Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda xalq maqollarning ahamiyati


Download 124.44 Kb.
bet1/10
Sana27.01.2022
Hajmi124.44 Kb.
#498729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma’naviy yetuk qilib tarbiyalas
Funkiya tushunchasi. Mustaqil ish., Funkiya tushunchasi. Mustaqil ish., Funkiya tushunchasi. Mustaqil ish., fayllar org, fayllar org, fayllar org, Документ Microsoft Word, 1-a sinf oquvchilari royxati, Lesson plan, 1 topshiriq sirtqi (1), ENTER ENGENERING Мирзакулов Анвар Мухурбаевич (2), БЕХРУЗБЕК ва ДИЛХУШБЕК, Хамраева Умида Умарқул қизи, Александр Сергеевич Пушкин


Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda
xalq maqollarning ahamiyati.
O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati safidan o`rin olishi, mamlakatimizda barcha sohalarning, ayniqsa ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning dunyoga kelishi, Davlat ta`lim standartlarining joriy etilishi muallim va ustozlar zimmasiga yuksak vazifalar yukladi. Yuqorida zikr etilgan davlat hujjatlarining mazmun-mohiyati, asl maqsadi ham yosh avlodni ma`naviy barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Mamlakatimizda ma`naviy tarbiya, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki inson jamiyatning tayanchidir. Yurtboshimiz I. A. Karimov: “Barkamol avlod kelajak poydevoridir”-deya bejiz aytmagan. Chunki shaxs kelajak rivojiga keskin ta`sir eta oladi.
Yangicha qarashlar, ilmiy tahlillar hamisha ham ahamiyatlidir. Zero, “biz istiqbolimizni fikrlar rang-barangligini o`z hayotimizga kengroq joriy qilishda ko`ramiz”1.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z taraqqiyot yo`lini aniq belgilab oldi. Bu – demokratik huquqiy davlat, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar yo`lidir. Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O`zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o`rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o`sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo`lib voyaga yetishiga bog`liqdir.
Uzoqni ko`zlab aytilgan bu so`zlar istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yorqin ifodalaydi. Jismonan sog`lom, ma`naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat, zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan barkamol avlodni tarbiyalash haqida g`amxo`rlik qilish ushbu siyosatning ustuvor yo`nalishidir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2012-yil 16-17-fevral kunlari poytaxtimizda bo`lib o`tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyada bu yana bir bor o`z tasdig`ini topdi.
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda konferensiyadagi o`z chiqishida O`zbekistonga bundan ikki yil muqaddam OTB ning Toshkentda o`tgan yillik majlisi munosabati bilan kelganini hamda ulkan taassurotlar bilan qaytganini, ta`lim sohasiga bag`ishlangan mazkur yirik xalqaro anjumanda ishtirok etish maqsadida bu betakror zaminga yana bir karra tashrif buyurganidan behad mamnun ekanligini bildirdi. Yuksak martabali mehmon Prezidentimizning uzoqni ko`zlab amalga oshirayotgan oqilona siyosati bois mamlakatimiz iqtisodiyoti izchil rivojlanib borayotganini, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham uning barqaror o`sish sur`atlari ta`minlanayotganini alohida e`tirof etdi. O`zbekistonning ijtimoiy va gumanitar rivojlanish borasidagi yutuqlari tahsinga sazovor ekanligini ta`kidladi. Shuningdek, globallashuv jarayoni bilan bog`liq ehtiyojlar ham hisobga olingan O`zbekiston ta`lim modeli mamlakatimizning Osiyodan va umuman jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallashini ta`minlashga xizmat qilishini qayd etdi.
Ma`lumki o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma`naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
Buyuk ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so`zlari bilan aytganda, “Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmak millatni ruhini yo`qotmakdur”.
Mustaqillik arafasida o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish maqsadida qizg`in ba`zida keskin va murosasiz bahs va tortishuvlar bo`lib o`tgani beixtiyor yodimizga tushadi.
Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo`yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a`zolari aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o`rganib respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo`yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo`lib o`tdi.
Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o`ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo`yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so`ng mamlakatimizda o`zbek tili davlat tili deb e`lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo`lmish ona tilimiz o`zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo`ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma`nodagi buyuk voqea edi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo`yildi.
Istiqlol yillarida o`zbek tilining qo`llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o`ziga xos xususiyatlariga bag`ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o`quv qo`llanmalari, yangi-yangi lug`atlar ko`plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o`z hissasini qo`shmoqda.
Biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o`ta muhim sohalarda ona tilimizning qo`llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug`atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so`z bilan aytganda, o`zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o`zlikni, Vatan tuyg`usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.
Bizning asrlar osha ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan madaniy va ma`rifiy boyliklarimiz talaygina. Dostonlar, ertak, rivoyatlar, hikmatli so`zlar, maqol va matallar va yana xalq og`zaki ijodining ko`plab namunalari ana shular jumlasidandir. Xalqning bu xikmat to`la boyliklarini yosh avlodga singdirishga mustaqillikka erishganimizdan so`ng katta ahamiyat berildi. Darsliklarga o`rganilmay qolgan “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Kuntug`mish”, “Ravshan” dostonlari, ajdodlarimizning azaliy tajribasi asosida paydo bo`lgan hikmatli so`zlar, maqollar, matallar kiritilib o`rganila boshlandi. Tabiiyki, bu boshlang`ich sinf darsliklarida ham o`z aksini topdi.
Xalq og`zaki ijodi – so`z san`ati. Bu jumlani tushunishdan avval san`atning o`zi nimaligini anglsh lozim. 5 jildlik “O`zbek tilining izohli lug`ati”da (3-jild. 442-b.) “San`at” – ish, mehnat, mahorat, kasb-hunar deb ko`rsatilgan. Agar izohdagi so`zlarga e`tibor bersak, san`at deganda mahorat bilan amalga oshirilgan mehnatni tushunish anglashiladi.
Har bir so`z san`ati namunasi, jumladan, xalq og`zaki ijodidagi qo`shiq, ertak, doston va boshqa asarlarda fikriy yangilik bo`lishi lozim. Bu yangilik kichik hayotiy voqeadan tortib murakkab ijtimoiy vaziyatlarni baholash bilan belgilanadi. Inson hayoti davomida sonsiz-sanoqsiz yangiliklarga duch keladi. Katta avlod tajribasidagi oddiy haqiqatlar yoshlar uchun yangilik hisoblanaveradi. Shuning uchun xalq og`zaki ijodi asarlarini eshitganimizda, ko`plab yangi fikrlarga duch kelamiz.
Masalan, “Qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang - balosi” maqolidagi asosiy fikr yomonga yaqinlashgan odamning taqdirida noxush voqealar ko`payishidan ogohlantirishdir. Lekin aslini olganda maqolning birinchi qismida ham ehtiyotkorlik belgisi ko`rinib turibdi. Ya`ni hali yosh va turmush tajribasiga ega bo`lmagan farzandga qozonga yaqinlashayotganda qora qurum tegishidan ehtiyot bo`lish tavsiya qilinmoqda. Qo`shimcha ravishda aytish mumkinki, har bir inson muayyan vaziyatda ish qilar va qarorga kelar ekan, ehtiyot choralarini esidan chiqarmaslik lozimligi uqtirilmoqda. Biz quyidagi tadqiqotimizda Abdulla Qodiriy bobomizmiz ta`birlari bilan ayganda “Turmush onasining dard chekib tuqqan to`ng`ich o`g`li – xalq hikmatlari” aniqrog`i maqollarni boshlang`ich sinf o`quvchilariga o`qitilish masalalarini ko`rib o`tamiz.

Download 124.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling