Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakul’teti 5141600 – btsti ta’lim yo’nalishi Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


Download 377.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.10.2020
Hajmi377.28 Kb.
#133844
  1   2   3
Bog'liq
boshlangich sinflar matematika darslarida oqitishning korgazmali usullaridan foydalanish metodikasi


 



 O’zbekiston  Respublikasi 



Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 

 

Zahiriddin   Muhammad  Bobur  nomidagi 

Andijon  davlat  universiteti 

 

Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi    fakul’teti 

5141600 – BTSTI  ta’lim  yo’nalishi 

Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  kafedrasi 

 

MAMATOVA    Marhabo 



 

BOSHLANG’ICH   SINFLAR  MATEMATIKA  DARSLARIDA 

O’QITISHNING    KO`RGAZMALI    USULLARIDAN   

FOYDALANISH  METODIKASI 

 

 

        

 

 

 



 

                                                                           Ilmiy  rahbar                                                             

                                                                 Pedagogika fanlari   nomzodi,  

 

 

 

 

 

     dotsent    F.M.YUNUSOV   

 

 



 

                                                   ANDIJON    2014         

                                             



 

                                               M A Z M U N I                                                      Bet 



 

KIRISH…………………………………… …………………………….........…   3 

 

I  BOB.    Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida   o‟qitishning                  



                 ko`rgazmali  usullaridan   foydalanishning   nazariy  asoslari …... ....….  9 

 

1 - §.  Boshlang`ich   sinflarlarda   matematika   o‟qitish  usullari   va  ularning   



klassifikatsijasi   ………………………………………………….....…...…....…   9 

2 - §. Boshlang`ich    matematik   ta`limda   ko`rgazmalilikning   ahamiyati    

va  uning   turlari     .........…………....................................................................... 20 

3 - §. Oqitishning   ko`rgazmali   usullarini   eng  samarali  qo`llash shartlari   .….. 24 

  

II BOB.  Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida  o‟qitishning                  



               ko`rgazmali  usullaridan   foydalanishning   metodik  asoslari…........…. 33 

 

1 - §. Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida  o‟qitishning     



ko`rgazmalilikdan   foydalanish   imkoniyatlari   ...................................................  33 

2 - §. Boshlang`ich   sinflar   o`quvchilari   tomonidan ko`pgazmali    

qo`llanmalarni  tayyorlash  masalalari………................……………...............…  42   

3 - §. Boshlang`ich   sinflar   matematika   darslarida  o‟qitishning   ko`rgazmali 

usullaridan   foydalanishga   yo`naltirilgan   mashqlar   tizimi  ….........................    46 

 

XULOSA ………………………………………………………….….......…..     52 



 

Foydalanilgan  adabiyotlar ro`yxati   ..................................................................     56                                                       

                                                        

 

                                                          



 

 

                                                      K I R I S H 



 

Mavzuning    dolzarbligi.  Respublikamizning      mustaqilliqga      erishishi   

sharofati    bilan    so`nggi    yillarda    xalq  ta`limi,  oily  va  o`rta  maxsus    ta`lim  

sohalarida    Prezidentimiz  Islom      Abdug‟anievich    Karimovning    sa`yi    harakati 

va      tashabbuslari    bilan  juda  katta,  olamshumul    ijobiy  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Zamonaviy  ta`lim  tizimini    joriy    etish,  hozirgi   bozor  iqtisodiyoti  

sharoitida      etuk,  raqobatbardosh    mutaxasislar    tayyorlash   maqsadida  “Ta‟lim 

to‟g‟risida”  gi  va  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”    haqidagi    O‟zbekiston 

Respublikasining  maxsus    qonunlari    qabul    qilindi.  Shu  asosda  bu  qonunlarni   

amalga    oshirish  borasida    Vazirlar  mahkamasining        “O‟zbekiston  

Respublikasida  umumiy  o‟rta  ta‟limni    tashkil  etish”      to‟g‟risidagi  203-  sonli 

maxsus qarori  qabul  qilindi. 

 

Mamlakatimizning      kelajagi    uchun  Oliy        Majlisning      IX    sessiyasida 



qabul    qilingan  “Ta‟lim  to‟g‟risida”  gi    va    “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi” 

ning    amalga  oshirilishi  o‟ta  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini    ta‟kidlagan  holda, 

Prezidentimiz    bu  dasturni  bajarish  uchun  javobgar  shaxslar  oldiga  quyidagi 

ulkan  vazifalarni  qo‟ydi:    “Ta‟lim    tizimida    erishilgan    dastlabki    natijalarni 

chuqur  tahlil  qilib,  ta‟lim  andozalari,  o‟quv  rejalari  va  dasturlari  mazmuniga  

islohotlarning    ba‟zi  maqsadlaridan    kelib  chiqqan  holda,  ya‟ni  yangi  avlodni 

kamol  toptirishga   qaratilgan   zarur  tuzatishlar   kiritish    kerak. 

 

Yangi 



o‟quv 

dasturlarni, 

zamonaviy 

pedagogik 

va 

axborot   



texnologiyalarini    o‟z    vaqtida    ishlab    chiqish    va    ularni    amaliyotga    joriy  

etishni    ta‟minlashni   alohida  nazorat  ostiga  olish  zarur. 

 

Yuqori    malakali        pedagogik    kadrlarni  tayyorlash      va    ularni  qayta 



tayyorlashga  alohida  e‟tibor  berish  lozim.  Kadrlar  tayyorlashning    sifati,  erkin 

fikrlovchi    shaxs  -  fuqaroni  kamol  toptirish  ertaga  sinf  xonalarida  va 

auditoriyalarida  kimlar  dars  va  saboq  berishiga  bog‟liq  ekanligini  unutmaslik 

kerak”  [ 2,  6 - bet]. 



 

Prezidentimiz  Islom  Abdug‟anievich  Karimov    ushbu  sessiyada  nutq 



so‟zlab, uni  quyidagi  umid  va  ishonch  so‟zlari  bilan  yakunladi: “… Yana bir 

bor  ta‟kidlab  o‟tishga to‟g‟ri keladi, - amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning  

taqdiri    shu  masalaga  ,  ya‟ni    kadrlar    tayyorlashga    chambarchas  bog‟liqligini  

aniq    va    ravshan    anglab  olishimiz  kerak.  O‟zini  shu  mamlakatning    haqiqiy  

vatanparvari    deb    biladigan    har  bir  kishi  Milliy  dasturni    amalga  oshirish uchun 

o‟z mehnatini,  o‟z ulushini  qo‟shadi deb ishonaman”[ 2,  8 - bet]. 

Umumiy    o‟rta    ta‟lim    uchun    yaratilgan      “Davlat  ta‟lim  standarti”  ning 

asosiy  qoidalarida  ko‟rsatilishicha,  bu  standart  o‟quvchilarning  umumta‟lim 

tayyorgarligiga,  saviyasiga  qo‟yiladigan  majburiy  minimal  darajani  belgilab 

beradi.  Shuningdek      “Davlat    ta‟lim  standarti”  ta‟limning  mazmunini, 

shakllarini,  metodlarini  va  vositalarini,  ularning  sifatini  nazorat  qilish  va 

baholash  tartibini  belgilaydi.  Bundan    tashqari    ushbu    standart    o‟zlarinig 

tuzilishlari  va  mazmunlariga  ko‟ra  davlat,  hudud  va  maktab  manfaatlari 

muvozanatini  aks  ettiradi,  hamda  eng  muhimi  -  o‟quvchi  shaxsi,  uning 

intilishlari,    ijodiy    qobiliyatlari    va    qiziqishlarining    ustuvorligidan    kelib 

chiqadi. 

 Umumiy  o‟rta  ta‟lim  uchun  yaratilgan      “Davlat  ta‟lim  standarti”ning 

muhim  jihatlaridan  yana  biri  unda  boshlang‟ich  sinflar  (1  -  4  sinflar)  hamda 

umumiy  o‟rta  ta‟lim  (1  -  9  sinflar)  nihoyasida  o‟quvchilar  egallashlari  lozim 

bo‟lgan  bilim,  ko‟nikma  va  malakalarning  minimal  darajasi  belgilab 

berilganligidadir. 

Umumiy    o‟rta    ta‟lim    uchun    yaratilgan        “Davlat  ta‟lim  standarti” 

asosida    har    bir    o‟quv    predmeti  bo‟yicha  yangi  o‟quv  dasturlari  ishlab 

chiqilgan.  Bu  o‟quv  dasturlarida    har    qaysi    predmet    bo‟yicha  ta‟limning 

maqsad    va  vazifalari,  uning  mazmuni,  o‟qitishda  qo‟llaniladigan  asosiy 

metodlar,  o‟quvchilarning    bilim,  ko‟nikma    va  malakalariga  qo‟yiladigan 

talablar  belgilab  qo‟yilgan.  Boshlang‟ich  sinflarda  matematik  ta‟limni  to‟g‟ri 

yo‟lga  qo‟yish  va  amalga  oshirish,  o‟quv  dasturida  ko‟satilishicha, 

o‟quvchilarning    mantiqiy    fikrlash    qobiliyatlarini,  o‟z    fikrlarini    mustaqil  


 

bayon    qila    olish    malakalarini    tarkib  toptirishni,  egallagan  bilimlarini 



o‟zlarining    kundalik    faoliyatlarida    qo‟llay    olishlari,    hamda    ta‟limning 

keyingi,  o‟qitishning    yuqoriroq  bosqichida  o‟qishni  davom  ettirishlari  uchun 

ularning    matematik   tayyorgarligini   ta‟minlashdan   iboratdir. 

Ishlab  chiqilgan  yangi  o‟quv  dasturida  ko‟rsatilishicha  matematika  kursi 

tafakkurni,  diqqatni  rivojlantirishga,  hotirani  mustahkamlashga,  ijodiy  tasavvurni 

shakllantirishga  va  kuzatuvchanlikni  mustahkamlashga  katta  imkoniyatlar  beradi.   

Shuningdek  matematika  o‟quv  predmeti  o‟quvchilarning  mantiqiy  fikrlash 

qobiliyatlarini  rivojlantiradi,  ularning  o‟z  fikrlarini,  aniq  va  tushunarli  bayon 

etishlari  uchun zamin  tayyorlaydi.   

Hozirgi    sharoitda    boshlng‟ich    sinflar    o‟qituvchisining    bosh 

vazifalaridan  biri  o‟qitishda  bu  imkoniyatlardan  to‟la  va  samarali  foydalana 

olishidan   iboratdir. 

Mamlakatimiz      Prezidenti  Islom  Abdug‟aniyevich  Karimov  yosh 

avlodning  ta`lim - tarbiyasiga  katta  e`tibor  berdi  va  berib  kelmoqda, xususan, 

u    o`zining    “Yuksak    ma`naviyat  –  engilmas  kuch”    nomli  asarida    quyidagi 

fikrlarni  bayon  qildi:    “Shuni    unutmaslik  kerakki,  kelajagimiz    poydevori    bilim  

dargohlarida    yaratiladi,  boshqacha    aytganda, halqimizning ertangi  kuni  qanday  

bo`lishi    farzandlarimizning    bugun   qanday  ta`lim  va  tarbiya  olishiga  bog`liq. 

Buning  uchun  har  qaysi  ota – ona, ustoz  va  murabbiy  har  bir  bola  timsolida  

avvalo  shaxsni  ko`rishi  sarur. Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan  holda, 

farzandlarimizni          mustaqil    va    keng    fikrlash    qobiliyatiga  ega  bo`lgan, ongli  

yashaydigan    komil    insonlar    etib  voyaga    etkazish  – ta`lim – tarbiya sohasining 

asosiy maqsadi  va  vazifasi   bo`lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz   kerak”

1



   

 Yuqorida  aytilgan  vazifalardan  kelib  chiqadiki  matematik  ta‟limning 

yuqorida    qayt    etilgan    imkoniyatlaridan    to‟la  va  samarali  foydalana  olishlik  

ko‟p    jihatdan    o‟qituvchining    har      tomonlama    ilmiy  va  metodik 

______________ 

  Islom  Karimov.  Yuksak    ma`naviyat  –  engilmas kuch. T., ”Ma`naviyat”, 



2008, 12 -  bet. 

 

tayyorgarligiga,  o‟z    fanini    va    o‟quv    dasturini    puxta  bilishiga,  o‟z  ustida 



tinmay  ishlagan  holda  ta‟limning   umumiy   va  hususiy  metodlarini   mukammal   

egallaganligiga,  har  qanday  o‟quv  -  tarbiyaviy  masalaga  ijodiy  yondasha olishiga,   

shuningdek  o‟quvchilarni  matematik  ta‟lim  mazmuni  bilan  tizimli  va  chuqur 

tanishtira  olishiga,  ularni  izlanishga,  ijodiy  fikrlashga  o‟rgata olishiga  bo‟gliqdir. 

Chunki  hozirgi  sharoitda  boshlang‟ich  sinflarda  matematika  o‟qitishning 

quyidagi   harakterli   hususiyatlarini   e‟tiborga  olib  borish  kerak: 

1.  O‟qitishning  hamma  bosqichlarida  o‟quvchilarning  bilish  faoliyatlarini 

faollashtirish  zarur. 

2.  Yangi  o‟quv  materialini  o‟rgatishga,  o‟quvchilarni  aniq  maqsadga 

yo‟naltirilgan   holda  tayyorlab  borish  kerak. 

3.  O‟quv  materialini  puxta  o‟zlashtirib  borish  asosida  o‟quvchilarning 

ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  bo‟yicha tizimli  ish olib borish lozim. 

Umumiy  o‟rta  ta‟lim  maktablarining  o‟quv  dasturiga  taalluqli    ko‟pgina 

masalalar  boshlang‟ich  sinflardayoq  shu  darajada  o‟zlashtirilishi  kerakki,  ular 

o‟quvchilar    ongida    butun    umr    saqlanib    qolsin,  boshqa    masalalar  esa 

o‟qitishningdastlabki  bosqichida  ularni    keyingi  sinflarda  mufassal  qarab 

chiqishga  tayyorgarlik  ko‟rish  maqsadidagina  kiritiladi  yoki  biror  malakani  va 

ko‟nikmani  shakllantirish  jarayonida  fikrlash  qobiliyati  darajasini    oshirish 

imkoniyatiga  ega bo‟lish uchun xizmat  qiladi. 

Maktabning  boshlang‟ich  sinflarida  o‟quvchilar  matematika  sohasida 

dasturda    nazarda    tutilgan  bilim  ,  ko‟nikma    va  malakalarning    ma‟lum  hajmini 

ongli  ravishda,  mustahkam  egallay  olishlari  haqida  gap  ketganda  yuqorida  aytib 

o‟tilgan  mulohazalarni  hisobga olish kerak bo‟ladi. 

Sanab  o'tilgan  hamma  masalalarni  yechish  o‟qitishning  mazmuni  samarali 

tanlanganda,  uni  bayon  qilish  o'ylangan  tizimda  bo'lganda  va  o'qitishning  tegishli 

maqsadiga  muvofiq  ravishda  o‟qitish  metodlari  hamda  o‟qitish  vositalari  bilib 

tanlab olinganda  amalga  oshirilgan  bo‟ladi. 

Boshlang‟ich  sinflarda  , ayniqsa o‟qitishda maqsadga erishish uchun ta‟lim 

metodlarini    va    vositalarini    to‟g‟ri  tanlash  va  ulardan  samarali      foydalanish     


 

muhim  ahamiyatga  ega.  Shu  boisdan  ham  ushbu  bitiruv  malakaviy  ish  uchun 



tanlab  olingan  mavzu  boshlang‟ich  sinflarda  matematika  o‟qitish  metodikasining 

eng dolzarb mavzularidan  biri ekanligidan  dalolat  beradi. 

Matematika  o‟qitish  metodlari  o‟qituvchi  va  o‟quvchilarning  birgalikdagi 

faoliyati  usullarini,  xususiyatlarini  ochib  beradiki,  ular  yordamida  o‟quvchilar  

bilimlarni,  ko‟nikmalarni  va  malakalarni  egallaydilar,  ularning  dunyoqarashlari 

shakllanadi,  qobiliyatlari  rivojlanadi. 

O‟qitish  metodlari  umumiy  va  xususiy  metodlardan  iborat  bo‟lib, 

matematika  o‟qitish  metodlari  ko‟p  va  xilma-xildir.  Shuning  uchun  ham  ularni 

ayrim  belgilarga  qarab  turli  sinflarga  ajratib  (klassifikatsiya  qilib)  chuqur 

o‟rganish maqsadga muvofiqdir. 

 

Bitiruv  –  malakaviy    ishning    maqsadi    -    Boshlang`ich    sinflar  

matematika    darslarida    o`quvchilarni    o‟qitishning    ko`rgazmali    usulidan  

foydalanishga   o‟rgatishning   nazariy   va  metodik  asoslarini   yoritishdir. 

 

Bitiruv  –  malakaviy    ishning      ob’ekti  -    Boshlang`ich    sinflar   

matematika    darslarida    o`quvchilarni    o‟qitishning    ko`rgazmali    usulidan  

foydalanishga      o‟rgatish  jarayonidir. 

 

 Bitiruv  -    malakaviy    ishning      predmeti  -      Boshlang`ich    sinfla 



matema-tika    darslarida    o`quvchilarni    o‟qitishning    ko`rgazmali    usulidan  

foydalanishga   o‟rgatishning   o‟rgatish  jarayonining   mazmunidir. 

 Bitiruv  –  malakaviy    ishning    vazifalari.    Bitiruv  –  malakaviy    ishning 

maqsadiga  muvofiq   ravishda  tadqiqot  oldiga  quyidagi   vazifalar   qo‟yilgan. 

              1. Boshlang`ich  sinflar   matematika  darslarida  o`quvchilarni  o‟qitish-

ning    ko`rgazmali    usullaridan    foydalanishga        o‟rgatishning      mavjud    holatini   

o‟rganish. 

              2. Boshlang`ich  sinflar   matematika  darslarida  o`quvchilarni  o‟qitish-

ning      ko`rgazmali    usullaridan    foydalanishga  o‟rgatishga  xizmat    qiluvchi  

ob‟ektiv  va  sub‟ektiv  omillarni   aniqlash. 

              3.  Boshlang`ich    sinflar      matematika    darslarida    o`quvchilarni  

o‟qitishning    ko`rgazmali    usullaridan    foydalanishga    o‟rgatishni    amalga  



 

oshirishga    xizmat    qiluvchi    o‟qitishning      shakllari,    usullari    va    vositalarini  



belgilash. 

              4.  Boshlang`ich    sinflar      matematika    darslarida    o`quvchilarni  

o‟qitishning    ko`rgazmali    usullaridan    foydalanishga  o‟rgatishning    yo‟naitirilgan  

mashqlar  tizimini   ishlab  chiqish. 

Bitiruv  –  malakaviy    ishni    bajarishda    pedagogikaning    quyidagi    ilmiy  – 

tadqiqot    usullaridan    foydalanildi  :    tadqiqot    muammosiga  doir    metodik,  

pedagogik    va    psixologik    adabiyotlar    mazmunini    o‟rganish,    ularni      nazariy  

jihatdan    tahlil    etish  ,  mavzuning    mavjud    holatini    o‟rganish  ,  pedagogik  

kuzatuv  , anketa  so‟rovi , suhbat  va  boshqalar. 



Bitiruv  –  malakaviy    ishning    metodologik    asosi:  O‟zbekiston 

Respublikasining          Prezidenti    Islom    Abdug‟anievich    Karimov      tomonidan  

ilgari    surilgan    g‟oyalar,    sharq    mutafakkurlarining    ta‟limotlari,    O‟zbekiston 

respubli-kasi    uzluksiz    ta‟lim    tizimini    belgilovchi    direktiv  –  me‟yoriy  

xujjatlar,  xususan,    “Ta‟lim  to‟g‟risida”  gi    va    “Kadrlar  tayyorlash  Milliy 

dasturi”  haqidagi  O‟zbekiston  Respublikasining  maxsus  qonunlari,    O‟zbekiston 

Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasining    qarorlari,    O‟zbekiston  Respublikasi 

Oliy    va    O‟rta    maxsus    ta‟lim    vazirligi    tomonidan    qabul  qilingan  direktiv  – 

me‟yoriy  xujjatlardan   iborat. 

Bitiruv – malakaviy  ishning  tarkibiy  tuzilishi. U  kirish, 2  ta  bob,   6  

ta  paragraf,  xulosa  va  foydalanilgan   adabiyotlar   ro‟yxatidan  iborat. 

 

  

 



 

     I  BOB.   Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida  o‟qitishning                  

                     ko`rgazmali usullaridan  foydalanishning   nazariy  asoslari  

 

1-  §.  Boshlang`ich   sinflarlarda   matematika   o‟qitish  usullari    



                             va  ularning  klassifikatsijasi    

 

 



Boshlang„ich    sinflarda    matematika    o„qitishning  maqsadlari    quyidagilar: 

umumta‟lim    maqsadi,  tarbiyaviy    maqsadi,    amaliy  maqsadi.  Bu  maqsadlar  bir  - 

biri   bilan  uzviy   bog„liq  bo„lib,  bir - birini  to„ldiradi. 

1. Ta‟lim  maqsadi   o„qituvchidan  quyidagilarni   talab  qiladi:            

a)    o„quvchilarga  matematik  bilimlar  tizimidan  bilim,  malaka,  ko„nikma 

berish; 


b)  haqiqiy  olamni   matematik   metodlar   bilan  o„rganish; 

c)  o„quvchilarning  og„zaki  va  yozma  nutqlarini    o„stirishni,  uning  sifatli  

bo„lishini   ta‟minlash; 

d)  o„quvchilarga  matematikadan    shunday  bilimlar  berishni    ta‟minlashi 

kerakki,  bu    bilimlar    orqali,  ularning    faol    bilish  faoliyati  orqali,  bilim,  malaka, 

ko„nikmalari   ortib  borsin. 

2.  Тarbiyaviy  maqsad.  Matematika    o„qitish  o„quvchilarni    sabotlilikka, 

tirishqoqlikka,    puxtalikka,  o„z  fikri  va  xulosalarini  nazorat  qila olishga, ayniqsa,  

kuzatish    asosida    aytiladigan    fikrlarning    ravon    bo„lishiga    erishish  kerak. 

Miqdorlar    orasidagi    bog„lanishni      ifodalash    uchun  matematikada  simvollar  

ishlatiladi.    Mana  shu    matematik    til    rivojlanishi    kerak.  O„qituvchining  vazifasi 

simvolik  tilda    ifodalangan  matematik  fikrni    ona  tiliga  ko„chirishga    o„rgatishdan  

iborat  bo„lmog„i  kerak.  

Matematika    o„qitish    bilishga    intilish,  mustaqil    ishdan    qanoat    hosil  qilish 

tuyg„ularini  tarbiyalashi  kerak.  Matematika    fanini  o„qitishning    o„zi   o„quvchilarda  

diqqat va fikrni   to„play  bilishni   tarbiyalaydi. 

O„qituvchi  quyidagilarni   ta‟minlashi   kerak: 

a)  o„quvchi  moddiy  olamdagi    bog„lanishlarni,  miqdorlarning    o„zgarishini,  

bir – biri  bilan   aloqasini  anglay   olish; 

b)  o„quvchilarning    matematikani      o„rganishga  astoydil  qiziqishini 

ta‟minlash;   

c)  mehnatga,  vatanga,  insonlarga    bo„lgan  ijobiy  munosabatini    tarbiyalash, 

estetik did hosil  qilish; 


 

10 


d)  o„zbek  millatining  tarixi,    jumladan,    matematika    o„qitilish    tarixiga 

bo„lgan  dunyoqarashni   tarbiyalash; 

e)  o„quvchilarning    fikrlash  qobiliyatini  va    matematik  madaniyatini  

tarbiyalash; 

3.  Amaliy    maqsad.  Matematika  o„qitishdan    kuzatilgan  amaliy  maqsad  – 

o„quvchilar  olgan  bilimlarni,  amalda    qo„llay    olishga    o„rgatishdan    iborat.  

Olingan  bilimlarni  sonlar  va  matematik  ifodalar,  miqdorlar  ustida  bajariladigan 

amallarga  tatbiq  qila  bilish,  har  xil  masalalarni  yechishda  foydalana  bilishga 

o„rgatish.  Bu    bilimlarni    kundalik    hayotda  uchraydigan  masalalarni  hal  qilishga 

qo„llay bilishga  o„rgatishdir. 

 O„qitish 

metodi 


tushunchasi 

didaktika 

va  metodikaning  asosiy 

tushunchalaridan  biridir. 

 Shunday  qilib,    o„qitish  metodlari o„zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi 

uchta asosiy vazifani  bajaradi. 

 O„qitish  metodlaridan,  ta‟limning  yangi  mazmuniga,  yangi  vazifalariga  mos 

keladiganlariga  ongli  ravishda    tanlab  olish  uchun  oldin  hamma    o„qitish 

metodlarini  tasniflashni  o„rganib chiqish zarur. 

 Hozirgi  zamon  didaktikasida  o„qitish  metodlarining    klassifikasiyasiga  har  xil 

yondoshish  mavjud.  Bizning  fikrimizga eng maqsadga muvofiq,  barcha  metodlarni 

o„z ichiga olgan  klassifikasiyadir. 

Yuqorida  keltirilgan  ta‟rifdan    o„qitish  metodlari    o„qituvchi  va  

o„quvchilarning  birgalikdagi  faoliyatidan  iborat ekani   ko„rinadi. 

Binobarin,  bunday    faoliyat    tashkil    qilish  ,  rag„batlantirish    va  nazorat 

qilishni    nazarda    tutadi,  shunga    ko„ra    o„qitish    metodlari    ham  uchta  katta 

guruhga  bo„linadi:  o„quv  faoliyatini  tashkil  qilish  metodlari;  o„quv  faoliyatini 

rag„batlantirish  metodlari;  o„quv  faoliyatini  samaradorligini  nazorat  qilish 

metodlari. 

O„quv  bilish  faoliyatini  tashkil  qilish  metodlarini  bir  nechta  guruhlarga   

bo„lib klassifikasiya  qilish  mumkin. 

I.  O„quvchilar bilim  oladigan  manbalar    bo„yicha: 


 

11 


Og„zaki,    ko„rsatmali  va  amaliy  metodlar  (tushuntirish,  suhbat,  hikoya,  kitob 

bilan  ishlash  va h.k). 

Ko„rsatmali  metodlar  (tevarak  atrofdagi  predmetlar  va  hodisalarni  kuzatish, 

ularning  modellari  va tasvirlarini  qarash, o„quvchilarning  amaliy  ishlari). 

II.  O„quvchilar fikrining  yo„nalishi    bo„yicha: 

Induksiya, deduksiya va analogiya. 

III.  Pedagogik  ta‟sir,  boshqarishning  darajasi,  o„quvchilarning    o„qishda 

mustaqilliklarining    darajasi  bo„yicha: 

O„qituvchi  boshchiligida   bajariladigan   o„quv  ishi  metodi; 

O„quvchilarning   mustaqil   ishlari   metodi. 

IV.  O„quvchilarning   mustaqil  faolliklari   darajasi    bo„yicha: 

Izohli  - illyustrativ  metod; 

Reproduktiv metod:   

Bilimlarni   muammoli   bayon  qilish  metodi; 

Qisman  izlanish   va  tadqiq  qilish  metodi. 

I. Og„zaki,  ko„rsatmali va amaliy  metodlar  

1)  Og„zaki  metodlar  –  qisqa  muddat  ichida  hajmi      bo„yicha  eng    ko„p 

ma‟lymotlarni  berish,    o„quvchilar  oldiga  muammolar  qo„yish,  ularni  hal  qilish 

yo„llarini   ko„rsatish imkonini  beradi. 

Bu  metodlar    o„quvchilarning  abstrakt  tafakkurlarining  rivojlanishiga  sharoit 

yaratadi. 

a)  Тushuntirish.    Bilimlarni  tushuntirish  metodining  mohiyati  shundan 

iboratki,  bunda    o„qituvchi  materialni  bayon  qiladi,  o„quvchilar  esa  uni,  ya‟ni 

bilimlarni  tayyor holda qabul qilib  olishadi. 

Materialning  bayoni  aniq,  tushunarli,  qisqa      bo„lishi  kerak.  Boshlang„ich 

matematika  kursining  bir  qator  masalalarini  qarashda  bilimlarning  izchil  bayoni 

zarur.  

Misollar:   

1. Ko„p xonali sonni bir xonali  songa yozma   bo„lish algoritmi 

(656 : 4;    1896 : 6)   ... 



 

12 


2.  1  yoki  0  ga    ko„paytirish    hollari.  Bolalarda    ko„paytirish  amali  haqida 

tarkib  topilgan  bilimlar  1  yoki  0  ga    ko„paytirish holini tushunib olishlariga yordam 

bermaydi.  O„qituvchi  bilimlarni  tayyor holda yetkazishi  kerak. 

O„qituvchining      bilimlarni    tushuntirish  metodidan  ma‟lumotlar  to„g„rsidagi 

nazariy   materiallar   ishlatish   bo„yicha  yo„l - yo„riq   berishda  foydalaniladi. 

 b)  Suhbat  bu  eng    ko„p  tarqalgan  va  yetakchi  o„qitish  metodlaridan  biri   

bo„lib,  darsning  har  xil  bosqichlarida,  har  xil      o„quv  maqsadlarida  qo„llanishi 

mumkin,  xususan,  uyga    berilgan  topshiriqlarni  va  mustaqil  ishlarni  tekshirishda, 

yangi  materialni  tushuntirishda,  mustahkamlash  va  takrorlashda  qo„llanilishi 

mumkin. 


Suhbat  –  o„qitishning  savol  -  javob  metodidir,  bunda    o„qituvchi  

o„quvchilarning  bilimlarini  qay  darajada    o„zlashtirganliklari  va  amaliy 

tajribalariga  tayangan  holda,  maxsus  tanlangan  savollar  va  ularga  beriladigan 

javoblar    orqali            o„quvchilarni    qo„yilgan    ta‟limiy    va  tarbiyaviy    masalalarini 

hal  qilishga   olib  keladi. 

Metodik  adabiyotlarda  suhbat  metodidan    ko„pincha  matematik  tushunchalar 

bilan  tanishtirilayotganda  (son,  arifmetik  amallar  va  hokazo),  qonuniyatlar  tipidagi 

bilimlar  (arifmetik  amallar  xossalari  va  ular  komponentlari  bilan  natijalari 

orasidagi bog„lanishlar)   bilan  tanishtirishda  foydalanish  tavsiya  etiladi. 

O„qitishda  suhbatning  ikki  xilidan,  ya‟ni  katexezik  va  evrestik  suhbatdan 

foydalaniladi. 

Katexezik  suhbat  –  shunday  savollar  tizimi  asosida  tuziladiki,  bu  savollar 

ilgari  o„zlashtirilgan   bilimlar,  ta‟riflarni   oddiygina  qayta  eslatishni   talab  etadi. 

Bunday    suhbatdan  asosan  bilimlarni  tekshirish  va  baholashda,    yangi 

materialni  mustahkamlashda   va  takrorlashda  foydalaniladi.   

2. Ko„rsatmali  metodlar.  

O„qitishning    ko„rsatmali  metodlari  –  o„quvchilarga  kuzatishlar  asosida 

bilimlar    olish    imkonini    beradi.  Kuzatish  hissiy  tafakkurning  faol  shaklidir, 

bundan    o„qitishda,  ayniqsa,  boshlang„ich  sinflarda  keng  foydalaniladi.  Tevarak  

atrofdagi    predmet  va  hodisalar  va  ularning    turli  -  tuman    modellari  (har  xil  



 

13 


ko`rinishdagi    ko„rsatma  -  qo„llanmalar)  kuzatish    ob‟ektlari  hisoblanadi.  

O„qitishning    ko„rsatmali  metodlarini    o„qitishning  og„zaki  metodlaridan  ajratib 

qo„yib  bo„lmaydi.  Ko„rsatma  -  qo„llanmalarni      namoyish  qilishni  har  doim  

o„qituvchining  va    o„quvchilarning      tushuntirishlari    bilan    birgalikda    olib  

boriladi.      O„qituvchining    so„zi  bilan    ko„rsatma  vositalardan  birgalikda 

foydalanishning   4 ta  asosiy  shakli  aniqlangan: 

1)  o„qituvchi  so„zlar  yordamida  o„quvchilarning   kuzatishlarini   bos hqaradi; 

2)    og„zaki  tushuntirishlar  ob‟ektning  bevosita    ko„rinmaydigan  tomonlari 

haqida  ma‟lumotlar   beradi; 

3)    ko„rsatma  -  qo„llanmalar    o„qituvchining  og„zaki  tushuntirishlarini  

tasdiqlash yoki  konkretlashtiruvchi    illyustrasiya    bo„lib xizmat qiladi; 

4)  o„qituvchi    o„quvchilar  kuzatishlarini  umumlashtiradi  va  umumiy  xulosa 

chiqaradi.  

3. 


Amaliy  metodlar.  Malaka  va    ko„nikmalarni  shakllantirish  va 

mukammalashtirish    jarayoni    bilan    bog„liq      bo„lgan    metodlar    o„qitishning 

amaliy  metodlari  hisoblanadi.  Xususan,  bunday  metodlar  jumlasiga  yozma  va 

og„zaki    mashqlar,  amaliy    va    laboratoriya    ishlari,  mustaqil    ishlarning  ba‟zi 

turlari  kiradi.  Mashqlar  asosan  mustahkamlash  va  bilimlarni  tatbiq  qilish,  malaka 

va   ko„nikmalarni   shakllantirish    metodi  sifatida  qo„llaniladi.   

Mashq  deb  biror  amalni,  shu  amalni  o„zlashtirish  yoki  mustahkamlash 

maqsadida    rejali    ravishda    tashkil    qilingan    takroriy    bajarishga    aytiladi. 

Mashqlar  tayyorlash,  mashq  qildirish  va  ijodiy    mashqlarga    katta  ahamiyat 

beriladi.  Ijodiy    xarakterdagi    mashqlarga  masalan,  masala  va  misollarni  turli 

usullar    bilan    yechish,  ifoda      bo„yicha    masala  tuzish,  qisqa  yozuv,  chizmaga  

ko„ra    masala    tuzish,  muammoli  masalalarni  yechish  mashqlari  va  boshqa 

mashqlar  kiradi. 

                  Induksiya, deduksiya,  analogiya 

Bu  uch  metod  yangi  bilimlarni  egallashning  asosida  yotuvchi  xulosalarning 

xususiyatlariga  qarab bir - biridan farq qilinadi. 



 

14 


Induksiya  metodi  bilishning  shunday  yo„liki,  bunda    o„quvchining  fikri 

birlikdan  umumiylikka,  xususiy xulosalardan  umumiy  xulosaga o„sib boradi.         

Induktiv  xulosa  –  xususiydan  umumiyga  qarab  boradigan  xulosadir.  Bu 

metoddan  foydalanib  biror  qonuniyatni  ochish  yoki  qoidani  chiqarish  uchun  

o„qituvchi misollar,  masalalar,   ko„rsatmali materiallarni  puxtalik  bilan  tanlaydi. 

Boshlang„ich    sinflarda    induksiya    metodi  bilan  uzviy  bog„liq  holda 

deduksiya  metodidan  ham  keng  foydalaniladi.  Boshlang„ich  sinflarning  yangi 

o„qitish  dasturi  talablariga  o„tishi  munosabati  bilan  deduksiya  metodidan 

foydalanish  chegaralari  ancha  kengaydi.  Odatdagi  metodika  deyarli  induktiv 

metoddan  foydalanishni,  deduktiv  metoddan  foydalanishning  cheklanganligini 

uqtirib turardi. 

Deduksiya  metodi  bilishning  shunday  yo„liki,  bu  yo„l  umumiyroq  bilimlar 

asosida yangi xususiy bilimlarni  olishdan iboratdir. 

1 + 2 = 3           3 – 2 = 1      3 – 1 =  2 

Deduksiya  bu,  umumiy  qoidalardan  xususiy  misollarga  va  konkret  qoidalarga 

o„tishdir. 

Induktiv  va  deduktiv  xulosalarga  misollar  keltiramiz.  Birinchi  sinf 

o„quvchilariga  yig„indi  bilan  qo„shiluvchi  orasidagi  bog„lanishni  tushuntirish 

uchun  bolalarni  xulosaga  induktiv  yo„l  bilan  olib  kelamiz.    Ko„rsatmalilikdan  (har 

xil      doirachalardan)      foydalanib,  oldin    hamma    doirachalar    (qizil  va    ko`k)  

qanchaligi    topiladi  (1 + 2 = 3).  

Shundan    keyin  1  ta  qizil  doiracha  (birinchi  qo„shiluvchini    ifodalovchi) surib 

qo„yiladi,  bunda  bolalar  2  ta    ko„k  doiracha  ya‟ni  ikkinchi  qo„shiluvchi  qolis higa  

ishonch  hosil  qilishadi (3 – 2 = 1).  Shundan  keyin  3 ta   doirachadan 2 ta  ko„k 

doiracha  (ikkinchi  qo„shiluvchini  ifodalovchi)  ayirilsa,  1  ta  qizil  doiracha,  ya‟ni  

birinchi      qo„shiluvchi    qolishiga    ishonch    hosil      qiladilar    (3  –1  =  2).  Shundan 

keyin  boshqa  sonlar  hamda  boshqa    ko„rsatmali  materiallar  bilan  bir  qatorda 

shunday  mashqlar  bajariladi  va  bolalarning  o„zlari  ushbu  umumiy  xulosani 

ifodalashadi:  agar  yig`indidan    birinchi  qo„shiluvchi  ayirilsa,  ikkinchi  qo„shiluvchi 

qoladi, agar yig„indidan  ikkinchi  qushiluvchi  ayirilsa,  birinchi  qo„shiluvchi qoladi.  



 

15 


Bolalar      tomonidan  induktiv  yo„l  bilan  chig„arilgan  xulosa  5,  6,  7,  8,  9 

sonlarini 

ayirish 

qaralayotganda 

deduktiv 

mulohazalar 

yuritish 

uchun 


foydalaniladi. 

Analogiya  –  shunday  xulosaki,  bunda  predmetlar  ba‟zi  belgilarining 

o„xshashligi    bo„yicha  bu  predmetlar  boshqa   belgilari    bo„yicha  ham o„xshash, 

degan  taxminiy  xulosa  chiqariladi.  Analogiya  “xususiydan  xususiyga  boradigan”, 

bir  konkret  faktdan  boshqa  konkret  faktlarga  boradigan  xulosadir. 

Masalan,  uch    xonali    sonlarni    qo„shish    va    ayirishning  yozma  usullarini  

ko„p    xonali    sonlarni    qo„shish    va    ayirishga    o„tkazish  analogiya  usulini 

qo„llashga    asoslangan.  Shu      maqsadda  metodik  adabiyotlarda    ko„p  xonali 

sonlarni    yozma    qo„shish  va  ayirish  bilan  tanishtirishda  shunday  misollarni 

yechish    tavsiya  qilinadiki,  bunda   har  bir  navbatdagi  misol oldingisini o„z ichiga 

oladi. Masalan: 

 

    126       4752      54752       837      6837       76837 



  +172    + 3246    +43246    - 425    - 2425     - 52425 

 

Bunday  misollarni  yechgandan  keyin    o„quvchilarning  o„zlari    ko„p  xonali 



sonlarni  yozma  qo„shish  va  ayirish  uch  xonali  sonlarni  yozma  qo„shish  va 

ayirishdek  bajariladi,  deb xulosa chiqaradilar. 

 Yuqorida 

qaralgan 

metodlardan 

(induksiya, 

deduksiya, 

analogiya) 

foydalanish  zamirida    analiz,  sintez,  taqqoslash,  umumlashtirish  va  abstraksiyalash 

kabi aqliy  operasiyalar  yotadi. 

Butunni  uning  tashkil  etuvchi  qismlariga  ajratishga  yo„naltirilgan  fikrlash 

(tafakkur)  usuli   analiz   deb  ataladi. 

Predmetlar  yoki  hodisalar  orasida  bog„lanishlar  o„rnatishga  yo„naltirilgan 

tafakkur   usuli   sintez  deb  ataladi. 

100    sonida  nechta  o„nlik  va  nechta  birlik  bor,  degan  savolga  javob  berishda  

o„quvchilar sonni analiz  qilishadi. 



 

16 


 Shu    so„zlarga  amal  qilishadi  (ya‟ni  noto„la  analiz  o„tkazishadi),  bunday 

qilish  esa  ko„pincha xatoga, ya‟ni xato sintezga  olib keladi. 

Тaqqoslash  usuli  qaralayotgan  sonlar,  arifmetik  misollar,  masalalarning 

o„xshash  va  farqli  alomatlarin   ajratishdan    iborat.              

Matematika  boshlang„ich  kursi  taqqoslash  usulining  qo„llanilishi  uchun  katta 

imkoniyatlar  ochib  beradi:  ifodalar  va  sonlarni  taqqoslash;  ikkita  ifodani 

taqqoslash; masalalarni  taqqoslash va h.k.  

Yangi  matematik  tushunchalarni,  qonunlarni  tarkib  toptirishda  bolalar 

umumlashtirishga  duch keladilar. 

Umumlashtirish  –  bu  o„rganilayotgan  ob‟ektlardan  umumiy  muhim 

tomonlarini  ajratish  va ularni  muhim  emaslaridan  ajratishdan  iborat. 


Download 377.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling