Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyo qarashni fanlararo shakllantirishni takomillashtirish


Download 46.71 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi46.71 Kb.
#1527663
  1   2
Bog'liq
1-MAQOLA


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYO - QARASHNI FANLARARO SHAKLLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Toshpulatova Niyoxon Shavkatjon qizi
Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi
o‘qituvchisi
Annotatsiya: mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiiy va aniq fanlarni oqitishda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini fanlararo shakllantirish mazmuni, uni o‘qitish shakllari, metodlari va vositalarini takomillashtirish mexanizmi, amaliyotga tatbiq etilganligi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni fanlararo integratsiyalash asosida shakllantirishning pedagogik asoslari, shuningdek, ilmiy-metodik jarayon mazmuni va sifatini ta’minlash texnologiyalariga amal qilish yo‘llarining pedagogik jarayonga tadbiq qilinganligi hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo takomillashtirish jihatlari bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, tabiiy va aniq fanlar, dars, dunyoqarash, fanlararo integratsiya, shakllantirish, ta’lim-tarbiya, tabiat, jamiyat, inson, mexanizm, metod, vositalar, muammo, tushuncha, takomillashtirish, texnologiya, kreativ yondashuv, mazmun, samaradorlik.

O‘zbekistonda fan va texnologiyaning jadal sur’atda rivojlanishi olimlar oldida murakkab muammolarni qo‘ymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni ta’lim mazmuniga kiritish, barcha fanlardan o‘zaro aloqadorlikda eng zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, ijtimoiy hayot tajribalari va ilm-fanning turli sohalarida muhim bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilar egallashlari uchun yuksak bilim va mahoratga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda muhim sanaladi.


Ta’lim jarayonida bilimlarni egallashga qiziqish o‘quvchining o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan namoyon bo‘ladi va o‘quvchida samaraliroq ishlash mayli, istagi, ehtiyojini shakllantiradi. O‘quvchida paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonish hislari bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi [5].
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituvchi shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o‘qituvchining o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. O‘quvchi o‘qituvchini aql-idrok sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson deb biladi. O‘qituvchi siymosida o‘zining ezgu niyati, orzu istagi, ajoyib his-tuyg‘ularini ruyobga chiqaruvchi mu’tabar shaxsni ko‘radi.
Bugungi kunda maktab fanlarini birlashtirishga nisbatan yangi yondashuv bosqichi boshlandi. Fanlararo aloqadorlikda turli bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtirish, yaxlit holda integratsiyalash muammosiga murojaat qilmoqda.
Mazkur vazifalarni yo‘lga qoyish maqsadida o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida har bir o‘quv fanining fanlararo aloqadorlikdagi mazmunini tanlash, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv fanlarining bir-biri bilan uzviy bog‘langan tizimini shakllantirish lozim.
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy va aniq fanlarni oqitishda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish jarayoni dars samaradorligini oshirish vositasi, fanlararo aloqadorlikning yangi sifat darajasiga ko‘tarilgan shakli hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda yangicha yondashuv hayotdagi turli xil hodisalarni bir qolipdan turib baholash emas, balki ularni o‘zaro aloqadorlikda kompleks holda yondashishga yo‘naltiradi. Masalan, integratsiyalashgan ta’limni yo‘lga qo‘yishda sof ilmiy manbalar: ona tili va oqish savodxonligi, tabiiy fanlar, matematika, texnologiya, musiqa va san’at fanlari yordamida har tomonlama mukammal ko‘rsatib berish imkoni tug‘iladi. Bu esa bola shaxsining emotsional va axloqiy rivojiga, unda ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga yaxshi ta’sir ko‘rasatadi [7].
Boshlang‘ich sinflarda mavzuga integratsiyali yondashuvni bir dars emas, balki mazmuni, metodik va tashkiliy tomondan o‘quv fanining ma’lum bo‘limi olinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda o‘quchilarda aqliy qobiliyatning rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. Aqliy qobiliyatni rivojlantirishda boshlang‘ich ta’lim muhim o‘rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlanadi. Jamiyat uchun mustaqil tanqidiy fikrlay oladigan harakat qila oladigan ijodkor shaxslarga talab hozirgi kunda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo‘lib turibdi.
Ta’lim jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, fanlarning o‘zaro aloqadorligi mohiyatiga tayanish, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar fanlar turkumdagi fanlarni o‘qitishning yangi jihatlarini aniqlash zarur. O‘quvchilarga taqdim etiladigan bilim, tushuncha va hosil qilinadigan malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarni umumlashgan mazmuniga ega bo‘ladi. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlik ta’minlanganda o‘quvchilarga o‘zaro bog‘langan bilim va tushunchalar taqdim etiladi [1].
Demak, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, dars mavzularining mazmunini o‘rganish, undagi muhim qoidalarni o‘zlashtirishda quyidagi jarayonlarni faollashtirish imkoniyatini beradi:
fanning muhim g‘oyalarini ochib berishda birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv fanlari asosiy jihatlariga o‘quvchilar e’tiborini jalb etish;
doimiy ravishda idrok etishni murakkablashtirib borib, o‘quvchilar ijodiy tashabbuskorligi va o‘quv-bilish faoliyati mustaqilligi ko‘lamini kengaytirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda fanlararo aloqadorlikni samarali yo‘lga qo‘yish, didaktik vositalarning har xil turlarini qo‘llab, o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikka oid tashkiliy ishlarni bosqichma - bosqich amalga oshirish;
turli didaktik vositalar yordamida o‘quv fanlarining o‘zaro uzviy birlikda o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni vujudga keltirish.
Hozirgi vaqtda zamonaviy maktablarda fanlararo integratsiya jarayoni pedagogik muammolarni еchimini topuvchi, maktabdagi faoliyatni yaxshilashga, pedagoglar jamoasi salohiyatini oshiruvchi, ularga ta’sir etishning optimal yo‘llarini topishga xizmat qiluvchi omil deb qaralmoqda [6].
Shuningdek, ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda fanlararo aloqadorlikka oid bilimlarni axborot texnologiyalari asosida tatbiq etish Vatanimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, jismoniy va ma’naviy sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora tadbirlarni amalga oshirish imkonini tug‘diradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammosini o‘rganish, tatqiq etishda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fanni va ilmiy bilimni fanlararo integratsiyalash jarayonining negizi moddiy olamning birligi, ya’ni tabiat, jamiyat va uni anglashning o‘zaro uzviyligi, shuningdek, fanlar o‘rtasidagi uzviylik, o‘zaro bog‘liqlikning rivoji, bu sohada axborot vositalarining muhim ahamiyat kasb etishi natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida erishilayotgan yutuqlar tabiat, jamiyat va texnika sohasi-moddiy olamida ham namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘zaro ta’sir har bir fanning ichki tarkibiy rivoji uchun zarur omil hisoblanadi.
Hozirda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi.
Mazkur jarayonda ilm berish tizimi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkuri rivojlangan, olamni yaxlitlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularning mazmun-mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlarning tarqoqligi maktab o‘quvchilarida bir ko‘rinishli dunyoqarashni vujudga keltirib qo‘ygan va bu holat natijasida hozirgi zamon ilm-fanida iqtisodiy va siyosiy fanlar integratsiyasiga talab yuqori ekanligini yanada aniq namoyon etmoqda.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish jarayonini ketma-ketlikka asoslangan holda yo‘lga qo‘yish orqali darslar samaradorligiga erishish mumkin. Ba’zi olimlar ta’kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda o‘quv fanlarini ketma-ket o‘rganish yo‘li bilan ham hal qilinmoqda va shu asosda olimlar boshlang‘ich ta’limda ham darslarga ajratib o‘qitish an’analari tizimli shakllantirilmoqda deb, ta’kidlaydi [4].
Ta’lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga erishishning kafolatidir.
Mazkur holat ma’lum ijtimoiy voqeya-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ularning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir [2].
Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fan asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar ekanlar, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko‘rish lozimligini tushuntirib borishlari lozimdir.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini fanlararo aloqadorlik asoasida shakllantirishda kitob o‘qish eng samarali vositadir. Kitob umr yo‘llarini yorituvchi misoli chiroq kabidir. Kitob o‘qigan inson hech qachon birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, aksincha, o‘qigan bilimlari bilan bo‘lishib, faqat yaxshilikni o‘ziga maqsad qilib oladi. Ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi albatta ajralib turadi, chunki keng davraga tushib qolganda o‘zini zukkoligi, teran fikrlashi, gapga ustaligi, hamma gapni o‘z o‘rnida qo‘llay olishi bilan ajralib turadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga erishishning kafolatidir.
Mazkur holat ma’lum ijtimoiy voqeya-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ularning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi [3].
Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o‘rin tutgan mafkuraviy g‘oyalar va ularning mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va aniq fanlar asoslari mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma’lumotlar berib borish, ularga nisbatan o‘quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo‘l hisoblanadi.
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi.
Shuningdek, mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o‘quvchilarni kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo‘llash o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini yanada boyib borishida poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyatiga ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi.
O‘quvchi dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Aqliy tarbiya ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati sanaladi. Jumladan, aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida o‘quvchi dunyoqarashining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Binobarin, chuqur bilimga ega bo‘lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘ra va baholay olishga imkon beradi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:
1. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish. Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda fanlararo aloqadorlik asosida ilmiy dunyoqarashni doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg‘usini shakllantirish. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradigan psixologik jarayonlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o‘z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar) ni takomillashtirish.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ilmiy qarash (yunoncha “idea”-g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi)-muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ixtirochilik ko‘nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga zamin yaratadi [8].
Ilmiy dunyoqarashni fanlararo aloqadorlik asosida samarali tashkil etish o‘quvchida ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqyea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi, muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi.
Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi.
Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rishni taqozo etadi.
Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.



Download 46.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling