Bosiq vazmin inson kamroq adashadi


Download 13.67 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi13.67 Kb.
#165691
Bog'liq
4- 5- topshiriq


4-topshiriq

Ayollar va pastkash insonlar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatish juda qiyin: Agar, ularni o’zingga yaqinlashtirsang, ular Haddan oshib ketadilar, agar, ularni o’zingdan uzoqlashtirsang, seni yomon ko’rib qolishadi.

Keyinchalik vujudga keladigan qiyinchiliklar haqida o’ylamaydiganlarni yaqin oradagi noqulayliklarkutadi.

Haqiqiy insonparvar odamgina dildan sevadi va nafratlana oladi. Eng dono va eng tentak insonlarnigina o’qitibbo’lmaydi

Ko’pincha juda chiroyli so’zlaydigan va tashqi ko’rinishi kishini o’ziga tortadigan insonlar haqiqiy inson bo’lmaydilar.

O’z uyidagilarni yaxshilikka yetaklay olmagan inson o’zi ham biror bir narsani o’rgana olmaydi.

Fikrlamasdan o’qiydigan inson qattiq yanglishadi, fikrlaydigan, ammo, o’qishni istamaydigan inson esa qiyinchiliklarga duch keladi.

O’tmishdagi ma’lumotlardan foydalanib, yangi narsalar kashf qila oladigan insongina ustoz bo’lishga loyiq hisoblanadi.

Aql bilan ish ko’rish uchun har bir insonda uch imkoniyat mavjud: birinchi va maqbuli – fikrlash; ikkinchi va eng yengili – boshqalarga o’xshash, uchinchi va eng qiyini – tajriba.

Bosiq vazmin inson kamroq adashadi.

Boshqa insonlarni ham xuddi o’zingizdek hurmat qilish va biz o’zimiz uchun nima qilishlarini istasak, u bilan ham xuddi shunday muomala qilish – bundan afzalroq munosabat turi bo’lmaydi.

Doimo o’zingizdagi bilimlar kam ekanligini sezgandek va har doim ularni yo’qotib qo’yayotgandek o’qing.

Xatolarini bilib turgan holda, ularni o’zi tan olgan insonni topish juda ham qiyin.

5-topshiriq



Yaxshilik bu jamiyat uchun tinmay mehnat qilish, xalq sha’niga dog‘ tushirmaslik, ko‘pchilik manfaatiga qarshi ish tutmaslik, o‘z xalqiga xiyonat qilmaslik, ziyon yetkazmaslikdir.Yaxshilik vijdonli, muomalali, madaniyatli, kamtar, oliyjanob, haqgo‘y bo‘lish, inson taqdiri haqida chinakam g‘amxo‘rlik qilish, bir-biri bilan hamkor bo‘lish demakdir.Halol mehnat qilish yaxshilikdir. Yaxshilik qonuni asosida yasha-moq barhayotlikdir.

Donolar deydiki: „Birovga yaxshilik qilsang, o‘ziga bildirmay qil“,„Birovga yaxshilik qilsang, yaxshilik qaytadi“.
Download 13.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling