Bosim va haroratni o'lchash asboblari ishdan maqsad


Download 128.41 Kb.
bet1/5
Sana09.11.2021
Hajmi128.41 Kb.
#439332
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSIM VA HARORATNI O'LCHASH ASBOBLARI
MURODJON 2, lab 5, lab 5, bank faoliyati tahlili, II оралик назорат саволлари, tranzistorlar , hasharotlar mashgulot ishlanmasi, “Matematika olamiga sayoxat”, Doc1, kombinatorika elementlari, Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini mexanika, energitika, elektronika, geologiya, mashinasozlik va boshqa sohalarda qo’llash, Boyitishning magnitli usuli, Boyitishning magnitli usuli, Deformasiyaning kuchlanishga bog’liqligi.Puasson koeffisenti, Deformasiyaning kuchlanishga bog’liqligi.Puasson koeffisenti


BOSIM VA HARORATNI O'LCHASH ASBOBLARI

Ishdan maqsad

U-simon bosim o‘lchash asbobini ishlashini o‘rganish.

Zvenolar koeffitsientlari k1, k4 va k5 larni o‘zgartirib manometrni kuchaytirish koeffitsientlarini va vaqt doimiysini o‘zgartirishni o‘rganish
Asosiy qism

U- simon bosim o‘lchash asbobi(ikki naychali manometr). Bosim o‘lchaydigan suyuqlik manometrlari o‘zining tuzilishi nuqtai nazaridan eng sodda o‘lchash asboblariga kiradi.

Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan ortiqcha bosimning suyuqlik ustuni hisobiga, ya’ni, gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan bosim bilan mutanosib bo‘lishiga asoslanadi.

Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonlarida har doim ikki xil bosim bilan ish ko‘riladi: 1) atmosfera bosimi Patm bizga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy bosim; 2) sun’iy hosil qilinadigan bosim. Bu bosim texnikada absolyut bosim Pabs deb yuritiladi.

1 - rasm. U-simon, ikki trubkali suyuqlik manometri. Bu tushuntirish umuman hususiy xol bo‘lib, aslida o‘lchanayotgan ortiqcha bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuch bilan gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuchlar mutanosibligiga asoslanadi, ya’ni, tenglama quyidagi ko‘rinishida bo‘ladi:

(1)

bu erda S – U simon naychaning ko‘ndalang kesim yuzasi; - naychaga solingan suyuqlik zichligi; H=h1+h2 - naychada hosil bo‘ladigan suyuqlik balandligi.

Agar yuza S ga tenglamani ikki tomonini ham bo‘lib yuborsak, u holda:

(2)

undan


(3)

Agar suyuqlik ustida boshqa suyuqlik bo‘lsa, u holda



(4)

tenglamasidan foydlaniladi.

Ortiqcha bosim Por biror sababga ko‘ra o‘zgarsa unda chap tirsakda suyuqlikka ta’sir etuvchi kuch N1=Pop*S hosil bo‘ladi, unda suyuqlik, N1 kuch hisobiga o‘ng tomonga surilib, chap tirsakda suyuqlik balandligi h1-ga tushadi, o‘ng tirsakda esa h2 balandlikka ko‘tariladi. Suyuqlikning umumiy satxini surilishi

H=h1+h2 . (5)

bo‘ladi.


Download 128.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling