Boshlang‘ich ta’lim bts-118 guruh talabasi Ahmadjonova Hosiyatxonning Ona tili fanidan


Download 13.83 Kb.
Sana03.08.2022
Hajmi13.83 Kb.
#790254
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek tili 2-MUSTAQIL ISH. 118 Ahmadjonova Hosiyatxon
Shernafasov Doston (2), Shernafasov Doston (2), autoplay ssenariylari asosida amaliy dasturiy taminot yaratish va, naqil, 1-mustaqil ish.XudoyqulovAbdugani.MB (wecompress.com), 2.3.1 Ароматические углеводороды, Mustaqil talim 2-kurs geometriya, Mustaqil talim 2-kurs geometriya, практически задание 2, oqitish tamoillari, 7 ÌÀÂÇÓ ÌÀÐÓÇÀ ÌÀÒÈÍÈ, Назаря, Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti, Advokatura 2021-yil, Qo`qon xonligi asarlari qulay qo‘llanma


Boshlang‘ich ta’lim
BTS-118 guruh talabasi
Ahmadjonova Hosiyatxonning
Ona tili fanidan
2-Mustaqil ta’lim ishi



Hozirgi o‘zbek tili va uning shakllanish manbalari.
XVI asrda hozirgi O‘zbekiston aholisi tarkibida katta o‘zgarish sodir bo‘ldi: Temuriylar davlati Dashti Qipchoqdagi (Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan shimol-sharqda joylashgan Qozog‘iston cho‘llarida) Muhammad Shayboniyxon boshchiligida qipchoq toifasiga mansub ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan bosib olinadi va 92 urug‘ga mansub bo‘lgan ko‘chmanchi o‘zbek toifasi vakillari bu hududga ko‘plab kelib joylasha boshlaydi. Кo‘chmanchilar o‘troq aholini sort deb ataganlari sababli ko‘chmanchi o‘zbeklar o‘zlari bosib olgan va o‘zini turk deb nomlagan o‘troq (juda ko‘p hollarda zullisonayn, shaharda istiqomat qiluvchi yoki sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi) aholini, odatiga ko‘ra, sort deb atadi. Natijada XVI asr va undan keyingi davrda hozirgi O‘zbekistonda (Shayboniylar davlati hududida) aholini sort-o‘zbekka ajratish ommalashdi. Sort atamasi bilan Qoraxoniy-Chingiziy-Temuriylar davlatida turk deb atalgan, qarluq toifasiga mansub turkiyzabon (va zullisonayn) o‘troq aholining (ularga singib ketgan boshqa elatlarning) avlodlari, o‘zbek nomi bilan qipchoq toifasiga mansub Shayboniyxon bilan kelgan ko‘chmanchi chorvachilik yoki lalmikor dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar atalgan. XVII–XIX asrlarda badiiy adabiyotda sort va o‘zbek atamalarining qo‘llanilishi shu farqlanish bilan bog‘liq. O‘zbek so‘zining bugungi kunda tilimizda ba’zan voqelantiradigan «sodda», «oq ko‘ngil», «to‘g‘ri» kabi ma’nolari bor. Rus istilosi davrida ham IX–X asrdagi turklarning avlodi bo‘lgan aholi sort, sart nomi bilan yuritilardi. Shuning uchun XIX asr oxirlarida o‘zbek tilining rus harbiylari tomonidan o‘rganilishi uchun N.P.Ostroumov, M.S.Andreyev, L.A.Zimin kabilar tomonidan tuzilgan ilk qo‘llanmalarda u shu nom bilan atalgan.
XX asr boshlarida bugungi o‘zbek millatining rasmiy nomlanishi ancha bahs-u munozaraga sabab bo‘ldi. Asosiy bahs turk – turkistonlik – sort – o‘zbek atamasidan biri ustida bordi. Shu davrda ilg‘or adiblar ko‘proq o‘zbek atamasini ma’qullashdi.
O‘zbek so‘zi etnonim (xalq nomi) sifatida qadimgi davrdan qo‘llanilib kelgan. IX asr arab manbalarida o‘zbeklar, ularning botirlik va qo‘rqmasliklari, shuning uchun xalifa sardorlari ulardan o‘zlari uchun qo‘riqchilar yollaganligi haqida ma’lumot bor. Lekin fanimizda rus va sovet davrida bir fikr – o‘zbek so‘zi Oltin O‘rdada 1313–1342-yillarda xonlik qilgan Sulton Muhammad O‘zbekxon nomidan olingan degan talqin targ‘ib etilgan. Bu – xato talqin. Zero, bu so‘z etnonim sifatida, aytib o‘tilganidek, XIV asrdan ancha oldin ham qo‘llangan. Aksincha, Sulton Muhammadga bu antroponim (kishi nomi) o‘zbek etnonimi asosida berilgan.
G‘arbiy Yevropa o‘zbek tili va madaniyati bilan XVII–XVIII asrlardan boshlab yaqindan tanisha boshladi va tilimiz G‘arbiy Yevropada chig‘atoy tili nomi bilan mashhur bo‘ldi. Bu nom haqiqatan ham chingiziy Chig‘atoy ibn Chingiz (vafoti 1242-y.) bilan bog‘liq. Bunga sabab shuki, XVII va undan keyingi asrlarda mumtoz adiblar hududimizga XIII–XIV asrlarda kirgan Chig‘atoy ulusi nomi asosida til va adabiyotimizni ham shu nom bilan atagan. Yevropada bu nomning keng ommalashishida Herman Vamberining XIX asr o‘rtalarida mintaqada keng yoyilgan «Chagatayishe sprachstadium» («Chig‘atoy tili darsligi») darsligining xizmati katta.
Yevropada o‘zbek tili, bundan tashqari, qoraxoniy, sharqiy turk, sharqiy turkcha, sharqiy Turkiston tili, islomoy sharqiy turkiy, chigiliy, turkiy turoniy, Navoiy turkiysi va boshqa nomlar bilan ma’lum. Bu atamadan har birining o‘ziga xos ilmiy-tarixiy asosi bor.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek tili va xalqining ildizi qadim-qadimdan boshlangan va qarluq qavmlari hamda lahjalari turli davrlarda o‘g‘uz, uyg‘ur, qipchoq kabi turkiy qavmlarini, shuningdek, eroniy, arabiy, mo‘g‘ul kabi noturkiy qavm vakillari lahjalarini o‘ziga singdirgan, IX–X asrdan boshlab hozirgacha uzluksiz ijtimoiy-madaniy taraqqiyot natijasida millat va milliy til sifatida shakllangan. Bu murakkab tarixiy jarayon ta’siri tilimizning shevaviy bo‘linishida (o‘zbek umumxalq tilining uch katta lahjaga ajralishida), leksik-grammatik xususiyatida (chunonchi, qaratqich kelishigining qarluqcha -ning qo‘shimchasi bilan men, sen olmoshlarida o‘g‘uzcha -ing ko‘rinishining saqlanishi, ilon so‘zining shu o‘g‘uzcha shaklda tilda me’yorlashishi, uning qarluqcha yilon shaklining eskirishi va qipchoqcha shevaviy jilan ko‘rinishining mavjudligi, tilimizda katta miqdordagi tarixan arabiy, forsiy, qisman mo‘g‘ulcha bo‘lgan so‘zlarning borligi v.h.) o‘z aksini topgan. Shuning uchun «nomi o‘zidan, o‘zi nomidan qadimiyroq» iborasi o‘zbek tili va millati tarixiga ham daxldor.
Download 13.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling