Boshqaruv usullari qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun


Download 19.49 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi19.49 Kb.
#1419035
Bog'liq
2.4. Boshqaruv-WPS Office


2.4. Boshqaruv usullari

Boshqaruv usullari qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun

boshqaruvchi tizimcha boshqaruv subyektini boshqariluvchi tizimcha boshqaruv obyekti (xodim, jamoa, boshqaruvning ij- timoiy-iqtisodiy obyekti)ga ta'sir ko'rsatish usullaridir. Boshqa- ruv usullari va boshqaruv jarayoni usullariga ajratiladi. Boshqaruv usullari boshqaruv obyektiga ta'sir ko'rsatishning yakunlangan ja- rayonini ta'riflaydilar. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ay- rim ishlar bajariladi.

Yana to'g'ridan to'g'ri va vositali ta'sir ko'rsatish, rasmiy va norasmiy usullari ham ajratiladi. Bevosita ta'sir ko'rsatish usul- laridan foydalanishda ta'sirning bevosita natijasini olish ko'zda tutiladi; vositali ta'sir ko'rsatish usullari bilan yuqori natijalar- ga erishish uchun sharoitlar yaratiladi. Rasmiy va norasmiy ta'sir ko'rsatish usullari nisbati boshqaruv uslubining o'ziga xos alo- matlarini aks ettiradi.

Boshqaruv usullari tizimida umumiy usullar ajratiladi. Ular- ga an'anaviy ravishda iqtisodiy, ma'muriy (ba'zida ularni tashkiliy

deb ataydilar) va ijtimoiy-psixologik usullar kiradi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari boshqaruv obyektining iqti- sodiy qonunlar talablaridan ongli ravishda foydalanishga asoslan-

49

50/394


gan iqtisodiy manfaatlariga ta'sir ko'rsatish usullarining majmua- sidan iboratdir. Bu usullarni ikki guruhga boʻlish mumkin: - respublika, viloyat, tuman idoralari tomonidan foydalani-

ladigan usullar; - tashkilotlar (korxonalar) tomonidan foydalaniladigan usul- lar.

Birinchi guruhga mamlakat va mintaqaning soliq tizimlari va

kredit-moliya mexanizmlari, ya'ni korxona tashqi muhitining iq- tisodiy omillari kiradi.

Ikkinchi guruhni quyidagilar tashkil qiladi: - xodimlarni moddiy rag'batlantirish tizimi;

-ishning sifati va samaradorligi uchun javobgarlik tizimi; - tashkilot faoliyat yuritishining iqtisodiy me'yorlari (fond bi- lan qurollanganlik va mehnatning unumdorligi, mahsulot turlari boʻyicha rentabellik me'yorlari), ularning marketing tadqiqotlari, mahsulot sifatining asosiy ko'rsatkichlari, ishlab chiqarishning darajasi, shu jumladan biznes-rejani tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi.

Har bir kishi ishining sifati va samaradorligini oshirishiga qa- ratilgan shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg'unlashtirish uchun motivatsiya va muvofiqlashtirish qurollaridan foydalanish yo'li bi- lan amalga oshiriladigan xodimlarni rag'batlantirish boshqaruv- ning muhim iqtisodiy usuli boʻladi. Iqtisodiy rag'batlantirishning zamonaviy shakllariga quyidagilar kiradi:

- ish haqi tizimi mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq shakllantirish;

- qoʻshimcha mukofotlar ko'rinishidagi bonuslar, mukofotlar, asosiy ish haqiga qo'shimchalar;

- xodimni tashkilot foydasini taqsimlashda ishtirok etishi; - xodimga nafaqa jamg'armasini shakllantirish ko'rinishida imtiyoz va yengilliklar berish, xodimning xavfsizligini ta'min- lash, unga transport xizmatlari, turar-joy ijarasi va bolalar muas- sasalari, o'qish, malakasini oshirishga haq to'lashda imtiyozlar berish, xodim va uning oila a'zolarini da'volash va dam olishlari-

50
14:56

<

Nail 59%


Menejment_N_KBQ!

ni tashkil etish, xodimga tashkilot tomonidan ishlab chiqarila-

yotgan mahsulotni xarid qilishda imtiyoz berish; - xodim hayotini imtiyozli sug'urtalash va boshqalar.

- xodimga imtiyozli kreditlar berish;

Rag'batlantirishning sanab o'tilgan shakllari bilan bir qatorda jazolar va tanbehlar, imtiyozlarni pasaytirish yoki toʻliq olib tash-

lash tizimini qo'llash mumkin.

Boshqaruvning ma'muriy usullari quyidagilarni o'z ichiga ola- di:

- mamlakat va mintaqaning qonunchilik hujjatlari tizimi;

tashkilotning me'yoriy va uslubiy (qo'llash uchun majburiy)

hujjatlari tizimi; operativ boshqaruv tizimi (hukmronlik tizimi).

Mamlakat va ma'lum mintaqaning qonunchilik hujjatlari tizimiga respublika va mintaqaviy idoralar tomonidan tegishli hududlarda majburiy qo'llash uchun tasdiqlangan qonunlar, far- monlar, qarorlar, standartlar, qoidalar va boshqa hujjatlar kiradi. Ularning tartibi, tuzilishi va mazmuni belgilashda boshqaruvning

ilmiy, nazariy va amaliy jihatlari hisobga olinishi kerak. Korxona me'yoriy va uslubiy hujjatlari tizimi standartlar, uslubiyotlar, qoidalar, yo'riqnomalar va xuddi shunday uzoq vaqt foydalanadigan hujjatlar hamda korxona rahbariyati tomo- nidan tasdiqlangan buyruqlar, farmoyishlar va ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Ushbu hujjatlar aniq tashkilot menejmenti bar- cha tizimlarining tarkibi, mazmuni va oʻzaro aloqalarini tartib- ga solishi kerak.

Operativ boshqaruv tizim ham muhim ahamiyatga ega. Rah-

bariyatning o'z hokimiyatini amalga oshirishning to'rtta usuli

mavjud, ular undan toʻliq foydalanishdan to undan to'liq voz ke-

chishgacha boʻlgan diapazonda boʻladi. Gap farmoyishlar, om-

malashtirish, boshqaruvda ishtirok etish vakolatlar va javobgar-

liklarni topshirish haqida bormoqda. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari boshqaruvga ja- moadagi ijtimoiy-psixologik jarayonlar, xodimlar salomatligi va ja-

51

52/394


moadagi yaxshi axloqiy-psixologik muhitni saqlab qolish, qonun-

lar va me'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish sifatida qo'yilgan

maqsadlarga erishish uchun qaratilgan.

Quyidagilar ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarish obyektlari hisoblanadi: -xodimlarning shaxsiy tariflari hamda ularning ruhiy va ru-

hiy-fiziologik xususiyatlari; - mehnatni va ish joylarini tashkil etish usullari;

- xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, tayyorlash va qayta

tayyorlash tizimi;

axborot ta'minoti va undan foydalanish;

- xodimlarni rag'batlantirish tizimi; - jamoadagi axloqiy-psixologik muhit;

- xodimlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari. Ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarish o'z ichiga quyi-

dagilarni oladi: ijtimoiy-psixologik jarayonlarning me'yorlarini ishlab chi-

qish;


- bu me'yorlarning bajarilishini tahlil qilish, hisobga olish va nazorat qilish; - ijtimoiy-psixologik jarayonlarni me'yorlashtirish va sog'lom-

lashtirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish; - bu tartiblarni tashkil qilish;

ularning bajarilishini nazorat

ijtimoiy-psixologik jar i tartibga solish.

Jamoada qulay axloqiy-psixologik muhitni ta'minlanishi ijti- moiy-psixologik usullarning muhim vazifasi hisoblanadi. Quyi-
jamoa a'zolarining o'z vazifalari va ishlari holati haqida ye-

tarlicha xabardorligi;

- jamoa a'zolari va jamoatchilikning o'zaro talabchanligi; - jamoaning har bir a'zosi tomonidan tashkilot (boʻlinma)da- gi ishlar holati uchun javobgarlikni o'ziga olishi;

52

53/394



- jamoaga tegishli ekanlikdan qanoatlanish; do'stona va ishga doir tanqid;

lishi;


yo'qligi;

- masalalarni muhokama qilishda fikrlarning erkin bildiri- jamoada uzoqqa cho'zilib ketgan, vazifaviy nizolarning

- oʻzaro yordamning yuqori darajasi va boshqalar. Jamoada qulay axloqiy-psixologik muhitni ta'minlash uchun rahbarlarning maxsus bilimi va ko'nikmalari talab qilinadi. Max- sus tadbirlar sifatida quyidagilardan foydalanish kerak: xodim- larni ilmiy asoslangan holda tanlash, menejerlarni o'qitish va davriy ravishda attestatsiyadan o'tkazish, mehnat jamoalarini xodimlarni psixologik birga boʻla olishlarini hisobga olish bi- lan shakllantirish, jamoa a'zolarida o'zaro tushunish va hamkor- lik ko'nikmalarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ijtimoiy-psi- xologik usullar, rahbarlikning tegishli uslubi.

Jamoani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarni tad- qiqot qilishda sotsiomatritsalar va sotsiogrammalarni tuzish tavsi- ya etiladi. U guruh a'zolarining bir-birlariga munosabatlari va ja- moaning jipsligi darajasini belgilash, yetakchini aniqlash hamda xodimlarning sotsiometrik mavqeyi va yengiltakligini aniqlashga imkon beradi.

Ta'kidlash joizki, amaliyotda boshqaruv usullari tizimi doi- mo o'zgarib turadi. Masalan, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi- dan bozor tizimiga o'tishda boshqaruvning iqtisodiy usullari rivojlangan. Bundan tashqari, ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning demokratlashishi natijasida insoniy omillarning roli o'sganligi bois, ijtimoiy-psixologik omillarga ko'proq e'tibor qaratila bosh- langan.

Biroq, amaliyotda foydalaniladigan boshqaruv usullari, qoida- ga ko'ra, majmuaviy, ya'ni ular bir vaqtda iqtisodiy manfaat, ma'naviy va moddiy rag'batlantirish, ijtimoiy-psixologik omil- larni hisobga oladilar. Bunda ayrim usullar aniq vaziyatlarda bir-birlarini to'ldirganday bo'lib, har xil omillarning boshqaruv 53 54/394



obyektiga ta'sirini majmuaviy belgilashga imkon beradi. Bunday sharoitlarda turli darajadagi menejerlar boshqaruvning majmuaviy usullarini egallagan bo'lishlari, tanlovni to'g'ri bajarishlari va xud- di ushbu aniq sharoitlarda samaraliroq bo'lgan usullarni qoʻllash- lari kerak.

Nazorat savollari:
Download 19.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling