Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi Abdullayeva Zumradxonning Yozish va taqdimot fanidan tayyorlagan mustaqil ta'lim ishi


Download 28.5 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi28.5 Kb.
#111526
Bog'liq
2-hafta topshirig'i essey
00186705-89cc39db, Фарду, AUTODESK INVENTOR, Abduvali, Abduvali, Мир исскуства, 1-ma'ruza, lab1, Mamayusupova mustaqil ish, Biz baxorga oshiq boldik, Kurs ishi mavzulari, ON, 1-amaliy mashgulot mavzusi, 8-amaliy

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi Abdullayeva Zumradxonning

Yozish va taqdimot fanidan tayyorlagan mustaqil ta'lim ishi.

"Boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarning o'rni"

mavzusida essey

Bugungi kunda har birimizga malumki butun dunyo texnologiya va u yaratgan imkoniyat bilan qadam ba qadam olg'a intilmoqda. Men hozirda yozmoqchi bo'lgan esseyimda raqamli texnologiyalarning nafaqat butun olam balki undagi har bir jabhalaridan biri bo'lgan boshlang'ich ta'limdagi o'rni haqida yozmoqchiman.

Ta'lim sohasidagi kuzatilayotgan ijobiy o'zgarish har birimiz uchun quvonarli albatta, ayniqsa, ta'limdagi tub islohatlarning eng quvonarlisi shundaki, e'tiborni ilk bosqichdan yani maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'limga qaratilgani nur ustiga a'lo nurdir. Bu sohada esa ustozlar tajribasi-yu bilimidan tortib axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin chunki bu soha ham bugungi kunda ta'limning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslariga binoan 2020-yilning "Ilm marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilinishi ham bejiz emas albatta. Sababi birinchidan, hozirda hech qaysi bir soha qolmadiki raqamli iqtisodiyot kirib kelmagan. Bunga qo'shimcha ravishda uzluksi, ta'limni rivojlantirish maqsadida o'quvchiga har bir bosqichda media darslar orqali bilim berish ko'nikmalari shakllantirilib kelajakda raqamli texnologiyalardan bemalol foydalana oluvchi va el-yurt uchun naf keltiruvchi shaxsni tarbiya qilishdir. Media darslar orqali o'quvchiga ma'lumot yetkazib berish yanada osonlashdi va o'z navbatida bola ham yangi fan va dasturlar bilan tanishib boradi. Barchamizga ma'lumki, COVID-19 virusi sababli bugungi kunda butun O'zbekiston bo'ylab karantin e'lon qilindi. Ammo bu bilan ta'lim berish va olish faoliyatini to'xtatib qolmadi. Masofaviy ta'lim orqali nafaqat o'quvchilarning o'qish jarayoniga qiziqishi o'z o'rnida ota-onalarning masuliyatlari ham ortdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu vaziyatda ham raqamli texnologiyalar beminnat yordamchi sifatida xizmatga keldi. Lekin tanganing ikkinchi tarafi ham bo'lganidek ko'p vaqt davomida komputer va telefondan foydalanish ham sog'liq uchun o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Masalan, bolaning ko'rish qobiliyatiga, miya yarimshar qon-tomirlari va nerv to'qimalariga shikast yetkazishi ham fanga ma'lum. Shuning uchun ham biz yana o'sha oltin qoidaga yani "meyor" ga amal qilgan holatda ish tutsak albatta to'g'ri bo'ladi.

Xulosa o'rnida o'z fikrim sifatida shuni aytmoqchimanki, axborot texnologiyalari bo'yicha bilimizni oshirish media darslar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilariga savod o'rgatish kelgusida barkamol va har taraflama yetuk, bilimli shaxsni tarbiyalashda ulkan zamin bo'lib xizmat qiladi. Yurtboshimiz tabiri bilan aytganda : "Har kim bugungi kun uchun, kelajak uchun yonib kuymog'i kerak". Biz bo'lg'usi pedagoglar ham har bir sohani o'z vaqtida va kerakli bilimni egallasak biz tarbiya qiluvchi shaxslar ham yetuk malakali shaxs bo'lib yetishadi.



(363 ta so'z)
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling