Boshlang’ich ta’lim


Download 417.84 Kb.
Sana25.08.2020
Hajmi417.84 Kb.
#127650
Bog'liq
MUSTAQIL ISH


ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA


O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

BOSHLANG’ICH TA’LIM ” YO‘NALISHI MAXSUS SIRTQI BO‘LIM


1 BOSQICH 19/13-GURUH TALABASI
ERALIYEVA FERUZANING

UMUMIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN



MUSTAQIL ISHI
MAVZU: INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI.
INDIVID,SHAXS,INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI.
Individ, shaxs va individuallik, ularning uzviy bog‘liqligi va o‘ziga xosligi. 

Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.

SHaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu indivi-duallik shaxs tushunchasini to‘liq aks ettirmaydi. SHaxs esa ong va o‘z-o‘zini anglash paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.

Falsafiy-qomusiy lug‘atda individ tushunchasini, aniqrog‘i individualizmni (lotincha - bo‘linmas) inson shaxsiy hayotining alohidaligi, shaxs huquqlarining mutloqligini va avtonomiyasini ifodalovchi falsafiy axloqiy tamoyil,245 deb ta’riflangan.

“Vatan tuyg‘usi” kitobida ta’kidlanishicha, individ degan tushuncha lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatadigan bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxs, hayvon va o‘simlikni bildiradi246.

“Individ” va “individualizm” bir-biriga yaqin atamalar bo‘lsa ham har birining o‘ziga xos mazmun va mohiyati bor. Agar individ deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxsni tushunilsa, individualizmning kelib chiqishi falsafa qomusiy lug‘atida to‘g‘ri yozilishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan247.

Falsafada qabul qilingan individ tushunchasi uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Uning shakllanish davrining boshlanishi ibtidoiy jamoa bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning jismoniy mav-judligi, individ sifatida mustaqilligi o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi doirasida bo‘ladi.

Akademik Erkin YUsupov “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasida, “Urug‘ jamoasining emirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanishida individdan yuksak bo‘lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minlaydi”248, deb yozadi.

Darhaqiqat, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori bosqichlarida insondagi individuallik, boshqacha qilib aytganda, alohidalik yo‘qolib ketmaydi, aksincha unda bu xususiyatlar ob’ektiv ravishda inson xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lib davom etaveradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sifatlaridir. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti harakati, malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalarini ifodalaydi249.

Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish, siyosiy, ma’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalarida noyob asarlarni ijod va kashfiyot qilish, umuman olganda ko‘plab burchlarning bajarilishida ana shu individuallik namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farq qilib turadi.

Individualizm atamasini SHarq va Farb mutafakkirlari o‘ziga xos mazmunda ishlatib kelganlar. Farb olimlari individualizmga lotincha individium – bo‘linmas, ya’ni inson shaxsiy hayotining alohidaligi sifatida qaraganlar, SHarqda esa, fard arabchadagi yakka, yolg‘iz250 ma’nosida ishlatilib, uning mazmuni keng qamrovli ekanligiga e’tibor qaratilgan.

O‘rta asr oxirlaridan boshlab individ (fard) jamoadagi o‘z o‘rnini topgan shaxsga nisbatan ishlatilgan, individuallikning shaxsdan farqi individning betakrorligi, alohidaligi va o‘ziga xosligidir.

Olimlarning tadqiqotlarida individ, ya’ni fardning sharq mutafakkirlari ijodidagi tahliliga e’tibor qaratilgan. Masalan, B.SH.Karimovning “Am’aq Buxoriyning ijtimoiy qarashlari” (sotsiologik tahlil) nomli nomzodlik dissertatsiyasida fard so‘zining bir necha, ya’ni: yagona, yakka, mujarrad, hamrohsiz, o‘zgalarga o‘xshamaydigan benazir, bir kishi, bir nafar, ajralgan, yakka o‘zi ma’nolarga egaligi qayd qilingan251.

Individuallik (fard) dagi keng qamrovli mazmunning ifodalanishi muayyan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-axloqiy zaruriyatlar oldinga suradigan talab va ehtiyojlar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangi fikrlarni aytishga muvaffaq bo‘ldilarki, ular nafaqat o‘z davrlari uchun, balki keyingi davrlar uchun ham ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining tarixiga nazar tashlasak, shu narsa ayon bo‘ldiki, antik davrning oxirlarida individuallikni shaxs deb ataganlar, inchinun u faqat tabiiy organizm emas, balki insoniy, ijtimoiy mavjudot sifatida qabul qilingan. SHundan e’tiboran shaxs atamasi va unga taalluqli narsalar shaxsiylik ma’nosida ishlatilishi odat tusiga kira boshlagan.

Hozirgi zamon falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarda shaxs tushunchasiga bir necha talqin berilgan. YA’ni, shaxs deb muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan, o‘z taqdirining egasi bo‘la olgan, individual holatda intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo‘lgan odamga aytiladi.

Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.

YAngi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekartdan boshlab shaxs haqida dualistik g‘oya shakllanishiga yo‘l ochildi. Bunda birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash “Men” tushunchasi bilan birlashtirib yuborildi.

Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o‘z-o‘zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o‘zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo‘ysundirish imkoniyatini beradi252.

Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot,253 deb tushungan.

“SHaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. SHaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. SHaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.

YUqorida zikr qilingan faylasuf olimlarning shaxs haqidagi ta’riflaridan kelib chiqib unga shunday ta’rif berish mumkin. YA’ni, shaxsning shakllanishi o‘z-o‘zini anglash va aqliy fikrlashdan tashqari avvalo muayyan tuzumda faol qatnashishi bilan ijtimoiy hayotning qaror topishiga o‘z hissasini qo‘shish, buning uchun o‘z intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarini to‘liq namoyon qilish va nihoyat shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.

SHunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, “shaxs” tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. YA’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan “individ” va “individuallik” tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. “SHaxs” tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, “ijtimoiy qiyofasi” nuqtai nazaridan tavsiflaydi.

Falsafa tarixida antropologik g‘oyalarning rivojlanishi, odamzot evolyusion taraqqiyoti xamda uning Er deb atalgan bir butun tabiatga, shuningdek ijtimoiy taraqqiyotga xal qiluvchi ta’sir o‘tkazish bosqichi – Noosfera davriga kirganini har bir individ anglab olishi zarur.

Muayyan ijtimoiy birlik (butunlik) ichidagi ayrimlik individdir. yani individ yakka-yolg‘iz odam emas, balki betakror  (individual) xususiyatlariga ega bo‘lgan ayrim kishidir. Individda ayrimlik bilan umumiylik uyg‘un xolda mavjud bo‘ladi. Umumiylikdan ayrimlikni farqlash uchun individ tushunchasi qo‘llaniladi. Umumiylikdagi ayrimlik – individuallik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

a) muayyan ijtimoiy gurux, jamoa, tashkilotni tashkil etgan odamlarning o‘ziga xos fel-atvorlari;

b) o‘zini tashkil etgan muayyan ijtiomiy gurux kishilarining o‘zlariga xos ijtimoy belgilari, sotsial qiyofalari.

Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. SHaxs betakror (individual) sifatlari bilan albatta individ, ammo u faol xususiyatlari tufayli shaxsdir. Individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil harakat yo‘nalish olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. SHaxs har bir davrda mavjud bo‘lgan muayyan ijtimoiy extiyojlar va manfaatlarni ilg‘ab olib, o‘zi mansub bo‘lgan odamlar guruxi manfaatlarini to‘laroq gavdalantiradigan va u sotsial guruxga xos fazilat va qusurlarni yorqinroq namoyon etadi. Bunday shaxslar o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy gurux manfaatlarini faol ximoya qila oladi va buning uchun masuliyatni o‘z zimmasiga dadil ola biladi. yani muayyan umumiylik ayrim shaxslarda o‘zining yorqin ifodasini topadi.

Ijtimoiy muxit inson shaxsini qay darajada shakllantirsa, shaxslar xam o‘sha muxit qanday xolatda bo‘lishini kafolatlaydi. Biroq, shaxslarning barchasi xam ijtimoiy muhit doirasida harakat qiladigan, qotib qolgan turg‘un fikrlar asosida hayot yo‘nalishi belgilaydigan insonlar emas. Har bir individda genetik dastur asosida qabul qilingan va qayta ishlaydigan axborotli inikos turlicha bo‘lgani sababli, undagi o‘zi yashab turgan ijtimoiy muxit xodisalariga qiziqish darajasi xam turlicha bo‘ladi. SHaxs o‘z shaxsiy sifatlari bilan muayyan ijtimoiy harakatga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab qadrlanadi va qadrsizlanadi. Muayyan tarixiy sharoitlarda yirik ijtimoiy xarakatlarga boshchilik qilganlar tarixiy shaxs sifatida o‘zidan yaxshi yoki yomon nom qoldiradi. Tarixiy shaxslarda jamiyat taraqqiyotini tezlatish yoki sekinlatish, xatto orqaga qaytarish imkoniyati katta bo‘ladi. Bunda ulardagi tarkib topgan dunyoqarash va shu asosida vujudga kelgan imon yo‘nalishi va darajasi muhim rol o‘ynaydi, undagi insoniy fazilatlar va qusurlar o‘zi boshchilik qilayotgan harakatga ijobiy yoki salbiy tasir ko‘rsatadi.

SHaxs va uning erki muammosi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Erkin faoliyat ko‘rsatishga ega bo‘lish shaxs uchun tarixiy, ijtimoiy va axloqiy qadriyat bo‘lib, uning individualligi namoyon bo‘lishi va jamiyat taraqqiyoti darajasining mezonidir. SHaxs erkinligini poymol etish, uning ongi va xulq-atvorini bir qolipga solishga intilish, individlarni jamiyat, davlatni boshqarish ishlaridan amalda chetlatish shaxs kamolotiga salbiy tasir ko‘rsatish bilan birga ijtimoiy taraqqiyotni xam sekinlatadi, turg‘un xolga keltiradi va xatto tanazzulga olib keladi. SSSR bunga misol.

Tirik tabiatda biologik tanlov xayvonlar uchun qanchalik axamiyatli bo‘lsa, ijtimoiy xayotda xam insonlarning tanlov erki shunchalar axamiyatlidir. Faqat shaxslar uchun tanlov erki bor joydagina taraqqiyot tez va maqsadga muvofiq borishi mumkin. Umuman mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy munosabatlar shaxs erki va kamolati uchun qanchalik tasir ko‘rsatmasin, ayni chog‘da u munosabatlar qanday bo‘lishi ko‘p jixatdan shaxslarning bu munosabatlarga amaliy yondashuvlariga xam bog‘liq bo‘ladi. Sobiq SSSR da shaxsga sig‘inish va bu bilan malum darajada bog‘liq xolda ro‘y bergan turg‘unlik yillarida adolat o‘rnini riyo, xaqiqat o‘rnini qo‘rquv, xadiksirash egallaganini albatta nazarda tutish kerak. Ikkiyuzlamachilik kadrlar uchun qadriyatga aylanib qoldi, chunki buningsiz ular o‘z vazifalarini bajara olmaydigan xolga keldilar. Demak, bizning zamonamizda individlar, ayniqsa shaxslar ijtimoiy-iqtisodiy va davlat tuzumlarining asiri emas, balki ularning ijodkori xam ekanligini nazarda tutib siyosat belgilagan tarixiy shaxslar o‘zlaridan yaxshi nom qoldirishlari, avlodlar xotirasida buyuk kishilar sifatida abadiyatga doxil bo‘lishlari mumkin. Buning aksi xam bo‘lishi mumkin. Masalan, CHingizxon, Gitler, Lenin va Stalin kabi shaxslar ma’lum qisqa tarixiy davrda o‘zlarini qanchalik ulug‘lanishlariga erishmasinlar, piravordida ularning nomi bilan bog‘langan qarashlar, tuzumlar g‘ayriinsoniy tusda ekani ma’lum bo‘ldi va ularning nomlari taraqqiyparvar insoniyat tomonidan la’natlanib tilga olinayotgani tamomila tabiiy xoldir. Hatto ularning urug‘-aymoqlari ham og‘ir ahvolga tushib qolganini, iztirobli hayotni boshlaridan kechirganliklarini unutmaslik lozim.

Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har qanday shaxs zamirida oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. SHuningdek inson yangi moddiy va ma’naviy boyliklar yaratib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‘yobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Tarixiy taraqqiyot natijasida faqat shaxsning shakllanishi mavjud ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan chegaralanmaydi, balki shaxs bilan jamiyat munosabatlari ham o‘zgarib, rivojlanib boradi.

Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi uch muhim omil: irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‘zaro ta’sirga kirishishi natijasida inson shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, mo‘ljallar, ma’naviyat va shu kabilarga ega bo‘ladi. Insonning mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol o‘ynashini qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e’tirof etilgan me’yorlarga muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma’noda ijobiy shaxslar to‘g‘risida ham, salbiy shaxslar to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin.

Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy jarayonlarni va ijtimoiy o‘zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, odamlar ongidan umuminsoniy me’yorlar mustahkam o‘rin olishi bilan bog‘lamoqdalar. Bunda inson o‘zining butun umri mobaynida, bir tomondan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa tomondan esa – o‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta’sirini his etib, yaxlit bir butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e’tiborga olish lozim. Boshqacha aytganda, o‘zining kamol topish jarayonida u doim ham sub’ekt, ham ob’ekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot mazmunini izlashi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga kelishini belgilaydi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng shaxsning har tomonlama, yaxlit rivojlanishiga yo‘l ochildi. Bu holat davlatimizning qator farmon va qarorlari bilan mustahkamlanmoqda. Xususan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga tadbiq qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir.

Fuqarolik va huquqiy davlat bunyod etilayotgan hozirgi sharoitda jamiyatning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish asosida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni o‘zida uyg‘unlashtirib birlashtirgan yangi inson shaxsining shakllanishi ta’minlanadi.

Hozirgi zamon shaxs nazariyalaridagi asosiy g‘oyalar. SHaxs muammosi dolzarb muammo bo‘lganligi uchun uning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tadqiq etishga qiziqish olimlar o‘rtasida, ayniqsa XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida bir muncha jonlandi. Natijada inson shaxsi bilan bog‘liq falsafiy oqimlar vujudga kela boshladi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri personalizmdir. Personalizm – lotincha personium – shaxs so‘zidan olingan bo‘lib, shaxsni birlamchi ijodiy reallik va oliy ma’naviy qadriyat deb talqin qilina boshlandi. Personalizm tarafdorlari olamning mavjudligini oliy yaratuvchi kuch-xudo ijodiy faoliyatining namoyon bo‘lishi deb tushuntiradilar. Personalizm XIX asrning oxirlarida Rossiya va AQSHda shakllandi, keyinchalik XX asrning 30-yillarida Fransiya va boshqa mamlakatlarda yoyila boshladi. Rossiyada personalizm g‘oyalarini N.A.Berdyaev, Amerika personalizmi asoschilari B.Baun, J.Gaye va ularning izdoshlari U.Xaying, E.Braytmen, J.Junson edilar254.

Yevropa personalistik olimlarining g‘oyalari diniy ta’limot (asosan xristianlikning katolik yo‘nalishi) bilan qorishilganligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular fikricha, shaxs mavjudotning eng oliy cho‘qqisi, olam esa o‘sha oliy qadriyat-shaxsning ijodiy faoliyati tufayli o‘zgarib turadi, degan nazariyaga asoslanadi. SHu boisdan, bu olimlarning personalizm ta’limotining asosini shaxsning iroda erkinligi tashkil qiladi. Personalizm nuqtai-nazaridan ijtimoiy taraqqiyot muammolarining hal etilishi hamma vaqt shaxsga bog‘liq bo‘ladi. N.Berdyaevning fikricha, bu erda muammo inson shaxsiga jamiyat va davlat tomonidan belgilangan erkinlik haqida emas, balki cheksiz huquqqa ega bo‘lgan davlat va jamiyatning ta’siridan holi bo‘lgan shaxs erkinligini qaror toptirish haqida fikr yuritilmoqda255.

SHaxsda ana shunday erkinlik bo‘lganida o‘z irodasini xohlagan tomonga yo‘naltirish, axloqiy qadriyatlarni tanlash erkinligiga ega bo‘ladi.

Fransuz katolik personalizmining yirik vakillaridan E.Mune xristianlikning shaxs haqidagi ta’limotini yuqori baholab, bu insoniyat hayotidagi eng katta o‘zgarishga sabab bo‘ldi, deydi. CHunki xristianlik ta’sirida bo‘lgan jamiyat xristianlik jamoasi kabi shakllangan bo‘lishi mumkin. Personalistlar insonni real dunyo, konkret hayotiy sharoit (oila, sinf, millat, vatan, davr) bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor beradilar. Mana shu konkret sharoitlarda shaxsning shakllanishi jarayoni yuz beradi. SHaxs personalizatsiyalanishi darajasi-uning erkinligi bilan belgilanadi. Erkinlik-shaxsiy borliq chegarasini yorib chiqish ma’nosida tushuniladi. Erkinlikdagi asosiy narsa esa tanlov, deb ko‘rsatiladi.

Munening fikricha, shaxs-o‘z qobig‘ida o‘ralashib qolmagan-bir narsadir. Insonning mohiyati-uning olam bilan, boshqa kishilar bilan doimiy aloqasidadir. Bunday aloqani personalistlar singib ketish deb ta’riflaydilar. Singib ketish-shaxsning o‘zini namoyon qilishi va rivojlanganligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan faol harakatdir. Inson mana shu singib ketish tufayligina mavjud bo‘ladi, deb ta’kidlaydi Mun’e.

Singib ketish tushunchasi o‘z ichiga eksteriorizatsiya (tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’sir) va interiorizatsiya (shaxsning o‘z ichki olamiga e’tibori) qamrab oladi. Insonning tashqi olami va uning shaxsiy hayoti-bir butun, uzviy bog‘liqdir. Singib ketishning asosini mehnat tashkil qiladi. Mehnat insonga tayanch bo‘ladi va unda o‘z-o‘ziga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Inson faoliyatining oliy darajasi-ijoddir.

Singib ketish-shaxsning boshqalar bilan aloqasisiz (YAspers:komunikatsiya) bo‘lishi mumkin emas. SHaxs boshqalarda mavjud bo‘ladi, u faqat boshqalar orqali bilinadi, u boshqalardan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Demak, men va sen o‘rtasidagi o‘zaro muhabbatga asoslangan ijodiy aloqa tufayli inson o‘zini payqay boshlaydi.

SHaxsning singib ketishi o‘z ichki mavqeini aniqlash-transsentdenlashuvi bilan birga kechadi. Transsendenlashuv-bu mutlaqqa tayanish va mutlaq (xudo) tomon harakatdir. Inson singib ketishda, komunikatsiyada va ijodiy faoliyatda mana shu transsendent manba bilan quvvatlantiriladi. Xudo bilan muloqot shaxsning betakror tajribasi orqali amalga oshadi.

Inson muammosi bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston faylasuf olimlari hozirgi zamon personalizmi haqida fikr yuritmoqdalar. Masalan, A.CHorievning “Inson falsafasi” kitobida yozilishicha, personalizm muammosi hozirgi kunda assimilyasiya bo‘lib ekzistensialistik va xristian antropologiyasi g‘oyalarini mushtaraklashtirib, o‘ziga xos g‘oyalarni ilgari surmoqda. Bu g‘oya asosida turli millat vakillarining o‘zaro do‘stlikka asoslangan muhabbat qaror toptirishga intilmoqda. Muallif bu haqda shunday yozadi: “Personalizmda muhabbat “men”ning “sen” oldidagi mas’uliyati shaklida talqin qilinmoqda. SHaxs axloqiy kamolotga erishishining eng oliy cho‘qqisi uning xudo shaxsi bilan doimiy muloqotidadir”256.

Hozirgi davrda shaxs va jamiyat munosabatlarida shaxsning o‘rni alohida bo‘lganligidan, uning psixologik jihatlari psixolog olimlar tomonidan tadqiq qilingan. SHaxsning xususiyatlariga odamning xarakteri, intellekti, emotsional sifatlari, temperamenti, qobiliyatlari va psixik holatlari (kechinmalar), hatti harakatlari va shu kabilar kiradi.

Umum psixologiyada shaxs tushunchasi o‘ziga xos talqin qilinib, individdagi turli psixik jarayonlarni birlashtiruvchi va uning hulqini belgilovchi ketma-ketlik va qat’iyatlik deb qaraladi.

Xorijiy olimlar o‘z tadqiqotlarida bunday nazariyaga qaysi tomondan yondoshishiga qarab bir necha yo‘nalishlarga bo‘linadilar: psixobiologik (U.SHeldan, AQSH); biosotsiologik (F.Olpart, K.Rodjers, AQSH); psixosotsial va neofreydistlar (A.Adler, K.Harki, AQSH).

Bu sohada keyingi paytda olib borilgan eksperimental tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha shaxs haqidagi ayrim nazariyalar, jumladan freydizm, bixeviorizm, personalizm tanqid qilina boshlandi.

Ammo shaxsning shakllanishidagi biologik va ijtimoiy omillar birlikda asosiy omil deb hisoblanmoqda. SHaxs shakllanishining muhim jihati individning o‘ziga xos xususiyati emas, balki u ishtirok etadigan va ijtimoiy funksiyani bajaradigan ijtimoiy tizimdir.

SHunday qilib, psixologiya nuqtai nazaridan shaxs insonning ichki xislatlari va xususiyatlarining majmui bo‘lib, barcha tashqi ta’sirlar mazkur xususiyatlar orqali singib o‘tadi. SHaxsning faollik manbai esa insonning xilma-xil shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlaridan iborat. Eng muhimi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun ijodiy faollikni oshirish, u bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy va axloqiy mas’uliyatini oshirib borishdan iboratdir.

SHaxsning shakllanishi va mazmun-mohiyatini ijtimoiy gumanitar fanlar: falsafa, pedagogika, psixologiya kabi fanlar ilmiy jihatdan asoslashga harakat qilganlari holda shaxsning diniy ta’limotlar asosida ta’riflash ham tarixiy jarayonlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Bu xususda diniy ulamolar, ruhshunos va teologik olimlarning fikrlari mavjuddir. Ular fikricha, shaxs tan, ruh (jon) dan iborat deb talqin qilinadi. Nemis faylasufi Iogani Gotlib Fixte (1762-1814) aytishicha, shaxs men va men emasdan iborat. Gegel fikricha, shaxs tabiiy va ruhiy jihatlardan iborat. Nemis faylasufi Artur SHopengauer (1798-1860) qarashicha, shaxs ixtiyoriy, irodaviy va tasavvuriy tamoyillardan iborat257.

YUqoridagi shaxsga berilgan ta’riflardan ma’lum bo‘lishicha, insonning ichki individual sifatlari yoki tashqi ijtimoiy munosabatlari mavjud emas, balki ilohiy qudrat bergan qobiliyati orqali shaxs shakllanadi va o‘zini namoyon qiladi, deyiladi. Demak, tananing, odamning ijodi, faolligi, qobiliyati faqat ruhga bog‘lab qo‘yiladi.

Nikolay Gartman (1882-1950), Zigmund Freyd (1856-1939)lar qarashicha, shaxs onglilik va ongsizlik tamoyillaridan iborat258.

Ushbu olimlarning fikridagi shaxsga nisbatan onglilik deb baholanganda individga xos bo‘lgan barcha ichki va tashqi xususiyatlarining namoyon bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ongsizlikka nisbatan shaxs atamasini qo‘llash unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. SHuning uchun bo‘lsa kerak ularning shaxs haqidagi ayrim qarashlari keyingi paytlarda tanqid qilinmoqda.

Nitsshening fikricha, hokimiyatga intilish irodasi- inson hulqining ichki intilishlari, istaqlaridan biri hisoblanadi. U hokimiyatga intilish irodasini inson faoliyatining etakchi omili va insonning asosiy, bosh qobiliyati, deb hisoblash bilan birga, bu xususiyat hayotning barcha sohalariga: o‘simliklarga ham, hayvonlarga ham xos, deb hisoblaydi. Nitsshe mana shu tarzda CH.Darvinning yashash uchun kurash qoidasini insoniyatga tadbiq etmoqchi bo‘ladi. Demak, uning fikricha, insonning hokimiyatga intilish irodasi, hayotning o‘zida, organizmlarning yashab qolishlari uchun ichki instinktlarida, intilishlaridadir.

SHaxsni dunyoning asosiga qo‘yish ekzistensializmning markaziy masalasi hisoblanadi. Ekzsitensialistlar eng avvalo, shaxs hayotining ma’nosi nimada? YAshashdan maqsad nima? Degan savollarga javob izlaydilar. Ular shaxs yashashini ikkiga bo‘ladilar. Birinchisi, shaxsning “haqiqiy” mavjudligi, o‘z-o‘zicha mavjudligi; ikkinchisi, “nohaqiqiy” mavjudlik, shaxsning jamiyatdagi boshqa kishilar bilan majudligi. Ekzistensialistlar inson ma’naviy tanazzuldan chiqish uchun “nohaqiqiy” mavjudlikni engib “haqiqiy” mavjudlikka erishishi zarur, deb hisoblaydilar259.

Ekzistensializmning taniqli namoyondalaridan biri Kerkegor kishini ob’ektiv shart-sharoitlar, turmush tashvishlari qo‘rquvga, umidsizlikka soladi deb hisoblayli. Xudoga e’tiqod qilish yo‘li bilan inson qo‘rquv va umidsizlikdan holi bo‘ladi, tasalli topadi deb uqtiradi faylasuf. SHaxsni xudoga bog‘lab turuvchi vositalarni Kerkegor uch bosqichga ajratadi: estetik, ahloqiy va diniy ekzistensiya.

Estetik bosqichda inson hayotining maqsadi zavqlanishdir. Estetik bosqichda odam hali reallikka aylanmaydigan, imkoniyatlar olamida bo‘ladi. YA’ni inson hayol qilingan hayotning tassurotlari bilan yashaydi. Ahloqiy bosqichda inson noreal hayollar o‘yidan xalos bo‘lib, real dunyoda yashay boshlaydi. Bu bosqichda insonda o‘zining shaxsiy mavjudligiga mas’ullik hissi vujudga keladi. O‘zining shaxsiy “Men”ini chuqur analiz qilish mana shu bosqich uchun xarakterlidir. Diniy bosqichda inson “yoki-yoki” dilemmasini hal eta borib, o‘limni emas abadiylikni tanlaydi.

Xaydeggerga ko‘ra, insonning haqiqiy mohiyati, uning mavjudligidadir. Ijtimoiy hayot va uning barcha sohalari nohaqiqiy mavjudlikdir. SHaxs ijtimoiy hayotda o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lishdan to‘xtaydi, ya’ni, his-tuyg‘uda, fikrlashda, hatti-harakatda umume’tirof etilgan qonun-qoidalarga tayanadi, ijtimoiy fikrga bo‘ysunadi. “SHaxsssizlik” hukmronligidan xalos bo‘lish uchun inson mavjudlikni shaxsiylik sifatida, faqat unga xos xususiyat sifatida qabul qilish zarur. Inson o‘z mavjudligini anglab etishga qodirdir.

Xaydegger inson o‘z mavjudligini shaxsiy kechinmalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli holatlarga tushganda anglab eta boshlaydi, deb ko‘rsatadi. Xaydegger, bunday holatlarga “qo‘rquv”, “tahlika”, “gunoh tuyg‘usi” kabilarni kiritadi.

Xaydegger har bir inson individual taqdirga ega, uning hayotining boshlanishi va tugashi bor, ya’ni uning mavjudligi tug‘ilishi va o‘lim orasida bo‘ladi, deb hisoblaydi. Xaydegger fikricha, inson mavjudligining ontologik asosi uning tugallanishida, vaqtinchaligidadir. SHuning uchun vaqtga borliqning eng muhim xarakteri, mavjudlik sifatida qaralishi lozim.

Ekzistensialist J.P.Sartr insonning kim va qanday bo‘lishi faqat o‘z-o‘zini anglashi, tasavvur qilishdangina iborat emas, balki, shu bilan birga o‘z irodasini shaxs bo‘lib etishish uchun namoyon qila olishida hamdir, deb hisoblaydi. CHunki, uning fikricha, inson o‘zini mavjud bo‘lib yashay boshlagandan so‘ngina tasavvur qila boshlaydi va mana shu mavjudlikning kuchayib borishi jarayonida iroda o‘zini namoyon qiladi, ya’ni, inson o‘zini-o‘zi shakllantiradi, inson qiladi-bu ekzistensializmning birinchi prinsipidir, deydi Sartr260.

Sartr mana shu tarzda inson o‘z faoliyati jarayonida tayanadigan asoslar olamda ham, olamdan tashqarida ham, o‘z tabiatida ham yo‘q (chunki, unga indvid sifatida azaliy insoniy mohiyat berilmagan), inson o‘z-o‘zicha tashlab qo‘yilgan, u mutlaq erkindir, degan xulosaga keladi. Sartr fikricha, erkinlik alohida xususiyat ham, yoki qo‘lga kiritilgan ezgulik ham emas, balki, insonga azaldan berilgan holatdir. SHuningdek, inson goh erkin, goh qul bo‘lib tug‘ilmaydi, u butunlay va har doim erkindir yoki butunlay yo‘qdir, deb uqtiradi faylasuf. Demak, inson mavjud ekan, u erkindir, u erkinlikka mahkum etilgandir.

Biz, deydi Sartr, erkinlikning har bir alohida voqeada bo‘lishini istaymiz. Ammo, erkinlikkka intilish jarayonida uning boshqa odamlar erkinligiga bog‘liqligiga, shuningdek, boshqalar erkinligi bizning erkinligimizga bog‘liqligiga ishonch hosil qilamiz. Albatta, deb davom etadi Sartr, erkinlik insonning ta’rifi, unga xos bo‘lgan xususiyat sifatida boshqalarnikiga tobe’ emas, ammo harakatning boshlanishi bilan men o‘zimning erkinligim bilan boshqalar erkinligini birgalikda hohlashga majburman.

SHunday qilib, Sartr ekzistensializmning “mavjudlik mohiyatdan oldin keladi” degan tezisga asoslangan holda inson erkinligi masalasiga yondashadi, ya’ni inson erkinligi uning mavjudligida, inson mavjud bo‘lar ekan, u erkindir. Demak, Sartr, boshqa ekzistensialistlar kabi, erkinlik-bu ichki erkinlikdir, kishining qalbida yashaydigan, tabiiy va ijtimoiy determinizmga bo‘ysunmaydigan, u yoki bu hatti-harakatlarni, faoliyat turlarini keltirib chiqaradigan ichki ruhiy kuchdir, degan xulosaga keladi. Sartr jamiyatning inson takomilidagi o‘rnini to‘g‘ri baholamaydi. Uningcha, jamiyat kishilarga siyosiy, iqtisodiy va boshqa erkinliklarnigina berishi mumkin. Haqiqiy ekzistensial erkinlik jamiyatdan tashqarida, insonning o‘z olamida boshlanadi. Ammo, Sartr, shaxsning erkin ma’naviy rivojlanishi uchun jamiyat muayyan shart-sharoitlar yaratib berishi mumkinligini inkor qilmaydi.

Sartr inson erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan tanlov va harakatlar ongli xarakterga ega bo‘lishini ham ko‘rsatib o‘tadi. U Freydning ongsizlik g‘oyasini inkor qiladi, ongning psixik faktlari samarasizligini asoslab beradi. Ong, uning fikricha, psixik borliqning mezoni, reflekslargacha bo‘lgan hodisa. Insonning barcha harakatlari va holatlari shaxsiy butunligini ta’minlashning zaruriy sharti. Sartr inson avtorligining ongli xarakterini «o‘zida bor bo‘lish» sifatidagi ongning ontologik strukturasi yordamida asoslab berishga harakat qiladi. Demak, Sartr fikricha, inson mavjud bo‘lar ekan, doimo o‘z mas’uliyati bilan to‘qnash kelaveradi. Unda tayanadigan asoslar yo‘q. Insonda mavjud bo‘lgan barcha holatlar, jihatlar, uning individual tanlovi, tashabbusi shuning natijasi. O‘zining mas’ulligi va avtorligi muqarrarligini anglash sifatidagina ekzistensial g‘am-g‘ussa ham xuddi mana shundadir.

YAna bir ekzistensializm namoyondasi A. Kamyu “Isyonchi” asarida inson huquqlari va erkinliklari masalasini ko‘tarib chiqadi. Uning ta’kidlashicha, isyon-bu o‘z huquqlarini anglab etgan, barcha narsadan xabardor, bilimdon kishining ishidir. Isyon, eng avvalo ezgulikdan uzoqlashgan jamiyatlarda sodir bo‘ladi. Tubanlashgan jamiyatlarda yashovchi kishilar uchun isyon, ularning borligining muhim o‘lchovlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Insonda o‘z-o‘zini inson sifatida anglashning paydo bo‘lishi bilan isyon ham vujudga keladi. Kamyu nuqtai nazaricha, isyon insonning kundalik hayotida Dekartda fikr qanday rol o‘ynagan bo‘lsa (“Men fikrlayabman, demak men mavjudman”), xuddi shunday o‘rin tutadi. YA’ni, “Men isyon qilyabman, demak men mavjudman”. Isyon va inqilob hozirgi davr odamining taqdiri va qismatidir.

Gabriel Marsel ekzistensial qarashlariga ko‘ra, hozirgi davr g‘arb jamiyatining turli tazyiqlari tufayli kishilarga tobora xira tortib borayotgan ichki, “sirli hissiyot” insonning o‘z shaxsiy hayotiga chuqur mulohaza qilgan holda munosabatda bo‘lishi, bilishning donolikka olib boruvchi ahloqiy asoslariga e’tibor qaratish yo‘li bilan yoritilish mumkin. Marsel falsafasida ichki erkinlik, tanlov, ma’suliyat masalalalari, birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ammo, Sartrdan farqli ravishda Marsel indvid erkinligi to‘qnash keladigan chegaralarni tan oladi.

SHaxs to‘g‘risida o‘ziga hos qarashlarga ega bo‘lgan neotomizm hozirgi zamon g‘arb falsafasida ko‘zga ko‘rinarli o‘rin egallaydi. Netomizm antropologiyasining asosida insonni tana va ruh birligidan iborat bo‘lgan murakkab substansiya, deb qarovchi tomistik an’ana yotadi. SHaxs va indvidni turlicha talqin qilish shunga borib taqaladi. Indvid sifatida qaraladigan inson o‘simlik yoki hayvon erkin bo‘lmagani kabi, erkinlikka ega bo‘lmaydi. Erkinlik-shaxsning atributidir. Erkinlikning mohiyati, shaxsning mohiyati bilan muvofiq keladi deb, ta’kidlaydi, Jilson. Erkinlik neotomistlar tomonidan tanlov erkinligi va ixtiyoriy erkinlik sifatida talqin qilinadi.

Umuman olganda hozirgi zamon shaxs to‘g‘risidagi nazariyalarda shaxs erkinligi va mas’uliyati, uning bor imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etishida ijtimoiy shart-sharoitlarning ta’siri masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

 Бобожоновa Н. “Ёшaргaн” хaвфли тО’лQин. -Т.: Ношир, 2008. –Б.23.



Hттп://www.aллокин.ру/Hумaн-пaпилломa-вирус/

 Кaримов И.A. Мaмлaкaтимизни модернизaтсия Qилиш ё’лини изчил дaвом еттириш-тaрaQQиётимизнинг муHим омилидир.-Т.: О’збекистон, 2010




 Кaримов И.A. БМТ Сaммити мингйиллик ривожлaниш мaQсaдлaригa бaгъишлaнгaн ялпи мaжлисдaги нутQ. –Т.: О’збекистон, 2010.
Download 417.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling