz      Navoiyning     

“Yigitlig„da yig„ ilmning  maxzani,  qarilig„  chog„i xarj qilg„il ani”                                                                                                                                                              

hikmatli  so„zini namuna  qilib keltirish mumkin. Yana misol qilib aytsak shu sinf 

darsligidagi  “Tabiatni asrang, avaylang”  bo„limi uchun Konstutsiyamizning  50-



moddasi  “Fuqorolar  atrof-muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo„lishga 

majburdirlar”  jumlasini  hamda  Ibn  Sino  bobomizning  “Agar  chang  va  g‟ubor 

bo‟lmaganda  inson  ming  yil  umr  ko‟rardi”  hikmatli  so‟zini  misol  keltirish 

mumkun.  3-sinf  “O„qish  kitobi”  “Go„zal  fazilat  inson  husni“  bo„limiga 

Konstitutsiyamizni    66-moddasi  “Voyaga  yetgan,  mehnatga  layoqatli  farzandlar 

o„z  ota-onalari  haqida  g„amxo„rlik  qilishga  majburdirlar”  jumlasini,  “Vatan 

Himoyachilari”    bo„limi  uchun  Amir  Temurning  “Askari  quvvatli  mamlakat  boy 

bo„lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo„lur” so„zlarini,  yana   shu darslikdagi 

“O„tmishni  o„rganish  burchimimiz”  bo„limi  uchun  “49-modda.  Fuqorolar  

O‟zbekiston  xalqining  tarixiy,  ma‟naviy  va  madaniy  merosini  avaylab  asrashga 

majburdirlar.” kabi konstitutsiya yoki yoki tarixiy shaxslarning mashxur so„zlariga 

bo„glab,    o„rgatib    borilsa    yanada    samarali  natijalarga  erishish  mumkin.    Bu 

usulga yana ko„plab misollar keltirish mumkin.   

 Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang„ich  sinf    o„qish  darsliklarida  bo„limlar  bilan 

ishlashda    noananaviy    usullardan  foydalanish  bolalarning  intelektual 

qobiliyatlarini  o„stirishga,  tushuncha  va  tasavvurlarini  boyishiga  xizmat  qiladi. 

Dars  jarayonida  o„quvchilarning  faol  bo„lishiga,  ma‟naviy-ma‟rifiy  bilimlarini 

oshirishga  hissa  qo„shadi.  Zeroki  “Ta‟lim  to„grisida”gi  Qonunda  ham,  “Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi”da ham o„quvchining mustaqil fikrlashiga alohida e‟tibor 

berilgan.    Buning    uchun    o„qituvchilardan    o„quvchilarda  kitobxonlik, 

mushtariylik  darajasini  oshirish,  izlanuvchanliklarini  tarbiyalash  borasida 

targ„ibot-tashviqot va hamkorlik ishlarini kengaytirish talab qilinadi. 

 

 

                   



 

 

 



 

 


                                             Foydalanilgan adabiyotlar : 

       1.Uzviylashtirilgan  Davlat ta‟lim standartlri va o„quv dasturi.  Toshkent-2010. 

       2.Qosimova  K.,  Matchonov  S.,  Gulomova  X  va  boshqalar.  Ona  tili  o„qitish 

metodikasi.  Boshlang„ich  ta‟lim  fakulteti  talabalari  uchun  darslik.  Toshkent. 

”Noshir” nashriyoti  2009.-33 b.  

        3.G„offorova  T.  Shodmonov  E.  Eshturdiyeva  G.  1-sinf  “O„qish  kitobi” 

darsligi. Toshkent “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014 y. 

        4.G„offorova  T.,  Nurullayeva  Sh.,Mirzahakimova  Z.  2-sinf  “O„qish  kitobi” 

darsligi. Toshkent. “Sharq”  nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014 y. 

        5.Umarova  M.,  Hamroqulova  X.,Tojiboyeva  R.      3-sinf  “o„qish  kitobi” 

darsligi. Toshkent “O„qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi  2014 y. 

        6.Matchonov S., Shojalilov A., G„ulomova X. Toshkent. “Yangiyo„l poligraf 

servis” 4-sinf  “o„qish kitobi”  darsligi.  

        7.Tillaboyeva  M.,  Xo„jayeva  M.,va  boshqalar.  ”Atrofimizdagi  Olam” 

O„qituvchilar  uchun  metodik  qo„llanma.  Toshkent.  “Extremum-Press”  nashriyoti  

2014 y. 


         8. Xalq ta‟limi  Jurnali. 2014 yil. 6-son. 15 b. 

          



Download 151.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling